Последние посты

Foydali Moliya
24 сент., 12:33
💸 VALYUTALAR KURSLARIOʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan yangi rasmiy kurslarini eʼlon qildi.Ushbu valyutalar kurslari 25-sentabr kuni uchun amal qiladi.🔔 Eslatma: Tijorat banklarida sotib olish va sotish kurslari biroz farq qilishi mumkin.🔝 @foydali_moliya — obuna bo‘ling


Foydali Moliya
24 сент., 09:27
OCHLIK VA AQLIY HUSHYORLIKyoki, nega umrimizda baraka yo‘q?!Ulug‘lar hayotida ochlik faqat nafsni tarbiyalash vositasi bo‘lmagan. U aqlni o‘tkir, ongni tiniq va insonni doimo hushyor holatda saqlashga xizmat qilgan.Nega ular to‘qlikdan qochganlar?Chunki ortiqcha taom tanani og‘irlashtiradi. Tana a’zolarining katta qismi hazm uchun safarbar qilinadi, uyquchanlik va sustlik paydo bo‘ladi. Tana huzurga berilishi bilan aql ham sokinlashadi. Insonning tashqi ta’sirlarga sezgirligi pasayadi.Ochlikda esa butunlay boshqa holat yuzaga keladi!Organizm ozuqa kamayganini sezib, o‘z imkoniyatlarini tejamkorlik bilan ishlata boshlaydi. Inson ovoz, harakat va atrofidagi o‘zgarishlarga sezgirroq bo‘ladi. Miya odatiy to‘qlik uyqusidan chiqadi. Aql mavhumlikdan xalos bo‘lib, aniq maqsadga yo‘naladi.Bu tasodif emas. Ochlik — tirik mavjudot uchun xavf belgisidir. Me’yordagi ochlik organizmning eng qadimiy "hushyorlik mexanizmlari"ni ishga tushiradi.Ajdodlarimiz "neyrobiologiya" yoki "metabolik moslashuv" haqida bilishmagan, bu tabiiy. Ammo bu jarayonlarni o‘z tanalarida his qilganlar. Shuning uchun kam yeganlar, kam uxlaganlar va tunlarini ibodat hamda tafakkur bilan o‘tkazganlar.Ularning xotirasi, mushohadasi va fikrlash quvvati haqida keltirilgan hikoyatlar kishini hayratga soladi. Bir marta eshitganini eslab qolish, murakkab savollarga darhol javob berish, insonning ichki holatini bir qarashda anglash — bularning barchasida ruhiy kamolot bilan bir qatorda doimiy aqliy hushyorlik ham namoyon bo‘ladi.To‘qlik insonni faqat jismonan emas, fikran ham "komfort hududi"ga kiritadi. Unda xavfni sezish, voqelikni tahlil qilish va haqiqatni izlash ehtiyoji susayadi. Nafs tinchlanganday ko‘rinadi, aslida esa u insonning irodasini uxlatadi.Bugungi inson esa doimo to‘q!U qorni ochgani uchun emas, vaqti kelgani uchun ovqatlanadi. Asabiylashsa ham yeydi, zeriksa ham yeydi, xursand bo‘lsa ham yeydi. Natijada miya kunning katta qismini ovqat hazm qilish bilan bog‘liq fiziologik og‘irlik holatida o‘tkazadi. Keyin esa diqqat tarqoqligi, xotira susayishi, fikrlashdagi og‘irlik va doimiy uyquchanlikdan shikoyat qilamiz.Albatta, uzoq davom etadigan yoki nazoratsiz ochlik aqliy faoliyatni kuchaytirmaydi. Aksincha, quvvatsizlik, diqqat pasayishi va sog‘liq bilan bog‘liq muammolarga olib kelishi mumkin. Gap me’yor, iroda va ongli tarzda nafsni boshqarish haqida ketmoqda.Ulug‘lar ochlik bilan aqllarini quvvatdan mahrum qilmaganlar. Ular aqlni ortiqcha taom, uyqu va g‘aflatning yukidan ozod qilganlar.Chunki qorin haddan tashqari to‘yganda tana uxlaydi. Tana uxlaganda esa qalbning ovozi eshitilmay qoladi. Ehtimol, ajdodlarimiz ochlikni shuning uchun ham ma’qul ko‘rishgandir: u insonni zaif emas, hushyor qilgan. U nafaqat qorinni bo‘shatgan, balki aql va qalbda haqiqat uchun joy ochgan!Endi bir o‘ylab ko‘ring: qorningiz och bo‘lmasa ham tushlik qilasiz, kechki ovqat yeysiz. Sustlashib yurasiz, lanj bo‘lasiz, vaqt va ishning barakasi yo‘q. Tanish holatmi? Unday bo‘lsa, harakatni bugundan boshlang.🔝 @foydali_moliya — obuna bo‘ling
Foydali Moliya
24 сент., 04:31изменён
🎓 O‘qishning kechi yo‘q: Oʻzbekistonda 40 yoshdan katta talabalar soni 53 mingdan oshdiBugungi kunda ta’lim olish faqat yoshlarga xos degan qarash asta-sekin o‘zgarmoqda.🏢 Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025/2026 o‘quv yilida O‘zbekistondagi oliy ta’lim tashkilotlarida 40 yosh va undan katta 53 483 nafar talaba tahsil olmoqda.Bu ko‘rsatkich 2010/2011 o‘quv yiliga nisbatan qariyb 87 baravar oshgan. O‘sha davrda 40 yoshdan katta talabalar soni atigi 616 nafar edi.📈 Yillar kesimida: 🔹 2020/2021 — 10,1 ming nafar 🔹 2022/2023 — 20,2 ming nafar 🔹 2023/2024 — 36,1 ming nafar 🔹 2024/2025 — 44 ming nafar 🔹 2025/2026 — 53,5 ming nafarBu raqamlar shuni koʻrsatadiki, bilim olish, kasb o‘rganish yoki o‘z ustida ishlash uchun yosh chegarasi tobora ahamiyatini yo‘qotmoqda.🔝 @foydali_moliya — obuna bo‘ling


Foydali Moliya
24 сент., 03:18
Hech qachon baxt va’da qilma!Boshlovchi: — Singapur dunyoning eng boy 20 ta davlati ro‘yxatiga kirgan va ayni paytda eng baxtsiz odamlar roʻyxatidan ham ular joy olishgan. Bunga sabab nima deb oʻylaysiz?Singapurlik amaldor: — Li Kuan Yu "hech qachon baxt vaʼda qilma" der edi. Odamlarga iqtisodiy rivojlanish, infratuzilma, taʼlim kabilarni vaʼda qilish mumkin, lekin baxtni emas. Baʼzan baxtsizlik yutuq sharti boʻlishi mumkin!🔝 @foydali_moliya — obuna bo‘ling
Foydali Moliya
23 сент., 13:48
💡 Rahbarlikning uch oltin qoidasiBoshqaruv san’ati oddiy ko‘rinishi mumkin, lekin uning tagida chuqur tamoyillar bor. Ayniqsa, quyidagi uchta qoida – oltin asos deyiladi:Sovuq miya – qaror qabul qilayotganda hissiyotlarga berilmaslik, vaziyatni oqilona tahlil qilish va oqibatlarni oldindan ko‘ra bilish.Qaynoq yurak – odamlarni tushunish, jamoaga mehr bilan yondashish, ularni ruhlantirish va yonida turish.Toza qo‘l – halollik, adolat va poklik. Shaxsiy manfaat emas, balki umumiy maqsad yo‘lida xizmat qilish.Bu uch fazilatni o‘zida uyg‘unlashtira olgan inson – chinakam rahbar hisoblanadi.🔝 @foydali_moliya — obuna boʻling


Foydali Moliya
23 сент., 13:45
Orzu bo‘lsa — pul topiladiTBC Bank’ning onlayn krediti bilan muhim ishlarni keyinga surish shart emas: xoh u uyingiz shinamligi, xoh sayohat yoki shaxsiy biznes bo‘lsin. TBC UZ ilovasida ariza qoldiring va minutda javob oling:✅ 100 mln so‘mgacha ✅ garov, kafillar va ortiqcha hujjatlarsiz ✅ hatto dam olish kunlari hamOrzuingiz bitta ariza bilan amalga oshishi mumkin.Batafsil shartlar
Foydali Moliya
23 сент., 12:47
💸 VALYUTALAR KURSLARIOʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan yangi rasmiy kurslarini eʼlon qildi.Ushbu valyutalar kurslari 24-sentabr kuni uchun amal qiladi.🔔 Eslatma: Tijorat banklarida sotib olish va sotish kurslari biroz farq qilishi mumkin.🔝 @foydali_moliya — obuna bo‘ling


Foydali Moliya
23 сент., 08:23
Qaysi hudud aholisining banklar oldidagi qarzi ko‘p?1-avgust holatiga O‘zbekistonda jismoniy shaxslarning banklardan olgan kreditlari qoldig‘i 239,8 trln so‘mni tashkil etgan.Buning qariyb 30 foizi Toshkent shahri aholisining hissasiga to‘g‘ri keladi.Aholining banklar oldidagi kredit qarzi hududlar bo‘yicha quyidagicha:🔵 Toshkent shahri — 70,9 trln so‘m 🔵 Samarqand — 17,8 trln so‘m 🔵 Farg‘ona — 17,2 trln so‘m 🔵 Andijon — 15,7 trln so‘m 🔵 Qashqadaryo — 15,6 trln so‘m 🔵 Toshkent viloyati — 13,9 trln so‘m 🔵 Surxondaryo — 13,8 trln so‘m 🔵 Xorazm — 13 trln so‘m 🔵 Navoiy — 12,7 trln so‘m 🔵 Qoraqalpog‘iston R. — 11,8 trln so‘m 🔵 Buxoro — 12 trln so‘m 🔵 Namangan — 11,3 trln so‘m 🔵 Jizzax — 8,6 trln so‘m 🔵 Sirdaryo — 5,6 trln so‘m🔝 @foydali_moliya — obuna bo‘ling


Foydali Moliya
22 сент., 15:02
❗️Hozirda ko‘pchilik uy xarid qilmoqchi bo‘lgan fuqarolarni qator savollar qiynaydi. Qaysi quruvchi eng ishonchi? Qaysi joydan uy-joy xarid qilsam aldanib qolmayman?❓Xo‘sh, o‘zi bu muammoning ildizi qayerda?⚡️Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi masalani hal qilish uchun qanday yechim taklif qiladi?📹 Batafsil videoda🔝 @foydali_moliya — obuna bo‘ling
Foydali Moliya
22 сент., 14:30
«Asia Alliance Bank» ATB xalqaro hamkorlikni kengaytirmoqda: BAAning eng yirik banki - First Abu Dhabi Bank (FAB) bilan kelishuv imzolandi Birlashgan Arab Amirliklariga amalga oshirilgan biznes tashrifi doirasida «Asia Alliance Bank» ATB vakillari mintaqaning yetakchi moliyaviy institutlaridan biri va Birlashgan Arab Amirliklarining eng yirik banki — First Abu Dhabi Bank (FAB) rahbariyati bilan muvaffaqiyatli uchrashuv o‘tkazdilar.Muzokaralarning asosiy natijasi «Asia Alliance Bank» ATBning FAB bazasida Birlashgan Arab Amirliklari dirhami (AED)da korrespondent hisobvarag‘ini ochish bo‘yicha strategik kelishuvning imzolanishi bo‘ldi. First Abu Dhabi Bank bilan hamkorlik Bankning xalqaro korrespondentlik tarmog‘ini rivojlantirishda yangi bosqichni boshlab beradi. Mazkur hisobvaraqning ochilishi xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirish,


Foydali Moliya
22 сент., 12:41
💸 VALYUTALAR KURSLARIOʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan yangi rasmiy kurslarini eʼlon qildi.Ushbu valyutalar kurslari 23-sentabr kuni uchun amal qiladi.🔔 Eslatma: Tijorat banklarida sotib olish va sotish kurslari biroz farq qilishi mumkin.🔝 @foydali_moliya — obuna bo‘ling


Foydali Moliya
22 сент., 09:00
переслано из @chiroylimoliya
Nega bizga doim kamdek tuyuladi?Biz doim deyarli bir xil gapni eshitamiz: Yaxshiroq yashashni xohlaysanmi, ko‘proq pul top. Ko‘proq topdingmi, o‘zingga ko‘proq narsani ravo ko‘rishing mumkin. Keyin yana ko‘proq pul top.Bir qarashda hammasi mantiqli. Men ham inson o‘sishi, ko‘proq daromad topishi va kapital yaratishi kerak, deb hisoblayman. Lekin bitta muammo bor. Ko‘pincha daromadimiz oshishi bilan ehtiyojlarimiz ham xuddi shunday tezlikda oshib boradi.15 mln so‘m topardingiz, 12 mln so‘mga yashardingiz. Daromadingiz 25 mln so‘mga chiqdi va negadir endi 22 mln kerak bo‘lib qoldi, ba’zida esa 30 mln ham yetmaydi. Yaxshiroq mashina. Yangiroq telefon. Qimmatroq dam olish. Restoranlarga tez-tez borish. Keyin atrofingizdagi odamlar ham o‘zgaradi va daromadingiz darajasida sizga nimalar “yarashishi” haqida yangi tasavvurlar paydo bo‘ladi.Natijada inson haqiqatdan ham ancha ko‘proq pul
Foydali Moliya
22 сент., 06:22изменён
🇺🇿 O‘zbekistonliklar pullarini koʻproq so‘mda saqlamoqdaO‘zbekiston banklaridagi depozitlar tarkibida qiziq tendensiya kuzatilmoqda: xorijiy valyutada saqlanayotgan mablag‘lar ulushi kamayib, so‘mdagi depozitlar ulushi ortib bormoqda.Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-avgust holatida tijorat banklaridagi jami depozitlar 482,7 trln so‘mni tashkil etgan.Shundan: 🔹 390 trln so‘m — milliy valyutadagi depozitlar 🔹 92,7 trln so‘m — xorijiy valyutadagi depozitlarBir yil avval esa valyutadagi depozitlar ulushi 24% bo‘lgan bo‘lsa, hozir bu ko‘rsatkich 19%ga tushgan.O‘sish sur’atlarida ham farq katta: ▪️ So‘mdagi depozitlar bir yilda 42,6%ga oshgan ▪️ Xorijiy valyutadagi depozitlar esa 6,6%ga ko‘payganYa’ni, aholi va biznes mablag‘larini saqlashda so‘mga bo‘lgan talab ortib bormoqda. Bunga so‘mdagi depozitlar bo‘yicha daromadlilik yuqoriligi, milliy valyutaga


Foydali Moliya
22 сент., 03:58
U ozg‘in va kambag‘al edi. Boy bo‘ldi, semirib qoldi. Odamlar: "Pul odamni semirtiradida, nima o‘ylovi bor" dedi.U kambag‘al edi, semiz edi. Boy bo‘ldi, ozib qoldi. Odamlar: "Birovni haqqidurda, mana ozib qoldi. Ichida kasalligi bor" dedi.Ozg‘in edi, kambag‘al edi. Boyib ketdi. Ozg‘inlikcha qoldi. Odamlar: "Rosa ichidan pishganda, shuncha puli bor, to‘yib ovqat yemaydi. Igna yutgandek bo‘lib yuraveradi", dedi.Boy edi, semiz edi. Kambag‘al bo‘lib qoldi, semizligi ketmadi. Odamlar: "Ha, buni bir balo kasali bor, bo‘lmasa kambag‘alni buqadek semirganini kim ko‘rgan", deb gap qildi.Odamlarning tili ozganni, semirganni, kambag‘alni, boyni – har kimni ortidan so‘z bo‘ronini otib tinmadi. Shundoq ekan, odamlarni rozi qilaman, deb umringizni behudaga o‘tkazib yubormang!🔝 @foydali_moliya — obuna boʻling


Foydali Moliya
21 сент., 12:38
💸 VALYUTALAR KURSLARIOʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan yangi rasmiy kurslarini eʼlon qildi.Ushbu valyutalar kurslari 22-sentabr kuni uchun amal qiladi.🔔 Eslatma: Tijorat banklarida sotib olish va sotish kurslari biroz farq qilishi mumkin.🔝 @foydali_moliya — obuna bo‘ling


Foydali Moliya
21 сент., 07:21
❗️ "Hozir ol, keyin to'la" degan jozibali so'zlar ortidagi xavfXulq-atvor iqtisodiyoti tadqiqotlariga ko'ra, pulni naqd yoki bir yo'la to'lash miyada "yo'qotish" hissini uyg'otadi.Kichik qismlarga bo'linganda bu og'riq deyarli sezilmaydi va miya buni "arzon" deb qabul qiladi.Natijada, kichik to'lovlar orqasida yashiringan bu tuzoq sizni kerak bo'lmagan xaridlarga undaydi va sekin-asta qarz iskanjasiga tortadi.Ulugʻlarimizning "Qarzdan ehtiyot boʻlinglar, chunki u — tunda gʻam, kunduzi xorlikdir" degan gapi bejiz aytilmagan.Shoshilmang! Mayli, hozir olmang, qurbingiz yetganida oling — shunda ham xotirjam, ham erkin bo'lasiz.🔝 @foydali_moliya — obuna bo‘ling
Foydali Moliya
20 сент., 10:30
💸 Daromad haqida gap ketganda…Kam topadiganlar ko‘pincha aytishga uyaladi.Ko‘p topadiganlar esa aytishga hijolat bo‘ladi.Daromadini bemalol aytadiganlar esa – odatda o‘rtacha topadiganlar bo‘ladi.Nega unday deysizmi? Sababi oddiy:Kam topayotgan odam daromadini aytib, boshqalar oldida past nazar bilan koʻrinishni xushlamaydi. Ko‘p topayotgan esa ortiqcha e’tiborni istamaydi – ko‘zi tegadimi, soliqdan chaqirishadimi, degan xavotiri bor.O‘rtachalar esa, o‘z darajasidan na uyaladi, na qo‘rqadi. Shuning uchun bemalol gapiraveradi.🔝 @foydali_moliya — obuna bo‘ling


Foydali Moliya
20 сент., 08:00
👍 Mamlakatimizda xorijiy sarmoya bilan ishlaydigan korxonalar soni yildan-yilga ortib bormoqda.Milliy statistika qo‘mitasining 2026-yil 1-sentabr holatidagi ma’lumotiga ko‘ra, yurtimizda jami 21 490 ta xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxona faoliyat yuritmoqda. Ulardan:🔹 4 758 tasi — qo‘shma korxona, 🔹 16 732 tasi — to‘liq xorijiy korxona📊 Soʻnggi besh yilda xorijiy investisiyalar ishtirokida faoliyat yuritayotgan korxonalarning umumiy soni 1,7 baravarga oshgan. Shu bilan birga, xorijiy korxonalarning jamidagi ulushi 56,2 foizdan 77,9 foizgacha ko‘paygan.Xorijiy korxonalar soni bo‘yicha yetakchi 10 ta davlat:🥇 Xitoy — 6 436 🥈 Rossiya — 3 589 🥉 Turkiya — 2 365 4. Qozog‘iston — 1 345 5. Janubiy Koreya — 739 6. Afg‘oniston — 725 7. Ozarbayjon — 503 8. Tojikiston — 483 9. BAA — 464


Foydali Moliya
20 сент., 07:56
🚀 HAVAL JOLION — 5 yilgacha 0% muddatli to‘lov🍃 Bu kuzda HAVAL JOLION’ni maxsus shartlar asosida xarid qiling: 👍 0% — yillik stavka 👍 30% dan — boshlang‘ich to‘lov 👍 5 yilgacha — dastur muddati 👍 5 yil yoki 150 000 km — kafolat⚡️ Zamonaviy dizayn, ilg‘or texnologiyalar va har kunlik qulaylik — HAVAL JOLION ko‘proq imkoniyatni tanlaydiganlar uchun yaratilgan.Batafsil ma’lumot: 📞 +998712878888 🌐 gwm.com.uzTo'lov miqdori va muddatiga qarab shartlar farq qilishi mumkin


Foydali Moliya
20 сент., 05:20
yosh bola edimeski kvartirada yashar edikdadam devor to’la kitoblarni ko’rsatib:"shular ichiga dollarlarni berkitib qo’yganman" der edi.🔝 @foydali_moliya — obuna bo‘ling
