gram news
Аватар канала Farg‘ona davlat universiteti

Farg‘ona davlat universiteti

@fsu_uz

FARG'ONA DAVLAT UNIVERSITETI RASMIY KANALI www.fdu.uz instagram.com/fdu_uz youtube.com/@fdu_uz facebook.com/shermuhammadovfardu

ПроектыUZОбразование

10,200подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • Farg‘ona davlat universiteti

    22 сент., 16:58

    #Talabalar_oqshomiFarDUda “TALABALAR OQSHOMI”Bugun 5-, 6- talabalar turar joyida talaba yoshlar uchun unutilmas taassurotlar ulashuvchi “Talabalar oqshomi” bayram dasturi bo'lib o'tdi.Tadbir yoshlikni tarannum etuvchi kuy va qo'shiqlar, raqs va fleshmoblar teatr xodimlari tomonidan badiiy-musiqiy chiqishlar bilan ko'tarinki kayfiyatda o'tdi. ✅FarDU rasmiy sahifalari👍Telegram | 📷Instagram |📹YouTube | 📒Facebook |🐦Twitter | 🔷Website
    688211Открыть в Telegram
  • Farg‘ona davlat universiteti

    22 сент., 16:35

    переслано из @talimxabarlari

    O‘zbekistonning Osiyo o‘yinlaridagi ilk medalini FarDu talabasi qo‘lga kiritdiBatafsil: https://talimxabarlari.uz/79491/🎓 Obuna bo‘ling - @talimxabarlari
  • Farg‘ona davlat universiteti

    22 сент., 14:59

    #ochiq_muloqot“Rektor va yoshlar” uchrashuvi🔷FarDUda “Rektor va yoshlar” uchrashuvlari davom etmoqda. Navbatdagi uchrashuv iqtisodiyot fakultetining 1- bosqichga qabul qilingan talabalari bilan ochiq muloqot tarzida bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuv talabalarni yangiliklardan xabardor qilish va ularning fikr-mulohazalarini tinglash maqsadida tashkil etildi.📝Ochiq muloqotda FarDU rektori Bahodirjon Shermuhammadov tomonidan mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish muhimligi, yoshlar mas’uliyatni o‘z zimmasiga olib, o‘zaro hamkorlikda jamiyatning ijtimoiy va ma'naviy taraqqiyotiga hissa qo‘shishi lozimligi ta’kidlandi.♾️Suhbat davomida talabalarni qiziqtirgan savol va takliflari tinglanib, ijrosi yuzasidan manzilli
  • Farg‘ona davlat universiteti

    22 сент., 14:50

    📚Farg‘ona davlat universitetida kitob yarmarkasi bo‘lib o‘tdi!🔷Bugun Farg‘ona davlat universitetida talaba-yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning badiiy va ilmiy adabiyotlarga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida kitob yarmarkasi tashkil etildi.Yarmarka davomida turli yo‘nalishlarga oid badiiy, ilmiy va ma’rifiy adabiyotlar namoyish etilib, talaba-yoshlar o‘zlari qiziqqan kitoblar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.Tadbir davomida Huquqshunoslik fakulteti tyutori H. Manzuraxon tomonidan “To‘maris” nomli kitobdan mazmunli parcha o‘qib berilib, asarning mazmun-mohiyati va tarixiy ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.📖 Bunday tadbirlar yoshlarni mutolaaga jalb etish, ularning dunyoqarashini kengaytirish hamda kitobga bo‘lgan mehrini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
  • Farg‘ona davlat universiteti

    22 сент., 14:39изменён

    📰UZA.uz — biz haqimizda!O‘zbekiston Respublikasining markaziy va rasmiy davlat axborot agentligi — UZA.uz tomonidan Farg‘ona davlat universiteti tadqiqotchisi, FarDU Volontyorlik markazi rahbari Husniddin Tohirov tomonidan olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari, shuningdek, universitetimizda volontyorlik yo‘nalishida yaratilgan sharoit va berilayotgan imkoniyatlar haqida maqola e’lon qilindi.❕ Mazkur tadqiqot oliy ta’lim muassasalarida volontyorlik faoliyatini tashkil etishning pedagogik modelini takomillashtirishga qaratilgan bo‘lib, yoshlar orasida tobora ommalashib borayotgan volontyorlik faoliyatining ijtimoiy va pedagogik jihatlarini o‘rganishga xizmat qiladi.
  • Farg‘ona davlat universiteti

    22 сент., 13:16

    переслано из @proligauzb

    ⚽️⚽️Proliga. 20-tur🔷 FARDU 3:1 BUXDU 🟦⚽️ Murodjon Komilov, 16 (1:0), Murodjon Komilov, 21 (2:0), Muxarram Abelfazov, 40 (3:0), Jasurbek Ubaydulloyev, 75 (3:1)📲 https://t.me/ProLigaUZB
    8091311Открыть в Telegram
  • Farg‘ona davlat universiteti

    22 сент., 12:04

    переслано из @pfc_fardu

    Birinchi boʻlimdan fotolavhalar!⚽️⚽️Proliga. 20-tur🟢 🔷 FARDU 3:0 BUXDU 🟦
  • Farg‘ona davlat universiteti

    22 сент., 12:02

    O‘ZBEK TILI – DO‘STLIK TILI! 🇺🇿🎓Olimpiadaning universitet bosqichi o‘tkazildi📜O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktyabrdagi PQ–308-son qarori hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 3-avgustdagi 321-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida olimpiadaning universitet bosqichi o‘tkazildi. 🌍Universitetda tahsil olayotgan chet ellik talabalar o‘rtasida o‘zbek tilidan o‘tkaziladigan respublika olimpiadasining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi.📚Olimpiada universitetning Axborot resurs markazida bo‘lib o‘tdi. ⚖️Ishtirokchilarning javoblari hakamlar hay’ati tomonidan olimpiada Nizomi asosida baholanmoqda.🏆 Yakuniy natijalarga ko‘ra, 3 nafargacha g‘olib oktabr oyida Urganch
  • Farg‘ona davlat universiteti

    22 сент., 11:53

    #Rahbar_va_yoshlar⚖️Adolat — qonun ustuvorligi — inson huquqlari🎓Talabalarning huquqiy savodxonligini oshirish, sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishtirish hamda yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida “Sudya va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvni fakultet dekani Sh.A. Mamajonov ochib, tadbirning maqsadi haqida fikr yuritib, ishtirokchilar bilan tanishtirib o'tdi. ⚖️ Tadbirda Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg'ona shahar sudi sudyalari Avazbek Rahimov, Farrux Raxmatov va Qobiljon Mutaliev ishtirok etib, talabalarga sud-huquq tizimi, "Odil sudlov-2030" strategiyasi, uning mazmun mohiyati, yoshlarning huquq va majburiyatlari, qonunlarga rioya qilish hamda huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan muhim ma’lumotlar berdilar. 💬 Uchrashuv yakunida
  • Farg‘ona davlat universiteti

    22 сент., 11:06

    #Sayyor_qabul🇺🇿Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi bilan muloqot tizimini samarali tashkil qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2026-yil 1-apreldagi PF-51-sonli Farmoni ijrosi doirasida Aholi bilan davlat organlari oʻrtasida ochiq va samarali muloqotni taʼminlash maqsadida universitet rektori Bahodirjon Shermuhammadov tomonidan Rishton tumanida sayyor qabul o‘tkazildi.🔎Qabul davomida fuqarolarning oliy ta’lim olish, o‘qishni ko‘chirish va tiklash, kontrakt to‘lovlarini amalga oshirish, talabalar turar joylaridan imtiyozli foydalanish kabi masalalardagi murojaatlari o‘rganildi. Qabul davomida fuqarolarga belgilangan tartibda huquqiy tushuntirishlar berildi, shu bilan birga, talabalar turar joyi bilan bilan bog‘liq masalalar joyida ijobiy hal etildi. ✅FarD
  • Farg‘ona davlat universiteti

    12 сент., 09:58

    #Birinchi_kurs_maktabi🪷MEN TANLAGAN MUTAXASSISLIKJismoniy madaniyat va sport faoliyati fakultetining Jismoniy madaniyat yo‘nalishi 1-bosqich talabalari ishtirokida professor-o‘qituvchilar tomonidan “Men tanlagan mutaxassislik” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Suhbat davomida talabalarga mutaxassislik tanlash inson hayotidagi muhim qadamlardan biri ekani, tanlangan kasbga mehr va mas’uliyat bilan yondashish kelajakdagi muvaffaqiyatning asosiy omili ekanligi ta’kidlandi. Professor-o‘qituvchilar jismoniy madaniyat o‘qituvchisi nafaqat sport sirlarini o‘rgatuvchi, balki yosh avlodni sog‘lom, irodali, intizomli va ma’naviy barkamol etib tarbiyalovchi pedagog ekanligini alohida qayd etdilar. Davra suhbatida yoshlarga o‘z ustida muntazam ishlash, bilim va sport mahoratini oshirish, kelajakda o‘z kasbining munosib mutaxassisi bo‘lishga intilish tavsiya etildi.Zero, to‘g‘ri tanlangan kasb — kelajak sari qo‘yilgan muhim qadamdir. ✅FarDU rasmiy sahifalari👍Telegram | 📷Instagram |📹YouTube | 📒Facebook |🐦Twitter | 🔷Website
  • Farg‘ona davlat universiteti

    12 сент., 06:19

    #35yoshingmuborak #Sport🏐 VOLEYBOL — BIRLIK VA JASORAT MAYDONIDA!🔷Farg‘ona davlat universiteti fizika-matematika fakultetida 1-bosqichga qabul qilingan talabalar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni munosib o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida voleybol musobaqasi tashkil etildi.Musobaqada fakultetning barcha yo‘nalishlaridan 1-bosqich talabalari jamoaviy tarzda faol ishtirok etib, o‘zlarining chaqqonligi, mahorati, sportga bo‘lgan qiziqishi va jamoaviy birdamligini namoyon etdilar. 🏆👏🥇 Musobaqa yakunlariga ko‘ra: 👦 O‘g‘il bolalar o‘rtasida: 🏆 1-o‘rin — Amaliy matematika yo‘nalishi jamoasi 👧 Qizlar o‘rtasida: 🏆 1-o‘rin — Matematika yo‘nalishi jamoasi G‘olib jamoalarni samimiy muborakbod etamiz! 🎉🏆✅FarDU rasmiy sahifalari👍Telegram | 📷Instagram |📹YouTube | 📒Facebook |🐦Twitter | 🔷Website
  • Farg‘ona davlat universiteti

    12 сент., 06:13

    #Kelajak_soati🔷FarDU Fizika-matematika fakultetida navbatdagi "Siyosiy-ma'rifat soati" bo‘lib o‘tdi🏛Tadbir davomida joriy haftaning eng dolzarb siyosiy voqealari muhokama qilinib, ularning mazmun-mohiyati va ahamiyati keng yoritildi. Ushbu uchrashuvda professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda fakultet rahbariyati faol ishtirok etdi.🔰Tadbir ishtirokchilarga siyosiy jarayonlar yuzasidan bilimlarini mustahkamlash, voqealarga xolis va tahliliy yondashishni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.✅FarDU rasmiy sahifalari👍Telegram | 📷Instagram |📹YouTube | 📒Facebook |🐦Twitter | 🔷Website
  • Farg‘ona davlat universiteti

    12 сент., 06:06

    #Kelajak_soati🇺🇿Ingliz tili va adabiyoti fakultetida an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan “Siyosiy ma’rifat soati” ning navbatdagi mashg‘uloti o‘tkazildi.➡️ Muhokamalarda mamlakat taraqqiyoti, ichki va tashqi siyosatdagi ustuvor yo‘nalishlar, milliy manfaatlarni himoya qilishga qaratilgan islohotlarga nisbatan xolis va faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish masalalari yuzasidan savol-javoblar o‘tkazildi.✅FarDU rasmiy sahifalari👍Telegram | 📷Instagram |📹YouTube | 📒Facebook |🐦Twitter | 🔷Website
  • Farg‘ona davlat universiteti

    12 сент., 05:32изменён

    🔷FarDU "Sport klubi" to'garaklariga taklif etamiz! ⚽️🏀🏓🔵Talabalar va sportsevarlar diqqatiga!Universitetimiz sport klubida 10 dan ortiq yo'nalishlar bo'yicha to'garaklar o'z faoliyatini olib bormoqda: 🏀 Basketbol 🏐Voleybol 🏃‍♂️ Yengil atletika 🥋Kurash 🏓Stol tennisi ♟ Shaxmat va shashka 👍 Chim ustida xokkey 🏋️‍♂️ Fitnes (yigitlar va qizlar uchun)✨Barcha to'garaklar mutlaqo BEPUL!📍Mashg'ulot joylari, vaqti va murabbiylar haqida to'liq ma'lumot yuqoridagi jadvalda ko'rsatilgan.📲Sport klubining rasmiy Telegram guruhiga qo'shilish va yangiliklardan xabardor bo'lish uchun rasmdagi QR-kodni skaner qiling!✅FarDU rasmiy sahifalari👍Telegram | 📷Instagram |📹YouTube | 📒Facebook |🐦Twitter | 🔷Website
  • Farg‘ona davlat universiteti

    12 сент., 04:55

    переслано из @vodiy1uzofficial

    Ўзбекистондаги барча олийгоҳларда вазиятлар маркази ташкил этиладиЎзбекистондаги барча олий таълим муассасаларида талабалар учун Вазиятлар марказлари ташкил этилади. Бу ҳақда Шавкат Мирзиёев раислигида ўтказилган видеоселектор йиғилишида маълум қилинди.Йиғилишда Талабалар шаҳарчасида ташкил этилган вазиятлар маркази орқали олийгоҳлар ва ётоқхоналарга кириб-чиқиш ҳамда талабалар давоматини онлайн назорат қилиш амалиёти ижобий натижа бераётгани қайд этилди.Шу тажрибани йил якунигача Тошкент шаҳрининг бошқа туманларига, 2027 йилда эса Ўзбекистондаги барча олий таълим муассасаларига жорий этиш вазифаси қўйилди.👉 Vodiy1.uzга уланиш учун https://t.me/Vodiy1uzofficial. Водийнинг 1- рақамли каналига аъзо бўлинг
  • Farg‘ona davlat universiteti

    12 сент., 04:21

    #35yoshingmuborak“Eng yaxshi qo‘shiq” tanlovi😵‍💫Pedagogika-psixologiya va san'atshunoslik fakultetida vokal va cholg'u ijrochiligi yo‘nalishi talabalari o'rtasida “Eng yaxshi qo‘shiq” tanlovi guruhlar bosqichi bo'lib o'tdi.Tanlovda vatanga sadoqat, milliy istiqlol va xalqimizga muhabbat g‘oyalarini musiqa va qo‘shiq orqali keng targ‘ib qiluvchi qo‘shiqlar tinglandi.✅FarDU rasmiy sahifalari👍Telegram | 📷Instagram |📹YouTube | 📒Facebook |🐦Twitter | 🔷Website
  • Farg‘ona davlat universiteti

    12 сент., 04:17

    переслано из @adliya_fargona

    #Adliya_va_yoshlar #Yoshlar_kuni❗️Farg‘onada bo'lajak huquqshunoslar bilan IT va AI imkoniyatlari muhokama qilindiFarg‘ona viloyati adliya boshqarmasida Farg‘ona davlat universiteti Yurisprudensiya fakultetining 1-bosqich talabalari ishtirokida zamonaviy texnologiyalarga bag‘ishlangan qiziqarli davra suhbati tashkil etildi.Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i A.Omonov yoshlar bilan ochiq muloqot qilib, bo‘lajak huquqshunoslarga zamonaviy yurisprudensiyada axborot texnologiyalari va sun’iy intellektning naqadar muhim ekanligini alohida e'tirof etdi.Tadbirga IT sohasi mutaxassisi hamda sun’iy intellekt bo‘yicha ekspert — IT Park Farg‘ona viloyati filiali rahbari o‘rinbosari M.Siddiqov taklif etildi.Suhbat davomida AI imkoniyatlari muhokama qilindi. Jumladan, mutaxassislar tomonidan sun'iy intellekt texnologiyalarining asoslari, amaliyotda qo‘llanilish sohalari va keng imkoniyatlari batafsil tushuntirib berildi.Uchrashuv davomida ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy blog yuritish, IT sohasini mukammal egallash hamda sunʼiy intellekt yordamida shaxsiy faoliyatni yanada rivojlantirish borasida qizg‘in munozaralar bo‘lib o‘tdi.Bizni kuzatib boring: 🚀Telegram🌐Websayt📷Instagram🔵Facebook 📱Youtube