Последние посты

GameFest.Uz
9 сент., 16:32
переслано из @uzbekistan_creative_association
🎮 Global o‘yin industriyasining yetakchi vakillari Istanbulda jamlanadi - Uzbekistan Creative Association a’zolari uchun esa maxsus 25% chegirma mavjud!Joriy yilning 7–8-oktyabr kunlari Istanbul shahrida Mobidictum Conference 2026 bo‘lib o‘tadi.Mobidictum Conference - o‘yin ishlab chiquvchilar, studiyalar, publisherlar, investorlar, texnologik kompaniyalar va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarni birlashtiradigan nufuzli xalqaro biznes maydoni.Bu yilgi konferensiyada: 🌍 65 dan ortiq mamlakatdan vakillar; 👥 2 500 dan ziyod ishtirokchi; 🎮 yetakchi o‘yin studiyalari va ishlab chiquvchilar; 💼 investorlar va venchur fondlar; 🚀 xalqaro publisherlar hamda soha ekspertlari qatnashadi.Ikki kun davomida konferensiya ishtirokchilariga professional sessiyalar, panel muhokamalari, B2B uchrashuvlar, networking tadbirlari va yangi hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari taqdim etiladi.
GameFest.Uz
7 сент., 12:37
переслано из @uzbekistan_creative_association
UZCA a’zosi - Kaja Games jamoasining uzoq kutilgan “Nomad Rivals” o‘yini rasman Google Play’ga chiqdi! 🚀Ko‘chmanchilar ruhi, raqobat va epchillik mujassam bo‘lgan ushbu loyihani hoziroq sinab ko‘ring.📲Qanday yuklab olish mumkin? Google Play do‘koniga kirib, "Nomad Rivals" deb qidiring yoki pastdagi havola orqali o‘ting: 👉Google Play’dan yuklab olish🤝Jamoani qo‘llab-quvvatlaymiz! O‘ynab ko‘rib, o‘z xolis fikringiz va bahoyingizni review’da qoldirishni unutmang. Sizning har bir izohingiz - o‘yinni yanada yaxshilash uchun ulkan motivatsiya! ⚡️Bizni kuzatib boring: 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Linkedin
GameFest.Uz
20 июл., 09:34
👾 Industry News #002 👾GameFest 2026 davomida AI bo'yicha sessiyalarimizning asosiy xulosasi bitta edi: sun'iy intellekt endi real ishlab chiqarish jarayonining bir qismiga aylandi.#002 soni buning yaqqol isboti: investitsiyalar, yangi vositalar, bozordagi o'zgarishlar va ilk qoidalar bir vaqtning o'zida shakllanmoqda. 👇💰 Generativ AI animatsiya sanoatining eng tez rivojlanayotgan yo'nalishlaridan biriga aylandiBozor hajmi 2025-yildagi 2,37 milliard dollar dan 2026-yilda taxminan 3,23 milliard dollarga yetdi — bu 36% o'sish degani.Bunga nima sabab bo'lmoqda?AI vositalari animatsiyadagi in-betweening (oraliq kadrlarni yaratish) va character rigging (personaj skeletini tayyorlash) kabi, avvallari ishlab chiqarish vaqtining 60–70% ini egallaydigan jarayonlarni avtomatlashtirmoqda.Asosiy xulosa esa boshqacha: gap "AI animatorlarni almashtiryapti" deganida emas. Studiyalar
GameFest.Uz
17 июл., 10:45
🎥 Game Fest 2026: 1-kun!"Game Fest 2026" festivalining ilk kuni qanday o‘tdi?Toshkentda bo‘lib o‘tgan tadbirning birinchi kunida ekspertlar chiqishlari va soha yangiliklari muhokama qilindi. Jarayonning to‘liq tasvirlarini quyidagi havola orqali ko‘rishingiz mumkin: 🔗 Game Fest 2026: 1-kunni ko‘rishVideoda festivaldagi asosiy jarayonlar aks etgan. Marhamat, tomosha qiling. #GameFest2026 #Gaming #Tashkent —————————YouTubeHighlights from Day 1 of the “Game Fest 2026” International Festival in TashkentDay 1 of the “Game Fest 2026” International Festival, featuring expert talks, panel discussions, project presentations, the Game & Animation Expo, and the International Game Jam.
GameFest.Uz
17 июл., 07:55
GameFest 2026 doirasidagi yana bir muhim natijalardan biri - o‘yin va kreativ sanoatni rivojlantirish bo‘yicha xalqaro hamkorlik platformasini tashkil etishga qaratilgan Anglashuv memorandumining imzolanishi bo‘ldi.Mazkur tashabbus O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, Uzbekistan Creative Association, Behold VC (Shvetsiya), Kameha VC (Fransiya) va FirstPoint VC (Turkiya/Hongkong) hamkorligida o‘yin industriyasi, raqamli kontent ishlab chiqarish, ta’lim va kreativ texnologiyalar yo‘nalishlarida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishni maqsad qilgan. Jumladan yangi tashkil qilingan FirstPoint VC fondning 50 million yevrolik investitsiyalari uchun Markaziy Osiyo ustuvor mintaqalardan biri bo'lishini e'lon qildi.Memorandum quyidagi asosiy yo‘nalishlarni qamrab oladi:• Xalqaro hamkorlik va Co-Production imkoniyatlarini kengaytirish • Yosh iste’dodlarni rivojlantirish
GameFest.Uz
13 июл., 12:54
https://www.instagram.com/reel/Dau6_J0NPui/?igsh=eHR6Y2ZxY3MzOXdoTEZ KUNDA KUTIB QOLING! GameFest2026 2 - kunida nimalar bo’lganini batafsil ko’rishingiz mumkin bo’ladi!
GameFest.Uz
13 июл., 12:48
переслано из @uzbekistan_creative_association
🎮 Uzbekistan Creative Association Oʻzbekistondagi birinchi oʻyin investitsiya va nashr fondini ishga tushirdi!Bugun Uzbekistan Creative Association UzCA Game Fund — Oʻzbekistondagi birinchi oʻyin investitsiya fondini, shuningdek mamlakatdagi birinchi nashriyot va marketing qoʻllab-quvvatlash mexanizmini ishga tushiryapti.Har bosqichda qoʻllab-quvvatlash uchun 2 yoʻnalish:🎮 Investitsiya yo‘nalishi — yangi loyihalar yaratayotgan studiyalar uchun kapital. Dastlabki g‘oya bosqichidan ($1–2 ming), ilk rivojlanish bosqichigacha ($5–20 ming) va barqaror daromadga erishgan loyihalargacha ($50–100 ming va undan yuqori) investitsiya miqdori studiyaning o‘sishiga qarab oshib boradi. Hamkorlik daromadni taqsimlash yoki kompaniya ulushiga investitsiya kiritish modeli asosida amalga oshiriladi.📈 Nashriyot va marketing yoʻnalishi — nafaqat mablagʻga, balki
GameFest.Uz
8 июл., 13:29
🇷🇺Rus tilida🎮 Sherdor Games akseleratoriga rasman start berildi!Oʻzbekistonning eng istiqbolli o'yin yaratuvchi jamoalari uchun 45 kunlik jadal akseleratsiya dasturi.Dastur davomida siz: ▶️ Tajribali mentorlar bilan yelkama-yelka ishlaysiz va ulardan jonli tajriba olasiz; ▶️ O'yiningizni ham texnik jihatdan, ham biznes nuqtai nazaridan pishitasiz; ▶️Loyihangizni global bozorga olib chiqadigan marketing strategiyasini tuzasiz; ▶️ Investorlar va publisherlar oldida bevosita chiqish qilib, o'z g'oyangizni taqdim etasiz. ▶️Saralangan jamoalarga $1000 stipendiya + Demo Day’da xalqaro namoyish.Sizda o'yin uchun tayyor prototip yoki MVP bormi? Unda
GameFest.Uz
8 июл., 07:53
👾 Industry News #001 👾May oyidagi GameFest davomida nimalar haqida gaplashganimiz yodingizdami?Panel sessiyasi: Animatsiya biznesi, yangi texnologiyalar va studiyalar Ma'ruzalar: Kinematika, animatsiya, dizayn va storytellingSun'iy intellekt animatsiyani qanday o'zgartirayotgani, hunarmandchilik va avtomatlashtirish muvozanati haqida suhbatlashgandik.Oradan bir necha hafta o'tib, sanoatdagi voqealar aynan shu mavzularning naqadar dolzarb ekanini yana bir bor isbotlamoqda.Mana eng muhim yangiliklar 👇✋ AI ishlab chiqarish jarayonini tobora egallab borayotgan bir paytda, 50-yillik studiya inson qo'lining qadrini eslatmoqdaAardman, Wallace & Gromit hamda Shaun the Sheep animatsiyalari ortidagi britaniyalik stop-motion studiyasi, o'zining 50 yilligini nishonlamoqda. Ularning muvaffaqiyati plastilin animatsiyasi, o'ziga xos qahramonlar, ataylab saqlab qolingan mayda
GameFest.Uz
6 июл., 04:35
переслано из @uzbekistan_creative_association
Tadbir yakunida GameFest 2026 doirasida o‘tkazilgan Games & Animation Expo’da faol ishtirok etib, o‘yinlar, animatsiya va raqamli kreativ sanoat rivojiga munosib hissa qo‘shgan ko‘plab kompaniyalar sertifikatlar bilan taqdirlandilar.UzCA jamoasi barcha ishtirokchilarga samimiy minnatdorchilik bildiradi.📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Linkedin
GameFest.Uz
6 июл., 04:35
переслано из @uzbekistan_creative_association

GameFest.Uz
6 июл., 04:35
переслано из @uzbekistan_creative_association
🎮 O‘zbekiston GameDev va Animatsiya ekotizimini rivojlantirish bo‘yicha muhim davra suhbati bo‘lib o‘tdi!Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi (Digital.uz) va Uzbekistan Creative Association (Uzca.uz) tashabbusi bilan, IT Park Uzbekistan hamda "Mirzo Ulug‘bek vorislari" hamkorligida "O‘zbekistonda GameDev va Animatsiya ekotizimini rivojlantirish" mavzusida ochiq davra suhbati bo‘lib o‘tdi.🤝 Tadbirda GameDev, Animatsiya, VFX va Dizayn yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan studiyalar, mutaxassislar, ta’lim muassasalari va davlat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.💬Uchrashuv davomida: 🔹sohaning bugungi holati va istiqbollari; 🔹mavjud muammolar va ularning yechimlari; 🔹 kadrlar tayyorlash; 🔹 studiyalarni qo‘llab-quvvatlash; 🔹 xalqaro bozorga chiqish va eksport; 🔹 davlat–xu
