gram news
Аватар канала GAPIRAMIZ.UZ

GAPIRAMIZ.UZ

@gapiramiz_uz

"𝙈𝙞𝙣𝙜 𝙢𝙖𝙧𝙩𝙖 𝙮𝙤𝙡𝙜ʻ𝙤𝙣 𝙜𝙖𝙥𝙞𝙧𝙜𝙖𝙣𝙙𝙖𝙣 𝙠𝙤ʻ𝙧𝙖 𝙗𝙞𝙧 𝙢𝙖𝙧𝙩𝙖 𝙧𝙤𝙨𝙩 𝙜𝙖𝙥𝙞𝙧𝙜𝙖𝙣 𝙢𝙖ʼ𝙦𝙪𝙡" @𝙂𝘼𝙋𝙄𝙍𝘼𝙈𝙄𝙕_𝙐𝙕 - 𝙗𝙪 𝙣𝙚𝙮𝙩𝙧𝙖𝙡 𝙟𝙪𝙧𝙣𝙖𝙡𝙞𝙨𝙩𝙞𝙠𝙖.

ПроектыUZНовости

12,600подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • GAPIRAMIZ.UZ

    18 сент., 10:09

    “O‘zbekiston — 2030” strategiyasidagi odil sudlov sari ustuvor vazifalarSudlar faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash ham sud-huquq islohotlarining muhim yo‘nalishlaridan biridir. Fuqarolarning sud faoliyati haqida yetarli va ishonchli ma’lumotga ega bo‘lishi, sud qarorlari va sud ishlari haqidagi axborotlarning ochiqligi jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish hamda sudlarga bo‘lgan ishonchni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.Shu bilan birga, sud tizimida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish orqali sudga murojaat qilish va sud ishlarida ishtirok etish uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratilmoqda. Elektron hujjat almashinuvi, masofaviy ishtirok etish imkoniyatlari hamda axborot tizimlaridan foydalanish sud ishlarini yuritishning tezkorligi va samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.Strategiyada belgilangan vazifalardan yana biri — nizolarni sudgacha va
  • GAPIRAMIZ.UZ

    18 сент., 09:53

    Firibgarlikning oxiri — javobgarlikFiribgarlik — insonning ishonchi va soddaligidan foydalanib, o‘zganing mulkini qo‘lga kiritishga qaratilgan jinoyatlardan biridir. Uning oqibati nafaqat jabrlanuvchining moddiy zarar ko‘rishi, balki jinoyat sodir etgan shaxsning qonun oldida javob berishi bilan yakunlanadi. Afsuski, so‘nggi yillarda firibgarlikning turi va sodir etilish holatlari ko‘payib, fuqarolarni aldashning turli usullari uchramoqda. Ayniqsa, ishga joylashtirish, xorijga yuborish, hujjatlarni rasmiylashtirish kabi va’dalar orqali pul talab qilish holatlari hamon uchrab turibdi.Yaqinda jinoyat ishlari bo‘yicha Guliston shahar sudida o‘tkazilgan sud majlisida xuddi ana shunday jinoyatga qo‘l urgan, 2003-yilda Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan N.T.ga oid jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.Sud jarayonida ma’lum bo‘lishicha, sudlanuvchi N.T. Toshkent shahridagi
  • GAPIRAMIZ.UZ

    14 сент., 07:23

    Muomalaga layoqatsiz deb topish fuqaroning qanday huquqlariga ta’sir qiladi?O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 22-moddasida fuqaroning muomala layoqati belgilangan. Unga ko‘ra, fuqaroning o‘z harakatlari bilan fuqarolik huquqlariga ega bo‘lish va ularni amalga oshirish, o‘zi uchun fuqarolik burchlarini vujudga keltirish va ularni bajarish layoqati, ya’ni muomala layoqati u 18 yoshga to‘lgach to‘la hajmda vujudga keladi. Voyaga yetgunga qadar qonuniy asosda nikohdan o‘tgan fuqaro nikohdan o‘tgan vaqtdan e’tiboran to‘la hajmda muomala layoqatiga ega bo‘ladi.Eng muhimi, fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb topish yoki uning muomala layoqatini cheklash jazo emas. Bu chora shaxsning o‘zi, oilasi va boshqa insonlarning huquqiy himoyasini ta’minlash uchun qo‘llaniladi. Maqsad — inson huquqini asossiz cheklash emas, balki uning manfaatlarini qonun doirasida himoya qilishdir.Shu sa
  • GAPIRAMIZ.UZ

    14 сент., 07:18

    Kimni muomalaga layoqatsiz deb topish mumkin?Fuqaroni muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topish uning huquqiy maqomi, mulkiy va boshqa qonuniy manfaatlariga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois, bunday masalalar faqat sud tomonidan, qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining mazkur toifadagi ishlarni ko‘rish amaliyotiga oid qarorida sudlar uchun muhim tushuntirishlar berilgan.Unga ko‘ra, fuqaroni muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topish haqidagi ishlar alohida ish yuritish tartibida ko‘riladi. Sudlar ishni ko‘rib chiqishda barcha ahamiyatli holatlarni har tomonlama, to‘liq va xolisona aniqlashi, har qanday cheklovning qonuniyligi va asosliligini sinchiklab tekshirishi lozim.Qonunchilikda bunday ariza bilan sudga murojaat qilish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar doirasi ham aniq
  • GAPIRAMIZ.UZ

    11 сент., 15:06изменён

    Ekopolitsiya xodimi o‘limi yuzasidan 3 kishiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildiSirdaryo daryosida xizmat vazifasini bajarayotgan Ekopolitsiya xodimi Mirzo Botirovning halok bo‘lishi yuzasidan 3 nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.Avvalroq Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi huzuridagi Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi Ayidar-Arnasoy ko‘llar tizimini nazorat qilish bo‘limi bosh mutaxassisi Mirzo Botirov xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.Ma’lum qilinishicha, hodisa 9 sentyabr kuni Sirdaryo daryosi o‘zanida o‘tkazilgan tezkor reyd vaqtida yuz bergan.Reyd davomida elektr qarmoqdan foydalanib, noqonuniy baliq ovlayotgan shaxslar aniqlangan. Inspektor ularning qarshiligiga uchrashi oqibatida suvga tushib ketgan.Mirzo Botirovni qidirish ishlari
  • GAPIRAMIZ.UZ

    11 сент., 14:54

  • GAPIRAMIZ.UZ

    11 сент., 14:33

    Jizzaxda yo‘lovchi avtobusi yuk mashinasi bilan to‘qnashib, ag‘darildiJizzax viloyatida Toshkent–Samarqand yo‘nalishida harakatlangan yo‘lovchi avtobusi yuk mashinasi bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar yo‘q.Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabariga ko‘ra, YTH bugun, 11 sentyabr kuni soat 08:30 larda Sharof Rashidov tumani Bobur MFY hududidan o‘tuvchi M-39 “Toshkent–Termiz” avtomobil yo‘lining 986-kilometrida yuz bergan.Ma’lum qilinishicha, Buxoro viloyatida yashovchi, 1982-yilda tug‘ilgan haydovchi Yutong rusumli yo‘lovchi avtobusini Toshkent–Samarqand yo‘nalishida boshqarib ketayotgan bo‘lgan.Haydovchi yo‘lning belgilangan joyidan qayrilayotgan vaqtda qarama-qarshi yo‘nalishda, ya’ni Samarqand–Toshkent tomonga harakatlanib kelayotgan Shacman rusumli yuk
  • GAPIRAMIZ.UZ

    11 сент., 14:29

    Sirdaryoda ko‘p qavatli uylarni qishga tayyorlash masalalari muhokama qilindiSirdaryoda ko‘p qavatli uylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash, qish kunlarini betalofat o‘tkazish hamda aholi xavfsizligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.Unda Sirdaryo viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi departamenti hamda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mas’ullari, shuningdek, ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi Boshqaruv servis kompaniyalari rahbarlari ishtirok etdi.Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-48-son qarori hamda 27-iyul kuni Bosh vazir rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishning 117-son bayonida belgilangan vazifalar ijrosi muhokama qilindi.Ta’kidlanishicha, ko‘p qavatli uylarni kuz-qish mavsumiga puxta tayyorlash uchun zarur
  • GAPIRAMIZ.UZ

    11 сент., 14:22

    “Energosavdo” muhandisi 500 dollar bilan ushlandiSamarqand viloyatida fuqaroga 20 mln so‘mlik jarimasini bekor qilib berishni va’da qilgan “Energosavdo” muhandisi 500 AQSh dollari olayotgan vaqtida ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.Ma’lum qilinishicha, “Energosavdo”ning Toyloq tuman bo‘limida muhandis lavozimida ishlovchi P.M. fuqaro M.E.ga 20 mln so‘mlik jarimasini bekor qilib berishni va’da qilgan. Buning evaziga u 500 AQSh dollari talab qilgan.Bundan tashqari, muhandis fuqaroga yangi elektr hisoblagich o‘rnatib, unga tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib berishni ham va’da qilgan.Departamentning Toyloq tumani bo‘limi boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazgan. Tadbir davomida P.M. talab qilgan 500 AQSh dollarini fuqaro M.E.dan olayotgan vaqtida ashyo­viy
  • GAPIRAMIZ.UZ

    7 сент., 06:56

    Endi “uchastkavoy”lar mahallada avtomobillarga jarima belgilashi mumkinO‘zbekistonda profilaktika inspektorlariga qo‘shimcha vakolatlar berilmoqda. Endilikda ular mahalla ko‘chalari va yo‘laklarida yo‘l harakati qoidalarini buzgan haydovchilarga ayrim holatlarda ma’muriy jazo qo‘llashi mumkin.Bu Prezidentning “Ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini ta’minlash faoliyatiga yangicha ishlash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan.“Uchastkavoy”larga qanday vakolatlar berildi?Qarorga ko‘ra, profilaktika inspektorlariga Yo‘l-patrul xizmatining hamda tuman yoki shahar ichki ishlar organi boshlig‘i va uning o‘rinbosarlarining ayrim vakolatlari ham beriladi.Xususan, profilaktika inspektorlari:birinchi marta sodir etilgan 17 turdagi kam ahamiyatli ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha ma’muriy ogohlantirish qo‘llashi; mahalla ko‘chalari va
  • GAPIRAMIZ.UZ

    7 сент., 06:41

    Sodda fuqaroni 3 ming dollarga aldamoqchi bo‘lgan turfirma menejeri ushlandiToshkentda fuqaroni Slovakiyaga ishga yuborish va viza olib berishni va’da qilib, undan pul talab qilgan turfirma menejeri qo‘lga olindi. U xorijda ishga joylashtirish bo‘yicha litsenziyaga ega bo‘lmagan.Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamkorligida poytaxtda noqonuniy migratsiyaga qarshi tezkor tadbir o‘tkazildi.Tadbir davomida Chilonzor tumanida faoliyat yurituvchi turfirmalardan birining menejeri fuqaroning ishonchiga kirib, uni Yevropa Ittifoqi hududidagi Slovakiyaga ishga yuborish hamda kirish vizasini rasmiylashtirib berishni va’da qilgani aniqlangan.3 ming dollar va 2,5 mln so‘m talab qilganMa’lum bo‘lishicha, turfirma menejeri Samarqand viloyatida yashovchi fuqarodan ushbu “xizmat”
  • GAPIRAMIZ.UZ

    7 сент., 06:35

    Markirovka qoidalarini buzgan tadbirkorlarga yengillik beriladi O‘zbekistonda majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzgan tadbirkorlarga nisbatan qo‘llanadigan javobgarlik choralari yengillashtirilishi mumkin. Xususan, jarimalarni qat’iy miqdorda belgilash va qoidabuzarlikni ilk bor sodir
  • GAPIRAMIZ.UZ

    7 сент., 06:27

    O‘zbekistonda qamoqqa hukm qilinganlar 22 foizga ko‘paydiO‘zbekistonda 2026 yilning dastlabki olti oyida 11 ming 703 nafar shaxs ozodlikdan mahrum etildi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2 ming 133 nafarga ko‘p.Oliy sud ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar-iyun oylarida sudlar tomonidan 9 ming 570 nafar shaxsga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Joriy yilda esa bu ko‘rsatkich 22 foizga oshgan.Eng ko‘p qamoq jazosi ToshkentdaOlti oy davomida ozodlikdan mahrum qilinganlar soni bo‘yicha Toshkent shahri birinchi o‘rinda turibdi — 2 ming 30 nafar. Undan keyingi o‘rinlarni:Farg‘ona viloyati — 1 462 nafar; Toshkent viloyati — 1 452 nafar egallagan.Eng kam ko‘rsatkich esa Qoraqalpog‘istonda qayd etilgan — 317 nafar.Toshkent shahrida ikki nafar shaxsga umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.Giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyatlar ko‘p
  • GAPIRAMIZ.UZ

    6 сент., 16:29

    Navoiyda YPX inspektorlari haydovchi va piyodalarga kitob tarqatdiNavoiy viloyatida yo‘l-patrul xizmati inspektorlari yo‘l harakati qoidalariga rioya qilgan haydovchi va piyodalarni kitob bilan rag‘batlantirmoqda.Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati rahbari Farrux Yoqubovning ma’lum qilishicha, mazkur loyiha aholi o‘rtasida madaniyatli harakat ishtirokchilari qatlamini shakllantirish hamda samarali targ‘ibot ishlarini olib borish maqsadida tashkil etilgan.Qayd etilishicha, loyiha nafaqat haydovchilar, balki piyodalar oqimi yuqori bo‘lgan hududlarda ham amalga oshirilmoqda. Yo‘l harakati qoidalariga to‘liq rioya qilgan va o‘zini namunali tutgan piyodalarga badiiy kitoblar sovg‘a qilinmoqda.Shuningdek, moped va skuter haydovchilariga “Vatanparvar” avtomaktabi bilan hamkorlikda “A” toifadagi haydovchilik
  • GAPIRAMIZ.UZ

    6 сент., 12:16

    Chorvoq suv omborida ota va uning ikki o‘g‘li cho‘kib ketdiToshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi Chorvoq suv omborida ota va uning ikki o‘g‘li cho‘kib ketdi. FVV g‘avvos-qutqaruvchilari ularni qidirishni davom ettirmoqda.FVV ma’lumotiga ko‘ra, hodisa 2-sentabr kuni Bo‘stonliq tumanining «Burchmulla» MFY hududida sodir bo‘lgan.Qayd etilishicha, uch nafar fuqaro — ota va uning ikki o‘g‘li — katerda sayr qilgan. Ular suvga tushish taqiqlangan hududga borib, himoya nimchalarisiz suvga tushgan va cho‘kib ketgan.Xabar kelib tushishi bilan FVVning g‘avvos-qutqaruvchilari hodisa joyiga yetib borgan. Hozirda suv omborining 2–2,5 kilometr radiusidagi hududda qidiruv ishlari olib borilmoqda.Qidiruv ishlariga barcha zarur kuch va vositalar jalb etilgan.Vazirlikka ko‘ra, suv omborining chuqurligi va qidiruv hududining kengligi ishlarni murakkablashtirmoqda.Qidiruv ishlari FVV
  • GAPIRAMIZ.UZ

    6 сент., 12:01

    Soqolli qozog‘istonlik sayyohlar Xitoyga kiritilmadiQozog‘istonlik sayyohlar Xitoy bilan chegaradagi Xorgos nazorat-o‘tkazish punkti orqali mamlakatga kirishda soqoli borligi sababli to‘xtatilgani aytilmoqda. Erkaklardan soqollarini olish talab qilingan. Bu haqda Ulysmedia.kz xabar berdi.Qozog‘istonliklardan biri Samat Avganovning aytishicha, u 2022 yildan buyon ish yuzasidan Xitoyga muntazam qatnab keladi. Biroq avval chegarada soqol bilan bog‘liq bunday talabga duch kelmagan.Uning so‘zlariga ko‘ra, 3 sentabr kuni odatdagidek Xorgos nazorat-o‘tkazish punktiga kelganida, undan soqolini olish yoki Qozog‘istonga qaytish talab qilingan. Shundan so‘ng u soqolini olgan.Yana bir sayyoh Chingiz Xudoyberganovning bildirishicha, bunday tekshiruvlar bir necha kundan buyon amalga oshirilmoqda. Uning aytishicha, soqolli erkaklarni politsiya xodimlari kutib olib, ularga ustara bergan.
  • GAPIRAMIZ.UZ

    6 сент., 11:38

    G‘ofurjon Mirzayev Mahallalar uyushmasi raisi bo‘ldiG‘ofurjon Mirzayev Prezidentning davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etilib, Mahallalar uyushmasi raisi etib tayinlandi.G‘ofurjon Mirzayev 1964 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. U 1990 yilda Toshkent politexnika institutini, 2000 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2003 yilda esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.U 2016 yildan 2022 yil noyabrigacha Sirdaryo viloyati hokimi sifatida faoliyat yuritgan. 2022 yildan buyon Prezident maslahatchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.Endilikda G‘ofurjon Mirzayev Mahallalar uyushmasiga rahbarlik qiladi.Rasmiy sahifalarimizga obuna boʻling: 🗣Gapiramiz.uz | Instagram | Facebook | Youtube
  • GAPIRAMIZ.UZ

    5 сент., 10:39

    Qahramon Qurbonov lavozimidan ketdimi?Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Qurbonov lavozimidan ozod etilgani haqida xabarlar tarqalmoqda.Xabarlarga ko‘ra, Qurbonov egallab turgan lavozimidan chetlatilgan. Biroq hozircha bu ma’lumotni tasdiqlovchi rasmiy hujjat yoki vakolatli tashkilot bayonoti e’lon qilinmagan.O‘zbekiston mahallalari uyushmasining rasmiy sahifalarida ham ushbu masala yuzasidan ma’lumot berilmagan.Qahramon Qurbonovning lavozimidan ozod etilgani haqidagi xabarlar yaqinda mahallalarda aholi xonadonlariga kirib, uy va o‘choqboshi tozaligini o‘rganish tashabbusi jamoatchilikda turli munozaralarga sabab bo‘lganidan so‘ng tarqaldi.Mazkur tashabbus Qurbonov tomonidan ilgari surilgani aytilgan va u ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilingan edi. Shunga qaramay, Qurbonovning lavozimidan ozod etilgani aynan ushbu tashabbus bilan bog‘liq
  • GAPIRAMIZ.UZ

    5 сент., 10:27

    Samarqandda Gentra haydovchisi BYD haydovchisini urdiSamarqand shahrida yo‘lning qatnov qismida to‘xtab olib, boshqa haydovchi bilan janjallashgan Gentra haydovchisi ushlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.Ma’lum qilinishicha, hodisaga Gentra haydovchisining avtomobili bilan BYD haydovchisining yo‘nalishiga chiqib ketgani sabab bo‘lgan. Dastlab ikki haydovchi o‘rtasida og‘zaki tortishuv yuzaga kelgan.Shundan so‘ng Gentra haydovchisi BYD ortidan quvib, uni yo‘lda to‘xtatgan va jahl ustida haydovchini urgan. “Gentra rusumli avtomashinam bilan BYD haydovchisining yo‘nalishiga ozgina chiqib ketganim sababli og‘zaki tortishuv bo‘ldi. Shundan so‘ng uning ortidan quvib, jahl ustida uni urganim uchun haydovchidan ham, YHXB xodimlaridan ham uzr so‘rayman”, — degan haydovchi.BYD haydovchisining
  • GAPIRAMIZ.UZ

    5 сент., 09:56

    O‘qituvchidan 700 dollar olmoqchi bo‘lgan direktor qamaldiQashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablaridan birining direktori o‘qituvchiga qo‘shimcha dars soatlari ajratib berish evaziga 700 AQSh dollari talab qilgani uchun sudlandi.Jinoyat ishlari bo‘yicha Shahrisabz tuman sudining 2026-yil 20-avgustdagi hukmiga ko‘ra, direktor 2022-yil iyunidan buyon maktablardan birida rahbar lavozimida ishlab kelgan. Uning vazifalari qatorida o‘qituvchilarni ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish, shuningdek, dars soatlarini taqsimlash bo‘yicha komissiyaga raislik qilish ham bo‘lgan.Ish materiallariga ko‘ra, tarix fani o‘qituvchisi yangi o‘quv yilida dars soatlari kamligini bildirib, direktordan qo‘shimcha soatlar ajratishni so‘ragan. Direktor esa unga 10 soat qo‘shimcha dars berish evaziga dastlab 1000 dollar, keyinchalik 700 dollar talab qilgan.O‘qituvchi avval