gram news
Аватар канала GFU|Rasmiy kanali

GFU|Rasmiy kanali

@gfu_rasmiy_kanali

Geologiya fanlar universitetining rasmiy telegram kanali! unigeo.uz -Rasmiy web sayt @gfumurojaatbot -Murojaat uchun hemis.uzgeouniver.uz -Hemis o'qituvchi student.uzgeouniver.uz -Hemis talaba lib.uzgeouniver.uz -ARM web sayti

ПроектыUZОбразование

2,590подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • GFU|Rasmiy kanali

    10 сент., 11:53

    🇺🇿 YANGI O‘ZBEKISTON — YOSHLAR NIGOHIDA⚜️ Geologiya fanlari universitetida talaba-yoshlar ishtirokida “Yangi O‘zbekiston — yoshlar nigohida” shiori ostida davra suhbati o‘tkazildi.💬 Suhbat davomida Yangi O‘zbekistonda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ularning jamiyatdagi o‘rni, bilim va tashabbuslari bilan mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi haqida fikr almashildi.Yangi O‘zbekiston — yoshlar bilan, yoshlar nigohida!
  • GFU|Rasmiy kanali

    10 сент., 10:32

    ⚜️ BIZ KORRUPSIYAGA QARSHIMIZ!Geologiya fanlari universitetida talaba-yoshlar ishtirokida “Biz korrupsiyaga qarshimiz!” shiori ostida davra suhbati o‘tkazildi.💬 Suhbat davomida korrupsiyaning salbiy oqibatlari, uning oldini olishda yoshlarning mas’uliyati, halollik, adolat va shaffoflik tamoyillariga amal qilish masalalari muhokama qilindi.✅ Halollik — taraqqiyot garovi! Korrupsiyaga qarshi kurash — barchamizning burchimiz!Web📱 | Telegram 📱 | Instagram📱 | YouTube📱 | Facebook📱
  • GFU|Rasmiy kanali

    10 сент., 10:27

    Geologiya fanlari universiteti hamda CANA School (Central Asian Neuroengineering Academy) o‘rtasida kasbga yo‘naltirish va ilmiy-ma’rifiy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan Hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.Hamkorlik doirasida maktab o‘quvchilarini Yer haqidagi fanlar, geologiya va yer qa’rini o‘rganishning zamonaviy texnologiyalari bilan erta tanishtirish hamda kelajakdagi kasb tanloviga ko‘maklashish ko‘zda tutilgan.Memorandum asosida CANA School o‘quvchilari uchun Davlat geologiya muzeyi, Geoinnovatsion texnologiyalar markazi va universitetning ilmiy-tadqiqot institutlariga ekskursiyalar, professor-o‘qituvchilar ishtirokida mahorat darslari va ilmiy-ommabop ma’ruzalar tashkil etiladi.Mazkur memorandum ikki ta’lim muassasasi o‘rtasidagi ilmiy-ma’rifiy aloqalarni yanada mustahkamlash, yoshlarning geologiya va Yer haqidagi fanlarga qiziqishini oshirish hamda ularni
  • GFU|Rasmiy kanali

    9 сент., 10:00

    🏃 “Chorshanba — Sport kuni” doirasida ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari o‘tkazildi⚜️ Geologiya fanlari universitetida talabalarning jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida “Chorshanba — Sport kuni” doirasida ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari tashkil etildi.✍️ Unda universitet talabalari faol ishtirok etib, turli jismoniy mashqlarni bajardilar. Ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari talabalar kunini tetik va ko‘tarinki kayfiyatda boshlashlari, jismoniy chiniqishlari hamda sog‘lom turmush tarziga amal qilishlariga xizmat qilmoqda.✍️ Bunday sport mashg‘ulotlarini muntazam tashkil etish orqali yoshlar o‘rtasida sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish, jismoniy
  • GFU|Rasmiy kanali

    9 сент., 08:22

    Tanishuv darslari doirasida talabalarga kafedralar faoliyati tanishtirildiGeologiya fanlari universitetida 1-kurs talabalari uchun tashkil etilgan tanishuv darslari doirasida talabalarning universitetning ta’lim jarayoni, kafedralar faoliyati hamda o‘quv yo‘nalishlari haqidagi tasavvurlarini kengaytirishga qaratilgan uchrashuvlar o‘tkazildi.Uchrashuvlar davomida talabalarga universitet tarkibidagi kafedralar, ularning asosiy faoliyat yo‘nalishlari, professor-o‘qituvchilar tarkibi, o‘quv jarayonidagi o‘rni hamda talabalarga yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.Shuningdek, kafedralarda olib boriladigan fanlar, amaliy mashg‘ulotlar, ilmiy-tadqiqot ishlari va talabalarning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha bilim hamda ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlari haqida tushunchalar berildi.Web📱 | Telegram
  • GFU|Rasmiy kanali

    9 сент., 05:35

    🇺🇿🇵🇰 Geologiya fanlari universitetida Pokiston Fan va texnologiyalar universiteti kafedra filiali ochildi🗓 2026-yil 7-sentabr kuni Pokiston Fan va texnologiyalar universiteti (NUST) rektori Muhammad Zahid Latif boshchiligidagi delegatsiya hamda Pokiston Respublikasining O‘zbekistondagi Elchixonasi vakillari Geologiya fanlari universitetiga tashrif buyurdi.✍️ Tashrif davomida mehmonlar universitet hududi, o‘quv jarayonlari va talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, shuningdek, Geologiya muzeyidagi geologik kolleksiyalar, mineral va tog‘ jinslari namunalari bilan tanishdilar.🤝 Tashrif doirasida GFU va NUST o‘rtasida ixtisoslashtirilgan kafedra tashkil etish bo‘yicha memorandum imzolandi hamda uning rasmiy ochilish
  • GFU|Rasmiy kanali

    8 сент., 14:07изменён

    «Shlix namunasini olish»: natijalar🥇 I o‘rin — Liliana Raxmatullina (Sankt-Peterburg konchilik universiteti, Sankt-Peterburg shahri); Vladislav Astanin (O‘zbekiston Geologiya fanlari universiteti, O‘zbekiston)🥈 II o‘rin — Yegor Makarov (Voronej davlat universiteti, Voronej shahri); Viktoriya Anisaxarova (Qozon federal universiteti, Qozon shahri)🥉 III o‘rin — Nur Aletdinov (Ufa universiteti, Ufa shahri); Irina Savelyeva (MGRI, Moskva shahri); Darya Chernova (I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti (milliy tadqiqot universiteti)); Georgiy Kurkov (Sankt-Peterburg davlat universiteti, Sankt-Peterburg shahri)Bunday bilimlarni mikroskop ostida ko‘rib chiqish shart emas — ularga havas bilan qarash kerak. G‘oliblarni tabriklaymiz!Web📱 | Telegram 📱 | Instagram📱 | YouTube📱 | Facebook📱
  • GFU|Rasmiy kanali

    8 сент., 06:48

    ⚜️ 1-KURS TALABALARI UCHUN KREDIT-MODUL TIZIMI BO‘YICHA TANISHUV DARSLARI O‘TKAZILDI✍️ Geologiya fanlari universitetida 1-kursga qabul qilingan talabalarni yangi o‘quv jarayoniga moslashtirish, universitetdagi ta’lim tizimi bilan yaqindan tanishtirish hamda kredit-modul tizimining mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan tanishuv darslari o‘tkazildi.✍️ Mashg‘ulotlar davomida professor-o‘qituvchilar tomonidan talabalarga kredit-modul tizimining asosiy tamoyillari, o‘quv yuklamalarini taqsimlash, mustaqil ta’limning ahamiyati, fanlarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirish hamda GPA ko‘rsatkichini shakllantirish tartibi haqida batafsil ma’lumot berildi.✍️ Shuningdek, talabalarga o‘quv mashg‘ulotlarida faol ishtirok etish, nazoratlarning barcha bosqichlariga