Последние посты

Gurlan.uz |Rasmiy |
22 сент., 11:14
Prezident Shavkat Mirziyoyev maʼmuriy odil sudlovni yangi bosqichga olib chiqish istiqbollariga bagʻishlangan taqdimot bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией по перспективам дальнейшего совершенствования административного правосудия.#Mirziyoyev #taqdimot #sud #mamuriyPrezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Gurlan.uz |Rasmiy |
22 сент., 10:12
BIRLASHIB, BUYUK TARIX YARATAMIZ!“Ma’naviyat karvoni” loyihasi doirasida Gurlan tumanidagi “Nurobod” madaniyat markazida maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ishtirokida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Gurlan tuman bo‘linmasi rahbari M. O‘razbayeva, targ‘ibotchilar F. Saparova va G. Jabbarovalar ishtirok etib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan bayram tantanasidagi nutqining mazmun-mohiyatini targ‘ib qildilar.Shuningdek, xalqimizning boy tarixiy va ma’naviy merosi, inson qadrini ulug‘lash, yoshlarga sifatli ta’lim-tarbiya berish, ilm-ma’rifatga intilish hamda jamiyat taraqqiyotida har bir fuqaroning mas’uliyati haqida fikr almashildi.Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmatiGurlan.uz |
Gurlan.uz |Rasmiy |
22 сент., 10:02
E’LON!Gurlan tumani hokimi Artiqov Odilbek Sadullayevichning fuqarolar bilan Sayyor qabuli chorshanba kuni bo‘lib o‘tadi.📅 Sana: Har chorshanba 🕙 Vaqt: 10:00 dan boshlab 📍 Manzil: Gurlan tumani sport majmuasi (manej)Fuqarolarimizni o‘z murojaatlari, taklif va muammolari bilan shaxsiy qabulda faol ishtirok etishga taklif etamiz.Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmatiGurlan.uz | Facebook | Telegram | Instagram | Youtube
Gurlan.uz |Rasmiy |
22 сент., 10:00
Fuqarolar murojaatlari tinglanib, aniq yechimlar belgilandiGurlan tumani hokimi Odilbek Artiqov Xalq qabulxonasida fuqarolar bilan navbatdagi shaxsiy qabulni o‘tkazdi.Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va muammolari bevosita tinglandi. Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalar tegishli tartibda o‘rganilib, ularning qonuniy va amaliy yechimini ta’minlash yuzasidan mas’ul rahbar va mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash hamda muammolarni joyida hal etish tumanda olib borilayotgan ishlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.Gurlan tumani hokimligi Axborot xizmatiGurlan.uz | Facebook | Telegram | Instagram | Youtube
Gurlan.uz |Rasmiy |
22 сент., 09:58
❗️Ish joyida tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi yangi tizim: murojaat endi nazorat ostida bo‘ladiJoriy yil 21-sentabr kuni “Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi. Hujjat bilan ish joyida tazyiq, zo‘ravonlik, shahvoniy shilqimlik, ruhiy bosim, ta’qib va kamsitishning oldini olish, murojaatlarni xolis ko‘rib chiqish va bunday holatlarni yashirishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yaxlit tizim joriy etilmoqda.❓ Raqamli tizim qachondan ishlaydi?2026-yil 1-dekabrgacha “Xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhiti” axborot portali ishga tushiriladi. U orqali tazyiq va zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha murojaatlar onlayn qabul qilinadi, murojaatlarni ko‘rib chiqish, dalillarni yig‘ish, xulosa tayyorlash va tekshiruv natijalarini nazorat qilish jarayonlari raqamlashtiriladi.⚡ Eng muhim kafolatlar✔️Murojaat
Gurlan.uz |Rasmiy |
22 сент., 06:04
"E-auksion" platformasida qulay narxlarda davlat mulkini sotib oling!Platformada Xorazm viloyatidan 50 dan ortiq davlat aktivlari savdoda turibdi. Platformadan ro'yxatdan o'tib, mulk egasiga aylaning!🟢 Urganch shahrida 9 ta 🟢 Xiva shahrida 9 ta 🟢 Bog‘ot tumanida 5 ta 🟢 Gurlan tumanida 2 ta 🟢 Qo‘shko‘pir tumanida 3 ta 🟢 Urganch tumanida 7 ta 🟢 Hazorasp tumanida 1 ta 🟢 Tuproqqal’a tumanida 7 ta 🟢 Xonqa tumanida 1 ta 🟢 Xiva tumanida 4 ta 🟢 Shovot tumanida 8 ta 🟢 Yangiariq tumanida 5 ta 🟢 Yangibozor tumanida 2 taBarcha davlat aktivlarini ko'rish
Gurlan.uz |Rasmiy |
22 сент., 02:02
Bugun Nyu-Yorkda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi o‘z ishini boshladi. Sessiya doirasida tashkilot Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdik.O‘zbekiston va BMT birgalikda rivojlantirib kelayotgan barcha muhim hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildik.Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman.—Сегодня в Нью-Йорке началась 81-я сессия Генеральной Ассамблеи ООН. На её полях встретилась с Генеральным секретарём организации Антониу Гутерришем.Обсудили все важнейшие направления, которые Узбекистан и ООН развивают вместе.В это сложное для международной системы время благодарю господина Гутерриша за столь сильное
Gurlan.uz |Rasmiy |
21 сент., 12:33изменён
DIQQAT! TABIIY GAZ TA’MINOTI VAQTINCHA TO‘XTATILADIGurlan tumani, Yangi asr mahallasi, Mustaqillik ko‘chasida yer osti o‘tish yo‘lagi (tunnel) qurilayotgan hududdan o‘tuvchi, diametri 219 mm bo‘lgan o‘rta bosimli yer osti gaz quvurida ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan quyidagi mahallalarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.📍 Gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladigan hududlar:Navbahor mahallasiIshonch mahallasiYangi asr mahallasiMa’rifat mahallasiYangi bog‘ mahallasiShodlik mahallasiNurobod mahallasi
Gurlan.uz |Rasmiy |
21 сент., 09:56изменён
#infografika #Qabul_jadvaliGurlan tumani hokimi va o'rinbosarlarining tuman xalq qabulxonasi binosida o'tkaziladigan shaxsiy qabullar jadvaliShaxsiy qabul o'tkaziladigan joy Tuman Xalq qabulxonasi binosi (davlat xizmatlari markazi)Gurlan tuman hokimligi Axborot xizmatiGurlan.uz | Facebook | Telegram | Instagram | Youtube
Gurlan.uz |Rasmiy |
20 сент., 02:59
переслано из @xorazm_uz_rasmiy
📣 Diqqat "Yil o‘qituvchisi" tanlovida Xorazm viloyatidan g‘olib bo‘lgan pedagoglar bilan tanishingPedagoglar oʻrtasida yilning eng katta bellashuvi — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan joriy etilgan “Yil oʻqituvchisi” tanlovi gʻoliblari aniqlandi!Tanlovda tuman (shahar) bosqichlarida birinchi oʻrinni egallagan gʻoliblarning har biri 616 mln soʻm (bazaviy hisoblash miqdorining 1 400 baravari) miqdoridagi pul mukofoti bilan mukofotlanadi.Xorazm viloyati bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan pedagoglar ro‘yxati: 🔹 Yangibozor tumani: Bobomurod Urozboyev Murodboyevich 🔹 Yangiariq tumani: Dilafro‘z Otojonova Ollanazarovna 🔹 Xonqa tumani: Malohat Matmurotova Azadovna 🔹 Xiva tumani: Dilnura Bekchanova Ravshonbekovna 🔹 Xiva shahri: Shaira G‘ulamova Usmanjanovna 🔹 Urganch tumani: Raximajon Zaripova Maxmudjon qizi 🔹 Urganch shahri:
Gurlan.uz |Rasmiy |
19 сент., 13:34
Davlatimiz rahbari Qoraqalpog‘istonni yanada rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlarni belgilab berdi. — Глава нашего государства обозначил новые возможности для дальнейшего развития Каракалпакстана.Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Gurlan.uz |Rasmiy |
19 сент., 13:23
📢 EʼLONHurmatli Gurlan tumani fuqarolari!Fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safidagi muddatli harbiy xizmatga va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga saralab olish ishlari olib borilmoqda.Hurmatli 18 yoshdan 27 yoshgacha bo‘lgan yoshlar!O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida xizmat o‘tash uchun shoshiling! Siz uchun yaratilgan imkoniyatlardan keng foydalaning.📅 Tanlov muddati:2026-yil 15-avgustdan 2027-yil 10-fevralga qadar.📞 Murojaat uchun telefon:62-365-17-75🇺🇿 Vatan himoyasi — sharafli burch!
Gurlan.uz |Rasmiy |
19 сент., 10:38
Kelasi yili qoraqalpoq xalqining buyuk farzandi, shoir va mutafakkir Berdaq Qarg‘abay o‘g‘li tavalludiga 200 yil to‘ladi.Prezidentimiz shoirning “Hamisha sen xizmat etgil xalq uchun, o‘zim dema g‘amxo‘rlik qil xalq uchun” degan hikmatli so‘zlari bugun ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmaganini ta’kidladi.Ulug‘ ziyolilarning ilmiy-ijodiy merosini o‘rganish, raqamlashtirish, asrab-avaylash va xalqimizga, ayniqsa, yoshlarga yetkazish muhimligi qayd etildi.Kelgusi yili Berdaq Qarg‘abay o‘g‘li tavalludining 200 yilligini mamlakatimizda munosib nishonlash taklifi bildirildi.Mutasaddilarga bir oyda keng qamrovli dastur ishlab chiqib, uni amalga oshirishni boshlash topshirildi.Hudud va tarmoqlar rahbarlarining axborotlari tinglandi, Qoraqalpog‘iston faollari bilan muloqot qilindi.Yig‘ilish yakunida ichki ishlar organlari tizimidagi ko‘p yillik samarali mehnati, Qoraqalpog‘istonni har
Gurlan.uz |Rasmiy |
19 сент., 10:38
Yig‘ilishda ko‘cha va mahalla biylari, nuroniylarning jamiyatdagi yuksak obro‘-e’tiboridan samarali foydalanish masalasiga e’tibor qaratildi.Davlatimiz rahbari asosiy maqsad har bir shahar va ovulda qulay turmush sharoitini yaratish ekanini ta’kidladi. Nuroniylarning tajribasi, yoshlarning g‘ayrati va aholi tashabbuskorligini birlashtirish orqali har bir mahallada obod va farovon muhit yaratish mumkin.Rahbarlar mahalla va ko‘cha biylari bilan ishini erta tongdan hududlarni aylanish, aholi bilan muloqotdan boshlashi zarurligi qayd etildi.Ko‘chalar, ariq va zovurlarni toza tutish, daraxt va gullarni ko‘paytirish, har bir insonda o‘z mahallasi taqdiriga daxldorlik hissini kuchaytirish muhim.Obodonlashtirish bir martalik hashar yoki bayram oldidan o‘tkaziladigan tadbir bo‘lib qolmasligi, tozalik va obodlik kundalik madaniyatga aylanishi zarurligi qayd etildi.Facebook|Instagram|X
Gurlan.uz |Rasmiy |
19 сент., 07:47
Qoraqalpog‘istonda yuqori texnologik tibbiy xizmatlarning ko‘lami ham kengaymoqda.Nukusdagi markaziy shifoxonada jigar va buyrak transplantatsiyasi amalga oshirilmoqda. Orolbo‘yi bolalar shifoxonasida 150 turdagi yuqori texnologik tibbiy xizmat ko‘rsatilmoqda. Shu yil bosh miya, yurak va plastik jarrohlik kabi murakkab yo‘nalishlarda 1,5 mingta operatsiya o‘tkazildi.Hududda tibbiy sug‘urta mexanizmi joriy etildi. Tibbiyot muassasalariga 10 million dollarlik jihozlar olib berildi.O‘zbekistonda birinchi marta xususiy sheriklik asosida tashkil qilingan Nukus tibbiyot ilmiy akademiyasi soha xodimlari bilimini baholash va malakasini oshirishda metodik markaz bo‘ladi.Tibbiyot akademiyasi, Bolalar klinikasi, Onkologiya markazi hamda yangi tashkil etiladigan ko‘p tarmoqli shifoxonani yaxlit tizimga birlashtirib, Universitet tibbiy klasteri tashkil qilinadi.Mo‘ynoqqa kelib ishlayotgan
Gurlan.uz |Rasmiy |
19 сент., 07:47
Qoraqalpog‘istonda maktabgacha ta’lim qamrovi 84 foizga yetgan. Biroq Amudaryo, Bo‘zatov, Taxiatosh, To‘rtko‘l, Chimboy, Xo‘jayli va Ellikqal’ada bu ko‘rsatkich hali ham pastligi qayd etildi.Endi Qoraqalpog‘istonda xususiy bog‘cha ochadigan tadbirkorlarga 15 yil muddatga, 5 yillik imtiyozli davr bilan 7 foizli kredit beriladi.Qolgan viloyatlarda kredit stavkasi markazdan uzoq-yaqinligiga qarab, 7 foizdan 15 foizgacha bo‘ladi.Facebook|Instagram|X
Gurlan.uz |Rasmiy |
19 сент., 07:47
Prezidentimiz Nukus shahridagi 1-son texnikumda yo‘lga qo‘yilgan kasbiy ta’lim tajribasini kengaytirish zarurligini ta’kidladi.Texnikumda “Pearson BTEC” xalqaro ta’lim dasturi joriy etilgan bo‘lib, bitiruvchilarga 70 ta davlat tan oladigan kasb sertifikati beriladi.Tadbirkor Salovutdin Ilyosov bu yerda 37 turdagi kichik asbob-uskuna ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yib, yoshlarga uskunasozlikni ham o‘rgatmoqda. Ushbu uskunalarni olgan 4 ming ishsiz daromad topishni boshlagan.Yangi yildan Amudaryo, Beruniy, Chimboy va Qo‘ng‘irotdagi bittadan texnikumda ham shu tajriba yo‘lga qo‘yiladi.1-oktabrdan asbob-uskuna uchun beriladigan ssuda miqdori 20 million so‘mdan 50 million so‘mga oshiriladi.“Usta-shogird” an’anasi asosida kasb o‘rganish xarajatlarini qoplash bo‘yicha yosh chegarasi 30 yoshdan 40 yoshga ko‘tariladi.Facebook|Instagram|X
Gurlan.uz |Rasmiy |
19 сент., 07:47
Qoraqalpog‘istonda 1 million 100 ming yoshlar bor, shundan 505 mingi 14-30 yoshda. Davlatimiz rahbari bu katta kuch ekanini, yoshlarga to‘g‘ri yo‘nalish berish muhimligini ta’kidladi.Bir yilda 1 ming, kelgusi ikki yilda yana 5 ming yoshni axborot texnologiyalari va logistika sohasida yuqori daromadli ish bilan ta’minlash vazifasi qo‘yildi.Hududda xorijiy til sertifikatiga ega 98 ming, axborot texnologiyalari bo‘yicha 127 ming, aniq fanlar bo‘yicha sertifikat olgan 5,5 ming yosh bor. Ularning 10 mingi chet tili va axborot texnologiyalarini mukammal biladi.Koreyadagi vatandoshimizning olis hududlardagi yoshlarga axborot texnologiyalarini o‘rgatib, ularni yuqori daromadli qilish tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi.Yil yakunigacha shunday kamida 10 nafar iqtidorli vatandoshni Qoraqalpog‘istonga jalb etib, loyihalar boshlash topshirildi.Facebook|Instagram|X
Gurlan.uz |Rasmiy |
19 сент., 07:47
Kecha Nukus shahrining “Ashshiko‘l” hududida 50 ming aholiga mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekiston” massivi – “Nukus siti” qurilishi boshlandi.270 gektarda ilg‘or arxitektura yechimlari va energiya tejamkor texnologiyalar asosida osmono‘par binolar, biznes, savdo va servis markazlari, yashil xiyobonlar barpo etiladi. Investitsiya loyihalariga xorijdan salohiyatli investorlar jalb qilinadi.Nukusdagi Mustaqillik ko‘chasi tun-u kun ishlaydigan maskanga aylandi. 28 nafar tadbirkor ish boshlab, 50 nafarining faoliyati kengaygani hisobiga bir haftada savdo tushumi 2 karra oshdi.Nur va Elobod mahallalari Olmazorning Qichqiriq mahallasi namunasida obod qilinadi. Navro‘z bayramigacha shu yerdagi istirohat bog‘ida aholini jalb qiladigan zamonaviy maskan barpo etish topshirildi.Kegeylida 3,5 kilometr zovurni yopib, 100 ta servis obyekti qurish boshlangan. Buning hisobiga 320 ta ish o‘rni
Gurlan.uz |Rasmiy |
19 сент., 07:47
Kelgusi bahordan Nukus tumanidagi 10 ming gektar maydonda qovun yetishtirish boshlanadi.Yil yakunigacha Ispaniya, AQSh, Niderlandiya va Xitoydan qovunning eng yaxshi navlari, urug‘chilik va agrotexnologiya bo‘yicha mutaxassislarni olib kelish topshirildi.Salohiyatli investorlarni jalb qilib, shu yerning o‘zida qovunni qayta ishlash va eksport qilish bilan shug‘ullanadigan xolding tashkil etiladi.Nukus tumanidagi texnikum qovunchilikka moslashtirilib, laboratoriya va sinov poligoni bilan ta’minlanadi.Ushbu muassasa Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Jizzax, Qashqadaryo va Sirdaryodagi qovun yetishtiruvchilar uchun tajriba almashish metodik markazi bo‘ladi.Facebook|Instagram|X
