Последние посты

G'uzor xabarlari
20 мар., 14:23
Gʻuzorda Navro‘z sayli o‘tkazildiMamlakatimizda yangilanish va yasharish bayrami Navro‘zi olam kirib keldi.Shu munosabati bilan Gʻuzor tumani "Obi hayot" mahallasidagi adirliklarida "Navro‘zni ulugʻlash−insonni ulugʻlashdir” degan bosh g‘oya asosida Navro‘z sayli va konsert dasturi o‘tkazildi.Navro‘z saylida tuman hokimi Bekzod Suyunov so‘zga chiqib, Prezidentimiz tashabbusi bilan tumanda katta o‘zgarishlar olib borilayotganini ta'kidlab, tuman ahliga o‘zining samimiy tilaklarini bildirdi.Bayram konsertida estrada xonandasi Shahnoza Otaboyeva, Sardor Tairov va tuman Madaniyat bo‘limining xushovoz xonandalari g‘uzorliklarga bayramona kayfiyat ulashdi.🫡🫡🫡🫡🫡🫡
G'uzor xabarlari
20 мар., 04:55
переслано из @ijtimoiyhimoya_agentligi
Ramazon oyida amalga oshirilgan keng ko‘lamli ijtimoiy yordam dasturi yuz minglab oilalar hayotiga real o‘zgarish olib keldi.Manzilli moddiy yordam, murakkab operatsiyalarni moliyalashtirish, oilalarga mustaqil ravishda o‘z ehtiyojlarini hal etish imkoniyatini yaratish — bularning barchasi ijtimoiy himoyaning yangi, institutsionallashtirilgan modeli asosida amalga oshirildi.Agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva ta’kidlaganidek:«Ushbu muqaddas Ramazon oyida Prezidentimiz tashabbusi bilan ehtiyojmand vatandoshlarimizni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ijtimoiy yordam dasturi amalga oshirildi. Mazkur yordam yuz minglab oilalar uchun chinakam madad bo‘ldi. Ko‘plab hamyurtlarimiz ushbu ko‘mak tufayli zaruriy tibbiy muolajalarni olish, murakkab jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish hamda o‘z turar joylarini ta’mirlab olish imkoniga ega bo‘ldilar. Ushbu tashabbus
G'uzor xabarlari
17 мар., 06:38
❗️DIQQAT!⚡️TA'MIRLASH ISHLARI KETMOQDA.📌 G’uzor tumani: 📆 17.03.2026 yil:🔹G’uzor 110/10kV nimstansiyasidan T-2 transformatoriga ta’mirlash ishlari olib borilishi bois Eskibog', Jaraliq, Yonqishloq, Avg'onbog', Bo'ston, Xujaguzar, Do'stlik MFY hududida soat 13:00 dan 14:00 gacha elektr ta'minotida qisqa uzilishlar kuzatdiladi.
G'uzor xabarlari
17 мар., 03:56
переслано из @guzorpress
Yana bir estrada xonandasi g‘uzorliklar uchun kuylaydiO‘zining yorqin va dillarga yaqin qo‘shiqlari bilan muxlislar qalbidan joy olgan estrada xonandasi Sardor Tairov barcha g‘uzorliklarni “Navro‘z sayli” bayramiga taklif etadi.Eslatib o‘tamiz, 18-mart kuni soat 10:00 da hududida Navro‘z sayli bo‘lib o‘tadi.Bayramona konsert dasturiga barchargizni kutib qolamiz!🫡🫡🫡🫡🫡🫡 ⚡️@guzorpress
G'uzor xabarlari
16 мар., 19:14
⭐️Estrada xonandasi Shahnoza Otaboyeva 18-mart kuni bo‘lib o‘tadigan "Navro‘z sayli"ga barcha g‘uzorliklarni taklif etdi. 📣🫡🫡🫡🫡🫡🫡 ⚡️@guzorpress
G'uzor xabarlari
16 мар., 08:16
Aholi iste’molchilari 16–31-mart kunlari yana qo‘shimcha 50 kub metr tabiiy gazga arzonlashtirilgan narxda to‘laydilarXabar berilganidek, hududlarda mart oyi boshida haroratning keskin soviganligi bois, tabiiy gaz uchun isitish mavsumida belgilangan oylik bazaviy me’yor 15-martga qadar uzaytirilgan edi.Bugun, 16-martdan boshlab 1-noyabrga qadar har oy uchun 100 kub metrgacha (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 1-oktyabrgacha) “bazaviy meʼyor” amal qiladi.Mart oyi uchun muhim eslatma: Bir oylik 500 kub metr bazaviy me’yor oyning birinchi yarmi uchun (1-15-mart kunlari) teng ulushlarda (proporsional) taqsimlanganda 250 kub metrni tashkil etadi. Bir oylik 100 kub metr bazaviy me’yor oyning ikkinchi yarmi uchun (16-31 mart kunlari) teng uluсhlarda (proporsional) taqsimlanganda 50 kub metrni tashkil etadi va mana shu 50 kub metr gaz uchun ham aholi iste’molchilari
G'uzor xabarlari
13 мар., 07:15
💙💙💙Ertaga, 14-mart kunidan boshlab “metan zapravkalar” faoliyati bosqichma-bosqich qayta tiklana boshlaydiShoxobchalarning ish vaqti bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumot beriladi.Bugun “metan zapravkalar” faqat ijtimoiy soha obyektlariga xizmat ko‘rsatuvchi va jamoat transporti uchun faoliyat yuritadi.
G'uzor xabarlari
13 мар., 06:52
переслано из @guzorpress
⭕️⭕️⭕️ 📣📣📣📣📣 G‘UZORDA NAVRO‘Z SAYLI O‘TKAZILADI📣Hurmatli g‘uzorliklar, aziz tumandoshlar!🌷Yangilanish va yasharish bayrami Navro‘zi olam shukuhi yurtimizga kirib kelmoqda.✅Shu munosabat bilan joriy yilning 18 mart kuni soat 10:00 da "Navro‘zni ulug'lash — insonni ulug'lashdir!” degan bosh g‘oya asosida Navro‘z sayli va konsert dasturi o‘tkaziladi.🤼♂️Bayram dasturi doirasida ko‘pkari, milliy kurash va boshqa musobaqalar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.🎶Shuningdek, konsert dasturiga
G'uzor xabarlari
12 мар., 19:01
Uy olishni rejalashtirayotganlar uchun yaxshi yangilik🏠 Joriy yilning 16-mart kuni 14:00 dan boshlab ipoteka kreditlari bo‘yicha davlat subsidiyasidan foydalanish imkoniyati yana taqdim etiladi.Agrobankda taqdim etilayotgan “Xonadon Plyus” ipoteka krediti davlat subsidiyasi bilan birgalikda uy sotib olish jarayonini yanada yengillashtirishga yordam beradi.Boshlang‘ich to‘lov — 15% dan boshlab. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar uchun — 380 mln so‘mgacha. Toshkent shahri uchun — 480 mln so‘mgacha. Kredit muddati — 20 yilgacha Foiz stavkasi — yillik 17%.🏦 Subsidiya olish uchun ariza beruvchi: - ijtimoiy mezonlar asosida 30 va undan yuqori ball to‘plashi; - kredit tarixi Agrobankning ichki talablariga mos bo‘lishi; - ariza beruvchining yoki turmush o‘rtog‘ining nomida mulk huquqi bilan uy-joy mavjud bo‘lmasligi; - daromadi belgilangan ijtimoiy mezonlar doirasida bo‘lishi
G'uzor xabarlari
12 мар., 09:20изменён
🔐 Қўриқлаш хизмати Сизни нималар билан таъминлайди?Мулкнингиз дахлсизлигини истасангиз ҳозироқ 📞1131 рақамига қўнғироқ қилинг. — — — —
G'uzor xabarlari
12 мар., 08:15
#yoshlar_kuni Probatsiya hisobida turgan yoshlar bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi“Payshanba – Yoshlar kuni” munosabati bilan huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan yoshlar hamda ularning ota-onalari bilan profilaktik suhbat tashkil etildi.Unda tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari, JXX boshlig‘i podpolkovnik Zarif Yo‘ldoshov ishtirok etib, yoshlar bilan ochiq muloqot qildi.Suhbat davomida yoshlarni huquqbuzarlikdan tiyilish, qonunlarga hurmat bilan qarash va jamiyatda munosib o‘rin egallashga chaqirdi.Tadbir yakunida yoshlar va ularning ota-onalariga farzand tarbiyasi, nazorat va mas’uliyat masalalari bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.✅@guzorxabarlari
G'uzor xabarlari
12 мар., 08:08
#yoshlar_kuni IIB boshlig‘i politexnikum o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi“Payshanba – Yoshlar kuni” munosabati bilan G‘uzor tumani IIB boshlig‘i Musurmon Bo‘riyev tumandagi 1 va 2-son politexnikumida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.Uchrashuvda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlash hamda ichki ishlar organlari xodimlari zimmasidagi mashaqqatli va mas’uliyatli vazifalar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.Uchrashuv davomida yoshlar o‘z qiziqishlari va faoliyati bilan o‘rtoqlashib, mutaxassislardan amaliy tavsiyalar oldilar. Shu bilan birga IIB boshlig‘i yoshlarning kasb-hunar o‘rganish to‘garaklari faoliyati bilan ham tanishdi.✅@guzorxabarlari
G'uzor xabarlari
12 мар., 07:45
G‘uzordagi 1 ta mahalla “Tashabbusli budjet”da sheriklik asosida muddatidan avval g‘olib deb topildiO‘tgan yili kiritilgan o‘zgarishlarga ko‘ra, “Tashabbusli budjet” jarayonida sheriklik tizimiga ruxsat berilgan edi. Bunda loyiha qiymatining 50 foizini mahalla aholisi qoplashga rozi bo‘lsa, qolgan 50 foizi uchun byudjetdan mablag‘ ajratilishi kafolatlanadi va hech qanday ovoz yig‘ish talab etilmaydi.2026-yilning 1-mavsumi doirasida fuqarolar tomonidan ilgari surilgan 16 ta loyiha sheriklik asosida g‘olib deb topildi. Ular orasida G‘uzor tumanidagi “Mustaqillik” mahallasi ham bor.Mazkur loyihani amalga oshirish uchun mahalla fuqarolari tomonidan jami 107,1 mln so‘m mablag‘ yig‘ildi.Sheriklik asosidagi loyihalarning katta qismi Qashqadaryo viloyatiga to‘g‘ri kelmoqda. Viloyatda 7 ta mahalla aholisi tomonidan 1 mlrd 800 mln so‘mdan ortiq mablag‘ yig‘ilib, tashabbuslar
G'uzor xabarlari
12 мар., 07:41
Bahrom Abdurahimov "Sho‘rtan" a’zosi!O‘zining “Nasaf” va “Paxtakor” kabi jamoalardagi yorqin o‘yinlari bilan muxlislar e’tiborini qozongan, o‘tgan mavsumda “Qo‘qon-1912” sharafini himoya qilgan tajribali yarim himoyachi Bahrom Abdurahimov jamoamiz safiga kelib qo‘shildi.Futbolchi “Sho‘rtan” bilan bir yillik shartnoma imzoladi.Ishonamizki, Bahrom o‘z tajribasi va mahorati bilan jamoamiz oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarishda hamda Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritish yo‘lida muhim hissa qo‘shadi.“Sho‘rtan” oilasiga xush kelibsan, Bahrom!
G'uzor xabarlari
10 мар., 17:26
#mol_mulk_va_yer_soligi❗️15-aprel – jismoniy shaxslar uchun mol-mulk va yer solig‘ining teng yarmini to‘lashning oxirgi kuni✅Soliqlar mamlakatimiz taraqqiyoti va kuch-qudratini, xalqimiz farovonligi va tinchligini taʼminlashga xizmat qiluvchi muhim manbadir. Uni o‘z vaqtida to‘lash fuqarolik burchimizdir.🔹Mol-mulk va yer solig‘ini hududiy soliq inspeksiyalari yoki bank bo‘limlariga borib, shuningdek Soliq mobil ilovasi orqali to‘lash mumkin.✍️ Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasiTelegram | Facebook
G'uzor xabarlari
10 мар., 14:59
#raqamlashtirishNaqdsiz toʻlov – oshkoralik, himoya, adolat garovi!Naqdsiz hisob-kitob esa adolatli jamiyat, halol biznes, qulay hayot uchun!Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
G'uzor xabarlari
10 мар., 06:19
💜💜💜💛💛💛Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan uchrashuvida ilgari surilgan muhim imkoniyatlar ro’yxati infografika ko’rinishida
G'uzor xabarlari
9 мар., 18:08
Бирни кўриб фикр қил, бирни кўриб шукр қил.Ушбу постни яқинларингизга жўнатинг. Сиз ва улар яшаётган ҳаёт тарзи, бошқалар учун орзу эканлигини билишсин.Нўъмон ибн Башир (розияллоҳу анҳу) ривоят қилади. Расулуллоҳ (соллаллоҳу алайҳи ва саллам) дедилар: “Ким озга шукр қилмаса, кўпга шукр қила олмайди. Ким инсонларга шукр қилмаса, Аллоҳга шукр қила олмайди. Неъматларни гапириш шукрдир.” Аъзоларимиздаги шукр эса, амал қилишимиздир.
G'uzor xabarlari
8 мар., 10:23
“Eng yaxshi ijtimoiy loyihalar” tanlovi g‘oliblari taqdirlandiO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-taomillarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 17-sonli Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 462-sonli qarori asosida “Eng yaxshi ijtimoiy loyihalar” tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.Ushbu tanlov nafaqat eng yaxshi g‘oyalarni aniqlash, balki mahallalar kesimida xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish va barqaror ish o‘rinlari yaratishga xizmat qildi.Tumanda 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan bayram tadbirida G‘uzor tumani hokimi Bekzod Suyunov, tuman prokurori Rustam Sayfiyev, tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Musurmon Bo‘riyev va Soliq inspeksiya boshlig‘i Jamol Xurramovlar ushbu tanlov g‘oliblariga vaucherlar topshirildi.Mazkur loyihalar orqali xotin-qizlarning bandligini
G'uzor xabarlari
8 мар., 10:23
Turli sohalarda faoliyat olib borayorgan bir guruh ayollar taqdirlandi🟢Xabar berganimizdek, G‘uzor tumanida 8 mart — “Xalqaro xotin-qizlar kuni”ga bag‘ishlab ko‘tarinki kayfiyatda bayram tadbiri tashkil etildi.⚡️Tadbir davomida barcha sohalarda yetakchi, matonatli, fidoyi va namunali bir guruh ayollar tuman hokimining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘asi bilan taqdirlandi.✅Shu bilan birga, sana munosabati bilan g‘uzorlik ayol Mudofaa vazirligining "Harbiy xizmatchining onasi" esdalik nishoni bilan taqdirlandi.🫡🫡🫡🫡🫡🫡 ⚡️@guzorpress
