Последние посты

Тошкент ҳақиқати – Haqiqat online
10 сент., 13:03
#tezkorChirchiqda yuk avtomobilining “pritsep”i uzilib, xonadonga kirib ketdiChirchiq shahrida kombayn ortib kelayotgan yuk avtomobilining “pritsep”i uzilib ketishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.Ma’lum qilinishicha, holat Oqqovoq chorrahasidan yuqoriga chiqish qismida sodir bo‘lgan. Uzilib ketgan “pritsep” yo‘l chetidagi aholi xonadonlaridan birining hududiga kirib ketgan.@haqiqatonline_24
Тошкент ҳақиқати – Haqiqat online
10 сент., 11:21изменён
#diqqat❗️Daydi itlardan mas'ullarga "salomlar""Toshkent haqiqati" gazetasining ijtimoiy tarmoq sahifasiga kelgan murojaatda aytilishicha, Nurafshon shahridagi "Yangiobod" mahallasida so‘nggi vaqtlarda daydi itlar ancha ko‘paygan.Xususan, Nurafshon City hududida joylashgan “O’zshahar qurilish invest” tomonidan yaqinda foydalanishga topshirilgan ko’p qavatli uylar atrofi itlar “qurshovida” qolgan. Murojaatchining ma’lum qilishicha, daydi itlar tun-u kun domlar atrofida. Ayniqsa tungi paytlarda ularning shovqinidan tinchlik yo’q.“Hatto ayrimlari bizga tashlanyapti ham. Bolalarimiz maktabga borib kelishlarida xavotir bilan o‘tiramiz. Shu itlar dastidan chiqindixonaga ham borib bo‘lmay qoldi", – deydi murojaatchi.Mazkur holat bo‘yicha mas’ullardan rasmiy munosabat kutib qolamiz.P.S. Umid qilamizki, ushbu muammo hal etilguniga qadar daydi itlar hech kimni tishlab olishga
Тошкент ҳақиқати – Haqiqat online
10 сент., 10:06
#diqqat❗️Endi O', G', SH, CH, NG harflari o'tmishda qolmoqdaSenat “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish kiritish haqida”gi qonunni ma’qulladi.@haqiqatonline_24
Тошкент ҳақиқати – Haqiqat online
10 сент., 08:28
Saida Mirziyoyeva yangi lavozimga tayinlandiO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Shavkatovna Mirziyoyeva hozirgi lavozimi bilan o‘rindoshlik asosida Toshkent xalqaro moliya markazi boshqaruvchisi lavozimiga tayinlandi.Boshqaruvchi Moliya markazi Kengashining Bosh kotibi hisoblanadi.@haqiqatonline_24
Тошкент ҳақиқати – Haqiqat online
10 сент., 07:13
⚡️Alifbo oʻzgardiSenat “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish kiritish haqida”gi qonunni ma’qulladi@haqiqatonline_24
Тошкент ҳақиқати – Haqiqat online
10 сент., 06:02
#diqqat⚡️⚡️UzAuto Motors Chevrolet’ning O‘zbekistondagi ilk gibrid avtomobili — Chevrolet Equinox PHEV sotuvini boshlashini e’lon qildi.Narxlari:Chevrolet Equinox PHEV Activ 80KM — 463 500 000 so‘mChevrolet Equinox PHEV Activ 120KM — 478 500 000 so‘m@haqiqatonline_24
Тошкент ҳақиқати – Haqiqat online
10 сент., 04:52
#muhimKontrakt yoki xususiy bog‘cha va maktab uchun pul to‘laganlar to‘lovining 12 foizini qaytarib olishi mumkin!Ko‘pchilik bu imkoniyat haqida bilmagani sababli, har yili millionlab so‘mni qaytarib olish imkoniyatidan foydalanmay qolmoqda.Masalan:🔹 10 mln so‘m kontrakt to‘lovidan — 1 mln 200 ming so‘m;🔹 20 mln so‘m kontrakt to‘lovidan — 2 mln 400 ming so‘m qaytariladi.Ushbu imtiyoz:☑ o‘zining o‘qishi uchun;☑ farzandining o‘qishi uchun;☑ 26 yoshga to‘lmagan turmush o‘rtog‘ining o‘qishi uchun to‘langan kontraktga tatbiq etiladi.
Тошкент ҳақиқати – Haqiqat online
9 сент., 14:01
#xushxabar #tarqating⚡️⚡️Endi domlarning birinchi qavatidan tadbirkorlik uchun foydalanishda ortiqcha qog'ozbozlik kerak emasKo‘p qavatli uylarning birinchi qavatidagi xonadonlarni noturar joyga o‘tkazmasdan turib, u yerda sartaroshxona, go‘zallik saloni, do‘kon, atelye va ustaxonalar ochishga ruxsat berilishi rejalashtirilmoqda.Bunda alohida ruxsat olish o‘rniga xabardor qilishning o‘zi yetarli bo‘ladi.Bu bo'yicha Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlarda aholi bandligi va daromadini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o'tkazilgan kengaytirilgan yigʻilishda mas'ullarga topshiriq berdi.@haqiqatonline_24
Тошкент ҳақиқати – Haqiqat online
9 сент., 08:14
#insaydBugun Prezident boshchiligida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilishi kutilmoqdaBugun Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlarda aholi bandligi va daromadlarini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilishi kutilmoqda.📌 Yig‘ilishda hokimlar va ularning o‘rinbosarlari, prokuratura, ichki ishlar, bojxona, soliq organlari rahbarlari, iqtisodiyot va moliya, investitsiyalar, sanoat va savdo, kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmalari mas’ullari ishtirok etishi kutilmoqda.Shuningdek, iqtisodiyot yo‘nalishidagi tashkilotlar rahbarlari, Mahallalar uyushmasi, “Nuroniy” jamg‘armasi, “Islohotlar shtabi” a’zolari, Markaziy bank va tijorat banklarining hududiy boshqarma rahbarlari, tumanlardagi barcha “mahalla yettiligi” a’zolari hamda mahalla bankirlari taklif etilgan.🟢 Asosiy masala — aholi
Тошкент ҳақиқати – Haqiqat online
9 сент., 06:02
#matbuot📖 “Toshkent haqiqati” gazetasining 2026-yil 9-sentyabrdagi 74-sonining elektron varianti mutolaa uchun taqdim etilmoqda.📥 Ushbu sonda:🔻 #qulaylik Parkentdan Poytaxtga – poyezd orqali🔻 Sifatli urug'lik – mo'l hosil garovi🔻Oliy ta'limda yangi davr: qamrov, imkoniyat va natija🔻 MILLAT XOTIRASIGA DAXL QILGAN MAS'ULIYAT yoxud Toshkent viloyatidagi madaniy meros obyektlarining bugungi ahvoli haqidaShuningdek, gazetamiz sahifalarida viloyat ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid xabarlarni o‘qiysiz!@haqiqatonline_24
Тошкент ҳақиқати – Haqiqat online
9 сент., 05:47
#diqqat #tarqating❗️AYNI PAYTDA YERDA 5 BALLIK MAGNIT BO‘RONI KUZATILMOQDA!🧲 Mutaxassislar bunday magnit bo‘ronlari aloqa, navigatsiya va elektr tarmoqlariga ta’sir qilishi mumkinligini ta’kidlamoqda.Ob-havoga sezgir insonlarda holsizlik, bosh og‘rig‘i va tez charchash kabi alomatlar kuzatilishi mumkin.Shifokorlar bu davrda ko‘proq dam olishni va yetarli miqdorda suv ichishni tavsiya etmoqda.⚠️ Holatni inobatga olib, yaqinlaringizni ham ogohlantirib qo‘ying!@haqiqatonline_24
Тошкент ҳақиқати – Haqiqat online
8 сент., 10:41
#diqqat #tarqating👮🏻♂️❗️Aholi norozi bo‘lgan uchastkavoylar ishdan bo‘shatiladiO‘zbekistonliklar profilaktika inspektorlari faoliyatini «Mening inspektorim» mobil ilovasi orqali baholash imkoniyatiga ega bo‘ladi.Fuqarolar tomonidan tushgan ko‘plab salbiy baho va shikoyatlar inspektorlarga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanilishiga, hatto ularni ishdan bo‘shatishgacha asos bo‘ladi.@haqiqatonline_24
Тошкент ҳақиқати – Haqiqat online
8 сент., 09:00
#ogohlantirishOLMALIQDA GAZ 3 KUNGA O‘CHIRILADI!«Olmaliqshahargaz» ma’lumotiga ko‘ra, gaz quvurlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash va sinovdan o‘tkazish ishlari sababli:15-sentabr soat 08:00 dan — 17-sentabr soat 18:00 gachaOlmaliq shahridagi barcha aholi va ulgurji iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi.https://t.me/haqiqatonline_24
Тошкент ҳақиқати – Haqiqat online
8 сент., 08:13
#tezkorQibray dehqon bozoridagi davlat ulushi sotuvga chiqariladiToshkent viloyatidagi «Qibray dehqon bozori» aksiyadorlik jamiyatining 51 foiz davlat ulushi sotuvga chiqariladi.Bu hududdagi bozor infratuzilmasini rivojlantirish va xususiy investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha navbatdagi qadam sifatida qayd etilmoqda.@haqiqatonline_24
Тошкент ҳақиқати – Haqiqat online
8 сент., 07:15
#xushxabar⚡️ O‘qituvchilarga 1-oktabr munosabati bilan 1 mln 20 ming so‘mgacha mukofot berilishi mumkinPedagog va rahbar xodimlarga «1 oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni» munosabati bilan beriladigan mukofot miqdori oshirildi.Prezidentning PF-51-son farmoniga ko‘ra, mukofot miqdori mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 75 foizigacha etib belgilandi.📌 Hozir mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori — 1 mln 360 ming so‘m.Shunga ko‘ra, pedagog va rahbar xodimlarga 1 mln 20 ming so‘mgacha mukofot puli berilishi mumkin.❗️Mukofot miqdori o‘qituvchining oylik maoshidan emas, balki belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kelib chiqib hisoblanadi.https://t.me/haqiqatonline_24
Тошкент ҳақиқати – Haqiqat online
8 сент., 07:00
#foydali #tarqatingBarcha talabalar diqqatiga (1-kurslar ham)❗️To‘lov shartnomasini olish uchun onlayn ariza yuborish🖥 Buning uchun kontrakt.edu.uz tizimidan ro‘yxatdan o‘tib, ortiqcha ovoragarchiliklarsiz onlayn ariza yuboring!Arizalar oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan tasdiqlanib, QR-kodli to‘lov-shartnomasi shakllantiriladi.Tasdiqlangan shartnomani yuklab olib, belgilangan to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishingiz so‘raladi.Ma’lumot uchun, shartnoma uchun arizalarni “KONTRAKT EDU” mobil ilovasi orqali ham yuborish mumkin.@haqiqatonline_24
Тошкент ҳақиқати – Haqiqat online
8 сент., 05:43
#tibbiyotEndi shifokorlar ham mustaqil ishlash uchun maxsus baholashdan o‘tadiYangi tizimda shifokorlar uch bosqichda mustaqil baholashdan o‘tishi rejalashtirilmoqda. Baholashdan muvaffaqiyatli o‘tgan va ro‘yxatdan o‘tgan mutaxassisga shifokor sifatida ishlashga ruxsat beriladi.Imtihondan o‘ta olmaganlarga qayta topshirish imkoniyati beriladi.Baholash uchun yagona testlar, topshiriqlar banki va simulyatsion bazalar yaratilishi ko‘zda tutilmoqda.@haqiqatonline_24
Тошкент ҳақиқати – Haqiqat online
7 сент., 12:25
#muhimPropan ta’minotida shaffoflik ta’minlanadiPrezident suyultirilgan gaz — propan yetkazib berish grafigini qat’iy yo‘lga qo‘yish bo‘yicha topshiriq berdi.📌Asosiy maqsad — aholiga gaz yetkazib berishda: — taqsimotning shaffofligini ta’minlash; — sun’iy taqchillikning oldini olish; — asossiz narx oshishiga yo‘l qo‘ymaslik.🏢Aholiga suyultirilgan gaz yetkazib beruvchi alohida kompaniya tashkil etiladi.Shu maqsadda “Hududgazta’minot” ta’sischiligida LPG-Trade MChJni tashkil etish taklif qilindi.Yangi kompaniya suyultirilgan gazni birja orqali xarid qiladi va belgilangan tartibda aholiga yetkazib beradi.@haqiqatonline_24
Тошкент ҳақиқати – Haqiqat online
7 сент., 08:37
#yaxshi_xabarParkentdan Toshkentga elektropoyez qatnovi yo‘lga qo‘yildiYo‘lovchilar manzilga 50 daqiqada yetib borishi mumkin. Chipta narxi kattalar uchun 10 ming so‘mgacha, 10 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun 6,5 ming so‘m etib belgilandi.@haqiqatonline_24
Тошкент ҳақиқати – Haqiqat online
7 сент., 07:11
#rasmiyBobojonov Po‘lat Razzoqovich yangi lavozimga tayinlandiBobojonov Po‘lat Razzoqovich O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi o‘rinbosari etib tayinlandi.Bunga qadar u O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar siyosati bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.@haqiqatonline_24
