Последние посты

Jo'rabek Raximov - Xorazm viloyati hokimi
19 сент., 05:26
#Xiva #Xorazm #ArdaXiva #gastronomik #festival #xonlari2026-yil 19–20-sentyabr kunlari Xiva shahridagi “Arda Xiva” turizm majmuasida II xalqaro “Xorazm xonlari milliy taomlari” gastronomik festivali bo‘lib o‘tadi.Ikki kun davomida festival ishtirokchilari Xorazmning boy gastronomik merosi, qadimiy retseptlari va milliy taomlari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ladi. Tadbir doirasida 20 dan ortiq Xorazm milliy taomlari, shuningdek, turli mamlakatlar oshxonasiga mansub 10 ga yaqin xorijiy taomlar tayyorlanadi.Xorazm dasturxonidan tuxum barak, ko‘k barak, qovoq barak, shivit oshi, manti, gumma, ijjon, go‘shtli qovurma, dimlama, qozon kabob, jigar kabob, tuncha sho‘rva, mastava, patir, bo‘g‘irsoq, qatlama kabi milliy taomlar o‘rin oladi. Shuningdek, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ozarbayjon, Gruziya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Koreya va Italiya milliy taomlari
Jo'rabek Raximov - Xorazm viloyati hokimi
12 сент., 13:01
Bugun Urganch tumanida viloyat hokimi Jo‘rabek Raximovning navbatdagi sayyor qabuli o‘tkazildi.✅ Qabulda viloyatimizning turli hududlaridan kelgan 145 nafar fuqaroning sog‘liqni saqlash, ishga joylashish, uy-joy, moddiy yordam, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish kabi qator ijtimoiy-maishiy masalalar yuzasidan talab va takliflari, ariza va shikoyatlari o‘rganildi.✅ Murojaatlarning bir qismi joyida hal qilindi. Yechimi ma’lum vaqt va o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar bo‘yicha mutasaddi rahbarlarga topshiriqlar berilib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi.Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati Xorazm.uz | Facebook | Telegram | Instagram| Youtube6,080Открыть в Telegram
Jo'rabek Raximov - Xorazm viloyati hokimi
11 сент., 06:45
✅ Bugun viloyat Xalq qabulxonasida viloyat hokimi Jo‘rabek Raximovning shaxsiy qabuli o‘tkazildi.✅ Qabul davomida 10 nafar fuqaroning ijtimoiy, iqtisodiy, kommunal soha va boshqa yo‘nalishlarga oid murojaatlari tinglandi. Har bir murojaat tegishli soha mutaxassislari ishtirokida puxta o‘rganilib, huquqiy maslahat va amaliy yordam ko‘rsatildi. Ayrim muddat talab etiladigan masalalar bo‘yicha zarur choralar belgilanib, ularning yechimi qat’iy nazoratga olindi.Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati Xorazm.uz | Facebook | Telegram | Instagram| Youtube4,140Открыть в Telegram
Jo'rabek Raximov - Xorazm viloyati hokimi
10 сент., 07:10
#Payshanba_yoshlar_kuni✅ Bugun viloyat hokimi Jo‘rabek Raximovning yoshlar bilan navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.Ochiq muloqot davomida yoshlarning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi, bandligini ta’minlash, tadbirkorlik va startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, sport hamda ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. ✅ Yoshlar tomonidan bildirilgan har bir taklif va murojaat mas’ullarga biriktirilib, ularning amaliy yechimi bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati Xorazm.uz | Facebook | Telegram | Instagram| Youtube9,580Открыть в Telegram
Jo'rabek Raximov - Xorazm viloyati hokimi
5 сент., 05:47
#Tayinlov✅ Kaimxodjayev Oybek Abdukarimovich – Xorazm viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.Podpolkovnik O.Kaimxodjayev tayinlovga qadar Toshkent shahar Yashnobod tumani bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati Xorazm.uz | Facebook | Telegram | Instagram| Youtube6,690Открыть в Telegram
Jo'rabek Raximov - Xorazm viloyati hokimi
2 сент., 09:59
O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialining yangi binosi foydalanishga topshirildi✅ Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda viloyat hokimi Jo‘rabek Raximov, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining 1-o‘rinbosari Nodirbek Sayfullaev, madaniyat va san’at sohasi vakillari, filial o‘qituvchi va talabalari ishtirok etdilar.Xoreografiya akademiyasi filialining yangi binosi 200 nafar talabaga mo‘ljallangan bo‘lib, o‘zining 70 o‘rinli yotoqxonasiga ham ega. Talabalaring kasbiy mahoratini oshirish uchun 7 ta maxsus raqs xonalari mavjud. 160 o‘rinli zal turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, ko‘rik tanlovlar, ijodiy uchrashuvlarni yuqori saviyada o‘tkazish imkonini beradi.Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati Xorazm.uz | Facebook | Telegram | Instagram| Youtube5,040Открыть в Telegram
Jo'rabek Raximov - Xorazm viloyati hokimi
2 сент., 06:43
Umumta’lim maktablarida yangi o‘quv yili boshlandi✅ Bugun mamlakatimizdagi barcha umumta’lim maktablarida birinchi qo‘ng‘iroq sadolari jarangladi. Viloyatimizda 41 ming nafardan ziyod o‘g‘il-qizlar maktab ostonasiga ilk qadam qo‘yib, 1-sinfga qabul qilindi.✅ Urganch tumanidagi 2-sonli umumta’lim maktabida o‘tkazilgan tadbirda viloyat hokimi Jo‘rabek Raximov ishtirok etib, hurmatli Prezidentimizning mamlakatimiz maktablari o‘quvchilari va ustoz-murabbiylariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi.Ushbu maktab joriy yilda 10 mlrd 600 mln so‘m mablag‘ sarflanib, mukammal ta’mirlandi. Viloyat hokimi maktab jamoasini yangi bino hamda o‘quv yilining boshlanishi bilan qutlab, 1-sinf o‘quvchilariga o‘quv qurollari to‘plamidan iborat Prezident sovg‘alarini topshirdi.Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati Xorazm.uz | Facebook | Telegram | Instagram| Youtube4,280Открыть в Telegram
Jo'rabek Raximov - Xorazm viloyati hokimi
1 сент., 03:53

Jo'rabek Raximov - Xorazm viloyati hokimi
1 сент., 03:53

Jo'rabek Raximov - Xorazm viloyati hokimi
1 сент., 03:53

Jo'rabek Raximov - Xorazm viloyati hokimi
1 сент., 03:53

Jo'rabek Raximov - Xorazm viloyati hokimi
1 сент., 03:53
4,010Открыть в Telegram
Jo'rabek Raximov - Xorazm viloyati hokimi
31 авг., 02:55
Урганч шаҳридаги “Авесто” боғ мажмуасида “Ягона Ватан, ягона халқ бўлиб, янги ҳаёт ва келажак яратамиз! ” шиори остида Ватанимиз мустақиллигининг 35 йиллигига бағишланган байрам тадбири бўлиб ўтди.✅ Тантанада сўзга чиққан Хоразм вилояти ҳокими Жўрабек Рахимов воҳа аҳлини қутлуғ байрам билан табриклаб, ўтган давр мобайнида вилоятда амалга оширилган кенг кўламли бунёдкорлик ишлари ҳақида тўхталди, юртимиз равнағи ва халқимиз бахт-саодати йўлида олиб борилаётган ислоҳотларнинг мазмун моҳиятини, унинг самараларини фахр билан тилга олди.✅ Пойтахтимиздан ташриф буюрган ва вилоятимиз санъат усталари ижросидаги байрам дастурида озод ва обод юртимиз, унинг толеи баланд меҳнаткаш халқи , бугунги дориламон кунларга шукроналик авж пардаларда тараннум этилди. Дронлар шоуси ва байрам мушакбозлиги тадбирга ўзгача файз киритди.6,760Открыть в Telegram
