gram news
Аватар канала Hubbuna

Hubbuna

@hubbuna

Ma'lumotlardan ko‘chirilganda link ko‘rsatilmasa, rozi emasmiz! Asoschi: @GiyosiddinYusuf Reklama: https://t.me/Hubbuna_uz/61

ПроектыUZРазное

17,000подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • Hubbuna

    13 окт., 03:03

    Erkak kishini keng fe’llik va saxiylik bezaydi. Gul sovg‘a qilishda, mayda bo‘lsa-da, kishining ko‘nglini ko‘taradigan hadyalarda xasislik qilmaslik kerak. Shuningdek, o‘ziga qarashni ham chetga surib qo‘ymaslik lozim.Haqiqiy erkak kishi ham qilayotgan ishlari, ham tashqi ko‘rinishi bilan darrov ko‘zga tashlanadi. Uning o‘zini tutishi va odob-axloqi ham ichki dunyosi qanchalik boy ekanidan dalolat beradi. Har bir ayol o‘z yonida shunchaki qimmat kiyim kiygan "soxta qiyofa"ni emas, aynan shunday haqiqiy erkakni ko‘rishni istashi ajablanarli emas.#Erkaklar✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
    2,590784131421Открыть в Telegram
  • Hubbuna

    12 окт., 15:10

    "Yarimta xurmo sadaqa qilib bo‘lsa ham o‘zingizni do‘zax olovidan asrang".Mavzumizdan kelib chiqib haqdor oilalarga yordam qilishga chaqiramiz. Ya'ni kimgadir ro'zg'or qilishda, kimgadir ust-bosh olishga yoki bemorlarni davolatishga va hokazo.Ehsoningiz uchun: 9860160605493933
    2,97013932Открыть в Telegram
  • Hubbuna

    12 окт., 12:35

    Ayollar pashshadan fil yasashni, arzimas mayda-chuydadan katta janjal chiqarishni, ahmoq kimsadan esa suyukli yorini yasab olishni qoyillatishadi. Sehrgarlar-ey! 😅#Tabassum #tarjima✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
    3,2601441513811Открыть в Telegram
  • Hubbuna

    12 окт., 04:37

    Muhabbat shamolga o‘xshaydi — uni ko‘ra olmaysiz, lekin his qilishingiz mumkin.Nikolas Sparks#Muhabbat✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
    3,5305613931Открыть в Telegram
  • Hubbuna

    11 окт., 03:23

    Juftingiz faqat ulfatlari bilan vaqt o'tkazsa, nima qilish kerak?Avvalo, bu haqida u bilan samimiy, ochiq suhbatlashib oling. O'zingizni yolg'iz his qilayotganingizni, uning e'tibori sizga muhimligini ayting.Ikkinchidan, ish, oila, do'stlar orasida vaqtni to'g'ri taqsimlashni maslahat qilinglar.Unutmang, har bir kishining shaxsiy qiziqishlari, o'z erki bo'lishi muhim. Shu bilan birga, har bir kishi oilasiga sifatli vaqt ajratishi lozim.#Erkaklar #ayollar✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
    3,3403522433Открыть в Telegram
  • Hubbuna

    10 окт., 16:04

    Farzandingiz har bir harakatingiz tarbiya boʻladiOilaviy munosabatlarda er va xotin alohida har bir masalani gaplashib olishi kerak.#tarbiyaYanada ko‘proq videolar
    3,200видео14431Открыть в Telegram
  • Hubbuna

    10 окт., 15:04

    ❗️❗️❗️❗️❗️❗️Harflarni taniysiz, ammo Qur’on va boshqa arab tilidagi kitoblarni o‘qishga qiynalyapsizmi❓🤩Ustoz Ahmad bilan arab tili fonetikasi va harflarning maxrajlarini qisqa muddatda 0 dan puxta o‘rganing. Talaffuzingizni to‘g‘rilab, mustaqil va ravon o‘qish sari qadam qo‘ying!❤️🙂💡Birinchi dars — mutlaqo bepul! 💵Kurs narxi esa ancha hamyonbop!👥Guruh darslar💚 👤Individual darslar💚✅Guruhlarda darslar sifatli bo’lishi uchun har bir guruhga 6 tadan 10 tagacha o’quvchi olinadi.💡Guruhlardagi yana bir qulaylik shuki: Ayollar va erkaklar uchun alohida, alohida guruhlar bo’ladi.Shoshiling joylar soni cheklangan❗️🌱Ilm har bir insonga birdek yarashadigan ziynatdir!🌱Murojat uchun: 👨‍💻 @Abuu_Hurayrah🌐Kanal: https://t.me/+5AbWheq1g9plMDdk
    3,210742Открыть в Telegram
  • Hubbuna

    9 окт., 03:06

    Halovat manbaiHalovat tushunish demakdir. Dunyo tashvishlari yelkasida boʻlgan erkak kimning tushunishini kutadi? Gʻamlarini onasidan yashirgan erkak kimdan taskin istaydi? Qizining oldida qaddi gʻoz turishi kerak boʻlgan erkak kimning tizzasiga bosh qoʻyib yotgisi keladi? Oʻgʻillariga mard, jasur, shijoatli kishi sifatida oʻrnak boʻladigan erkak ham baʼzida bir turtki, dalda, tasalliga muhtoj boʻladi, uni kimdan kutadi?Bu barcha savollarning javobi bitta – ayol! Jufti halol! Ha, oʻzi zaif boʻlsa-da, erini qoʻllab-quvvatlaydigan, dalda boʻladigan, halovat boʻladigan kishi bu xonadonlarimizdagi ayolimizdir!📚Gʻiyosiddin Yusufning «Jannatda ham birga boʻlaylik» kitobidan #iqtibosKitobni xarid qilish | Kitobning elektron va audio shakliYanada koʻproq iqtiboslar
    2,520291791Открыть в Telegram
  • Hubbuna

    22 сент., 15:02

    Kanalimizning sodiq obunachilari, muntazam kuzatuvchilariga ma'lumki, biz bir necha oydan beri ixtiyoriy xayriya tashkil qilib kelyapmiz. Bizni qo'llab-quvvatlayotgan barchaga tashakkur. Foydangizga guvohlik beraman, inshaalloh.Tushgan pullar faqat haqdor oilalarga ro'zg'orlik, dori-darmon, kiyim-kechak kabi kamlar uchun yetkazilmoqda. Bunga shaxsan o'zim mas'ulman.Ushbu xabarni ko'rgan har bir kishini kamida 10 ming so'm xayriya qilib bo'lsa ham ajr karvoniga qo'shilib qolishni taklif va iltimos qilaman. Sababi haqdorlar bor, oz bo'lsa ham davomiy yaxshilik qilaylik, uzilib qolmasin.Sarflangan pullar haqida hisobotni quyidagi bot orqali berib boraman, inshaalloh.Karta raqam: 9860160605493933
    1,2201254Открыть в Telegram
  • Hubbuna

    22 сент., 07:34

    NIYAT ILMGA YOʻL OCHADIHar bir ish niyat bilan boshlanadi. Ammo ilm yoʻli oddiy yoʻl emas, bu yoʻlda yurak bilan yuriladi. Va bu amal ham niyatga bogʻliq. Niyat shunchaki “ilm oʻrganmoqchiman” degan soʻz emas. U koʻzga koʻrinmas, til ayta olmaydigan darajada qalbning tubidagi marvariddir.Agar niyat notoʻgʻri boʻlsa, ilm yukka aylanadi. Oʻrganasiz, yodlaysiz, atrofdagilardan koʻra koʻproq bilasiz, ammo qalb qotib turaveradi. Nega? Chunki bilganingiz sizni poklamaydi, balki magʻrurlikka etaklaydi. Oʻzingizni boshqalardan ustun qoʻya boshlaysiz. Oʻrgangan narsangiz odamlar sizga havas qilsin degan niyat bilan boʻlsa, bu ilm emas, shon-shuhratga intilishdir.Ilmni obroʻ uchun emas, oʻzgarish uchun oʻrganish kerak. “Men oʻz hayotimni, fikrimni, yuragimni nurga toʻldirmoqchiman” degan niyat bilan boshlang. Oʻrganganlaringizni avvalo oʻzingizda koʻring, yuragingizda his qiling. Har bir
    2,07026432Открыть в Telegram
  • Hubbuna

    22 сент., 03:03

    Ba'zan mas'uliyatsiz, ko'cha bolasi bo'lgan bir yigitni uylab qo'yish orqali yo'lga solmoqchi bo'ladilar. Agar yigit to'ydan keyin ham shunday holda qolsa-chi? Bir qizning hayotini barbod qilmaysizmi?Yoki sovchilikka borganda aytasizmi:— Bizning bir tarbiyasi yaxshi bo'lmagan, bebosh o'g'limiz bor. Shuni uylantirib odam qilamizmi deb o'ylayapmiz. Tavakkal qilib qizingizni berasizmi?"Mol sotsang aybini aytib sot" deydilar, oila qurishda ham jiddiy ayblar aytiladi. Buni ham aytish kerak-da.Aslida, oila qurish ham kishiga mas'uliyat yuklab, isloh bo'lishiga sabab bo'lishi mumkin, ammo o'taketganlarga bo'lmasligi ham mumkin. Shuning uchun yaxshisi avval kishi o'zini isloh qilib olib, keyin oila qurishi.#Oila_qurish✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
    2,4406415106Открыть в Telegram
  • Hubbuna

    21 сент., 07:32

    Yaxshi shifokor bo‘lish uchun odam kamida 8 yildan 15 yilgacha o‘qiydi, izlanadi, tunlarni bedor o‘tkazadi. Chunki unga inson hayoti omonat topshiriladi.Lekin oramizda shunday toifa borki, ularga insonning nafaqat hayoti, balki butun bir kelajagi, qalbi va taqdiri topshiriladi. Ular esa ko‘pincha bir sahifa kitob o‘qimay, biror kishidan yo‘l-yo‘riq so‘ramay bu mas’uliyatni yelkasiga olaveradi.Ota-onalik haqida gapiryapman...Biz farzand tarbiyalashni qayerdan o‘rganyapmiz? Bir murg‘ak qalbning injiqliklari, uning ruhiyati, ichki olamini tushunish uchun kitob titkilayapmizmi yoki biladiganlardan maslahat olyapmizmi?Yo‘q, aksarimiz shunchaki ko‘rgan-eshitganimiz asosida harakat qilaveramiz. Keyin esa bola qo‘pol, mehrsiz yo bebosh bo‘lib ulg‘aysa, hamma narsani zamonga to‘nkab: «Yoshlar buzilib ketdi!» deb qo‘yamiz.Axir parvarish ko‘rmagan ko‘chat qanday qilib o‘z-o‘zidan shirin
    3,1004419821Открыть в Telegram
  • Hubbuna

    20 сент., 03:02

    NECHA YOSHDA OILA QURISH KERAK?Ba’zida «Necha yoshda oila qurish kerak?» deb savol berib qolishadi. Bu borada qat’iy bir gapni aytib boʻlmaydi. Chunki oila qurish yosh bilan emas, unga tayyor boʻlish bilan belgilanadi.«Balogʻatga yetgan yigit uylanaversa boʻladimi?» — deb soʻraydi ba’zilar. Uylanish uchun balogʻatning oʻzi kamlik qiladi, kamolotga ham yetish kerak. Ya’ni oila qurishga har jihatdan tayyor boʻlish kerak. Toʻgʻri, siz oila qurishga toʻliq tayyor boʻlmasligingiz mumkin. Chunki koʻp narsalarni yashab koʻrgandan keyin oʻrganasiz, ammo asosiy narsalarni bilish, qodir boʻlish bilan oila qurishga tayyor hisoblanasiz.Agar oila qurishga toʻliq tayyor boʻlsam, keyin oila quraman deb mukammal boʻlishga intilsangiz, oila qurishingiz juda kechikib ketadi va koʻzlagan maqsadingizga baribir erisha olmasligingiz mumkin. Toʻgʻri, yigitlar iqtisodiy tomonini yaxshilab olishi mumkin:
    3,25034125Открыть в Telegram
  • Hubbuna

    19 сент., 14:32

    Farzand tarbiyasida eng maqbul yo‘l — ularga xuddi mehmonga muomala qilgandek munosabatda bo‘lishdir: e’tibor bering, hurmat qiling, tanlov erkinligi bering, ammo boshingizga chiqib olishiga ham yo‘l qo‘ymang.Vadim Zeland#Tarbiya✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
    3,260482091Открыть в Telegram
  • Hubbuna

    19 сент., 14:00

    Chet eldami o'z vataningizdami farqi yo'q muhimi uydan chiqmasdan daromad qilish mumkin.😍 Bunga o'z misolimda 20/21/22 sentabr kunlari jarayonni jonli bo'lishaman.😀+ yildan buyon 🍇🍇 marketda Sellerman va hozirda boshqa do'konlarda menejerlik bilan shug'ullanib, ayollarga mentorlik qilmoqdaman.🍇🍇 marketdagiAmaliy tajriba Menejerlik Sotuvni oshirish yo'llari Yangi bilim Foydali maslahat Va eslatmalarniBepulga kuzatasiz va albatta foydalanib natija ko'rasiz❗️Siz ham bizni karvondamizsiz tezroq asosiy kanalga ulaning: https://t.me/+p_TqKE9o68c3MmU0Men Nuura sizni yo'lboshchingiz!
    TelegramNuura🎋Chet davlatdagi uzum MENTOR/SELLER/MENEGER AYOLLAR uchun Erkaklar ❌ Darsliklar/Post omonat📍 Asosiy kanal linki: @chetellik_seller Aloqa uchun: @nurah_meneger
  • Hubbuna

    19 сент., 03:01

    Muhtarama ayol, turmush o‘rtog‘ingizning orzu-maqsadlariga qanot bo‘ling. U biror yangi ish boshlaganida, shubha bildirish o‘rniga "Sizning qo‘lingizdan keladi, men sizga ishonaman", deb dalda bering.Ana shunday suyanchig‘i bor erkak har qanday to‘siqni osonlikcha yengib o‘tadi!#Ayollar✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
    3,79074391542Открыть в Telegram
  • Hubbuna

    18 сент., 03:04

    2020-yildan oilaviy munosabatlar bo‘yicha so‘z yurita boshladim. Dastlab ushbu kanalda yozdik, keyinroq yana bir sahifa ochildi.2022-yilda «Kompas» liderlar akademiyasida oilaviy munosabatlar bo‘yicha dars berdim. Shu yili ilk mualliflik kursim — yoshlarni oilaga tayyorlashga doir «To‘ydan keyin kech» onlayn darslarini yo‘lga qo‘ydim.Boshida ishlarimiz havaskorona edi. Yillar davomida o‘qidik, o‘rgandik, darslar ustida qayta-qayta ishladik. 2024-yilga kelib, to‘plangan bilim va tajriba kurs doirasiga sig‘may qoldi va barchasini yaxlit kitob holiga keltirishga qaror qildim.Niyatim oila qurish arafasidagi yoshlar uchun bu mavzuda boshqa manbaga ehtiyoj qoldirmaydigan mukammal bir qo‘llanma berish edi. Ishonsangiz, birorta manbaga qaramasdan, 46 kunda 224 betlik kitobni yozib tugatdim.Chunki bu mavzuda yillar davomida gapiraverib, yozaverib, aytilishi kerak bo‘lgan hamma narsa
    4,33030135Открыть в Telegram
  • Hubbuna

    17 сент., 15:01

    – Siz "To'ydan keyin kech" kursiga qiziqish bildirgan edingiz, lekin hali ham xarid qilmadingiz, balki kurs haqida sizga yetarli ma'lumot bera olmagandirmiz. Savollaringiz bo'lsa, marhamat. – Oka, men uylanib bo'ldim. 😄 – Xo'p, unda oilaviy muammolar haqida kurs qilsak, o'qirsiz. 😁#Tabassum #oila_qurishPs: Oila qurgandan keyin muammolarga yo'liqmaslik uchun oila qurish ilmini o'rganing!✍️ @Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
    4,30080128Открыть в Telegram
  • Hubbuna

    17 сент., 03:02

    Ko‘ylakning birinchi tugmasini xato qadasangiz, qolganlari ham shunday noto‘g‘ri tartibda ketaveradi. Xuddi shunga o‘xshab, oila qurishdan oldin noto‘g‘ri qadam bossangiz, keyin sizni pushaymon qiladi.Masalan, er-xotin dunyoqarishidagi tafovut juftidan qoniqmaslik, boshqalarga solishtirish, hatto ayollarda ajrashish, erkaklarda yana uylanishga sabab bo‘lishi mumkin.Qadriyat va maqsadlardagi farq ham xuddi shunday. Siz ilm o‘rganish uchun pul sarflaylik desangiz, u orzu-havas, hasham, odamlarko‘rsin desa, boshingizni qaysi devorga urasiz?!Menga juda ko‘p muammoli vaziyatlar yuzasidan murojaat qilishadi. Bundoq qarasangiz, oila qurishdan oldin xato qaror qabul qilingani sabab shu muammolar yuz bergan, ayni damda esa tuzatish imkonsiz — bir inson yoki bir oilani tamomila o‘zgartirish bilan hal qilish mumkin bo‘lgan holat bo‘ladi."So‘z isboti bilan go‘zal" deganlaridek, o‘zingiz
    5,1001855Открыть в Telegram
  • Hubbuna

    16 сент., 15:01

    Oila qurishdan oldin qachon surishtirish kerak?Baʼzan yigitlar xayrli ishni tezroq boʻlgani yaxshi deya surishtirmasdan darrov sovchi yuborib qoʻyishadi.Oʻzi oldin sovchi yuborish kerakmi yoki surishtirish kerakmi?Oila qurish istagidagi doʻstlaringizga yuborib qoʻysangiz, foydali boʻladi.#oila_qurishYanada ko‘proq videolar
    4,690видео1621Открыть в Telegram