gram news
Аватар канала hujayra.uz

hujayra.uz

@hujayrauz

Bu kanalda biologiyaning turli sohalariga oid xabarlar, kashfiyotlar, faktlar hamda umuman ilm-fan haqida yozib boriladi. Kanal Dr. Baxtiyor Sheraliyev tomonidan yuritiladi.

4,140подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • hujayra.uz

    21 сент., 15:22

    переслано из @uzbekistan24_tvnews

    #Davra_podcast | 20.09.2026mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram | X (twitter)
  • hujayra.uz

    20 сент., 16:34изменён

    O‘zbekiston24 telekanalining "Davra" podkastida ilm-fan, yurtimizda baliqlarning o‘rganilish jarayoni, ilmiy tadqiqot ishlariga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida suhbatlashdik. Suhbat bugun 20:10 da efirga uzatildi. O‘zim ham kechroq ko‘rib qolibman.Suhbatning takrori ertaga soat 20:10 da berilar ekan. Bugun ko‘ra olmaganlar ertaga shu vaqtda ko‘rishlari mumkin, o‘zim ham ertaga ko‘raman endi. 😁Suhbatga taklif qilishgani uchun jurnalist Aziza opa Qurbonovaga, meni taklif qilish g‘oyasini ilgari surganlari uchun Prezident administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Akrom aka Fozilov hamda suhbat jarayonidagi qo‘llab-quvvatlov uchun Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Jahongir aka Ahmedovga o‘zimning minnatdorchiligimni bildirib qolaman. Juda samimiy va maroqli suhbat bo‘ldi. 😊P.S. Postga biriktirilgan rasmni ustozim prof. Islomjon
    Иллюстрация к посту канала hujayra.uzИллюстрация к посту канала hujayra.uz
  • hujayra.uz

    20 сент., 14:42

    переслано из @birkunimen

    O‘zbekistonda odamni yeydigan baliq bormi yoxud ilmiy metodologiya qanday ishlaydi?“Nma gap” podkastida men o‘zimning salkam yigirma yillik ixtiologik tajribam asosida O‘zbekiston suv havzalarida odamni yutib yuboradigan yoki odam bilan oziqlanadigan baliq, yana ham aniqrog‘i, laqqa borligi haqida ishonchli ilmiy ma’lumot yo‘qligini aytdim.Instagramdagi shu mavzudagi rilslar ostida mingga yaqin izoh yozildi. Ko‘pchilik bunaqa baliqlar borligi, ayniqsa Amudaryo, Sirdaryo va bir qancha suvomborlarida ulkan baliqlar uchrashi, ular suv ostida yotishi, odamni tortib olib ketishi haqida yozishdi.Eng qiziq joyi, fikr bildirayotganlar orasida mening ixtiologik kompetensiyamga shubha bildirganlar ham yetarlicha bo‘ldi. 😊Men shu yerda ilmiy metodologiyadagi muhim bir prinsipni, kezi kelganda, aytib o‘tmoqchiman.Ilmda kimdir biror narsaning mavjudligiga da’vo qilsa, bu da’voni asoslash
  • hujayra.uz

    15 сент., 02:52

    переслано из @evolutionarygenomics

    🇨🇳 2027 CAS–ANSO SCHOLARSHIP: Xitoyda Magistratura va PhD Uchun To‘liq Grantga Tayyorgarlikni Hozirdan Boshlang!Xitoyda Magistratura yoki PhD bosqichida 100% to‘liq grant asosida o‘qishni va dunyoning eng nufuzli ilmiy markazlarida tadqiqot olib borishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!📢 2027-yilgi rasmiy qabul hali e’lon qilinmagan, ammo oldingi yillardagi xronologiyani hisobga olsak, yangi chaqiruv yaqin oylarda (oktabr oyi o'rtalarida) boshlanishi kutilmoqda. Raqobat kuchli bo‘lgani sababli, g‘oliblik imkoniyatini oshirish uchun hujjatlarni hozirdanoq tayyorlash shart.🎓 CAS–ANSO Scholarship O‘zi Nima? Bu dastur Xitoy Fanlar Akademiyasi (Chinese Academy of Sciences — CAS) hamda ANSO (Alliance of International Science Organizations) tomonidan xalqaro talabalar uchun taqdim etiladigan eng nufuzli va eng yuqori stipendiyali grant dasturidir. Ush
    TelegramEvolutionary Genomics | Akbarjon RozimovAkbarjon Rozimov is a PhD student at the Institute of Zoology, Chinese Academy of Sciences. He teaches you: 1. Fundamental and applied genomics 2. Bash scripting (Linux) 3. R & Python 4. Machine Learning
  • hujayra.uz

    12 сент., 16:34

    Иллюстрация к посту канала hujayra.uzИллюстрация к посту канала hujayra.uz
  • hujayra.uz

    7 сент., 16:19

    переслано из @birkunimen

    Haa, bu voqea kechagidek yodimda. Bobom rahmatlikni davolanish, doktorga murojaat qilishi uchun noanʼanaviy metodni sinab ko‘rgandim. Tabiiyki, metod zo‘r ish bergandi 😄😆"Nma gap"dagi suhbatda shu kabi qiziq-qiziq voqealarni eslashdik.https://m.youtube.com/watch?v=wXNpW6-Q5MM@birkunimen
  • hujayra.uz

    6 сент., 16:51

    переслано из @birkunimen

    "Nma gap" podkastidagi suhbatimiz videosi youtubega qo‘yilibdi. O‘sha kuni yigitlar bilan uch soat qanday o‘tganini sezmay ham qoldim.Suhbatda har xil mavzular haqida gaplashganmiz. Qiziqqanlar tomosha qilishlari mumkin.https://m.youtube.com/watch?v=wXNpW6-Q5MM@birkunimen
    Иллюстрация к посту канала hujayra.uzИллюстрация к посту канала hujayra.uz
  • hujayra.uz

    1 сент., 07:07изменён

    Farg'ona davlat universiteti biologiya fanlari ixtisosliklaridagi PhD va DSc doktorantlari hamda mustaqil izlanuvchilari diqqatiga!2026-yil 3-sentabr payshanba kuni soat 10:00 da Prof. Amael Borzee bilan ilmiy uchrashuv bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. Uchrashuvda Dr. Borzee o'z ilmiy izlanishlari, shu bilan birga yosh o'zbek tadqiqotchilari uchun ilmiy-tadqiqot olib borish bo'yicha o'z tajribalari bilan bo'lishadi.Amael Borzee TMXIning amfibiyalar bo'yicha dunyodagi eng yirik mutaxassis kuratorlaridan biri bo'lib, Scopus bazasidagi jurnallarda 200 ga yaqin ilmiy maqolasi chop etilgan (Scopus h-index = 25), amfibiyalar bo'yicha qator kitoblar muallifi.Barcha yosh ilmiy tadqiqotchilarni ushbu uchrashuvga taklif qilib qolaman.📌 Manzil: FarDU Tabiiy fanlar fakulteti 320-auditoriya@hujayrauz
    Иллюстрация к посту канала hujayra.uzИллюстрация к посту канала hujayra.uz
  • hujayra.uz

    1 сент., 02:55

    Mustaqillik kuni muborak bo‘lsin, aziz vatandoshlar!Barchangizni bugungi ayyom bilan chin dildan tabriklayman. Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! 🎉🎉🎉@hujayrauz
    Иллюстрация к посту канала hujayra.uzИллюстрация к посту канала hujayra.uz
  • hujayra.uz

    23 авг., 16:44изменён

    Qirg‘iziston Markaziy Osiyodagi tog‘ daryolariga eng boy mamlakat hisoblanadi. Ayni vaqtda Qirg‘izistonning qo‘l yetmagan hududlaridagi tog‘ daryolarini tadqiq etmoqdamiz.Dengiz sathidan 3300 metrdan baland hududlardagi daryolarning ixtiofaunasi shaxsan men uchun juda qiziq. Ayniqsa u yerdan nomlarini faqat maqolalardagina o‘qigan turlaringni topsang jarayon yanada zavqli bo‘lar ekan.Ekspeditsiyamiz davomida ajoyib videolar oldim. Yaqin orada ularni birlashtirib, sizlar bilan bo‘lishaman.Rasmda bepoyon, uzundan uzun Norin daryosi bo‘yidaman. Tog‘li manzara shunchaki dahshat. His qilgan hissiyotni kamera yetkazib bera olmas ekan.@hujayrauz
    Иллюстрация к посту канала hujayra.uzИллюстрация к посту канала hujayra.uz
  • hujayra.uz

    17 авг., 04:49изменён

    Bir necha kun avval Xalqaro baliqlar katalogi (Eschmeyer's Catalog of Fishes) baliqlarning tur soniga oid ma'lumotlar bazasi yangilanganligini e'lon qildi. Unga binoan 2026-yilning 13-avgust kungi holatiga ko’ra, sayyoramizda 37 730 valid baliq turi mavjud. Bundan avvalgi yangilanish o‘tgan oy 7-iyul kuni bo‘lgan edi. O‘tgan 37 kun davomida baliqlarning umumiy valid turlar soni 52 turga ko‘paygan. Umumiy holda 2026-yil boshidan beri qayd etilgan yangi baliq turlari soni esa 217 tani tashkil etdi.Yuqoridagi rasmda avgust oyi boshida Hindistonning Bihar viloyatidan tavsiflangan soxta ugorsimonlar (Synbranchiformes) turkumi Chaudhuriidae oilasiga mansub yangi urug' va tur - Gangaichthys indonepalicus tasvirlangan. Yangi baliq turining kashf etilishi haqida batafsil xalqaro ZooKey jurnalidan o‘qishingiz mumkin.@hujayrauz
    Иллюстрация к посту канала hujayra.uzИллюстрация к посту канала hujayra.uz
  • hujayra.uz

    8 авг., 19:37изменён

    O‘tgan hafta va bu hafta davomida Qirg‘izistonning janubiy hududlaridagi daryolar ixtiofaunasini o‘rgangani borgandik. Ekspeditsiya va uning tafsilotlari haqida hozircha indamay turishni rejalashtirgandik, lekin Qirg‘iziston va O‘zbekiston axborot saytlar shuncha qilganimizni "tuuuut" qilishibdi 😂.Qisqasi, Qirg‘izistonning 24.kg va o‘zimizning kun.uz ekspeditsiyamiz haqida, olingan natijalar va rejalarimiz haqida hammayoqqa jar solishibdi (manba1, manba2).Atigi bir martagina 'hujayrauz'dagilarga indamay, "tyomniy" qilib ekspeditsiyaga chiqqandim, aksiga olib buni hamma bilib o‘tiribdi 😆.@hujayrauz
  • hujayra.uz

    31 июл., 16:18

    Farg'ona davlat universitetida qand kasalligiga qarshi kurashadigan fito-choy ishlab chiqarilmoqdaCheksiz sahro... Qumlar bag‘rida asrlar davomida yashirinib kelgan bir sir. Cistanche mongolica — xalq orasida "Sahro iloncho‘pi", "Cho‘l jensheni" nomi bilan tanilgan noyob o‘simlik. Uning siri endi ochilmoqda. Farg‘ona davlat universiteti olimlari zamonaviy laboratoriyalarda tabiat yashirib kelgan haqiqatni ilm orqali kashf etmoqda. Bu shunchaki o‘simlik emas... Bu tabiat va ilm-fan uchrashgan tarix.Batafsil You Tubeda tomosha qiling🔗FarDU rasmiy sahifalariTelegram | Instagram | YouTube | Facebook | Twitter | Website
  • hujayra.uz

    8 июл., 04:27

    Kecha Xalqaro baliqlar katalogi (Eschmeyer's Catalog of Fishes) baliqlarning tur soniga oid ma'lumotlar bazasi yangilanganligini e'lon qildi. Unga binoan 2026-yilning 7-iyul kungi holatiga ko’ra, sayyoramizda 37 678 valid baliq turi mavjud. Bundan avvalgi yangilanish o‘tgan oy 10-iyun kuni bo‘lgan edi. O‘tgan 28 kun davomida baliqlarning umumiy valid turlar soni 24 turga ko‘paygan. Umumiy holda 2026-yil boshidan beri qayd etilgan yangi baliq turlari soni esa 174 tani tashkil etdi.Yuqoridagi rasmda iyun oyi oxirida Xitoyning Hunan provinsiyasidagi Lishui daryosining yuqori oqimidan tavsiflangan karpsimonlar (Cypriniformes) turkumi karplar (Cyprinidae) oilasiga mansub yangi tur - Acrossocheilus zhangjiajiensis tasvirlangan. Yangi baliq turining kashf etilishi haqida batafsil xalqaro Zoosystematics and Evolution jurnalidan o‘qishingiz mumkin.@hujayrauz
    Иллюстрация к посту канала hujayra.uzИллюстрация к посту канала hujayra.uz
  • hujayra.uz

    1 июл., 00:31

    1-iyul Xalqaro ko'p tukli chuvalchanglar kuniHalqali chuvalchanglar tipiga mansub ko'p tukli chuvalchanglar (Polychaeta) sinfi parafiletik kelib chiqishga ega bo'lgan, asosan dengizlarda tarqalgan chuvalchanglardir. Ushbu chuvalchanglarning har bir tana qismida parapodiylari va ularda xitindan tashkil topgan ko'plab tuklar joylashgan. Sinf o'z ichida 10 mingdan ortiq turlarni jamlaydi. Atigi 168 turi (umumiy ko'p tuklilarning sal kam 2% ga yaqini) chuchuk suvlarda yashashi qayd etilgan. Eng keng tarqalgan turlaridan ko'pchilikka tanish bo'lgan nereida (Nereis virens) ni ko'rsatish mumkin (uzunligi 60-70 sm gacha keladi, rasmga qarang).Ushbu sinf vakillari ekologik jihatdan turli ekologik tokchalarda yashashi, simbioz yashashning bir necha ko'rinishlariga egaligi, qolaversa taksonomiyasining o'ziga xosligi, parafiletik kelib chiqishga ega ekanligi, eng dastlabki qazilma holdagi
    Иллюстрация к посту канала hujayra.uzИллюстрация к посту канала hujayra.uz
  • hujayra.uz

    27 июн., 18:59изменён

    O‘zbekiston universitetlari nima uchun THE World University Rankings ga kira olmayapti?Buning sabablari aslida juda oddiy. Haqiqiy top 1000 talikka kirish 18 ta mezon asosida baholanadi. Bu mezonlar orqali baholanishdan avval universitet so‘nggi besh yilda 1000 ta, har yili kamida 100 ta Web of Science va Scopus bazasidagi nufuzli jurnallarda maqola chop etgan bo‘lishi kerak. Mana shu talab bajarilgachgina keyingi mezonlar ko‘rib chiqiladi.Bizning universitetlar hozircha mana shu ilk talabni bajara olganicha yo‘q.Xo‘sh, bu talabni bajarish uchun bizga nimalar to‘sqinlik qilmoqda?1) O‘zbekistondagi aksariyat (barchasi desak ham bo‘ladi) universitetlar o‘qitish muassasalari hisoblanadi. Bizda ilmiy tadqiqotlarga asoslangan universitetlar deyarli yo‘q hisobida. Bizda OTM professor-o‘qituvchilarining asosiy yuklamasini o‘qitish tashkil etadi.2) Bizdagi universitetlarda
  • hujayra.uz

    27 июн., 18:33изменён

    Men albatta negativ bo‘lmoqchi emasman, lekin bu xabar biroz g‘alati talqin qilingan.Kun.uz top-1000 talik deyayotgan ro‘yxat aslida dunyoning kuchli top 1000 talik universitetlari ro‘yxati emas. Bu BMTning "Barqaror rivojlanish maqsadlari" (SDG)ga asoslangan alohida ro‘yxat va bu universitetlarning akademik salohiyatini baholashga ixtisoslashmagan, aksincha universitet siyosati SDGga qay daraja mosligini baholaydigan reyting. Qolaversa bu reyting to‘la aʼzolikka asoslangan.Times Higher Education (THE)ning 2026-yil uchun eʼlon qilgan dunyoning top 1000 talik universitetlari qatoriga O‘zbekistonning faqat bir dona universiteti — Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti (501-600) kiritilgan xolos. Boshqa biror universitetimiz mingtalikka kira olmagan.Haqiqiy mingtalikdagi top universitetlar SDGga asoslangan reytingda deyarli
    Иллюстрация к посту канала hujayra.uzИллюстрация к посту канала hujayra.uz
  • hujayra.uz

    22 июн., 06:37

    переслано из @mingkitobuz

    #tashabbuslar_marafoniVodiy gavhari Farg‘onada uchrashamiz!“Devon” ma’rifiy muloqotlari yakuniga yetib bormoqda. Bu safar amerikalik adabiyotshunos Maykl Rayanning “Adabiyot nazariyasi” asari haqida suhbatlashamiz. Ushbu kitob dunyoning ko‘plab universitetlarida adabiyot nazariyasiga kirish qo‘llanmasi sifatida o‘qitiladi, tavsiya etiladi.Loyihamiz doirasida chop etilgan bir qator kitoblar ilmiy muharriri, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Baxtiyor Sheraliyev muloqotda ishtirok etadi.Tadbir 22-iyun soat 17:00 da boshlanadi. Manzil: Farg‘ona shahri, Ahmad al-Fargʻoniy bog‘iTelegram | Facebook | Instagram | YouTube
    Иллюстрация к посту канала hujayra.uzИллюстрация к посту канала hujayra.uz
  • hujayra.uz

    19 июн., 13:16

    19-iyun Xalqaro albatroslar kuniAlbatroslar (Diomedeidae) oilasi vakillari o'z ichiga 13-24 turdagi qushlarni birlashtiradi. Ushbu oilaning aniq tur soni ornitologlar orasida hanuzgacha bahs mavzusi hisoblanadi. Deyarli barcha turi Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan.Ular dengiz va okeanlar yuzasida uchib suvdagi baliq, kalmar va boshqa suv hayvonlarini ovlaydi. Suvga 5-13 metrgacha sho'ng'iy oladi. Hid bilishi boshqa qushlarnikiga nisbatan ancha yaxshi rivojlangan. O'ljasini hidi orqali topa oladi.@hujayrauz
    Иллюстрация к посту канала hujayra.uzИллюстрация к посту канала hujayra.uz
  • hujayra.uz

    19 июн., 07:06

    Hurmatli tadqiqotchilar, "Ilmiy maqola yozishni o'rganamiz" kursimizning iyun oyidagi darslari bugun soat 20:00 da boshlanadi.Kurs haqida mana bu yerda batafsil ma'lumot berilgan. Tabiiy fanlar sohasidagi doktorant, magistr va mustaqil izlanuvchilar kursda ishtirok etishlari mumkin.Kursda ishtirok etish bo'yicha @hujayrauz_bot ga yozishingiz mumkin.