Последние посты

Huquqni sohalararo o’rganish fakulteti
22 сент., 12:26
🎓 TDYU Huquqni sohalararo o‘rganish fakulteti, Raqamli huquq yo‘nalishi 1-kurs talabasi Dilshodova Dilshodaning maqolasi chop etildi.🛡 “Kiberhujumga qarshi kurashmasak bo‘lmaydi” nomli maqolada bugungi raqamli muhitda kiberxavfsizlikning ahamiyati, kiberhujumlarning zamonaviy tahdidlari hamda ularga qarshi kurashish va axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari yoritilgan.🗞 Maqola “Sharafli yo‘l” gazetasining 2026-yil 21-sentyabrdagi 16-sonida e’lon qilingan.👏 Keyingi ijodiy va ilmiy faoliyatlarda muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Huquqni sohalararo o’rganish fakulteti
22 сент., 04:18изменён
📢 E’LON Toshkent davlat yuridik universiteti rektori Xodjayev Baxshillo Kamolovich Huquqni sohalararo o‘rganish fakultetining 1-bosqich talabalari bilan uchrashuv o‘tkazadi.Uchrashuv davomida talabalar bilan universitetdagi ta’lim jarayoni, yaratilgan imkoniyatlar, talabalarning tashabbuslari, ilmiy va ijtimoiy faolligi, shuningdek, ularni qiziqtirayotgan masalalar yuzasidan ochiq muloqot tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.Ushbu uchrashuvda Huquqni sohalararo o‘rganish fakultetining “Davlat va jamiyat boshqaruvi” hamda “Raqamli huquq” ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan 1-bosqich talabalarining faol ishtirok etishi so‘raladi.📍 Manzil: TDYU 3-binosi, Faollar zali 🕞 Vaqti: 23-sentabr,15:30Talabalardan belgilangan vaqtdan kechikmasdan yetib kelishlari va uchrashuvda faol ishtirok etishlari so‘raladi.Telegram Instagram
Huquqni sohalararo o’rganish fakulteti
21 сент., 11:07
TDYU “Ekovolontyor talabalar” klubiga qabul boshlandi🔗 Batafsil...Telegram Instagram
Huquqni sohalararo o’rganish fakulteti
21 сент., 11:06
📣Qomus intellektual klubi jamoasiga qo‘shilish istagida bo‘lgan faol, tashabbuskor va intiluvchan talabalar uchun volontyorlar qabuli boshlandi! Nomzodlardan faol bo‘lish, jamoa bilan ishlashga tayyorlik va klub loyihalarida mas’uliyat bilan ishtirok etish kutiladi.📌Asosiy talablar: GPA ko‘rsatkichi 80 va undan yuqori bo‘lishi lozim; avval volontyorlik faoliyati bilan shug‘ullangan nomzodlarga ustunlik berilishi mumkin; 1-bosqich talabalari uchun GPA talabi mavjud emas.🗣Suhbat jarayoni: 26-sentabr soat 10:00 dan boshlab 📍Toshkent davlat yuridik universiteti, 3-bino, 214-xonaRo'yxatdan o'tish havolasiTelegram Instagram
Huquqni sohalararo o’rganish fakulteti
21 сент., 07:18
📢 E’lonTibbiyot xodimlari farzandlari o‘qishi uchun kontrakt to‘loviga subsidiya olishlari mumkinDavlat tibbiyot muassasalarida faoliyat yuritayotgan, kamida 15 yillik ish stajiga ega bo‘lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining farzandlari uchun oliy ta’lim kontrakt to‘lovlarini qoplash bo‘yicha subsidiya olish imkoniyati yaratildi. ✅ Subsidiya olish uchun arizalarni subsidiya.imv.uz platformasi orqali yuborish mumkin.📌 Mazkur imkoniyat tibbiyot xodimlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda ularning farzandlari uchun ta’lim olish sharoitlarini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.
Huquqni sohalararo o’rganish fakulteti
21 сент., 05:17изменён
❗️ RASMAN: Pedagoglarning farzandlari uchun kontrakt to‘loviga 30 foiz chegirma beriladi📢 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-sentabrdagi 501-son qarori bilan pedagoglarning davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirgan hamda tahsil olayotgan farzandlarining to‘lov-kontrakt summasiga 30 foiz chegirma berish tartibi belgilandi. Qaror 2026-yil 18-sentabrdan kuchga kirgan. 🎓 Mazkur imkoniyat pedagoglarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda ularning farzandlari uchun oliy ta’lim olish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga qaratilgan.📝 Chegirma olish uchun kontrakt.edu.uz orqali ariza yuborish kerak. Ariza 2 ish kunida ko‘rib chiqiladi va pedagogning farzandi ekanligi tasdiqlangach, chegirma avtomatik qo‘llanadi.📌 Batafsil ma’lumot va imtiyozdan foydalanish tartibi tegishli nizom asosida amalga oshiriladi.Telegram Instagram
Huquqni sohalararo o’rganish fakulteti
21 сент., 04:59
📢 XALQARO KONFERENSIYA BO‘LIB O‘TADIHuquqni sohalararo o‘rganish fakulteti talabalari diqqatiga!Joriy yilning 8-oktabr kuni raqamli immunitet, axborot xavfsizligi hamda sun’iy intellektdan xavfsiz va mas’uliyatli foydalanish masalalariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi.Konferensiyada kiberxavfsizlik, ma’lumotlarni himoya qilish, ISO/IEC 27001 va ISO/IEC 42001 standartlari, sun’iy intellektni boshqarish, axborot xavfsizligi bilan bog‘liq zamonaviy tahdidlar va ularning oldini olish kabi dolzarb mavzular muhokama qilinadi. 📅 Sana: 8-oktabr 2026-yil 🕤 Vaqt: 09:30–16:30 📍 Manzil: AZIMUT Grand Hotel Tashkent🎓 Sohaga qiziquvchi talabalarni konferensiyada faol ishtirok etishga taklif etamiz!Telegram Instagram
Huquqni sohalararo o’rganish fakulteti
18 сент., 13:19
📣 Faol mentor va volontyorlar taqdirlandiHuquqni sohalararo o‘rganish fakulteti hayotida faol ishtirok etib, turli tadbir va loyihalarni tashkil etish hamda ularni yuqori saviyada o‘tkazishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan faol mentor va volontyorlar fakultet tomonidan taqdirlandi.Ularning tashabbuskorligi, mas’uliyati, jamoaviy ishlardagi faolligi va fakultet rivojiga qo‘shayotgan hissasi alohida e’tirof etildi.👏Barcha taqdirlangan mentor va volontyorlarni muborakbod etamiz hamda kelgusi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!Telegram Instagram
Huquqni sohalararo o’rganish fakulteti
18 сент., 11:24изменён
#taqdirlash_marosimiO‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan Respublika rasmlar tanlovida Huquqni sohalararo o‘rganish fakulteti talabalari faol ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni egalladilar.🏆 I o‘rin — AXROROVA E’ZOZA NAZIRJON QIZI 🥈II o‘rin — SHUXRATOVA MAFTUNA ABDUVOHID QIZI 🥉III o‘rin — SAYDULLAYEV SAMIDULLO ABDIXAKIM O‘G‘LI Talabalarimizni ushbu muvaffaqiyat bilan samimiy muborakbod etamiz! Ularning ijodiy izlanishlari, iste’dodi va Vatanga bo‘lgan mehrini aks ettirgan ishlari kelgusida ham yangi yutuqlarga sabab bo‘lishini tilaymiz.👏 G‘olib talabalarimizga kelgusi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!Telegram Instagram
Huquqni sohalararo o’rganish fakulteti
17 сент., 14:17изменён
#maqolaToshkent davlat yuridik universiteti Huquq va texnologiyalar sho‘basi o‘qituvchisi Xushnazar Jo‘rayevning “Sun’iy intellektni tartibga solishda rivojlangan davlatlar qonunchiligi tahlili” mavzusidagi maqolasi chop etildi.Mazkur maqolada sun’iy intellektni huquqiy tartibga solish bo‘yicha rivojlangan davlatlarning qonunchilik tajribasi tahlil qilinib, ushbu sohadagi zamonaviy yondashuvlar va huquqiy mexanizmlar yoritilgan.Maqola bilan tanishingTelegram Instagram
Huquqni sohalararo o’rganish fakulteti
17 сент., 12:14
#talabafest35"TDYU - 35: San'atda aks etgan tarix" 🎨Toshkent davlat yuridik universitetining 35 yillik yubileyi munosabati bilan ijodiy ishlar tanlovida ishtirok eting! 🖌✨Musobaqa haqida:🏢 5 ta fakultet o‘zining iqtidorli rassom-talabalaridan jamoa tuzadi. 🖼 Har bir jamoa birgalikda katta hajmda rasm chizadi. 💡 Mavzu: TDYU faoliyati, adolat va talabalik ruhi (Universitet binosini emas, uning ma'nosi va g‘oyasini aks ettiring!).📅 Sana: 22-sentabr, 2026-yil 📍 Joy: TDYU 3-bino hovlisiO‘z fakultetingiz sharafini san'at bilan himoya qiling! Barcha ijodkor va muxlislarni kutib qolamiz! 🔥🏛Eslatib o'tamiz tanlovda g'olib bo'lgan fakultet jamoasi darajali diplom hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadi!📣Sizda takliflar yoki savollar bo‘lsa, biz bilan bog‘laning. Kordinator: @farziyo_a
Huquqni sohalararo o’rganish fakulteti
17 сент., 12:01изменён
#klublar_haqidaQomus intellektual klubi 🎓Talabalarni huquqiy bilimlari va savodxonligini oshirishga qaratilgan loyiha.Loyiha maqsadi dars jarayonlarida talabalar olayotgan bilimlarini yanada mustahkamlashdan shuningdek, blits savollari orqali fikrlash salohiyatini oshirishga qaratilgan loyiha.Huquq va boshqaruv uyg'unligi📱Loyiha telegram sahifasi: @Tsul_Qomus📱Loyiha instagram sahifasi: @qomus_tdyuTelegram Instagram
Huquqni sohalararo o’rganish fakulteti
17 сент., 11:46
🔹🔹🔹🔹TDYUda fakultet-talabalar qo‘mitasiga saylov o‘tkazilmoqda🔗 Batafsil...В ТГЮУ проходят выборы в факультетский студенческий комитет🔗 Подробнее...Telegram Instagram
Huquqni sohalararo o’rganish fakulteti
17 сент., 09:33изменён
#maqolaHuquqni sohalararo o‘rganish fakulteti dekani, yuridik fanlari doktori, professor Dildora Umarxanova Sharipxanovnaning “Raqamli dunyoda huquqiy himoya: O‘zbekistonda huquqshunoslar bunga tayyormi?” nomli maqolasi chop etildi.Maqolada raqamli davrda huquqiy himoya va zamonaviy huquqshunoslar oldida turgan dolzarb vazifalar yoritilgan.👉 havolaTelegram Instagram
Huquqni sohalararo o’rganish fakulteti
16 сент., 12:45изменён
📚 G‘afur G‘ulom ijodiy merosiga bag‘ishlangan ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Toshkent davlat yuridik universiteti Huquqni sohalararo o‘rganish fakulteti xodimlari va talabalari ishtirokida atoqli o‘zbek adibi, shoir va jamoat arbobi G‘afur G‘ulom haykali poyida ma’rifiy tadbir tashkil etildi.Tadbir davomida talabalarga G‘afur G‘ulomning hayoti va ijodiy faoliyati, o‘zbek adabiyoti va madaniyati rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi, uning asarlarida ilgari surilgan insonparvarlik, Vatanga muhabbat, ezgulik va ma’rifatparvarlik g‘oyalari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.Tadbir davomida talabalar adibning boy ma’naviy merosi, uning ijodidagi milliy va umuminsoniy qadriyatlar, yosh avlod tarbiyasidagi ahamiyati yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Mazkur ma’rifiy tadbir talabalarning adabiyot, tarix va milliy madaniy merosga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularda buyuk
Huquqni sohalararo o’rganish fakulteti
15 сент., 15:02
переслано из @speakingclubtsul
🚀 Speak Up Club is looking for Coordinators! ✨Do you love English, creating engaging video content, filming, editing, or contributing to a growing educational project?👉 Then this opportunity is for YOU!🔍 We’re looking for students who are interested in:🎥 Video shooting & operating 📱 Creating video posts and media content 🌍 English-speaking environment 💡 Project development💌 What should you do? Fill out the application form now! 👇 https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSddPfp11jU45utlz0xWdNHF8U2FpmzaPchMVSLNxK7WRjH5Vg/viewform?usp=dialog🎁 What you’ll get if selected as a coordinator:🎙 Technical support (microphones, professional cameras, lights)
Huquqni sohalararo o’rganish fakulteti
15 сент., 13:34
переслано из @tdyu_yoshlarvasport
TDYUdagi sportchi talabalar diqqatiga!TDYUda tahsil olayotgan sportchi talabalarning sport yo‘nalishida erishgan natijalari, yutuqlari va sport faoliyatini o‘rganish maqsadida so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.Sizni mazkur so‘rovnomada faol ishtirok etishga chorlaymiz!Вниманию студентов-спортсменов ТГЮУ!В целях изучения спортивных достижений, результатов и спортивной деятельности студентов-спортсменов ТГЮУ проводится опрос.Приглашаем вас принять активное участие в данном опросе!1,030Открыть в Telegram
Huquqni sohalararo o’rganish fakulteti
15 сент., 06:54изменён
#sport #CocaColaCup #footballCup📢TDYUning 1-bosqich talabalari diqqatiga!🏆Toshkent shahridagi Oliy ta'lim muassasalari talabalari o‘rtasida bo‘lib o'tadigan “Coca-Cola Students Cup” mini-futbol musobaqasi uchun TDYU terma jamoasiga yangi ishtirokchilarni sarab olish maqsadida mini-futbol musobaqasi o'tkaziladi.Musobaqada har bir fakultetdan 3 tadan jamoa ishtirok etishi mumkin (faqatgina 1-bosqich talabalari)Jamoa tarkibi 7 ta o'yinchi (5 ta asosiy, 2 ta zahira) dan tuzilishi lozim.O'tkazilish vaqti: 16-sentyabr soat 10:00 da 3-bino sport majmuasida o'tkaziladi.📋Talabnomalarni 15-sentyabr soat 17:00 ga qadar fakultet tyutoriga taqdim etishingiz so'raladi.Barcha talabalarni musobaqada faol ishitirok etishga chorlab qolamiz.Telegram Instagram
Huquqni sohalararo o’rganish fakulteti
14 сент., 10:04
🎓 Tanishtiruv haftaligiToshkent davlat yuridik universiteti Huquqni sohalararo o‘rganish fakulteti 1-kurs talabalari uchun Tanishtiruv haftaligi”doirasida O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyiga tashrif tashkil etildi.Tashrif davomida talabalar milliy kino san’atimizning tarixi, rivojlanish bosqichlari va o‘zbek kinematografiyasining boy merosi bilan yaqindan tanishdilar. 🎬Mazkur tashrif talabalarning nafaqat bilim va dunyoqarashini kengaytirish, balki ularning madaniy hayotga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qildi.✨ Yangi muhit, yangi taassurotlar va yangi imkoniyatlar sari!📉📉📉📉📉📉📉📉
Huquqni sohalararo o’rganish fakulteti
14 сент., 10:00изменён
🔹🔹🔹🔹TALABALAR UCHUN AMALIYOT O‘TASH TARTIBI VA AMALIYOT IMKONIYATLARI TO‘G‘RISIDAHurmatli talabalar! Huquqni sohalararo o‘rganish fakulteti Amaliyot va karyera markazi tomonidan Davlat va jamiyat boshqaruvi ta’lim yo‘nalishi, Yurisprudensiya ta’lim yo‘nalishining sirtqi va masofaviy ta’lim shakli hamda Raqamli huquq yo‘nalishi talabalari uchun amaliyot o‘tash tartibi va amaliyot imkoniyatlari to‘g‘risida quyidagi ma’lumotlar taqdim etiladi.1. Tanishtiruv amaliyoti Tanishtiruv amaliyoti talabalarning kelgusidagi kasbiy faoliyati bilan yaqindan tanishishi, nazariy bilimlarini mustahkamlashi hamda amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan. ⛔ Talabalar tanishtiruv amaliyotini 2-kursdan boshlab o‘tashlari mumkin.
