Последние посты

Ibroxim Xodjiyev
22 сент., 13:28
🟦🟦✨“Munchoqteppa” MFYda yashovchi fuqaro Mirzohidova Asila tomonidan ijtimoiy xodim tashabbusi bilan qandolatchilik yo‘nalishida tadbirkorlik faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.Bugungi kunda mazkur qandolatchilik xonasida tadbirkorning o‘zi bilan birgalikda jami 6 nafar xodim mehnat qilmoqda. Shundan 5 nafari nogironligi bo‘lgan shaxslardir.Tadbirkorga 4 nafar nogironligi bo‘lgan shaxsni 3 oydan ortiq muddat davomida ish bilan ta’minlagani uchun 14,8 mln so‘m miqdorida bandlikka ko‘maklashish subsidiyasi ajratilgan.Kichik xonadan boshlangan bu tashabbus kelgusida yanada kengayib, yangi ish o‘rinlari yaratilishiga ishonamiz.👉Obuna bo’ling-@ibroxim_xodjiyev
Ibroxim Xodjiyev
22 сент., 11:28

Ibroxim Xodjiyev
22 сент., 11:22
🟦🟦✅Inson hayotidagi kichik bir e’tibor va g‘amxo‘rlik ham katta o‘zgarishlarga sabab bo‘lishi mumkin.Chust tumanining “Toymasobod” MFY hududida istiqomat qiluvchi I-guruh nogironligi bor Qodirov Shukirali xonadonida bo’lib, “Faol hayotga qadam” dasturi doirasida ko‘rsatilayotgan “Tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya” xizmati natijalari bilan tanishdik. Oila Ijtimoiy reyestrga kiritilib, a’zolari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan, turmush o‘rtog‘iga “Kosonsoy” sanatoriysiga yo‘llanma olish uchun ariza rasmiylashtirilib, navbatga qo‘yilgan. Shuningdek, oilaga moddiy yordam tayinlanib, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilgan.Mazkur xonadonga kirib borar ekanmiz, bizni mamnuniyat bilan kutib olgan nuroniylarning samimiy chehralarini ko‘rib, o‘zimizning
Ibroxim Xodjiyev
22 сент., 10:26
🟦🟦📍Navbatdagi manzilda “Chust Gulzori” MFY hududida ruhiy holatida buzilishi bo‘lgan shaxslar uchun Vazirlar Mahkamasining 271-son qarori asosida tashkil etilgan “Yangi kun” kunduzgi qatnov xizmati faoliyati bilan tanishdik.Bugungi kunda mazkur xizmat turi 13 nafar ruhiy holatida buzilishi bo‘lgan shaxsni qamrab olgan.O’rganish davomida xotin-qizlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish ko‘nikmalarini bosqichma-bosqich shakllantirish, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda ijtimoiy faolligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.Shuningdek, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan fikr almashilib, taklif va mulohazalar tinglandi.👉Obuna bo’ling-@ibroxim_xodjiyev
Ibroxim Xodjiyev
22 сент., 07:43
🟦🟦✅Sayyor qabuldan so‘ng “Erta aralashuv” xizmati faoliyati bilan tanishdik.“Pansada” MFY hududida tadbirkor Jo‘rayeva Diyora tomonidan 0 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolajonlar uchun Vazirlar Mahkamasining 271-son qarori asosida “Muhabbat Yasin” nomidagi “Erta aralashuv” xizmati tashkil etilgan.Bugungi kunda mazkur xizmatga 18 nafar bola qamrab olingan.“Erta aralashuv” xizmati bolalarning rivojlanishidagi ehtiyojlarni erta aniqlash, ularga zarur ko‘mak va xizmatlarni o‘z vaqtida ko‘rsatish imkonini beradi.Mazkur yangi xizmat Chust tumanida yashovchi bolalar va ularning ota-onalari uchun qo‘shimcha imkoniyat va qulayliklar yaratib, ijtimoiy xizmatlarning manzilliligi va samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.👉Obuna bo’ling-@ibroxim_xodjiyev
Ibroxim Xodjiyev
22 сент., 06:29

Ibroxim Xodjiyev
22 сент., 06:29

Ibroxim Xodjiyev
22 сент., 06:27
переслано из @ihma_namangan
🧍♂️🧍♂️🧍♂️🧍♂️🧍♂️🧍♂️#Online🗣Ayni daqiqalarda Ijtimoiy himoya milliy agentligi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘ining sayyor qabuli davom etmoqda.👥Sayyor qabul davomida fuqarolarning ijtimoiy himoya sohasiga oid murojaatlari tinglanib, ularning aksariyati joyida hal etilmoqda. Qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab etadigan murojaatlar esa belgilangan tartibda ijroga yo‘naltirilmoqda.✅Sayyor qabul fuqarolarning murojaatlarini bevosita o‘rganish, mavjud muammolarni tezkor hal etish hamda aholiga ijtimoiy xizmat va ko‘maklarni yanada manzilli yetkazishga xizmat qiladi.
