Последние посты

IHMA Farg‘ona viloyati
26 сент., 08:17
🌍🌍Nogironligi boʻlgan shaxslar bandligini ta'minlagan tadbirkorlar mahsulotlarining yarmarkasi tashkil etildi🎬 Ushbu lavha "Farg'ona" telekanalining "Farg'ona-24" informatsion dasturi orqali efirga uzatildi.🟢 IHMA Fargʻona viloyati boshqarmasi Axborot xizmati.
IHMA Farg‘ona viloyati
26 сент., 07:52
#statistikaKam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam pullari moliyalashtirildiIjtimoiy himoya milliy agentligi Farg'ona viloyati boshqarmasi tomonidan 2026-yil sentabr oyi uchun 49,3 mingta kam ta’minlangan oilalarga jami 27,1 mlrd. so‘m mablag‘lar AT “Xalq banki” ga to‘liq moliyalashtirildi.✅ 44,4 mingta oilaga 24,9 mlrd. so‘m bolalar nafaqasi; ✅ 4,8 mingta oilaga 2,2 mlrd. so‘m moddiy yordam mablag‘lari ajratildi.❗️ Vazirlar Mahkamasining 35-son qaroriga muvofiq, tayinlangan bolalar nafaqasi va moddiy yordam mablag‘lari har oyning 27-sanasiga qadar fuqarolarga to‘lab beriladi.🟢 IHMA Fargʻona viloyati boshqarmasi Axborot xizmati.


IHMA Farg‘ona viloyati
26 сент., 07:25
🌍🌍🖋 Farg'ona viloyati hokimligi nashri - "Yangi Farg'ona" gazetasining navbatdagi sonida Ijtimoiy himoya milliy agentligi Farg'ona viloyati boshqarmasining Ehtiyojmand oilalarga ijtimoiy xizmatlarni muvofiqlashtirish shu'basi faoliyatiga oid tahliliy maqola e'lon qilindi.🧮 "Oddiy odamlarning oddiy baxti" deb nomlangan maqolada Farg‘ona viloyatida joriy yilning o‘tgan davrida “Ijtimoiy reyestr”ning “davlat ta’minotidagi oila” toifasida bo‘lgan oilalardan 1710 tasiga 29 milliard 152 million so‘m imtiyozli, ya’ni foizsiz kredit mablag‘i berilgani, bu mablag‘ning salmoqli qismi xonadonda issiqxona tashkil qilish, baliqchilik, parrandachilik, quyonchilik, asalarichilik hamda chorvachilik faoliyatini boshlash uchun yo‘naltirilgani, shuningdek, xizmat ko‘rsatish, ko‘chma savdo do‘konlari tashkil etish, hunarmandchilik va ishlab chiqarish yo‘nalishiga ham mablag‘lar ajratilgani haqida so'z yuritiladi.E’tibor bering, yaqingacha mazkur oilalarning aksariyati hayotdan zada, boqimandalik kayfiyati bilan kun o‘tkazuvchi va shunchaki qorin qayg‘usidan boshqasini bilmas edi. Bugun vaziyat mutlaqo o‘zgardi: ularning kichik bo‘lsa-da, ko‘chmas mulki, dehqonchilik qilishga issiqxonasi yoki yeri, tadbirkorligi hamda doimiy daromad manbai bor. Bu - ilgari kambag‘al sanalgan oilalar farovonlik sari qadam tashlayotganidan dalolat bermoqda, - deb yozadi maqola muallifi Botir Madiyorov.✅ Maqola gazetaning 3-sahifasidan o'rin olgan.https://t.me/yangifargona2022/8838🟢 IHMA Fargʻona viloyati boshqarmasi Axborot xizmati.




IHMA Farg‘ona viloyati
26 сент., 06:46
🌍🌍INSON QADRI, MEHNAT VA IMKONIYATLAR BIR MAYDONDA🧮 Farg‘ona shahrida “Inson uchun” shiori ostida ko‘rgazma-savdo yarmarkasi tashkil etildi. Unda nogironligi bo‘lgan shaxslar bandligini ta’minlashga hissa qo‘shayotgan tadbirkorlar hamda hunarmandlar tomonidan ishlab chiqarilgan turli mahsulotlar namoyish etildi.🎬 Ushbu lavha "Zo'r TV" telekanalining "BU KUN" informatsion dasturi orqali efirga uzatildi.🟢 IHMA Fargʻona viloyati boshqarmasi Axborot xizmati.
IHMA Farg‘ona viloyati
26 сент., 06:09
🌍🌍👮♂️ "Mahalla" gazetasining navbatdagi sonida Farg'ona shahar "Beshbola" mahallasi ijtimoiy xodimi Shahnozaxon Tilyabayevaning "Mehrning borligi taqdirni, e'tibor borligi hayotni o'zgartiradi" sarlavhali maqolasi chop etildi.✅ Maqolada, mahallada yashovchi og'ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan oilaga ko'rsatilayotgan ijtimoiy xizmat va yordamlar haqida so'z yuritilgan.Ular uchun uy-joy masalasi ham jiddiy muammo edi. Avvalgi yashayotgan manzili mutlaqo yaroqsiz holga kelib qolgani, oilaning munosib sharoiti yo‘qligi sababli “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hamda homiylar ko‘magida ular uchun yangi uy qurishga kirishildi. Bu esa ehtiyojmand xonadon a’zolarining ertangi kunga ishonchini mustahkamladi, farzandlar uchun munosib sharoit va xotirjam hayot sari tashlangan muhim qadam bo‘ldi, - deyiladi maqolada.🖋 Maqola gazetaning 4-sahifasidan o‘rin olgan.🟢 IHMA Fargʻona viloyati boshqarmasi Axborot xizmati.




IHMA Farg‘ona viloyati
25 сент., 12:04
#yaxshi_yangilikIjtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazida xizmatlar ko‘lami kengaymoqda❗️ Farg‘ona Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazida aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar ko‘lami kengaytirilmoqda. Endi markazda fuqarolarga bir vaqtning o‘zida dam olish va salomatlikni tiklash imkoniyati yaratilgan.✅ Markazda qulay va shinam xonalar, go‘zal tabiat manzaralari hamda sifatli xizmatlar uchun zarur sharoitlar mavjud.🧮 2026-yil 1-iyundan boshlab markazda super lyuks toifasidagi xonalarda yashash narxi 133 932 so‘m etib belgilangan. Ushbu to‘lovga yotoq joyi va kuniga 5 mahal ovqatlanish kiritilgan. Fuqarolar qoʻshimcha toʻlov evaziga 15 turdagi sog‘lomlashtirish va muolaja xizmatlarini ham olishlari mumkin.📌 Shuningdek, markazda malakali mutaxassislar ko‘rigi, fizioterapevtik va reabilitasion muolajalar, psixologik ko‘mak, sport va dam olish uchun mo‘ljallangan xizmatlardan foydalanish mumkin.🏃 Yaratilgan sharoitlar fuqarolarning sog‘ligini tiklash, maroqli dam olishini ta’minlash va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga xizmat qiladi.🟢 IHMA Fargʻona viloyati boshqarmasi Axborot xizmati.




IHMA Farg‘ona viloyati
25 сент., 04:36
переслано из @ijtimoiyhimoya_agentligi
Hurmatli obunachilar!🎙Bugun (juma) soat 17:00 da "Nogironlik holatini belgilashda qanday muammo va yechimlar bor?" mavzusida Ijtimoiy himoya milliy agentligi Nogironligi bo‘lgan shaxslarning funksionalligini baholash boshqarmasi vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkaziladi.Qatnashchilar: 🔹 Nogironligi bo‘lgan shaxslarning funksionalligini baholash boshqarmasi boshlig‘i M.Niyazov 🔹 Nogironligi bo‘lgan shaxslarning funksionalligini baholash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari I.Muhiddinov 🔹 Nogironligi bo‘lgan shaxslarning funksionalligini baholash boshqarmasi bosh mutaxassisi A.Narzullayev 🔹 Nogironligi bo‘lgan shaxslarning funksionalligini baholash boshqarmasi mutaxassisi M.Usmanov 🔹 Ijtimoiy himoya milliy agentligi tasarufidagi Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza raisi N.Risqulova va boshqalar qatnashadi.Boshlovchi: Ulug‘bek MamatxanovOvozli chatda ishtirok etish uchun havola: 👉 https://t.me/huquqplus?livestream❓ Iltimos, barcha savollaringizni shu post tagidagi izohlarda qoldiring.🇺🇳🇫🇮 Huquq+ podkastlar BMTTD va Finlandiya Tashqi Ishlar Vazirligi tomonidan moliyalashtiriladigan «Bepul yuridik yordam ko‘rsatish uchun kichik grantlar» dasturi tomonidan ajratilgan grant asosida tashkil etilmoqda. 📝 telegram 💻 instagram 📝 facebook 🐧 xcom 🎞 youtube 🎖 ihma.uz


IHMA Farg‘ona viloyati
24 сент., 11:57
#InsonUchunFarg‘onada nogironligi bo‘lgan shaxslar bandligini ta’minlagan tadbirkorlar mahsulotlari yarmarkasi o‘tkazildi🧮 Farg‘ona shahridagi Kasbiy ko‘nikmalar markazi binosida nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlashga ko‘maklashgan tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan navbatdagi savdo yarmarkasi tashkil etildi.↗️ "Inson uchun" shiori ostida tashkillangan mazkur yarmarka Ijtimoiy himoya milliy agentligining Farg‘ona viloyati boshqarmasi hamda qator tashkilotlar hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan o‘tkazildi.📌 Tadbirdan asosiy maqsad - nogironligi bo‘lgan shaxslarni ish bilan ta’minlagan tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni keng targ‘ib qilish hamda mazkur korxonalarning davlat buyurtmachilari bilan muntazam hamkorlik qilishi uchun yangi imkoniyatlar yaratishdan iborat bo'ldi.✅ Yarmarkada 50 ga yaqin ishlab chiqaruvchi ishtirok etib, o‘z mahsulotlarini namoyish qildi. Tashrif buyuruvchilarga 200 dan ziyod turdagi oziq-ovqat, yengil sanoat, hunarmandchilik, maishiy va boshqa yo‘nalishlardagi mahsulotlar taqdim etildi.🖋 Kunning birinchi yarmiga qadar davlat buyurtmachilari tomonidan umumiy qiymati 300 mln. so‘m bo‘lgan shartnomalar imzolanib, hamkorlikni kelgusida ham uzviy davom ettirishga kelishib olindi. Shuningdek, ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilar 62 mln. so‘mlik mahsulotlarni xarid qilishdi.🤝 Tadbir yakunida "Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun eng ko‘p ish o‘rni yaratgan tadbirkor", "Eng yaxshi tadbirkor", "Eng yaxshi hunarmand", "Eng yosh ishtirokchi" kabi nominatsiyalarda g‘oliblar aniqlanib, faol ishtirokchilar ham munosib taqdirlandilar.🟢 IHMA Fargʻona viloyati boshqarmasi Axborot xizmati.




IHMA Farg‘ona viloyati
22 сент., 13:13
переслано из @ihma_fargona
#qabul_davom_etmoqdaO'QISHGA MARHAMAT🧮 Yotoqxonasi, 4 mahal issiq ovqati, fan va kasb-hunar to'garaklari mutlaqo bepul bo'gan, vodiyda yagona maxsus texnikum haqida eshitganmisiz? Unda bu yangilik aynan siz uchun!💻 Zamonaviy va talab yuqori bo'lgan quyidagi 12 ta yo'nalish bo'yicha sizlarni o'qishga taklif etamiz:✅ oshpazlik, ✅ tikuvchilik, ✅ raqamli axborotlarni qayta ishlash, ✅ tele-radio jihozlarini ta'mirlash, ✅ charm va mo'ynali mahsulotlarga ishlov berish, ✅ mehmonxona menejmenti, ✅ grafika va dizayn texnologiyasi, ✅ raqamli va smart-maishiy
IHMA Farg‘ona viloyati
22 сент., 04:49
☺️ “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan ko‘rsatiladigan yuridik xizmatlar haqida nimalarni bilasiz?🎬 Videoda ushbu xizmat turi, undan kimlar va qanday holatlarda foydalanishi mumkinligi haqida batafsil ma’lumot berishga harakat qildik.😊 Fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, huquqiy masalalarda zarur ko‘mak ko‘rsatish — markazlar faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.🎬 Batafsil ma’lumotni videomiz orqali bilib oling.📝 telegram 💻 instagram 📝 facebook 🐧 xcom 🎞 youtube 🎖 ihma.uz
IHMA Farg‘ona viloyati
21 сент., 09:23
переслано из @ijtimoiyhimoya_agentligi
Hech bir inson eʼtibor va gʻamxoʻrlikdan chetda qolmaydiOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3-avgustdagi “Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-288-son qarori aynan shu ezgu maqsadga xizmat qiladi.Mazkur qaror bilan ogʻir hayotiy vaziyatga tushib qolgan, muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni barvaqt aniqlash, ularning ehtiyojlarini baholash hamda ularga kompleks ijtimoiy, tibbiy va huquqiy yordam koʻrsatishning yangi tizimi joriy etildi.Qarorga muvofiq quyidagi yoʻnalishlarda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda:✅ Aniqlash va manzilli koʻmak — ogʻir hayotiy vaziyatga tushib qolgan shaxslarni aniqlash, ularning ehtiyojlarini baholash va zarur ijtimoiy xizmatlarga yoʻnaltirish.✅ Tibbiy va psixologik yordam —
IHMA Farg‘ona viloyati
21 сент., 07:42
Olis hududlarda ham parasportni rivojlantirish bo'yicha amaliy ishlar olib borilmoqda🧮 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Farg‘ona viloyati boshqarmasi, Sport boshqarmasi hamda So‘x tumani hokimligi hamkorligida parasportni rivojlantirish, nogironligi bo'lgan fuqarolarni sportga keng jalb etish va ularning sport sohasidagi salohiyatini ro‘yobga chiqarish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.😯 Kuni kecha tuman markaziy stadionida parasport turlarini yanada ommalashtirish maqsadida seleksiya ishlari olib borilib, sportga layoqati va qiziqishi yuqori bo‘lgan havaskorlar saralab olindi.👮♂️ Tadbir avvalida Ijtimoiy himoya milliy agentligi Farg‘ona viloyati boshqarmasi boshlig'i Saidfarrux Islomov so'z olib, So‘x tumanida 284 nafar parasportchi ro‘yxatga olingani, ularning sport




IHMA Farg‘ona viloyati
21 сент., 06:18
#sayyor_qabul #ochiq_muloqotSo‘x tumanida aholining ijtimoiy himoyaga oid murojaatlari o'rganildi🇺🇿 So‘x tumanida Ijtimoiy himoya milliy agentligi boshqarmasi rahbariyatining navbatdagi sayyor qabuli o‘tkazildi.🧮 Sayyor qabul davomida 22 nafar fuqaroning murojaatlari tinglanib, ular yuzasidan tegishli tushuntirish va amaliy yordamlar ko‘rsatildi. Jumladan, 7 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi, 11 nafar murojaatchiga huquqiy tushunchalar berildi. Qo‘shimcha o‘rganish va amaliy chora ko‘rishni talab etadigan 4 ta murojaat nazoratga olindi.✅ Sayyor qabullar fuqarolarning murojaatlarini joyida o‘rganish, ularning muammolariga amaliy yechim topish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi vakillariga manzilli ko‘mak ko‘rsatishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.




IHMA Farg‘ona viloyati
21 сент., 04:08
переслано из @ijtimoiyhimoya_agentligi
#Ijtimoiy_dayjest🇺🇿 Ijtimoiy Dayjest O‘tgan hafta davomida mamlakatimiz ijtimoiy himoya sohasida muhim tashabbuslar, samarali loyihalar va xalq farovonligiga xizmat qiluvchi qator tadbirlar amalga oshirildi. Quyida ushbu yo‘nalishdagi eng muhim yangiliklar bilan tanishing.⸻🇺🇿Sociallıq Dayjest Ótken hápte dawamında mámleketimiz sociallıq qorǵaw tarawında áhmiyetli baslamalar, nátiyjeli joybarlar hám xalıqtıń abadanlıǵına xızmet etetuǵın bir qatar ilajlar ámelge asırıldı. Tómende usı baǵdardaǵı eń áhmiyetli jańalıqlar menen tanısıń.🇬🇧 Social Digest Over the past week, a number of impactful initiatives, meaningful projects, and people-centered events have taken place in the field of social protection in our country. Below is a summary of the key highlights from this week.📝 telegram
IHMA Farg‘ona viloyati
20 сент., 13:52

IHMA Farg‘ona viloyati
19 сент., 05:59

IHMA Farg‘ona viloyati
19 сент., 05:57
Ijtimoiy himoya milliy agentligi Fargʻona viloyati boshqarmasining rasmiy munosabatiQoʻqon shahrida yashovchi D.N. (ayol) ning ijtimoiy tarmoqlar orqali yoʻllagan murojaati yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi:Fuqaro D.N. 1942-yilda tugʻilgan, hozirda I guruh nogironligi boʻlgan nevarasi bilan birga yashaydi va 2025- yilning yanvar oyida “Yakka-yolgʻizlar va oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslar” reyestriga kiritilgan boʻlib, uyda ijtimoiy-maishiy xizmatdan foydalanib keladi. Shuningdek, fuqaroga oziq-ovqat uchun oylik moddiy yordam tayinlangan.Fuqaro yashash joyini ta’mirlashda yordam soʻrab 2026-yilning 10-aprel sanasida murojaat qilgan, biroq olayotgan nafaqasi miqdori mezondan oshgani sababli ariza ariza elektron tartibda, inson omilisiz rad etilgan.Shundan soʻng fuqaroning nevarasi - II guruh nogironligi boʻlgan S.H. (ayol) Ijtimoiy reyestrga olinib, uy-joy ta’miri uchun
IHMA Farg‘ona viloyati
17 сент., 14:20
#tayinlovBagʻdod tumani “Inson” markaziga rahbar tayinlandiValiyev Sayidxon Sohibjon o‘g‘li — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori lavozimiga tayinlandi.Sayidxon Valiyev 1992-yilda O‘zbekiston tumanida tug‘ilgan. 2016-yilda Toshkent axborot texnologiyalari universitetini, 2022-yilda Farg‘ona davlat universitetini tamomlagan.Mehnat faoliyati davomida Savdo-sanoat palatasining Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi hamda ijtimoiy himoya tizimida turli mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.Tayinlovga qadar Quvasoy shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori sifatida ishlab kelayotgan edi.🟢 IHMA Fargʻona viloyati boshqarmasi Axborot xizmati.




IHMA Farg‘ona viloyati
17 сент., 06:40
#press_turOAV vakillari va blogerlar uchun press-tur tashkillandi☺️ Oltariq tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida bir guruh jurnalist va blogerlar ishtirokida press-tur tashkil etildi.👥 Tadbir davomida ommaviy axborot vositalari vakillari markazning faoliyati, aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar va yordamlar, ehtiyojmand fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.💻 Press-tur ishtirokchilariga markaz tomonidan fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish, ularning ijtimoiy muammolarini aniqlash va hal etishga ko‘maklashish yuzasidan ko'rilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga manzilli yordam ko‘rsatish va zarur xizmatlarni tashkil etish jarayonlari




IHMA Farg‘ona viloyati
17 сент., 06:15
🌍🌍Marg'ilon shahridagi "Rohat" mahalla fuqarolar yig'inida aholini ijtimoiy himoya qilish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda🎬 Bu haqdagi axborot lavhasi "Farg'ona" telekanalining "Yangiliklar" informatsion dasturi orqali efirga uzatildi.🟢 IHMA Fargʻona viloyati boshqarmasi Axborot xizmati.
