Последние посты

IHMA Toshkent viloyati
22 сент., 10:20изменён
#inson_uchun“INSON UCHUN” — IMKONIYATLAR MAYDONIO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashabbusi bilan Toshkent viloyatida nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnat mahsulotlari va ijodiy ishlari namoyish etiladigan “INSON UCHUN” ko‘rgazma-savdosi tashkil etiladi.Ko‘rgazmada milliy hunarmandchilik buyumlari, turli mahsulotlar va xizmatlar taqdim etiladi.Manzil: Nurafshon shahri, Qumariq MFY, Toshkent yo‘li ko‘chasi, 67-uy. Koʻrgazma boʻlib oʻtadigan kun: 23-sentabr, soat 09:00 dan. Barchangizni “INSON UCHUN” ko‘rgazma-savdosiga taklif etamiz!https://t.me/ihma_toshkentviloyati
IHMA Toshkent viloyati
22 сент., 08:50изменён
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan ko‘rsatiladigan yuridik xizmatlar haqida nimalarni bilasiz?🎬 Videoda ushbu xizmat turi, undan kimlar va qanday holatlarda foydalanishi mumkinligi haqida batafsil ma’lumot berishga harakat qildik.Fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, huquqiy masalalarda zarur ko‘mak ko‘rsatish — markazlar faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.🎬 Batafsil ma’lumotni videomiz orqali bilib oling.📝 telegram 💻 instagram 📝 facebook 🐧 xcom 🎞 youtube 🎖 ihma.uz
IHMA Toshkent viloyati
22 сент., 06:51изменён
#infografikaToshkent viloyatida 2026-yil 22-sentabr holatiga ko‘ra, 345 nafar nogironligi bo‘lgan bola Kunduzgi parvarish xizmatidan foydalanib kelmoqda.Shundan:3–10 yoshdagi nogironligi bo‘lgan bolalar — 154 nafar;10–18 yoshdagi nogironligi bo‘lgan bolalar — 191 nafar;Bitim tuzgan tadbirkorlar — 32 nafar;Ochilgan guruhlar — 46 ta;To‘langan mablag‘ — 3 mlrd 425 mln so‘m. https://t.me/ihma_toshkentviloyati
IHMA Toshkent viloyati
21 сент., 11:24
#bosma_nashrlar_biz_haqimizdaOgʻriqli damlarda tayanch, qiyin kunlarda umid, yangi hayot sari yoʻl koʻrsatuvchiUshbu sarlavha tafsilotlarga oid maqola “Mahalla” gazetasida eʼlon qilindi. 📑Shuningdek, gazeta sahifalarida turkum maqola va qiziqarli xabarlarni o‘qishingiz mumkin.https://t.me/ihma_toshkentviloyati
IHMA Toshkent viloyati
21 сент., 09:16изменён
#rasmiy_munosabatIjtimoiy tarmoqlarda fuqaro O.X. Mashrapov Toshkent tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga o‘z haq-huquqlarini so‘rab murojaat qilgani mazmundagi video murojaat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.➡️Batafsilhttps://t.me/ihma_toshkentviloyati
IHMA Toshkent viloyati
21 сент., 04:53
переслано из @ijtimoiyhimoya_agentligi
#Ijtimoiy_dayjest🇺🇿 Ijtimoiy Dayjest O‘tgan hafta davomida mamlakatimiz ijtimoiy himoya sohasida muhim tashabbuslar, samarali loyihalar va xalq farovonligiga xizmat qiluvchi qator tadbirlar amalga oshirildi. Quyida ushbu yo‘nalishdagi eng muhim yangiliklar bilan tanishing.⸻🇺🇿Sociallıq Dayjest Ótken hápte dawamında mámleketimiz sociallıq qorǵaw tarawında áhmiyetli baslamalar, nátiyjeli joybarlar hám xalıqtıń abadanlıǵına xızmet etetuǵın bir qatar ilajlar ámelge asırıldı. Tómende usı baǵdardaǵı eń áhmiyetli jańalıqlar menen tanısıń.🇬🇧 Social Digest Over the past week, a number of impactful initiatives, meaningful projects, and people-centered events have taken place in the field of social protection in our country. Below is a summary of the key highlights from this week.📝 telegram
IHMA Toshkent viloyati
19 сент., 14:40
#bunyodkorlikKitob va ma’rifat maskani tez kunlarda o‘z eshiklarini ochadiIjtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi vakillari ishtirokida Oqqo‘rg‘on tumanida ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari o‘rganildi.Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun Oqqo‘rg‘on tumani “Hamzaobod” mahallasida "Ijtimoiy kutubxona" tashkil etilmoqda.O‘rganish davomida mazkur kutubxonada olib borilayotgan ta’mirlash va jihozlash ishlari ko‘zdan kechirildi.Kutubxonani zamonaviy, shinam va kitobxonlar uchun barcha zarur sharoitlarga ega maskanga aylantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.Shuningdek, ishlarni sifatli yakunlash hamda "Ijtimoiy kutubxona"ni tez kunlarda foydalanishga topshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.https://t.me/ihma_toshkentviloyati
IHMA Toshkent viloyati
18 сент., 06:02
переслано из @zamon_lavhalar
20:20 17.09.2026INKLYUZIV TA'LIM ISTIQBOLLARI#Toshkent , #Toshkent vil.muxbir: Dilfuza Esanovahttps://t.me/zamon_lavhalar
IHMA Toshkent viloyati
18 сент., 05:58изменён
#infografikaToshkent viloyatida 2026-yil davomida 4 190 nafar nogironligi bo‘lgan shaxsni adaptiv sportga jalb etish maqsad qilingan. Joriy yilning 17-sentabr holatiga 1 076 nafar nogironligi bo‘lgan shaxs adaptiv sport bilan shug‘ullanmoqda. Shundan: Ayollar soni — 369 nafar; 211 ta sport guruhi tashkil etilgan; 140 nafar trenerning faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.https://t.me/ihma_toshkentviloyati
IHMA Toshkent viloyati
18 сент., 05:10
переслано из @ijtimoiyhimoya_agentligi

IHMA Toshkent viloyati
17 сент., 09:34
переслано из @nurafshon_hixm
👶 Farzandingiz 3 yoshda — nimalarni bilishi kerak?3 yoshga kelib, bola odatda:🗣 Nutqida:3–5 so‘zdan iborat gaplar tuza olishi O‘z fikri va istagini so‘z bilan ifodalashi Oddiy savollarga javob berishi Yaqinlari nutqini tushunarli darajada gapirishi🧠 Bilish faoliyatida:Asosiy ranglarni ajrata boshlashi Oddiy shakllarni tanishi 1–5 gacha sanashi yoki sonlarni tushunishi Oddiy topshiriqlarni bajara olishi🤸 Mustaqillikda:
IHMA Toshkent viloyati
17 сент., 06:05
переслано из @uzbekistan24_tvnews
#uzb_vaqti_bilan | 17.09.2026Har bir islohot inson uchunmtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram |X (twitter)
IHMA Toshkent viloyati
16 сент., 15:58изменён
#tayinlovXudoyberdiyev Vohid Ziyodullayevich — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi Axborot-tahlil shu’basi mudiri lavozimiga tayinlandi.Tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent viloyati Bekobod tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.https://t.me/ihma_toshkentviloyati
IHMA Toshkent viloyati
16 сент., 14:02изменён
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasining “Liderlar guruhi” dasturi tinglovchilarining Nurafshon shahriga amaliy tashrifi qanday o‘tdi?🎥Batafsil — videolavhada.https://t.me/ihma_toshkentviloyati
IHMA Toshkent viloyati
16 сент., 12:16изменён
#rasmiy_munosabatIjtimoiy tarmoqlarda Bekobod tumani Farhod mahallasida yashovchi fuqaro A.J.ning nogironlikni belgilash yuzasidan qilgan murojaati bo‘yicha quyidagilar ma’lum qilinadi.➡️Batafsilhttps://t.me/ihma_toshkentviloyati
IHMA Toshkent viloyati
16 сент., 10:48
#jarayon“Liderlar guruhi” tinglovchilari NurafshondaBugun, 16-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasining “Liderlar guruhi” dasturida tahsil olayotgan 45 nafar tinglovchi Nurafshon shahrida boʻldi.Muloqotlar “Davlat boshqaruvida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyalarini amalga oshirish mexanizmlari” o‘quv moduli doirasida tashkil etilib, ishtirokchilar hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, investitsiya loyihalari, zamonaviy boshqaruv mexanizmlari va ijtimoiy himoya tizimi bilan yaqindan tanishdi.Dastur doirasida tinglovchilar Toshkent viloyati “Vaziyatni tahlil qilish markazi”, Xalq qabulxonasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligining viloyat boshqarmasi hamda “Nurafshon Business City” hududidagi “Cyber University” faoliyatini o‘rgandi.https://t.me/ihma_toshkentviloyati
IHMA Toshkent viloyati
15 сент., 11:49
#bunyodkorlikHududiy ijtimoiy xizmatlar markazi va “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tez kunlarda foydalanishga topshiriladiIjtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi vakillarining Bekobod tumanida o‘tkazgan muloqotlari davomida hududda bunyod etilayotgan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi va Hududiy ijtimoiy xizmatlar markazining qurilish jarayoni ham o‘rganildi.Mas’ullar bilan markazlarda yaratilayotgan sharoitlar hamda kelgusidagi faoliyatga oid masalalar yuzasidan fikr almashildi.Tez kunlarda foydalanishga topshirilishi kutilayotgan mazkur markazlar aholiga ijtimoiy xizmatlarni yanada qulay, manzilli va sifatli shaklda ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.https://t.me/ihma_toshkentviloyati
IHMA Toshkent viloyati
15 сент., 10:41
#statistikaToshkent viloyatida 1-sentabr holatiga protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash bo‘yichaToshkent viloyatida 1-sentabr holatiga jami 9 676 nafar nogironligi bo‘lgan shaxs protez-ortopediya moslamalari (POM) va reabilitatsiya qilishning texnik vositalariga (RTV) zarurati birligi aniqlangan.Shundan:POMga muhtoj shaxslar — 3 754 nafar;RTVga muhtoj shaxslar — 5 922 nafar;Jami 9 676 ta vaucher shakllantirilgan;5 598 ta mahsulotga buyurtma berilgan;5 418 nafar muhtoj shaxs POM va RTV bilan ta’minlangan;Buning uchun jami 9,9 mlrd so‘m mablag‘ yoʻnaltirilgan.
IHMA Toshkent viloyati
15 сент., 09:58
#tayinlovMamatov O‘ktam Alijanovich — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent viloyati Bekobod tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori lavozimiga tayinlandi.Mamatov O‘ktam 1981-yilda Toshkent viloyati Bekobod tumanida tug‘ilgan. Millati — o‘zbek. Ma’lumoti — oliy.2006-yilda Jizzax davlat pedagogika institutini, 2020-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.Tayinlovga qadar, Bekobod tumani Bo‘ston mahallasida hokim yordamchisi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.https://t.me/ihma_toshkentviloyati
