Последние посты

O’zMU Ijtimoiy fanlar fakulteti | Rasmiy kanal
22 сент., 17:15
O‘zMU va Tohoku universiteti o‘rtasida akademik hamkorlik mustahkamlanmoqda🇺🇿Bugun O‘zbekiston Milliy universitetida Yaponiyaning Tohoku universiteti vakillari ishtirokida «Markaziy Osiyo va Yaponiya o‘rtasida akademik almashinuvni kengaytirish» mavzusida xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi.🔊Tadbir davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, ta’lim va ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, akademik aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.Uchrashuv doirasida O‘zbekiston Milliy universitetining Xorijiy filologiya fakulteti hamda Tohoku universiteti Ta’lim oliy maktabi o‘rtasida akademik almashinuv bo‘yicha memorandum imzolandi.Batafsil 👉 nuu.uz👉 In English
O’zMU Ijtimoiy fanlar fakulteti | Rasmiy kanal
22 сент., 17:10
🇺🇿🇯🇵 Markaziy Osiyo va Yaponiya o‘rtasida akademik almashinuvni rivojlantirish🇺🇿Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Ijtimoiy fakulteti Pedagogik ta’lim kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda Yaponiyaning Tohoku universiteti vakillari ishtirokida “Expanding Academic Exchange between Central Asia and Japan” mavzusida xalqaro akademik almashinuv uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.🔊Uchrashuv davomida ikki tomonlama ilmiy-akademik hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish, ta’lim jarayoniga ilg‘or xalqaro tajribalarni tatbiq etish hamda istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.📗 Shuningdek,
O’zMU Ijtimoiy fanlar fakulteti | Rasmiy kanal
22 сент., 17:05
#Seminar🗓21-sentabr kuni Xalq banki markaziy apparatida Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazildi.🔊Seminarda Oʻzbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Pedagogik ta'lim kafedrasi professori v.b., falsafa fanlari doktori Jaloliddin Yusubov soʻzga chiqib, Prezidentimiz nutqida ilgari surilgan muhim g‘oya va tashabbuslar, mamlakatimizning bugungi taraqqiyoti, erishilayotgan yutuqlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar haqida xodimlar bilan atroflicha fikr almashdilar.📗 Seminar yakunida ishtirokchilarga Prezidentimiz nutqida belgilangan vazifalarni chuqur o‘rganish, ularni o‘z
O’zMU Ijtimoiy fanlar fakulteti | Rasmiy kanal
22 сент., 17:02
O‘zbekiston Milliy universitetida qo‘shimcha o‘quv auditoriyalari tashkil etilmoqda🇺🇿 O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov universitetda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.📰 Jarayon doirasida rekonstruksiya qilinayotgan binoda Ijtimoiy fanlar fakulteti talabalari uchun zamonaviy o‘quv auditoriyalari, universitetning «Zakovat» klubi hamda Ilmiy kengash faoliyati uchun zarur xonalar tashkil etilmoqda.⬅️ Loyiha universitetning ta’lim jarayoni uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishga qaratilgan.Biz shu yerdamiz: 🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube
O’zMU Ijtimoiy fanlar fakulteti | Rasmiy kanal
22 сент., 09:36
#Dars🇺🇿Bugun Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Pedagogik ta'lim kafedrasi professori Xol Xudoyqulov tomonidan Milliy g'oya, ma'naviyat asoslari va huquq yo'nalishi 1-bosqich talabalariga "Jamiyatda yashash qoidalari: ijtimoiy odob va mas’uliyat" mavzusida ma'rifat darsi bo'lib o'tdi.📗Dars davomida talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.👉@pedagogiktalimkafedrasi 🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥🫥
O’zMU Ijtimoiy fanlar fakulteti | Rasmiy kanal
22 сент., 09:28
#OʻzMU #IjtimoiyFanlar #FalsafaKafedrasiFalsafa kafedrasida “Kelajak soati”: Jamiyatda yashash qoidalari, ijtimoiy odob va mas’uliyat!🇺🇿O‘zMU Ijtimoiy fanlar fakulteti Falsafa kafedrasi o‘qituvchisi, falsafa doktori (PhD) Y. Avazxonov tomonidan kafedraning 1-, 2- va 3-bosqich talabalari uchun “Kelajak soati” loyihasi doirasida “Jamiyatda yashash qoidalari: ijtimoiy odob va mas’uliyat” mavzusida navbatdagi ma’rifat darsi tashkil etildi.📌Dars davomida muhokama qilingan asosiy masalalar: ✅ Ijtimoiy odob va muomala madaniyati: Jamiyatda insonlar o‘rtasidagi o‘zaro hurmat, odob-axloq qoidalariga rioya qilish hamda samimiy muloqot madaniyatining o‘rni falsafiy nuqtai nazardan tahlil qilindi; ✅ Shaxsiy mas’uliyat va burc: Har bir fuqaroning jamiyat, OTM
O’zMU Ijtimoiy fanlar fakulteti | Rasmiy kanal
22 сент., 06:42
🗣“KELAJAK SOATI” DOIRASIDA NAVBATDAGI MASHG‘ULOTLAR O‘TKAZILDI🇺🇿O‘zbekiston Milliy universiteti Siyosatshunoslik yo‘nalishi 1-kurs talabalari uchun Siyosatshunoslik kafedrasi dotsenti, t.f.d. E.Nishanbayeva hamda tyutor G.Otaboyeva tomonidan “Kelajak soati”ning 3-mavzusi — “Jamiyatda yashash qoidalari: ijtimoiy odob va mas’uliyat” mavzusida dars mashg‘ulotlari tashkil etildi.🔊Mashg‘ulotlarda rivojlangan jamiyat tushunchasi faqat iqtisodiy taraqqiyot, zamonaviy infratuzilma yoki texnologiyalar bilan cheklanmasligi, uning muhim mezonlaridan biri insonlarning bir-birining huquqi, vaqti, mehnati, sha’ni va shaxsiy hududiga hurmat bilan munosabatda bo‘lishi ekani atroflicha muhokama qilindi. Ijtimoiy odob jamiyatdagi ishonch, xavfsizlik va hamkorlikni mustahkamlovchi muhim ijtimoiy
O’zMU Ijtimoiy fanlar fakulteti | Rasmiy kanal
22 сент., 06:24
#OʻzMU #IjtimoiyFanlar #KelajakSoati💡 Ijtimoiy fanlar fakultetida “Kelajak soati”: Jamiyatda yashash qoidalari, ijtimoiy odob va mas’uliyat!🇺🇿Bugun Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakultetining barcha yo‘nalish va bosqich talabalari uchun ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashni yuksaltirishga qaratilgan “Kelajak soati” loyihasi doirasida navbatdagi dars mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.🔊Dars mashg‘ulotlari tasdiqlangan maxsus dars ssenariysi hamda interaktiv taqdimot materiallari asosida, talabalarning faol ishtirokida tashkil etildi.📌 Mashg‘ulot doirasida ko‘rib chiqilgan asosiy kontentlar: 🔹 1-kontent: “Yaponlarga bir og‘iz gap kifoya” — Professor mulohazalari orqali sharqona odob,
