Последние посты

Ikboljon Sobirov
9 сент., 14:43
Taʼlimning koʻrinmas narxiTaʼlimga sarflanadigan umumiy moliyaviy xarajatlar yuqori ekanligini koʻp taʼkidlaymiz. Buni odatda grantlar bilan qoplash mumkin.Lekin, taʼlimning undan tashqari yana bir koʻrinmas narxi bor.Bu narx bola taʼlim oʻrniga ishlab, olib kelishi mumkin boʻlgan pullar. Iqtisodiyotda buni opportunity cost deymiz. Shu pullarni ham taʼlimga investitsiya qilyapti deyish notoʻgʻri boʻlmaydi.Oʻqib yurgan boʻlsa ham, ayniqsa chet elda, undan pul topish va uyga yuborish kutilishi mumkin. Taʼlim sifatini oshirishda bu kabi talablardan ham voz kechish ham taʼlimga kiritilgan investitsiyalardan biri.Biz ham ota-onamiz shu vaqtgacha pul talab qilmaganligi uchun oʻqishni davom ettira olyapmiz.Shuning uchun farzandizni taʼlim olishi uchun pul ajratishni oʻzi yetarli emas. Undan pul talab qilmaslik ham taʼlim olishda katta roʻl oʻynaydi.
Ikboljon Sobirov
4 сент., 07:08
Five years ago, MBZUAI alumnus Ikboljon Sobirov walked this road on his very first day at the university. Flags lined both sides, and among them he was looking for one in particular: Uzbekistan. He found it.At the time, Ikboljon and fellow MBZUAI alumnus Otabek Nazarov were the first two students from Uzbekistan in that first cohort. Seeing their flag there made an impression that has clearly never left him.Ikboljon went on to complete his MSc in Computer Vision at MBZUAI in 2022 and is now an AI researcher and PhD candidate at the University of Oxford, working at the intersection of AI and medical science.Five years later, walking the same road brought the memory straight back. A small gesture can make people feel that they belong. And years later, it becomes one of the things that reminds them where they started.All part of how we’re building community through MBZUAI Alumni
Ikboljon Sobirov
30 авг., 16:02
Yetti yovuz illat - shaxsiy intizom“Nafsni boshqarish kerak” degan gapni ko‘p eshitamiz. Shaxsiy intizomga shu orqali erisha olamiz. Lekin aynan nimani boshqarish kerak?Ovqatga bo‘lgan xohishimnimi? Pul topish istaginimi? Jinsiy maylliknimi? G‘azabimnimi? Boshqalardan ustun bo‘lish istaginimi? Yoki hech narsa qilmay, qulaylikda qolish xohishinimi?Bularning barchasini bitta “nafs” so‘zi bilan tariflasak, muammoni ko‘ramiz, lekin uning shaklini ko‘rmaymiz.Shuning uchun men nafsni boshqarishda uni alohida ko‘rinishlarga (turlarga) ajratib kuzatishni foydali deb bilaman.Buning uchun menga xristian ideologiyasida shakllangan, hozirda psixologiyada kuzatiladigan “yetti yovuz illat” (seven deadly sins) qiziq model bo‘lib xizmat qiladi.Ularni ichimizdagi yetti xil ovoz sifatida tasavvur qilsak bo‘ladi: 1. G‘azab: “Menga qarshi chiqqan odam jazoga munosib.” 2. Tanballik: “O‘zimni
Ikboljon Sobirov
28 авг., 13:33
Don't underestimate the struggle your parents went through to give you a better starting point than they had.
Ikboljon Sobirov
22 авг., 01:06
Tandirdan yangi uzilgan editorial: American Journal of Preventive Cardiology jurnalida
Ikboljon Sobirov
21 авг., 13:56
Oxford “shahidlari”Oxforddagi Broad Streetda, Balliol kolleji oldida, 1555-yilda katolik qirolichasi Meri I (Bloody Mary nomi bilan mashhur) hukmronligi davrida 2 protestant yoqib yuborilgan. Keyinchalik ular Oxford shahidlari nomi bilan tanilgan.
Ikboljon Sobirov
17 авг., 13:56
Ingliz tilida faxr bilan, “I’m a scientist” deyman.O‘zbek tilida bo‘lsa, buning to‘g‘ri tarjimasi juda past darajada ko‘rilgani uchun, odatda, “Men ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanaman” deyman.
Ikboljon Sobirov
13 авг., 14:22
AI har bir sohada muammolarni hal qilishda katta yordam bera oladi.Lekin bugungi kunda amalda aksincha koʻproq muammolar keltirib chiqarmoqda.Asosiy sabab nima? AIni aslida bor muammoni aniqlab, yechim sifatida kiritish emas balki hype/trend boʻlgani uchun majburlab hamma narsaga tiqish boʻlmoqda.
Ikboljon Sobirov
10 авг., 14:32
Qat’iyatVan Goghning yuqoridagi “Yulduzli tun” asarini ko‘p ko‘rgan bo‘lsangiz kerak. Butun dunyoga mashhur.Lekin ba’zida biz mashhur asarni ko‘ramizu, uning ortida turgan yillar davomidagi to‘kilgan peshona terini ko‘rmaymiz. Van Gogh nechchi yuzlab asardan keyin “Yulduzli tun”ni chizgan?!Natijani ko‘ramiz. Unga olib kelgan minglab urinishlarni esa yo‘q.Shuning uchun ham muvaffaqiyat ba’zida bizga tasodifdek ko‘rinadi. Xuddi kimdir urinib ko‘rdi-yu, birinchi urinishidayoq “Evrika!”.Aslida yetuk natija uchun yillar davomidagi qat’iyat va izchillik (persistence/consistence) kerak.Bugungi kungi ba’zi yoshlarda men kuzatgan holat shu: men bugun bir ishni qildimmi, ertaga natijasi bo‘lsin.Qat’iyatlik muvaffaqiyat formulasining eng ahamiyatli qismining biri hisoblanadi. Yoshlarga motivatsiya emas, davomiylik yetishmayotgandek.Big Hero 6 multfilmidagi Baymax o‘z hosilini
Ikboljon Sobirov
6 авг., 15:03
Bu hafta University of Bath’daman. Yozgi programmada AI o‘qiyapmiz. (haliyam o‘qiyapsizmi deb so‘ramang, eeh).Qizig‘i programma Simon Prince tomonidan tashkil etilmoqda va leksiyalarning ko‘p qismini o‘zi o‘tyapti.Simon Prince kim?Understanding Deep Learning kitob muallifi.Bu kitob hamma uchun ochiq manba qilingan va juda yengil til bilan yozilib, tushuntirilgan. Agar siz Deep Learning‘ni boshlang‘ich nuqtasida bo‘lsangiz, shu kitob boshlash uchun eng yaxshi manbalardan biri. (Seryozno o‘qimoqchi bo‘lsangiz, ya’ni).Kitobda o‘zining notebook’lari, presentatsiyalari va bir qancha videolari ham bor. Universitetda DL o‘qitmoqchi bo‘lsangiz ham, juda oson va tayyor manba.Kitob havolasi: https://udlbook.github.io/udlbook/
Ikboljon Sobirov
5 авг., 15:39
ChegaraBiron ish qilishga otlanar ekansiz sizga negativ fikr bildiruvchilar yog‘ilib keladi. Ular ikki toifaga bo‘linadi. Agar foydali, konstruktiv negativ fikr bersa, albatta bosh ustiga. Bu o‘zingizdagi kamchiliklarni ko‘rish va ishingizni yaxshilash imkonini beradi.Ammo, bir guruh borki, ular o‘z onglarida o‘tib bo‘lmas chegaralarni yaratib olishgan. Va o‘sha chegaralar bilan sizga ham baho beradi.Bel bog‘lab turgan ishingiz oldidan kelib, sizga bu ish imkonsiz ekanini so‘zlaydilar. Chunki ularning o‘zlari siz qilmoqchi bo‘lgan ishni qila olishiga hech qachon ishonmaydilar.Misol sifatida, Oxfordga umuman bo‘lmaydi deyishadi. Yoki grant olish imkonsiz deya safsata bilan boshni qotiradi. Vaholanki, Oxfordga kirish ham, minglab grantlardan birini yutish ham mumkin. Men Oxforddagi birinchi ham, va ishonch bilan ayta olaman, oxirgi ham O‘zbek emasman.Yillar davomida har bir
Ikboljon Sobirov
28 июл., 14:29
Oʻzbek tili yoʻq boʻlib ketadi Asosiy omillar: 1. Tilshunoslarning beeʼtiborligi. 2. Lotin va kirill alifbosi mojarosi. 3. Internetda oʻzbek tilidagi maʼlumotlarning yetishmovchiligi va texnologik rivojlanishda tilning oqsashi. 4. Mutaxassislarning oʻz
Ikboljon Sobirov
27 июл., 13:14
PhD magistraturadan keyingi yana bir bosqich emas.Ko‘pchilik bakalavrni tugatib, keyingi tabiiy bosqich magistratura, undan keyin esa PhD deb o‘ylaydi. Bu unchalik to‘g‘ri tushuncha emas.Bakalavrda siz tanlagan sohaning turli yo‘nalishlari bilan tanishasiz. Ya’ni sohaning umumiy manzarasini (big picture) ko‘rasiz. Magistraturada esa shu yo‘nalishlardan bittasini chuqurroq o‘rganib, ma’lum bir soha bo‘yicha mutaxassisga aylanasiz. Master bo‘lasiz.Masalan, bakalavrda umumiy tibbiyotni o‘qib, magistraturada kardiologiyaga ixtisoslashishingiz mumkin.PhD undan keyingi tabiiy bir bosqich emas. PhD butunlay boshqa maqsadga xizmat qiladigan ALOHIDA, MUSTAQIL ilmiy daraja.PhD paytida siz juda tor (specific) bir muammoni tanlaysiz, uning yechimini qidirasiz va shu mavzu bo‘yicha ilmiy yangilik yaratishga harakat qilasiz. Bunda siz butun sohaning kuchli mutaxassisi bo‘lib qolmaysiz.
Ikboljon Sobirov
22 июл., 13:37
Kechaning html programmistlari bugunning vibe coderlarida 😂 😐
Ikboljon Sobirov
21 июл., 13:56
Kofein va yurak-qon tomir kasalliklariJuda qiziqarli ilmiy bayonot chiqibdi. Unga ko‘ra, me’yorida qahva ichish (kuniga taxminan 3-5 chashka) aksariyat odamlar uchun xavfsiz bo‘lib, yurak kasalligi, insult, yurak yetishmovchiligi va yurak ritmi buzilishlari xavfini kamaytirishga yordam beradi.Ammo kofeinning juda yuqori miqdorda (ayniqsa energetik ichimliklar yoki yuqori konsentratsiyali qo‘shimchalar orqali) qabul qilish yurak bilan bog‘liq muammolar xavfini oshiradi.Shuning uchun choy va kofe ichish kerak. Energetik ichimliklardan esa tiyilgan afzal.Ilmiy maqola nufuzli Circulation jurnalida American Heart Association bayonoti sifatida kecha chop etildi.
Ikboljon Sobirov
20 июл., 14:12
SCCT konferensiyadan "yosh olim finalisti" maqtov yorligʻi 😂
Ikboljon Sobirov
18 июл., 14:43
Qiziq bir kuzatuvIlmiy ishlarga taqriz (review) yozayotganda bir holat ko‘p uchraydi. “Nega aynan shunday qildingiz?'“ degan savolga javob ko‘pincha: “Falon katta maqola ham shunday qilgan ekan, biz ham shunday qildik.” deydi.Bizda esa bunday javob yetarli emas. Har bir qarorning ortida aniq sabab bo‘lishi kerak. “Nega?” degan savolga mantiqiy javob bera olishingiz zarur.Shunda Oxford kabi joylardagi qoidalar/standartlar bekorga yozilmaganini yanada chuqurroq tushunasiz ekan.
Ikboljon Sobirov
15 июл., 01:01
Undergrad helped me to answer "what"Master's helped me to answer "how"And PhD helped me to answer "why"
Ikboljon Sobirov
13 июл., 10:00
Inson qiziqInsoniyat o‘z aqli va kuchiga ko‘pincha keragidan ortiq baho beradi. Go‘yoki ko‘p narsani tushunib bo‘lgandek gapiramiz. Vaholanki, eng oddiy va doimiy hodisalarning o‘zini ham haligacha to‘liqligicha anglaganimiz yo‘q.Masalan, tush ko‘ramiz. Inson paydo bo‘lganidan beri bo‘ladigan hodisa. To‘g‘ri, bugun miyamizning qaysi qismlari ishlashini kuzata olamiz va neyronlarning faolligini ko‘ra olamiz. Lekin nega aynan o‘sha tushni ko‘rdik? Nega aynan o‘sha voqealarni boshdan kechirdik? Bunga hali ham yakuniy javob yo‘q.Yana bir misol. Uch o‘lchamdan (3D) yuqorisini chin ma’noda tasavvur qila olmaymiz. Matematikada yoki fizikada bemalol 4, 5 yoki undan ham ko‘p o‘lchamlar bilan ishlaymiz. Hisoblaymiz, formulalar yozamiz. Lekin miyamiz ularni haqiqiy fazo sifatida tasavvur qilishga borganda ojiz qoladi.Cheksizlik tushunchasi ham shunday. Ba’zi cheksizliklar boshqalaridan
Ikboljon Sobirov
11 июл., 17:09
