Последние посты

Ilm duri
24 сент., 02:53
HAQLAR VA OQ BO‘LISHLAR HAQIDABir kishi xalifa Umar ibn Xattob roziyollohu anhuning huzurlariga kelib o‘g‘lidan shikoyat qildi. Umar rohiyollohu anhu uning o‘g‘liga odam yubordilar. U kelgach unga dedilar: - Nima uchun otangga oq bo‘lding? Otangni gardaningda ado qilishing lozim bo‘lgan haqlarini bilmasmiding?! - Mening otam ustida haqlarim yo‘qmi ey moʻminlar amiri?! - Albatta bor. Otang sen uchun kishilar ayblamaydigan ona tanlashi lozim. Senga chiroyli ism tanlashi lozim. Senga odob berishi, tarbiyalashi, katta bo‘lguningcha nafaqa qilish lozim. - Otam barcha aka-ukalarimni hur ayollardan tug‘dirgan. Meni esa cho‘ridan. Ular kichkinaligimdan otamning oldida meni onam bilan ayblashar edi. Otam menga Jual (go‘ngchi qo‘ng‘iz) deb ism qo‘ygan. Otam meni ilm halqalariga yubormagan, halol-haromni o‘rgatmagan. Men faqat uning tuyalarini boqar edim. Umar roziyollohu anhu uning otasiga qarab dedilar: - Sen o‘g‘lingga oq bo‘libsan-ku!Jan Jak Russo aytadi: “Uylanishimdan oldin menda bolalar tarbiyasi uchun oltita nazariya bor edi. Bugun esa menda oltita bola bor. Ammo birorta nazariya yo‘q!”. Tarbiya nazariyotidagi eng go‘zal nazariya qissalar bilan tarbiyalashdir. Qur’oni karim itoatgo‘ylar, osiylar, Nabiylar, ayollar, hayvonlar, qullar va o‘tgan ummatlar qissasi bilan to‘la. Tarbiya va yo‘nalish berishda bundan o‘tadigani yo‘q. Bu uslubdan maqsad, yetkazish kerak bo‘lgan fikrni nafs yaxshi ko‘radigan suratda birovga yuklashdir. Inson qissaga tabiati bilan quloq tutib uni qabul qiladi. Bu katta yoshlilarda. Ammo yosh bolalarda esa bu uslub juda ham muhim va foydalidir. Bolalarda bu dunyo haqidagi fikrlar juda erta shakllanadi. Erta shakllangan narsani o‘zgartirish ham qiyin kechadi. Har bir qissaning qahramonlari bo‘ladi. Qahramonlar bolalar uchun bir yetakchi va o‘rnak vazifasini o‘taydi. Bolalar ularga taqlid qilishadi. Shuning uchun hikoyalarni tanlab olish lozim bo‘ladi. Bu bilan biz ularga yetakchilarni tanlab bergan bo‘lamiz. Fir’avnning qizining sartaroshi haqidagi hikoya Zolushka haqidagi ertakdan go‘zalroqdir. Bilqis haqidagi hikoya “Qorning oqligi” hikoyasidan yaxshiroqdir. Uxdud sohiblaridagi bola hikoyasi Robin Gud hikoyasidan afzaldir. Gʻor sohiblarining qissasi Ali bobo va qirq qaroqchi qissasidan yaxshidir. Hadicha onamiz va Muhammad sallollohu alayhi va sallamning muhabbatlari haqidagi hikoya “Serebro” dagi muhabbat haqidagi hikoyadan afzaldir. Xizr va Muso alayhis salomlar haqidagi qissa Sinbad haqidagi hikoyalardan afzaldir. Ikki bog‘ sohiblari haqidagi qissa “Digemon qahramonlari”dan go‘zalroqdir. Fir’avnning xotini Osiyo haqidagi qissa “Rapunzel qissasi”dan go‘zalroqdir. Fotima, Oisha va Xansoning qissalari “Quvvat qizlari” dan yaxshiroqdir. Xolid ibn Valid Gevaradan buyukroqdir. Abu Bakr Mandeladan buyukroqdir. Umar Gandidan buyukroqdir. Usmon Bil Geytsdan buyukroqdir. Sa’d ibn Abi Vaqqos Napoleondan buyukroqdir. Xanso Agata Kristidan buyukroqdir. Hadicha Margaret Tetcherdan buyukroqdir. Madaniyat bola uchun juda muhimdir. Ammo madaniyat daraxtning bargiga o‘xshaydi. Daraxning tomiri bargidan muhimroq bo‘ladi. Bolalarning yoshligidan tomiriga e’tibor berishimiz lozim. Shuning uchun birinchi aqoidni o‘qitish muhim. Murabbiylarning sayyidi shunday degan edilar: “Hoy bola! Men senga bir qancha so‘zlarni o‘rgataman. Allohni muhofaza qil. Shunda Alloh ham seni muhofaza qiladi”. Rasululloh sallollohu alayhi va sallam unga foyda beruvchi ham, zarar beruvchi ham Alloh ekanini anglatdilar. Insonlar faqatgina sababchilardir. Boshingga tushishi kerak bo‘lgan ish xato qilmaydi. U albatta boshingga kelib tushadi. Xato qilishi kerak bo‘lgan ish sening boshingga tushmaydi. Alloh taolo barcha narsani Lavhul mahfuzda yozib qo‘ydi. Qalamlar ko‘tarilgan, sahifalar qurigan!Abdulqodir Polvonov📚 @ilm_duri
Ilm duri
23 сент., 15:02
✨ Arab tilini o‘rganishni istaysizmi? Endi sizda ajoyib imkoniyat bor!📚 Arab tili ixlosmandlari uchun ONLINE guruhlarga qabul ochildi!💡 Nima uchun aynan bizning kurs?✔️ Har bir o‘quvchiga individual yondashuv✔️ 3 oyda 0 dan Qur’on o‘qish darajasigacha yetkazuvchi dastur✔️ Har bir harfni to‘g‘ri maxraj va sifatlari bilan o‘rganasiz✔️ 150+ boshlang‘ich so‘z va iboralarni bemalol ishlata olasiz✔️ Darslar Xalqaro Islomshunoslik akademiyasini bitirgan, oliy ma’lumot va sertifikatga ega ustoza tomonidan olib boriladi⸻ Bundan tashqari boshlangʻich grammatika va soʻshlashuv kurslarimizga ham qabul ochiq🎯 Joylar cheklangan! Bugunoq yoziling va arab tilini to‘g‘ri, oson va samarali o‘rganishni boshlang!📩 Ro‘yxatdan o‘tish uchun hoziroq murojaat qiling! @Arabic_teacher_MKutish xonasi👇 https://t.me/+RhMLLQ7dss45ZmIy
Ilm duri
23 сент., 14:10
#suhbat💳 Hazratni xotirlab (9-son) 🎤 Rustamjon domla RahmatullohzodaUshbu ko‘rsatuvda fazilatli shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahullohning ibratli hayot yo‘li haqida hikoya qiluvchi suhbatlar berib boriladi. Suhbatlarda shayx hazratlariga zamondosh bo‘lgan ulamolar, u zotning oila aʼzolari, shogirdlari va muxlislarining xotiralari bilan tanishib borasiz.🎛Avvalgi sonlar: ➡️Hazratni xotirlab (1-son) ➡️Hazratni xotirlab (2-son) ➡️Hazratni xotirlab (3-son) ➡️Hazratni xotirlab (4-son) ➡️Hazratni xotirlab (5-son) ➡️Hazratni xotirlab (6-son) ➡️Hazratni xotirlab (7-son) ➡️Hazratni xotirlab (8-son)📚 @ilm_duri
Ilm duri
23 сент., 13:01
Ishonchli Quronga tushishga yordam beradigan ishonchli Ustoza so’rab yozganlar ancha edi va marhamat Ustozani qabuliga yozilishingiz mumkin🌷Hozirgi vaqtda ishonchsiz va moddiy tomondan ham anchagina baland Muddati esa 6-8oy bo’lgan kurslar har qadamda mavjud. Lekin sizga ishonchli , hamyonbop , Muddati ham nihoyatda kam va rezultat 100% bo’lgan «0dan Qurongacha » kursimga taklif qilamanKursdan otzivlar qiziq bo’lsa https://t.me/+cKEkeIRs-TgxMzUx📖Siz kursni 60kun davomida mukammal intensiv tarzda o’rganasiz 📖Yosh 7-70yoshgacha qabul qilinadi 📖To’lov haqida rasmda tushuntirilgan 📖Rezultat 100% kafolatlangan 📖Darslar Jonli chatda bo’ladi 📖Darsda 2ta Ustoza Asosiy va takror 📖Darslikdan tashqari bonus qo’shimcha Darslar ham mavjud👆Darsda Siz harflarni 0dan boshlab o’rganasiz,mustaqil qo’shib o’qiy oladigan bo’lasiz 👆Har bir darsni jonli tarzda amaliy o’rganasiz 👆Nafaqat harf , raqamlar, tajvid qoidasini ham chuqur o’rganasiz 🔅Ha ha adashmadingiz tajvid qoidasini ham (alohida 6-8oylab 50-60$dan oyma oy to’lab emas atigi 2oyda 0dan mustaqil Quron o’qiy oladigan darajada bo’lasiz🛎aktiv va imtixondan o’tgan tolibalarga Shahodatnoma beriladi👩🏫Quronni chiroyli,harflarni boshidan boshlab,bir biriga qo’shib o’qish mahroj,tajvid , tartil bilan o’qishni Hohlasangiz bizning safimizga qo’shiling ikki dunyo savobi to’xtamaydigan ilm uchun hoziroq sarmoya qilingQabulga yozilish uchun @menejer_qoriahayot ga “952” so’zini yozib qoldiring
1,310Открыть в Telegram
Ilm duri
23 сент., 04:35
«Abu Hanifa haqida yuzlab odamlarning gapirganini eshitdim. Ammo imom biror bir odam haqida gapirganlarini bilmayman. Bu, Imom A’zamning buyukligidan edi. Gapirguvchilar maqomi esa, ancha pastda qolib ketdi».Imom Muhammad📚 @ilm_duri
Ilm duri
22 сент., 04:35
Musulmon inson qanday muolaja bilan musulmonlar tarixidagi musibatlarni tuzatishi mumkin? Uning davosi baqir-chaqir qilib namoyish o‘tkazishimizmi? Uning muolajasi qiyomatgacha uvvos solib yig‘lashimizmi? Ichqoralarning yayrashiga va din dushmanlarining quvonchi ko‘payishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan ishlar bilan o‘zimizga ozor yetkazishimizmi? Ishonamanki har bir oqil kishi ushbu savolim javobini biladi. Uning iloji; Biz musulmonlar shu ishlarni qilayotganlarga e’tiborimizni qaratishimizdir.Imom Butiy📚 @ilm_duri
Ilm duri
21 сент., 05:11
KASALLIKDunyoda bir kasallik bor. Uning nomi "ne’matga o‘rganib qolish"dir. Bunda ne’matlarga shu qadar o‘rganib qolasizki, go‘yo ular ne’mat emasdek. Uyingizga kirasiz. Ahlingiz sog‘-salomat. Buning uchun shukr qilmaysiz. Chunki bu ne’matga o‘rganib qolgansiz. Istagan narsangizni sotib olasiz. Buni sizga in’om qilgan Zotga shukr qilmaysiz. Chunki sotib olishga o‘rganib qolgansiz. Uyqudan uyg‘onasiz. Sog‘-salomatsiz. Hamd aytmaysiz. Chunki a’zolaringiz shu qadar yaxshi ishlayaptiki, ularning ichingizda borligini hatto unutib yuborgansiz.Endi bildingiz. Hamd hamrohingiz bo‘lsin!©📚 @ilm_duri
Ilm duri
18 сент., 06:41
SINOVBir kuni Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu Nabiy sallollohu alayhi va sallamning huzurlariga kirdi. U zot bemor ekanlar. Abdulloh dedi: - Ey Allohning Rasuli! Qattiq isitmangiz bor-ku! Nabiy sallollohu alayhi va sallam dedilar: - Ha, men sizlardan ikki kishining isitmasi bilan isitma qilaman!Moʻmin kishiga hatto tikan kirsa ham Alloh buni uning gunohlariga kafforat qiladi. Alloh taolo bizga doim risola- maktub jo‘natib turadi. Bemorlik o‘sha risolalardan biridir. Bu bilan Alloh bizga: "Ey bandam! Ko‘rdingmi qanchalar zaifsan!", demoqchi bo‘ladi. Biz vaqti-vaqti bilan haqiqiy hajmimizni bilib turishga muhtojmiz. Bemorlik Allohning rahmatiga zid emas. Bu ayni rahmatdir. Gohida Alloh bizni biz toatlarimiz bilan poklay olmaydigan gunohlardan bemorlik bilan tozalaydi. Gohida bizni O‘zidan uzoqlashib ketganimizni ko‘rib bemorlik bilan O‘ziga qaytaradi. Bizni O‘zi tayyorlab qo‘ygan
Ilm duri
17 сент., 06:40
#HimmatVAQT BORQur’onni yodlash uchun hali vaqtingiz bor. Ibnul Javziy rohimahulloh o‘n qiroatni yoshi saksonda bo‘lganida o‘rgangan. Yoshingiz qancha bo‘lmasin sizda boshlash imkoniyati bor!📚 @ilm_duri
Ilm duri
16 сент., 12:29
#suhbat💳 Hazratni xotirlab (8-son) — Ustozga munosib shogird bo'laylik 🎤 Salohiddin domla SharipovUshbu ko‘rsatuvda fazilatli shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahullohning ibratli hayot yo‘li haqida hikoya qiluvchi suhbatlar berib boriladi. Suhbatlarda shayx hazratlariga zamondosh bo‘lgan ulamolar, u zotning oila aʼzolari, shogirdlari va muxlislarining xotiralari bilan tanishib borasiz.🎛Avvalgi sonlar: ➡️Hazratni xotirlab (1-son) ➡️Hazratni xotirlab (2-son) ➡️Hazratni xotirlab (3-son) ➡️Hazratni xotirlab (4-son) ➡️Hazratni xotirlab (5-son) ➡️Hazratni xotirlab (6-son)
Ilm duri
16 сент., 05:48
ADABBir kishi aytadi: "Qo‘limda qur’on bor edi. Uni tilovat qilayotgan edim. Birdan telefonimga xabar kelib qoldi. Telefonni ochib nima xabar kelganini bilmoqchi bo‘ldim. Qiroatni to‘xtatdim. Telefonimni olib xabarni o‘qidim. Ammo qur’on qo‘limda edi. Qilmishimdan uyalib ketdim. Molik ibn Dinor rohimahullohning gaplari yodimga tushdi: "Kishida Allohning so‘ziga emas, bandalarning so‘ziga ishtiyoq bo‘lsa uning ilmi oz, qalbi ko‘r, umri zoye ekan!". Qur’on tilovat qilayotgan kishi go‘yo Alloh bilan so‘zlashayapti. Kattaroq amaldor yoki olimning huzuriga telefonimizni o‘chirib kiramiz. Aslida Alloh bunga haqdorroqdir. Tilovat vaqtida telefonga xabar kelsa tilovatni tugatib so‘ng xabarni o‘qishimiz adabdir!Allohim! Qur’onni qalbimiz bahori qilgin! ©️📚 @ilm_duri
Ilm duri
15 сент., 17:45
YIGʻLASHAbdulkarim ibn Rashid aytadi: "Hasan Basriyning majlisida edim. Bir kishi ovoz chiqarib yig‘ladi. Shunda Hasan: "Buni hozir shayton yig‘latayapdi", dedi. -------- Sufyon Savriy: "Yig‘ining o‘nta turi bor. To‘qqiztasi Allohdan boshqa uchun, bittasi Alloh uchundir. Alloh uchun bo‘lgani yilda bir marta kelsa ham u ko‘p hisoblanadi", deganlar. -------- Iyso ibn Zozon rahimahulloh aytadi: "Hali shunday zamonlar keladiki, o‘shanda shayton kishilarning ko‘zida yashaydi. Ular qachon yig‘lamoqchi bo‘lishsa yig‘lay olishadi". -------- Abus Soib rahimahulloh qur’on eshitib, hadis eshitib yig‘lagisi kelsa uni tabassumga aylantirib yuborar edi. -------- Hasan Basriy rahimahulloh bir kuni masjidda va’z qildi. Bir kishi ovoz chiqarib yig‘ladi. Shunda Hasan unga: "Agar yig‘lashing Alloh uchun bo‘lsa o‘zingga guvoh bo‘lding. Agar Allohdan boshqa uchun bo‘lsa o‘lding", dedilar.Hozirda ba’zi
Ilm duri
15 сент., 07:03
Savol: Masjidga borgim keladi-yu, imom yoqmaydi-da?Javob: Imomni yoqtirib nima qilasan, o’pishasanmi?)))Chubak domla📚 @ilm_duri


Ilm duri
14 сент., 04:59
#hikmatSalmon Forsiy roziyallohu anhu Abu Dardo roziyallohu anhuga maktub yo‘llab, shunday dedi:Ammo ba’d. Sen iroda qilgan narsangga faqat nafsing xohlagan narsani tark qilish bilangina yetasan.Umid qilgan narsangga faqat nafsingga yoqmagan narsaga sabr qilish bilan erishasan. Gaping zikr bo‘lsin, sukuting fikr bo‘lsin, nazaring ibrat bo‘lsin.Shuni bilki, eng ojiz odam o‘z nafsini havosiga ergashtirib, ALLOHga umid bog‘lagan kishidir.Eng kuchli odam esa, o‘limdan keyingi hayot uchun amal qilib o‘z nafsini charchatgan kishidir.📚 @ilm_duri
Ilm duri
12 сент., 16:59
NAJOTUyg‘onish va najotning debochasi qur’oni karimni quruq tilovatdan fahmlash va tushunishga qaytarish, undan so‘ng amal va tatbiqqa qaytarishdir. Qur’onni ta’ziyalar va qabrlar ustida o‘qishdan uni musulmonlar uchun manhaj ekanligini anglash tomon qaytarishimiz lozim. Tasavvur qiling, bizdagi to‘ylarda to‘ydan bir kun oldin xatmi qur’on bo‘ladi. Ertasi esa xonanda boshchiligida erkak-xotin aralash bazm uyushtiriladi. Ma’no qani? Qur’on bizni shunga chaqiradimi? E’tibor bering! To‘ydan oldingi kuni xatmi qur’onda Alloh taoloning: "Ey iymon keltirganlar! Shaytonning izidan ergashmang. Kim shaytonning izidan ergashsa bas, u (shayton) fahsh va munkar ishlarga buyuradi" oyati qori tomonidan o‘qildi. Ertasi bazmda fahsh va munkar ishlar sodir etildi. Shaytonga ergashildi. Ma’no bormi shu ishda? Kishilarga, xalqimizga, xatmi qur’onni buyuruvchilarga qur’on nima uchun nozil qilinganini, bu
Ilm duri
12 сент., 13:12
#mutolaaShariat qozisi bir kuni g‘aroyib da’voga ro‘baro‘ keladi. Da’vogar -- qarg‘a, ayblanuvchi esa bir darvesh edi. Qozi da’vogar qarg‘adan so‘radi: -- Shikoyating nima? Qarg‘a: -- Bu darvesh odam mening yonimga yaqinlashib qanotimni sindirdi, Qozi afandi. Qozi: -- Muhtaram qarg‘a, uni nima qilishimni xohlaysan? Hibsga olaymi? Qarg‘a: -- Yo‘q qozi afandi, yo‘q. Faqat bu odamning darveshlik libosini yechtirib bering, shu yetadi menga. Qozi afandi: -- Nima uchun? Qarg‘a: -- Men uning libosiga qarab aldandim. Bu darvesh odam, menga zarari tegmaydi deb o‘yladim va bir qanotimni yo‘qotdim. Endi boshqalar ham menga o‘xshab aldanib qolmasinlar. Anglaganga bir chivin ham soz, anglamaganga dovul-bo‘ron oz.📚 @ilm_duri
Ilm duri
10 сент., 11:20
YAXSHI FOL!Bir kuni Nabiy sallollohu alayhi va sallam sahobalarga dedilar: -Menga yaxshi fol yoqadi! Sahobalar so‘rashdi: -Yaxshi fol nima? Nabiy sallollohu alayhi va sallam dedilar: -Yaxshi gap! Bemorning ziyoratiga kirsangiz unga tezda tuzalib ketishini ayting. Bemorning holatida sizning bu ishingiz uning tezroq tuzalishiga yordam beradi! Agar yaqinini yo‘qotgan insonning oldiga kirsangiz unga uchrashuv jannatda ekanligini ayting! Agar qarzdorning oldiga kirsangiz unga kunlar charxpalak ekanligini, yaqin kunlarda kengchilik kelishini, Nabiy sallollohu alayhi va sallam vafot qilganlarida sovutlari yahudiyning oldida garovda bo‘lganligini ayting! Farzandi yo‘q insonning oldiga kirsangiz farzand ham rizq ekanligini, dunyo imtihon ekanligini, Oisha roziyallohu anho ham farzand ko‘rmasdan vafot qilganligini, Allohdan doim umid qilish kerakligini, Sora onamiz ham uzoq sog‘inchdan so‘ng
Ilm duri
10 сент., 08:21
ZOYE QILMANGXatib Bag‘dodiyning "Ar-rihlatu fiy tolabil hadis" nomli kitobida ketadi: "Abu Ubayd Qosim ibn Salom aytadi: "Hammod ibn Zayddan hadis eshitish umidida Basraga bordim. Kelsam u vafot qilgan ekan. Shunda Abdurrohman ibn Mahdiyga nolidim. Abdurrohman dedi: "Nimadan kechiksang kechik, ammo taqvodan kechikma!".Bir mansabga yetish uchun harakat qilasiz. Ammo sizga nasib bo‘lmaydi. Bir inson bilan aloqa bog‘lashni xohlaysiz. Ammo iloji bo‘lmaydi. Bir mashinaga ishqingiz tushib qoladi. Ammo uni birov ilib ketadi. Bir uyni sotib olmoqchi bo‘lib yo‘lga chiqqaningizda uni sotib qo‘yishadi. Safarga otlanasiz. Ammo bir muammo chiqib safardan qolasiz. Bular bari hayotiy yumushlardir. Bular Allohning qo‘lida, bizning qo‘limizda emas. Bizga tekkani berganida shukr qilmoqdir. Olganingizni kuchingiz bilan emas, Allohning fazli bilan oldingiz. Bizga tekkani mahrumlik maydonida sabr
Ilm duri
10 сент., 05:45
TA’RIF• Seniki seniki, meniki meniki! • Bu - shariat! • Seniki seniki, meniki ham seniki! • Bu - tariqat! • Seniki ham, meniki ham asli Allohniki! • Bu - haqiqat!Najib Fozil📚 @ilm_duri
Ilm duri
9 сент., 18:09
🌿Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning ayrim noo‘rin savollarga ajoyib javoblari
