Последние посты

Xorijiy ilmiy stajirovkalar
20 авг., 05:04
переслано из @innovatsion_rivojlanish
#diqqat_tanlovYosh olimlar uchun Xitoyning HUST universitetida 5 oylik ilmiy stajirovka tanloviVazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-apreldagi 222-son qarori Nizomi hamda Huazhong fan va texnologiya universiteti (HUST) kelishuviga muvofiq maqsadli tanlov e’lon qilinadi.Stajirovka yo‘nalishlari➡️ Mujassam intellekt ➡️ Hisoblash tasvirlash texnologiyalari ➡️ Favqulodda vaziyatlarda qutqaruv ishlari ➡️ Sun’iy intellekt asosida video kodlash ➡️ Intellektual simsiz aloqa texnologiyalari ➡️ Intellektual simsiz lokatsiyani aniqlashAjratilgan 30 ta kvota doirasida g‘oliblar 2026–2027-yillar davomida 5 oy muddatga stajirovkaga yuboriladi. Dastur ingliz tilida olib borilib, ishtirokchilarning
Xorijiy ilmiy stajirovkalar
4 авг., 04:18
переслано из @innovatsion_rivojlanish
#DIQQAT😄 Ko‘plab izlanuvchilar talabiga binoan hujjatlar namunasi taqdim etilmoqda.Ilovada Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan e’lon qilinib kelayotgan xorijiy ilmiy stajirovkalar tanlovida ishtirok etish uchun ariza topshirishda zarur hujjatlar namunasi biriktirilgan.Tanlovga hujjatlar internship.ilmiy.uz platformasi orqali qabul qilinadi.Bizni kuzatingWeb-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn
Xorijiy ilmiy stajirovkalar
3 авг., 16:36
переслано из @innovatsion_rivojlanish
#diqqat_tanlovQuyidagi tanlovlar muddati 2026-yil 30-avgustga qadar uzaytirildi.📥AQShning "Texas A&M" Universitetiga qisqa muddatli ilmiy stajirovkaga yuborish bo‘yicha maqsadli tanlov📥Koreya Respublikasining Sejong universitetiga qisqa muddatli ilmiy stajirovkaga yuborish bo‘yicha maqsadli tanlov📥Germaniyaning Freiburg konchilik va texnologiyalar universitetiga qisqa muddatli ilmiy stajirovkaga yuborish bo‘yicha maqsadli tanlovBizni kuzatingWeb-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn
Xorijiy ilmiy stajirovkalar
29 июл., 04:39
переслано из @muqaddas_fayazova
#FikrLabBugun zo‘r olim bo‘lishning o‘zi yetarli emas...Xizmat vazifamga ko‘ra har kuni olimlar, tadqiqotchilar va yosh innovatorlar faoliyati haqida materiallar tayyorlayman. Ular yaratayotgan ixtirolar, ilmiy yangiliklar va tadqiqot natijalarini keng jamoatchilikka sodda, tushunarli tilda yetkazishga harakat qilaman.Shu jarayonda bir fikr haqida ko‘p o‘ylayman.Olimlar mehnati igna bilan quduq qazishga teng. Bir ilmiy natija ortida uzoq yillik izlanish, yuzlab tajribalar yotadi. Ammo afsuski, ana shu mehnatning natijasi ko‘p hollarda laboratoriya, kafedra yoki tor ilmiy doirada qolib ketadi. Sababi esa oddiy. Aksariyat olimlarning jamoatchilik bilan ishlashga nisbatan e’tiborsizligi.Ish jarayonida eng ko‘p uchraydigan muammolar deyarli bir xil. Ko‘p hollarda tadqiqotga oid sifatli foto va videolar bo‘lmaydi. Bor materiallar efir yoki nashr talablari darajasida emas. Olim
Xorijiy ilmiy stajirovkalar
24 июл., 13:53
переслано из @innovatsion_rivojlanish
#diqqat_tanlovJoriy oy oxiriga qadar stajirovkaga oid bir nechta tanlovlar yakunlanadi! Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!📥 Yosh olimlarni Koreya Respublikasining Sejong universitetiga qisqa muddatli ilmiy stajirovkaga yuborish bo‘yicha maqsadli tanlov Muddat: 30.07.2026📥Yosh olimlarni Germaniyaning Freiburg konchilik va texnologiyalar universitetiga qisqa muddatli ilmiy stajirovkaga yuborish bo‘yicha maqsadli tanlov Muddat: 30.07.2026📥 “Singapur–O‘zbekiston kelajak ilm-fan yetakchilari dasturi” doirasida qisqa muddatli ilmiy stajirovkaga yuborish bo‘yicha maqsadli tanlov Muddat: 30.07.2026📥Yosh olimlarni AQShning "Texas A&M" Universitetiga "(Xalqaro qishloq xo‘jaligi va rivojlanish bo‘yicha Norman Borlaug instituti) qisqa muddatli ilmiy
Xorijiy ilmiy stajirovkalar
24 июл., 10:09
Assalomu alaykum barchaga.👆Hozirda Xorijiy ilmiy stajirovkalarni tashkil etish yagona elektron tizimi (internship.ilmiy.uz) orqali Xorijiy ilmiy stajirovka uchun talabgorlardan yuborilgan 273 ta ariza ilmiy va ta'lim tashkilotlari mas'ul xodimlari tomonidan tasdiqlanmagan.📌 Sizdan talabgorlarning mazkur arizalarini 2026-yil 29-iyul qadar internship.ilmiy.uz tizimi orqali belgilangan tartibda ko'rib chiqish, tasdiqlash uchun tegishli mas'ullarga yetkazishingizni so'raymiz.Xorijiy ilmiy stajirovkalar pinned a file
17 июл., 11:37

Xorijiy ilmiy stajirovkalar
8 июл., 04:04
переслано из @innovatsion_rivojlanish
#diqqat_tanlov🇮🇹 Yosh olimlar uchun Italiyaning “Padova” universitetida ilmiy stajirovka tanlovi!O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-apreldagi 222-son qarori nizomi talablari hamda Italiyaning “Padova” universiteti (University of Roma Tre) bilan kelishuvga muvofiq qisqa muddatli ilmiy stajirovka bo‘yicha maqsadli tanlov e’lon qilinmoqda.•Dastur tili: ingliz tili. •Dastur muddati: 2 oy. •Ishtirokchilar soni: 9 nafar. • Muddati: G‘oliblar 2026–2027-yillar davomida stajirovkaga yuboriladi.📂 Hujjat topshirish tartibi: Nomzodlarning hujjatlari 2026-yil 1-iyuldan 15-avgust soat 23:59 ga qadar faqat internship.ilmiy.uz yagona elektron tizimi orqali qabul qilinadi.⚠️ Muhim eslatma: Boshqa elektron platformalar (edo.ijro.uz, exat) yoki elektron pochtalar orqali yuborilgan hujjatlar ko‘rib chiqilmaydi. Taqdim etilgan
Xorijiy ilmiy stajirovkalar
8 июл., 04:04
переслано из @innovatsion_rivojlanish
#diqqat_tanlov🇮🇹 Yosh olimlar uchun Italiyaning “Roma Tre” universitetida ilmiy stajirovka tanlovi!O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-apreldagi 222-son qarori nizomi talablari hamda Italiyaning “Roma Tre” universiteti (University of Roma Tre) bilan kelishuvga muvofiq qisqa muddatli ilmiy stajirovka bo‘yicha maqsadli tanlov e’lon qilinmoqda.📌 Dastur haqida qisqacha:• Yo‘nalishlar: - Huquq, fan va texnologiyalar (Magistratura) - Huquq va transmilliy huquqiy tartibga solish (Doktorantura / PhD) • Dastur tili: Ingliz tili • Davomiyligi: 3 oy • Kvota: 15 nafar • Muddati: G‘oliblar 2026–2027-yillar davomida stajirovkaga yuboriladi.📂 Hujjat topshirish tartibi: Nomzodlarning hujjatlari 2026-yil 1-iyuldan 15-avgust soat 23:59 ga qadar faqat internship.ilmiy.uz yagona elektron tizimi orqali
Xorijiy ilmiy stajirovkalar
16 июн., 12:55
#ilmiy_stajirovkaYosh olimlar uchun Koreyada stajirovka!Sejong universitetida qisqa muddatli ilmiy stajirovka o‘tash bo‘yicha tanlovda qatnashing.Stajirovka yo‘nalishlari:1️⃣ Aqlli shaharlar va shaharsozlik tahlili uchun geoaxborot sun’iy intellekti (Geo-AI);2️⃣ Atrof-muhit va shahar muhitini bashorat qilishda chuqur o‘qitish usullari;3️⃣ Fazoviy ma’lumotlarni sun’iy intellekt asosida vizuallashtirish va raqamli taqdim etish texnologiyalari;4️⃣ Simsiz aloqani aks ettiruvchi sirtlar va grafik asosidagi sun'iy intellekt yechimi yordamida aqlli modellashtirish;5️⃣ Mashinali o‘qitish asosida ko‘rinadigan yorug‘lik orqali aloqa (VLC) texnologiyasiga tayangan IoT tarmoqlarini loyihalash va joriy etish.➡️Dastur tili: ingliz tili. ➡️Dastur muddati: 3 oy.
Xorijiy ilmiy stajirovkalar
12 июн., 10:05изменён
#DIQQAT📢Ko'plab izlanuvchilar talabiga binoan hujjatlar namunasi taqdim etilmoqda.Ilovada Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan e'lon qilinib kelayotgan xorijiy ilmiy stajirovkalar tanlovida ishtirok etish uchun ariza topshirishda zarur hujjatlar namunasi biriktirilgan.Tanlovga hujjatlar internship.ilmiy.uz platformasi orqali qabul qilinadi.⚡️Hozirda Ozarbayjon va Singapur davlatlaridagi yetakchi ilmiy tashkilotlarda stajirovka o'tash uchun hujjatlar qabul davom etmoqda.👉🏻Kanalga qo'shilish @ilmiystajirovka
Xorijiy ilmiy stajirovkalar
6 июн., 06:58
#diqqat_tanlov❗️❗️❗️❗️❗️❗️❗️“Singapur–O‘zbekiston kelajak ilm-fan yetakchilari dasturi” doirasida qisqa muddatli ilmiy stajirovkaga yuborish bo‘yicha maqsadli tanlovda ishtirok eting!✅ Tanlovga quyidagi fan yo‘nalishlari bo‘yicha hujjatlar qabul qilinadi:1. Muhandislik, elektronika, raqamli texnologiyalar va hisoblash tizimlari; 2. Ilg‘or materiallar, bioprotsessing va biomanufacturing; 3. Robototexnika, kosmik texnologiyalar va sun’iy yo‘ldosh tizimlari; 4. Transport, logistika va ulanish tizimlari; 5. Barqaror rivojlanish va energetika; 6. Molekulyar va hujayra biologiyasi, neyrofanlar hamda immunologiya; 7. Genomika, omiks texnologiyalari va yuqumli kasalliklar; 8. Bioinformatika va bioma’lumotlar infratuzilmasi; 9. Teri salomatligi, dermatologik tadqiqotlar, oziq-ovqat fanlari, nutritsiologiya hamda inson salohiyati.✍️ Tanlov doirasida g‘olib bo‘lgan nomzodlar
Xorijiy ilmiy stajirovkalar
1 июн., 10:38
#diqqat #tezkor⚡️Tez orada SINGAPUR davlatining nufuzli ilmiy tashkilotiga qisqa muddatli ilmiy stajirovka e'lon qilinishi kutilmoqda.👉@ilmiystajirovka
Xorijiy ilmiy stajirovkalar
25 мая, 05:17изменён
#statistika Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan 2021-2026-yillarda xorijiy ilmiy tashkilotlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkaga yuborilgan yosh olimlarning 71 foizini erkaklar va 29 foizini ayollar tashkil etadi.👉🏻@ilmiystajirovka
Xorijiy ilmiy stajirovkalar
24 мая, 15:15изменён
Nimaga biror yangi ishni boshlashga qo’rqamiz?Chunki miyamiz noaniqlik tomon yo’l oladi. Har bir yangi tajriba, yangi ish bu miyaga komfort zonasidan chiqish degani. Komfort zona esa u uchun xavfsiz joy.Shuning uchun ham biror yangi ish boshlayotganda, yangi pog’onaga ko’tarilayotganda odatda ko’pchilikda sog’ligida kichik bo’lsada muammolar boshlanadi (isitma, turli og’riqlar, ovoz bo’g’ilib qolishi).Aslida esa miya bizni shunchaki kuchli himoyaga oladi va maksimal tarzda yangi jarayonni boshlashni kechiktirishga harakat qiladi.Ammo siz qo’rquvingizni yengib maqsadingiz tomon 1-2 qadam bossangiz, aslida juda ham ko’p narsalarga qodirligingizni ko’rib o’zingiz ham hayron qolasiz.
Xorijiy ilmiy stajirovkalar
24 мая, 14:50
Muvaffaqiyatli insonlar boshqalar behuda sarflayotgan vaqtdan foydalanib olg‘a boradilar.©️Genri Ford
Xorijiy ilmiy stajirovkalar
23 мая, 09:42
#foydaliKuni kecha Baku oliy neft maktabida stajirovka o‘tash bo‘yicha tanlov e’lon qilindi.Bilasizmi, mazkur universitet Ozarbayjonning eng nufuzli texnik va muhandislik oliygohlaridan biri hisoblanadi. 2011-yilda Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti qarori bilan tashkil etilgan bo‘lib, SOCAR (State Oil Company of Azerbaijan Republic) tizimiga kiradi. Asosiy maqsadi — neft-gaz, kimyo va texnologiya sohalari uchun xalqaro darajadagi muhandislarni tayyorlashdan iborat.Universitetda ta’lim Britaniya standartlariga asoslangan dasturlar asosida ingliz tilida olib boriladi. Ayrim mutaxassisliklarda talabalar Baku oliy neft maktabi hamda Heriot-Watt University diplomlarini birgalikda olish imkoniyatiga ega.“Times Higher Education” reytinglarida universitet “Impact Rankings 2025” ro‘yxatiga kiritilgan. Muhandislik va texnologiya yo‘nalishlari oliygohning eng kuchli yo‘nalishlari sifatida
Xorijiy ilmiy stajirovkalar
22 мая, 12:28
#ilmiy_stajirovka🇦🇿 Baku oliy neft maktabida qisqa muddatli ilmiy stajirovka o‘tang!🔘1-dastur yo‘nalishi: Kimyoviy texnologiya va muhandislik, neft va gaz texnologiyasi, neft kimyosi. 🔘2-dastur yo‘nalishi: Neft va gaz konlarini ishlab chiqish va ulardan foydalanish, neft muhandisligi, burg‘ulash va qazib olish.Tanlovning 20 nafar g‘olibi stajirovkani amalga oshirish dasturlarida belgilangan vazifalarni bajarish uchun 2026-yil davomida 1 oyga stajirovkaga yuboriladi.Oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlar stajirovka o‘tashga tavsiya qilinuvchi nomzodlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni 2026-yilning 30-iyuniga qadar (shu kuni ham 23:59gacha) internship.ilmiy.uz orqali taqdim etishlari lozim.📇 Murojaat uchun: @ilmiystajirovkabot🌐 BatafsilBizni kuzatingWeb-site | Instagram | Facebook | YouTube | LinkedIn
Xorijiy ilmiy stajirovkalar
2 апр., 15:22
переслано из @innovatsion_rivojlanish
Yosh olimlarni xorijiy ilmiy stajirovkaga yuborish bo‘yicha 2-bosqich taqdimotlari bo‘lib o‘tmoqdaYosh olimlarni xorijiy ilmiy stajirovkalarga yuborish dasturi doirasida saralash jarayonlarining ikkinchi bosqichi o‘tkazilmoqda. Hozirga qadar 8 ta yo‘nalish bo‘yicha kelib tushgan 765 ta arizadan 492 nafari saralanib, o‘z loyihalarini ekspertlar oldida xorijiy tillarda himoya qilmoqda.Xususan, bugun Rossiya Federatsiyasining Tatariston Respublikasidagi Qozon Federal universitetiga borish istagini bildirgan nomzodlarning taqdimotlari bo‘lib o‘tdi. Unda yosh olimlar xorijiy tajribani o‘zlashtirish va ilmiy tadqiqotlarini rivojlantirish rejalarini namoyish etdilar.Ma’lumot o‘rnida, ekspertlar tomonidan xorijiy tillarda baholanayotgan ushbu jarayonlarda eng yuqori natija ko‘rsatgan yosh olimlar ilmiy stajirovkaga yuboriladi. Ishtirokchilarning barcha xarajatlari Ilm-fanni
Xorijiy ilmiy stajirovkalar
30 мар., 05:10изменён
📖Qo’llanma: internship.ilmiy.uz platformasi orqali ariza topshirish va tasdiqlash tartibi🔼Yosh olimlar uchun internship.ilmiy.uz platformasi orqali ariza topshirish va Buyurtmachi tashkilotlar uchun hujjatlarni topshirish bo'yicha qo'llanma bilan tanishib chiqing.⚠️Buyurtmachi tashkilot tomonidan tasdiqlanmagan arizalar Innovatsion rivojlanish agentligiga kelib tushmaydi va ko‘rib chiqilmaydi.📎 Barcha jarayonlar va statuslar internship.ilmiy.uz platformasi orqali kuzatib boriladi.Xorijiy Ilmiy Stajirovkalar
