gram news
Аватар канала "TIQXMMI" MTU Yangiliklari

"TIQXMMI" MTU Yangiliklari

@ilovetiiame

"Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti|Rasmiy • youtube.com/@TIIAME • instagram.com/tiiameofficial • twitter.com/tiiameofficial • www.tiiame.uz @TIQXMMI_Antikorrupsiya_bot

ПроектыUZОбразование

8,400подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • "TIQXMMI" MTU Yangiliklari

    22 сент., 16:13

    переслано из @gidrotexnika_uz

    1-sonli talabalar turar joyida o‘rganish ishlari olib borildi22-sentabr kuni Gidrotexnika qurilishi fakulteti Qurilish muhandisligi kafedrasi professor-o‘qituvchilari dotsent F.Yunusova va assistent Sh.Nazarovalar tomonidan 1-sonli talabalar turar joyiga tashrif amalga oshirildi.Tashrif davomida talabalarning yashash sharoitlari, xonalarning tozaligi va ozodaligi o‘rganildi.Talabalar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularning murojaat va takliflari tinglandi.Shuningdek, talabalar o‘rtasida ichki tartib-qoidalarga rioya qilish, xonalarni ozoda saqlash, xavfsizlik qoidalariga amal qilish hamda TTJda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.Bunday tashriflar talabalarning yashash sharoitlarini muntazam o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni o‘z vaqtida bartaraf etishga xizmat qiladi.Bizni kuzating! https://t.me/Gidrotexnika_uz
  • "TIQXMMI" MTU Yangiliklari

    22 сент., 14:26

    ❓ Savol: Talabalik guvohnomasini qanday olamiz?Barcha talabalarning talabalik guvohnomalari elektron shaklda tayyor!Guvohnomani olish uchun: - MyGov ilovasini Play Market yoki App Store orqali yuklab oling. - Ilovadagi profilingizga kiring. - “Profil” bo‘limiga o‘ting. - Sizga tegishli elektron hujjatlar orasidan talabalik guvohnomasini toping. - Guvohnomani telefoningizga yuklab olib, saqlashingiz mumkin.🎓 Elektron talabalik guvohnomasi talabalarga avtobus, metro, poyezd va samolyot chiptalarini imtiyozli xarid qilish, shuningdek, qonunchilikda belgilangan boshqa imtiyozlardan foydalanishda qo‘l keladi.📲 Batafsil — videoda!Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
    1,480видео21Открыть в Telegram
  • "TIQXMMI" MTU Yangiliklari

    22 сент., 14:03

  • "TIQXMMI" MTU Yangiliklari

    22 сент., 13:25

    переслано из @eduuz

    #XalqaroAvtomobilsizKun22-sentyabr — “Xalqaro avtomobilsiz kun”22-sentyabr – Butunjahon avtomobilsiz kun munosabati bilan barchani bir kunga avtomobildan voz kechib, piyoda yurish, velosiped yoki jamoat transporti kabi “yashil” transport vositalaridan foydalanishga chaqiramiz.Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/222389👉 На русском 👉 In EnglishFacebook | Instagram | YouTube | Telegram
    1,020видео11Открыть в Telegram
  • "TIQXMMI" MTU Yangiliklari

    22 сент., 13:25

    переслано из @eduuz

    #7_MilliyDasturMustaqillik — o‘z yo‘lingni tanlash imkoniyatiKimdir o‘z mahorati bilan dasturxonimizga fayz kiritadi, kimdir zamonaviy texnologiyalar orqali yangi g‘oyalarni hayotga tatbiq etadi. Yana kimdir ijodi, mehnati va kasbiy mahorati bilan insonlar hayotiga go‘zallik baxsh etadi.🎥 Bugun turli kasb egalarining mustaqillikning inson hayotidagi o‘rni, yaratgan imkoniyatlari va kelajak haqidagi fikrlarini tinglaymiz.🇺🇿 Mustaqil yurtimizda o‘z kasbimiz bilan kelajakni birga yaratamiz!Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
    969видео1Открыть в Telegram
  • "TIQXMMI" MTU Yangiliklari

    22 сент., 12:49

    “Yer resurslari va kadastr” fakultetining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z. Xafizova talaba qizlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.Uchrashuv davomida talaba qizlarning TTJdagi yashash sharoitlari, murojaat va takliflari o‘rganildi. Shuningdek, ichki tartib-qoidalarga rioya qilish, tozalik va xavfsizlik talablariga amal qilish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.📌 Talaba qizlar uchun qulay va xavfsiz yashash sharoitlarini yaratish hamda mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish ishlari davom ettiriladi.😄"TIQXMMI'' Milliy tadqiqot universiteti rasmiy telegram kanali: @ilovetiiame
  • "TIQXMMI" MTU Yangiliklari

    22 сент., 12:14изменён

    🟦🟦​Universitetimiz talabalari o‘rtasida ​“Mustaqil O‘zbekiston – mening faxrim” ​mavzusida insholar tanlovini o‘tkazishdan barcha talabalarni xabardor qilamiz.​Aziz talabalar! Ushbu tanlov yosh avlodning Vatan taqdiriga befarq emasligini, uning kelajagini barpo etishdagi faolligini hamda adabiy-ijodiy qobiliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilmoqda.Tanlovda barcha universitet talabalari ishtirok etishlari mumkin. ​Sana: 24.09.2026 Auditoriya: B binosi, 214-xona Soat: 13:00​Barchangizni taklif etamiz!😄"TIQXMMI'' Milliy tadqiqot universiteti rasmiy telegram kanali:@ilovetiiame
  • "TIQXMMI" MTU Yangiliklari

    22 сент., 12:06

    переслано из @tiiame_uz

    🇺🇿“TIQXMMI” MILLIY TADQIQOT UNIVERSITETI YOSHLAR ITTIFOQI🎓Hurmatli universitetimizning tashabbuskor, faol va lider talabalari!Universitet yoshlar hayotida faol ishtirok etish, yangi loyihalarni amalga oshirish va o‘z tashabbuslaringizni ro‘yobga chiqarishga tayyormisiz?Unda sizni “TIQXMMI” MTU Yoshlar ittifoqi Universitet kengashi safiga qo‘shilishga taklif qilamiz!Agar siz: 🔹liderlik qobiliyatiga ega bo‘lsangiz; 🔹yangi g‘oya va tashabbuslaringiz bo‘lsa; 🔹jamoa bilan ishlashni yoqtirsangiz; 🔹 tengdoshlaringizni birlashtira olsangiz; 🔹 universitetimiz yoshlar hayotida faol ishtirok etishni istasangiz —bizning jamoamiz aynan sizni kutmoqda!
    1,160421Открыть в Telegram
  • "TIQXMMI" MTU Yangiliklari

    22 сент., 07:23изменён

    Milliy statistika qo‘mitasi stipendiyasi tanlovi e’lon qilindiMilliy statistika qo‘mitasi iqtidorli talabalarni aniqlash, ularni rag‘batlantirish hamda istiqbolli kadrlar zaxirasini shakllantirish maqsadida Milliy statistika qo‘mitasi stipendiyasi tanlovini e’lon qildi.🫂 Kimlar ishtirok etishi mumkin? O‘zbekiston hududidagi oliy ta’lim tashkilotlarida kunduzgi ta’lim shaklida, bakalavriatning 4-bosqichi va magistraturada tahsil olayotgan, quyidagi yo‘nalishlarda tahsil olayotgan talabalar: ➡️statistika ➡️iqtisodiyot ➡️moliya ➡️axborot texnologiyalari ➡️ma’lumotlar ilmi va tahlili (Data Science & Analytics)📊 Tanlov 3 bosqichda o‘tkaziladi:
  • "TIQXMMI" MTU Yangiliklari

    22 сент., 05:47

    Yer resurslari va kadastr fakulteti 1-bosqich talabalari uchun Toshkent shahri bo‘ylab ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi.Sayohat davomida talabalar poytaxtimizdagi qator tarixiy, madaniy va ma’naviy maskanlarga tashrif buyurib, ularning tarixi, mazmun-mohiyati hamda bugungi kundagi ahamiyati bilan yaqindan tanishdilar.Jumladan, talabalar “Motamsaro ona” haykali, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamda Mustaqillik maydonida bo‘ldilar. Tashriflar davomida yurtimiz tarixi, milliy qadriyatlar, buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosi hamda xalqimizning tinchlik va mustaqillik yo‘lidagi mashaqqatli tarixi haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.😄"TIQXMMI'' Milliy tadqiqot universiteti rasmiy telegram kanali:@ilovetiiame
  • "TIQXMMI" MTU Yangiliklari

    22 сент., 05:34

    Iqtisodiyot fakulteti “Ingliz tili” kafedrasi tomonidan “English Day” tadbiri tashkil etildi...batafsil: https://tiiame.uz/news?id=10001
  • "TIQXMMI" MTU Yangiliklari

    22 сент., 05:32

    🥋 UNIVERSITET TALABALARI UCHUN DZYUDO VA WORKOUT MASHG‘ULOTLARI DAVOM ETMOQDA!Universitet talabalarining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, jismoniy tayyorgarligini oshirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida dzyudo va workout mashg‘ulotlari muntazam davom etmoqda.🥋 Dzyudo mashg‘ulotlarida talabalar sportning asosiy texnik va taktik usullarini o‘rganib, o‘z mahoratlarini rivojlantirmoqda.Workout mashg‘ulotlarida esa kuch, chidamlilik va jismoniy tayyorgarlikni oshirishga qaratilgan mashqlar bajarilmoqda.🇯🇵 Shuningdek, Yaponiyadan tashrif buyurgan SEKI HIRONOBU dzyudo mashg‘ulotlarida ishtirok etib, talabalar bilan tajriba almashmoqda.📅 Mashg‘ulot kunlari: Dushanba, chorshanba va juma⏰ Boshlanish vaqti: 18:00📍 Manzil: Universitet sport majmuasi👥 Murabbiylar: Tangriyev Alisher Jumanazarovich Soatov Elmurod
  • "TIQXMMI" MTU Yangiliklari

    21 сент., 17:42

    переслано из @gidrotexnika_uz

    TALABALAR TURAR JOYIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI21-sentabr kuni Gidrotexnika qurilishi fakulteti dekanati tomonidan 1-sonli talabalar turar joyida talabalarning yashash sharoitlari o‘rganildi.O‘rganish jarayonida, ayniqsa, 1-kursda tahsil olayotgan mahalliy va xorijiy talabalarning universitet hayotiga moslashuvi, ichki tartib-qoidalarga rioya etishi, xonalar va umumiy hududlarda tozalik hamda ozodalikka amal qilinishiga alohida e’tibor qaratildi.Talabalar bilan xonabay tizim asosida suhbatlar o‘tkazilib, ularning yashash sharoitlari, muammo va takliflari o‘rganildi.Shuningdek, talabalarga talabalar turar joyida belgilangan ichki tartib-qoidalarga rioya qilish, xonalarni ozoda saqlash, sanitariya-gigiyena talablariga amal qilish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.Bizni kuzating! https://t.me/Gidrotexnika_uz
    1,840541Открыть в Telegram
  • "TIQXMMI" MTU Yangiliklari

    21 сент., 14:47

    ♟G‘ALABA MUBORAK!🇺🇿O‘zbekiston terma jamoasi 🇮🇳Hindiston ustidan g‘alaba qozondi va Shaxmat olimpiadasida yakkapeshqadam bo‘lib oldi!Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov hamda Shamsiddin Vohidov o‘z partiyalarida durang o‘ynadi.Barchasi Nodirbek Yakubbayev hamda Nihol Sarin o‘rtasidagi jangda hal bo‘ldi. Qiyin vaziyatda qolgan Nodirbek raqibiga tuzoq qo‘yib, g‘alabani ilib ketdi!😄"TIQXMMI'' Milliy tadqiqot universiteti rasmiy telegram kanali:@ilovetiiame
    2,35017773Открыть в Telegram
  • "TIQXMMI" MTU Yangiliklari

    21 сент., 12:31

    “Energetika” fakulteti xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchisi Ch.Oxunboboyeva va 1-talabalar turar joyi bino mudiri R.Aliyev tomonidan talabalar turar joyiga joylashayotgan talaba-qizlarga ichki tartib-intizom bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi. Talabalar turar joyida belgilangan kun tartibiga amal qilish, xonalarni ozoda va sarishta saqlash, umumiy foydalanish joylariga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, tungi osoyishtalikni ta’minlash hamda o‘zaro hurmat va xushmuomalalik qoidalariga rioya qilishning ahamiyati haqida tushuntirishlar berildi.😁"TIQXMMI'' Milliy tadqiqot universiteti rasmiy telegram kanali:@ilovetiiame
  • "TIQXMMI" MTU Yangiliklari

    6 сент., 06:11

    👍👍👍👍👍🕸 2026/2027 oʻquv yilida birinchi kursga qabul qilingan bakavriat ta’lim yoʻnalishlari va guruhlari bo'yicha taqsimoti Iqtisodiyot fakulteti 60310100 — Iqtisodiyot 60410100 — Buxgalteriya hisobi va audit 60410800— Statistika 60410900 — Biznesni boshqarish (Business Management) 61010400—
  • "TIQXMMI" MTU Yangiliklari

    6 сент., 05:28

    #XalqaroSuvYangiliklari 💧 SHHT SAMMITIDA SUV XAVFSIZLIGI BO‘YICHA MUHIM TASHABBUSLAR ILGARI SURILDI 1-sentabr kuni Bishkek shahrida bo'lib o'tgan Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar rahbarlari kengashining yubiley yigʻilishida suv xavfsizligi, suv resurslaridan oqilona foydalanish va
  • "TIQXMMI" MTU Yangiliklari

    6 сент., 03:36

    🔵🔵🔵🔵 🏆🏆🏆 Jismoniy tarbiya va sport kafedrasi talabalari O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan marafon musobaqasida faol ishtirok etdilar. Musobaqa davomida talabalar o‘zlarining yuqori sport mahorati, jismoniy tayyorgarligi va g‘alabaga bo‘lgan intilishlarini
  • "TIQXMMI" MTU Yangiliklari

    5 сент., 16:17

    📢 RASMIY E’LON 🎓 Hurmatli “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti talabalari! O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentabrdagi 605-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq, yotoqxona bilan ta’minlanmagan hamda o‘ziga yoki ota-onasiga tegishli bo‘lmagan uy-joyda ijara
  • "TIQXMMI" MTU Yangiliklari

    5 сент., 14:18

    #Muhim #Chorlov Universitetimiz sizlarni o'z bag'riga chorlab qoladi! "TIQXMMI'' Milliy tadqiqot universitetiga 1-kursga qabul qilingan bakalavr va magistrantlari 2026/2027-o‘quv yili boshlanishi bilan sizlarni o'z bag'riga chorlab qoladi! ⏺Bakalavriat (kunduzgi): ➖1-kurslar uchun —