gram news
Аватар канала InfoTruck - AQSH Logistika Bozori

InfoTruck - AQSH Logistika Bozori

@infotruckuz

🚚 АҚШ Логистика бозоридаги: 🔹Прогноз ва Тахлиллар 🔹Қизиқарли маълумотлар 🔹Долзарб янгиликлар 🔹Иш ўринлари

3,320подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • InfoTruck - AQSH Logistika Bozori

    3 апр., 19:33

    🚛 Dizel narxi oshdi, lekin rate (yuk haqi) oshmadi deb shikoyat qilayotganlar ko‘p. Aslida vaziyat boshqacha:Dizel 1 oy ichida har milga taxminan $0.24 qimmatlashgan.Ammo spot rate’lar (bozordagi yuk haqlari) ko‘proq oshgan: - Van → +$0.36/mil - Flatbed → +$0.58/mil - Reefer → +$0.25/mil (bu biroz boshqacha, chunki hozir mart oyida ob-havo yaxshi bo‘lgani uchun reefer yuklari biroz yumshagan, aprel o‘rtasidan kuchayadi)Nima uchun rate dizeldan ham ko‘proq oshmoqda? Chunki bozorda truck kam yuk esa ko‘p. Shuning uchun carrier’lar narx belgilashda kuchga ega bo‘lib, nafaqat dizel xarajatini qoplamoqda, balki qo‘shimcha foyda ham ko‘rmoqda.Eslatma: Bu faqat spot yuklar uchun. Contract yuklarda esa yoqilg‘i surchargelari avtomatik ishlaydi.
    2,530442Открыть в Telegram
  • InfoTruck - AQSH Logistika Bozori

    3 апр., 18:29

  • InfoTruck - AQSH Logistika Bozori

    3 апр., 18:13изменён

    Flatbed yuk mashinalari narxlarida rekord yangilandi!Ochiq platformali yuk mashinalarida flatbed $3.95/mile yetdi. Bu yaqin tarixdagi eng yuqori ko‘rsatkich!Nima uchun bunchalik qimmatlashdi? Uy-joy qurilishi sekin bo‘lsa ham, narxlar keskin oshdi. Sababi katta sanoat loyihalari. Ayniqsa sun’iy intellekt uchun katta server xonalari (data centerlar), yangi elektr stansiyalari va og‘ir yuklarni tashish kerak bo‘lgan ishlar ko‘paygan. Bunday yuklar faqat ochiq platformali mashinalarda tashiladi.Natijada yuk ko‘p, mashina kam bo‘lib qoldi. Shuning uchun narxlar oshmoqda. Ko‘pchilik haydovchilar arzon shartnomalarni rad etib, qimmatroq yuk qidirishmoqda.Oldinda nima bo‘ladi? Bahor mavsumi yaqinlashayotgani bilan qurilish va sanoat ishlari yanada kuchayadi. Shuning uchun yaqin haftalar va oylarda narxlar yana ko‘tarilishi mumkin.🚚 InfoTruck — AQSHda Logistika
  • InfoTruck - AQSH Logistika Bozori

    2 апр., 21:16изменён

    🚨 INTERNETTA NIMA GAP?Ushbu turdagi yangiliklarda biz ijtimoiy tarmoqlarda Truck industry ichidagi insonlarni fikrlari, kommentariyalari va ularni ahvollari haqida habar berib boramiz…1️⃣ Q1 rekord darajada kuchli chorak bo‘ldi, Q2 uchun truckerlar uchun “fantastic” bo‘lishi kutilmoqda — capacity torayib, stavkalar keskin ko‘tariladi.Truckerlar va owner-operatorlar orasida optimizm kuchaygan, ko‘pchilik “nihoyat bozor biz tomonga o‘g‘rilmoqda” deb yozmoqda.2️⃣ Spot stavkalar o‘tgan yilga nisbatan ancha kuchliroq, 4 oydan beri barqaror o‘sib bormoqda.Truck driverlar load boardlarda yuklar ko‘payganini, oldingi oylardagi “o‘lik” holatdan chiqayotganini aytishmoqda.3️⃣ Reefer yuklarida stavkalar juda yaxshi holatda — hatto tanker kompaniyalari ham
  • InfoTruck - AQSH Logistika Bozori

    2 апр., 19:25

    😱 DIQQAT! 🚨Ogohlantirish! Soxta odamlar/accountlar haqiqiy yuk tashuvchilarni aldamoqda! Yangi usul bilan harakat qilishyapti...HECH QACHON birorta ham havolaga (linkka) bosmang!Bir-biringizni ogohlantirib turing.🚚 InfoTruck — AQSHda Logistika
  • InfoTruck - AQSH Logistika Bozori

    2 апр., 18:15изменён

    ⚡️VAN SPOT NARXLAR YANGI CHO’QQIDA.⬆️ Van spot narxlar bu tsiklning eng yuqori nuqtasiga yetdi — 3.09$/mile🚚 InfoTruck — AQSHda Logistika
  • InfoTruck - AQSH Logistika Bozori

    2 апр., 18:10изменён

    🚛 Yuk tashish bozori haqida oddiy tahlil va kichik forecast.Do‘stlar, yuk mashinalari sohasi hozir so‘nggi yillarning eng kuchli choragini o‘tkazmoqda. Dizel narxi Eron voqealari tufayli biroz qimmatlashgan bo‘lsa ham, yuk tashish narxlari bundan ham tezroq ko‘tarilmoqda. Natijada haydovchilar nafaqat zarar ko‘rmayapti, balki yaxshi pul topmoqda.Nima uchun shunday? Chunki yuklarning 80 foizida yoqilg‘i uchun qo‘shimcha haq bor. Bu qo‘shimcha xarajat to‘g‘ridan-to‘g‘ri mijozga o‘tadi. Qolgan qismida ham bozorning holati juda kuchli bo‘lgani uchun hammasi foydali chiqmoqda.Grafikda ko‘rinib turibdiki, mart oyidan beri yuk tashish narxlari dizelning har mil uchun 2 dollar 22 sentga oshishidan ham ancha tez o‘smoqda.Forecast: Shu ketishda 2026 yil bo’yi ham bu bozor kuchli va barqaror bo‘lib qoladi. Hozir imkoniyatni qo‘ldan boy bermaganlar keyinroq yaxshi natija ko‘radi.🚚 InfoTru
  • InfoTruck - AQSH Logistika Bozori

    2 апр., 17:20изменён

    Team Driver Issues. Ozgina hazillashamiz. 😁PS: Video boshqattan to’liq versiyada yuklandi.🚚 InfoTruck — AQSHda Logistika
    1,090видео2Открыть в Telegram
  • InfoTruck - AQSH Logistika Bozori

    2 апр., 16:41изменён

    🔥 TRUKCHILAR NIMA DEYAPTI?Shu kundagi bozor holati boyicha eng qaynoq tafsilotlar (shofyorlarning o‘z so‘zlari bilan):✅ “1092 milga $7500 stepdeck yuk 9'9"W, 80kdan sal kam gross. Kun bo‘yi shunday yuklar bor. Brokerlarga aytdim: bir-ikki oy ichida narxlar yana ikki baravar ko‘tariladi!” – A Hampton✅ “Isola MS → Forest Park GA reefer yuk $2800, deyarli $7 miliga! 🔥” – Sh. Basha✅ “Janubiy Kaliforniyada LA reefer bozori yonmoqda! Produce mavsumi boshlandi, Texasda ham hammasi qizigan!” – Andrew✅ “Birinchi chorakda o‘tgan yilning birinchi yarmidagi daromadni qo‘lga kiritdik! Margins siqilgan bo‘lsa ham, pul oqib kelyapti. Haydovchilar xursand!” – F. Fan✅ “Brokerlar ikki baravar narx so‘ramoqda, ba’zilari depressiyada. Bugun biri reeferni dry van uchun taklif qildi 🤣 Bozor teskari tomonga o‘zgardi – endi biz ustundamiz!” – D Web✅ “Dallas va
  • InfoTruck - AQSH Logistika Bozori

    2 апр., 16:00изменён

    🚛 Yuk tashish bozorida kuchli shamollar!Outbound tender rad etish nima? Yuk jo‘natuvchi tashuvchiga yuk taklif qiladi. Tashuvchi narxni rad etsa, bu tender rad etish hisoblanadi.Ko‘rsatkich 15.47% ga chiqdi — yangi rekord. Yuklar ko‘p, talab kuchli, tashuvchilar esa narxni pasaytirmay qattiq turishyapti. Bu bozorning sog‘lomligi.Dizel narxi galloniga $0.40 gacha ko‘tarilishi mumkin. Tashuvchilar bu xarajatni mijozlarga o‘tkaza oladilar.Spot stavkalar yangi cho‘qqida: - Vans: $3.09–$3.18/mil - Flatbeds: $3.88/mil - Reefers: $3.35/milPrognoz: Bahorda narxlar barqaror yoki oshadi. Yuk jo‘natayotganlar reja tuzsin. Tashiyotganlar hozirgi narxlardan foydalansin!Siz nima deb o‘ylaysiz?🚚 InfoTruck — AQSHda Logistika
  • InfoTruck - AQSH Logistika Bozori

    29 мар., 13:46изменён

    🚛 Yangi rekord!Trucking spot stavkalari yangi tsiklning eng yuqori darajasiga chiqdi — $3.01/mile! 📈🚚 InfoTruck — AQSHda Logistika
  • InfoTruck - AQSH Logistika Bozori

    28 мар., 19:31изменён

    🚛 Texas yuk bozori haqida! 🔥Dallasdan chiqadigan tender rad etish darajasi 19.02% ga yetdi — bu 2021 yildan beri eng yuqori ko‘rsatkich!Bu nima degani? Jo‘natuvchilar yuk tashish uchun tashuvchilarga taklif (tender) yuboradi. Agar tashuvchi uni qabul qilmasa, demak mashina yetishmayapti. Hozir har 5 ta taklifdan bittasi rad etilmoqda. Bu sig‘im (capacity) keskin torayganini bildiradi va spot stavkalar o‘sishiga olib keladi. Avvalgi postdagi Van, Reefer va Flatbed stavkalari rekord yangilagani bilan birga, Texasdagi bu holat bozorni yanada kuchaytirmoqda.Prognoz: Bahor oxiri va yoz boshida Texasdan (Dallas, Houston) yuk stavkalari qo‘shimcha o‘sishi yoki hozirgi yuqori darajada qolishi ehtimoli yuqori. Ayniqsa Flatbed va Reefer yo‘nalishlari kuchliroq harakat qilishi mumkin.Yuk tashuvchilar uchun: Hozir Texasdan yuk olish — eng yaxshi vaqt! 📈💰🚚 InfoTruck — AQSHda Logistika
    1,320421Открыть в Telegram
  • InfoTruck - AQSH Logistika Bozori

    28 мар., 17:32изменён

    🚛 Yuk bozori qizimoqda — uchala yo‘nalish ham yangi rekordlarni yangiladi!Chart va bozor statistikalariga ko‘ra, mart 2026 da yuk tashish stavkalari keskin ko‘tarilib, yangi sikl yuqoriligiga chiqdi: • Flatbed (FTI.USA) — $3.83/mil ga yetib, eng kuchli o‘sishni ko‘rsatdi • Reefer (RTI.USA) — $3.30/mil ga mustahkamlandi • Van / National Truckload (NTI.USA) — $3.00/mil dan o‘tib, 2022 yildan beri birinchi marta shu darajaga chiqdi!Bozor haqiqatan ham qizib bormoqda: sig‘im toraymoqda, yoqilg‘i narxi yuqori, bahorgi mavsum va sanoat talabi kuchaymoqda. Flatbed ayniqsa kuchli — ko‘plab tenderlar rad etilmoqda.Forecast (prognoz) bahor oxiri va yoz boshiga:Agar hozirgi tendentsiya davom etsa (sig‘im chiqib ketishi va talab o‘sishi), stavkalar yanada yuqori darajada qoladi yoki qo‘shimcha 5-10% ko‘tarilishi mumkin. Van va Reefer ham $3.20–$3.50 oralig‘ida mustahkamlanishi, Flatbed esa
  • InfoTruck - AQSH Logistika Bozori

    12 мар., 12:52изменён

    Trucking bozorida hozir har bir trailer turi boshqacha harakat qilyapti — buni chart juda yaxshi ko‘rsatadi.📊 Flatbed – eng kuchli segment. Rate’lar tez o‘smoqda va momentum juda yaxshi. Bu odatda qurilish, sanoat va infratuzilma yuklari kuchayganini bildiradi.❄️ Reefer – biroz soviyapti. Bu ko‘pincha mavsumiy faktorlar bilan bog‘liq. Qish oxiri va bahor boshida reefer demand odatda bir oz pasayadi.🚚 Dry Van (National Index) – nisbatan stabil. Bozor yuqori darajada turibdi, lekin hozircha katta sakrash yo‘q.📈 Qisqa xulosa: Bozor umumiy holda kuchli, lekin o‘sish ayniqsa flatbed segmentida ko‘rinmoqda. Bu esa iqtisodiyotning real sektorida (qurilish / ishlab chiqarish) harakat kuchayganini ko‘rsatishi mumkin.🚚 InfoTruck — AQSHda Logistika
  • InfoTruck - AQSH Logistika Bozori

    11 мар., 15:33изменён

    Logistika bozorida hozir juda qiziq holat bo‘lyapti.Yirik trucking kompaniyalar ayni paytda yoqilg‘idan juda yaxshi pul qilyapti.Sababi oddiy: retail va wholesale dizel narxi o‘rtasidagi farq (spread) oxirgi bir necha yil ichida eng yuqori darajalardan biriga chiqdi.Tizim qanday ishlaydi?• Katta trucking kompaniyalar yoqilg‘ini wholesale (rack price) bo‘yicha arzonroq narxda sotib oladi. • Lekin shipperlardan fuel surcharge ni retail diesel price (EIA / DOE haftalik narxi) bo‘yicha hisoblab oladi.Natija nima?Retail narx bilan wholesale narx o‘rtasidagi farq qanchalik katta bo‘lsa — carrierning yoqilg‘idan qiladigan marjasi ham shunchalik katta bo‘ladi.Shu sababli hozir bozorda paradoks bor: dizel qimmatlashyapti, lekin katta fleetlar bundan zarar emas — aksincha foyda ko‘ryapti.🚚 InfoTruck — AQSHda Logistika
  • InfoTruck - AQSH Logistika Bozori

    11 мар., 14:33

    Ba’zilar hozir trucking bozori juda qizib ketdi deb o‘ylayapti. Lekin bir detal bor: West Coast hali bu “issiq” bozorga to‘liq qo‘shilgani yo‘q.Grafikda AQSHga kelayotgan container booking (TEU) hajmini ko‘rish mumkin. Hozirgi raqamlar deyarli 2024 yil darajasida — na keskin boom, na katta pasayish.Buning asosiy sababi oddiy: bu yil Chinese New Year biroz kechroq bo‘ldi. Shu sababli Xitoydan chiqayotgan yuk oqimi ham biroz kechikib kelyapti.O‘tgan yili esa boshqa holat bo‘lgan: kompaniyalar importni oldindan tortib kirgan (pull-forward imports), natijada portlar va trucking bozori erta qizib ketgan edi. Hozir esa ritm boshqacha.Agar seasonality o‘z yo‘lida ketsa, mart oxiriga borib West Coast portlarida container hajmi yana oshishi ehtimoli katta. Bu esa keyingi zanjir bo‘yicha: port → warehouse → trucking orqali bozorni yana bir pog‘ona qizdirishi mumkin.Logistikada bitta
  • InfoTruck - AQSH Logistika Bozori

    11 мар., 13:07изменён

    Flatbed Outbound Tender Rejection Index 49.89% ga chiqib yangi tarixiy rekordni yangiladi. Bu shuni anglatadiki, kontrakt yuklarning deyarli yarmi carrierlar tomonidan rad qilinyapti. Carrierlar kontrakt yukni rad qilib, qimmatroq spot yuklarni tanlayapti.Bu odatda ikki narsani bildiradi: • capacity juda qisqarib ketgan • flatbed spot rate’lar hali ham yuqoriga bosim ostida🚨 Signal: flatbed segmenti hozir trucking siklining eng issiq nuqtasi.🚚 InfoTruck — AQSHda Logistika
  • InfoTruck - AQSH Logistika Bozori

    10 мар., 12:35изменён

    Flatbed spot rate’lari tez o‘sishda davom etyapti va hozircha sekinlashish belgisi yo‘q. Bu ko‘pincha qurilish, sanoat va og‘ir yuklar bilan bog‘liq talab kuchayganini bildiradi.Reefer va dry van segmentlari esa siklning yuqori nuqtalariga yaqin joyda biroz “nafas rostlayotgandek” ko‘rinadi — ya’ni narxlar yuqori, lekin o‘sish tempida vaqtinchalik pauza bor.Oddiy qilib aytganda: bozor hali ham bullish(o’smoqda yoki o’sish kayfiyatida) lekin hozir o‘sishni asosan flatbed segmenti tortyapti.🚚 InfoTruck — AQSHda Logistika
  • InfoTruck - AQSH Logistika Bozori

    10 мар., 12:01изменён

    Outbound Tender Rejection Index (OTRI) 14.9% ga chiqib, yangi sikl rekordini yangiladi. Bu shuni anglatadiki, carrierlar broker yoki shipper yuborgan kontrakt yuklarni tobora ko‘proq rad etyapti.Oddiy qilib aytganda: carrierlar kontrakt yukni rad qilib, spot bozorda qimmatroq yuk olishni afzal ko‘ryapti.Bu odatda ikki narsani bildiradi:• capacity qisqaryapti • freight rate’lar ko‘tarilish bosqichiga kiryaptiAgar trend davom etsa, yaqin oylar ichida spot rate’larda ham yana yuqoriga harakat ko‘rishimiz mumkin.🚚 InfoTruck — AQSHda Logistika
    1,220431Открыть в Telegram
  • InfoTruck - AQSH Logistika Bozori

    9 мар., 17:36изменён

    Chartga qaraganda AQShda diesel narxi keskin sakrab $4.67/gal ga chiqqan. Bu taxminan o‘tgan yilga nisbatan +$1/gal yoki ~+$0.14/mile qo‘shimcha xarajat degani. Trucking uchun bu sezilarli bosim, ayniqsa spot marketda ishlaydigan carrierlar uchun.Lekin boshqa tomoni, so‘nggi bir yil ichida trucking spot rate’lar taxminan +$0.51/mile oshgan. Ya’ni freight narxlari yoqilg‘i xarajatlaridan ancha tezroq ko‘tarilgan.Natija: diesel qimmatlashgan bo‘lsa ham, ko‘p carrierlar o‘tgan yilga qaraganda yaxshiroq holatda. Freight bozori yoqilg‘i zarbasini hozircha yuta olyapti.Qisqa xulosa: diesel spike — muammo, lekin hozirgi freight rate’lar fonida bu katastrofa emas, balki bozordagi kuchayish belgisi.🚚 InfoTruck — AQSHda Logistika
    1,070211Открыть в Telegram