Последние посты

Intellekt Books
25 авг., 02:09
#taqrizFrida Makfadden – O‘lim hujrasiFrida MakFaddenning 2024-yilda yozilgan “O‘lim hujrasi” (“Death Row”) asari aslida roman emas, kengaytirilgan novelladir. Garchi syujetga Gyugo va Dostoevskiyning O‘lim jazosini kutish motivlari kiritilgan bo‘lsa-da, har bir bobda va yakunda o‘quvchi kutilmagan hodisalarga duch keladi.Asarning yutuqlaridan biri — muallifning shubha va mavhumlik muhitini yaratish mahoratidir. Taliya Kemper haqiqatan ham jinoyatchimi yoki tuhmat qurbonimi? O‘quvchi bu savolga javob topishga urinarkan, har bir yangi detal avvalgi taxminlarini shubha ostiga qo‘yadi. Shu jihatdan asar klassik detektivdan ko‘ra ko‘proq psixologik triller ruhiga yaqindir. Chunki, 45 yoshli muallifning asl kasbi – neyrojarrohlik. Inson miyasi sirlari, ruhiy holatlarini yaxshi bilishining sababi ham shunda bo‘lsa kerak.Asardagi o‘rtaga tashlangan eng muhim mavzu - o‘lim jazosi va
Intellekt Books
18 авг., 05:54изменён
Uning so'nggi so'zlari✨Ba'zan bitta savol butun hayotingizni o'zgartirib yuborishi mumkin...Xanna eri g'oyib bo'lganidan so'ng, uning so'nggi so'zlari ortidan ketadi. Va shu jarayonda u eri haqida o'zi bilmagan haqiqatlarni kashf qila boshlaydi.Eng qiziq tomoni- bu oddiy detektiv emas.🔍 Kitob davomida oila, ishonch, sevgi va sirlar bir-biriga ulanib boradi.Har bir yangi sahifada "Keyin nima bo'ladi?" degan qiziqish paydo bo'ladi. Ayniqsa, kutilmagan burilishlari menga juda yoqdi.✨Agar siz:- sirli voqealarni; - oilaviy dramalarni; - kutilmagan burilishlarni; - oxirigacha qiziqishni ushlab turadigan kitoblarni yoqtirsangiz,bu kitob sizga ham yoqadi, ehtimol.⭐Mening bahom: 10/10
Intellekt Books
5 авг., 03:08
#tez_kundaHayotdan mazmun izlabIbrohim Al-Dosari
Intellekt Books
1 июл., 10:54
переслано из @qora_yigit
#finishedFrida Makfadden – “Oʻlim hujrasi”Makfadden psixologik triller janrida yetakchilardan biri, “Oʻlim hujrasi” asarida ham uning har doimgi bosh mavzusi o’z aksini topadi. Xoʻsh, uning asarlaridagi asosiy skelet nima, deganda travmalar va xiyonatning inson psixikasiga qanday ta’sir etishi deb javob berish mumkin.“Oʻlim hujrasi” aslida “Alibis” to’plamining bir qismi hisoblanadi. Bu toʻplamda muallif yolg’on, haqiqat va aldov haqidagi hikoya va qissalarini jamlagan.Syujet markazida Taliya Kemper ismli ayol turibdi. U eri Noelni o’ldirishda ayblangan holda o’lim jazosini kutmoqda. Oxirgi apellyatsiyasi ham rad etilgan, ijroga atigi bir necha kun qolgan, biroq Taliya o’z begunohligini dadil ta’kidlashda davom etadi. Hatto qotillik sodir etilgan paytda u boshqa joyda do’sti bilan tushlikda bo’lganini aytadi.Ammo kitobni o’qiy turib, o’zingizga savol berasiz: bu ayol haqiqatan


Intellekt Books
22 июн., 06:13
📘Koʻpincha omadsizlik sabab emas, juda erta taslim boʻlganimiz uchun muvaffaqiyatsizlikka uchraymiz.Har qanday yangi ish boshida hayajon boʻladi. Soʻngra qiyinchilik boshlanadi. Natija ko‘rinmaydi. Harakatlar behuda tuyuladi. Motivatsiya pasayadi. Shunda savol tugʻiladi hozir taslim boʻlishim kerakmikan?📖 Bu kitob "hech qachon taslim bo‘lmang" demaydi. Aksincha, juda noodatiy savol beradi: "Balki aynan hozir taslim bo‘lishingiz kerakdir?" Chunki hammasi ham kurashni davom ettirishga arzimaydi. Ammo kurashga arziydigan holatlar ham bor — va aksariyatimiz aynan o‘sha kurashishimiz shart boʻlgan joyda ortga qaytamiz.Bu motivatsion kitob emas. Bu qaysi jangda mardonavor turish kerak-u, qaysi jangni tark etish kerakligi haqida.#Taslim_bol #Set_Godin #ShaxsiyRivojlanish #Mutolaa
Intellekt Books
21 июн., 06:11
🚪Ba'zida sirlar eshik ortida emas. Uni ochayotgan odamning o‘zida boʻladi!Eymi siz bilgan oʻsha tibbiyot talabasi, u oʻzi istamagan psixatriya boʻlimida tunni oʻtqazishga majbur. Bu tun qanday oʻtgani bilan esa kitobni oʻqirkansiz tanishasiz. Eymi nega psixatsiya boʻlimiga kelishni istamaganini bilgach esa undan ham shubhalanishga toʻgʻri keladi😉Ha unutmang boʻlimda hamma-hamma shubhali! Hattoki siz🫵🏻 ham
Intellekt Books
20 июн., 07:14изменён
🤔Eng yaqin insoningiz 🫵🏻sizni butun umr aldagan, tasavvur qiling-a. Faqat buni u gʻoyib boʻlgachgina bilib qoldingiz.📖Laura Deyv - Uning soʻnggi soʻzlari, bu kimnidir izlash haqidagi, detektiv hikoya emas. Bu ishonch va aldov orasidagi qil koʻprik ustida turgan ayolning hikoyasi.🏡Bir uy. Bir oila. Bir sir. Va shu sirning ortidan quvgan sayin, haqiqatning birin-ketin parchalanib borishi haqida.🫥Kitobda shov-shuvli qotilliklar yoki dahshatli voqealar roʻy bermaydi. Ammo noaniqlik va astalik bilan yechiladigan jumboqlar sahifalarni tezroq varaqlashga majbur qiladi.📚Ba'zi kitoblar nimanidir shunchaki hikoya qiladi. Ba'zilari esa sizni voqeaning ichiga olib kiradi.✨ Uning soʻnggi soʻzlari — qanday qilib sizni voqealiklar ichiga olib kirganini bilmay ham qolasiz!
Intellekt Books
6 июн., 05:36
переслано из @qora_yigit
#finishedFrida Makfadden – "D bo'limi"Tungi o'n bir. Bir bob o'qiyman-u keyin uxlayman. Ana shunday fikr bilan boshlagandim kitobni. Ko'zimni ochib-yumishga ulgurmasimdan soat 3 bo'lib qo'ydi. Makfaddenning yoqqan tomoni odamni ilk bobdanoq o'yinning ichiga olib kirib ketishi bo'ldi.Hech qanday uzoq tayyorgarlik ko'rmasdan, hech qanday ortiqcha tasvirlarsiz. Kitobni ochgandan tap etib to'g'ridan-to'g'ri voqeaning markaziga tushib qolasiz. Uning asardagi kasalxona muhitini tasvirlashi ham juda maromida. O'qiyotib kasalxonaning g'alati hidlarini dimog'imda his qilib turdim.Bundan tashqari, kasalxonadagi har bir detal, tungi smenadagi og'ir jimjitlik ham juda jonli ko'rsatilgan. Shifokor tanishimga kasalxonadagi holatlarni qanchalik asosli tasvirlagan deb 4-5 varag'ini o'qib berganimda, xuddi men ishlaydigan kasalxonani tasvirlagandek ekan deb hayratlandi.Endi shuncha jonli


Intellekt Books
5 июн., 17:41
переслано из @qamar_ulgurji
🫨 Bu yerdan omon chiqish dargumon🌒 Detektiv va triller janridagi “D” boʻlimi asarida tibbiyot toʻnalishi talabasi Eymi Brenner kasalxonaning psixiatriya bo‘limida tungi navbatchilikka tayinlanadi.🤫 Barcha sirli voqealar, omon qolishga ilinj va kuchli qo‘rquv sabablari shu yerda boshlanadi.Xo'sh, Eymi bu vaziyatda qanday yoʻl tutadi? Muhimi, omon qola olarmikan?📚Kitob doʻkonlaridan soʻrang!@qamarnashriyoti
Intellekt Books
27 мая, 19:17
переслано из @qamarbooks
“Uning so‘nggi so‘zlari” kitobi SOTUVDA! 💥🙂 Suygan insonlaringiz siz o‘ylagandekmi? Ular g‘oyib bo‘lishsa, qanday yo‘l tutasiz?👣 Laura Deyvning “Uning so‘nggi so‘zlari” asari oilaviy drama va detektiv janrlari uyg‘unlashgan roman hisoblanadi.Mazkur kitobning boshqa detektiv asarlardan farqi shuki, unda qotillik yoki qonli voqealar emas, balki ishonch va sirlar birinchi o‘ringa chiqadi.🌪 Roman kitobxonga ushbu savolni o‘ziga berishga undaydi: “Siz eng yaqin deb bilgan insoningizni aslida qanchalik taniysiz?”• Muqovasi – yumshoq; • Sahifa – 304 bet; • Narxi – 59.000 soʻm.🚗 Viloyatlar bo‘ylab pochta ofislarigacha yetkazib berish 15.000 so‘mdan.• Xarid qilish uchun: ✍🏻 @qamar_delivery +998712037004 +998998454400
Intellekt Books
21 мая, 01:05
переслано из @qamarbooks
UNI ASRA! 🌱“Uning so‘nggi so‘zlari” romanida oilaviy sirlar, sadoqat, o‘gay ona va qiz munosabatlari kabi mavzular yoritilgan.📰 Bosh qahramon Hanna Hollning turmush o‘rtog‘i Ouen Maykls kutilmaganda g‘oyib bo‘lib, faqatgina ushbu ikki so‘zdan iborat xatni qoldiradi: “Uni asra”.❓ Hanna nimadan asrashi kerak edi? Kimni nazarda tutgandi?Mazkur asarni TEZ KUNDA “Qamar” do‘konlaridan topasiz!📌 Manzillar: • Alisher Navoiy 42. Mo‘ljal: Chorsu, Sobiq Gum ro‘parasi. • Seoul Mun koʻngilochar savdo markazi, 1-qavat. Moʻljal: "Ayla tantuni" yonida.@qamarbooks




Intellekt Books
18 мая, 12:36
переслано из @qora_yigit
Bu o‘zgacha shifoxonada hamma narsa nazorat ostida bo‘lishi kerak edi... Lekin kimdir qoidalarni buzishni boshlaydi. Eymi Brenner esa 13 soat davomida shu yerda qolishga majbur. Har bir sahifa Eymiga qo‘shilib sizni ham yangi shubhaga botiradi, topilgan har bir javob yangi savol tug‘diraveradi. „D bo‘limi“ni ochgan odamning uni yopishga kuchi yetmayapti...Psixologik triller va detektiv janridagi bu asar amerikalik yozuvchi Frida Makfaddenning qalamiga mansub. „D bo‘limi“ kitobini hozirgina „Intellekt books“dan sovg‘a qilib ketishdi. Qanaqa asar ekan deb, qiziqishda 20 betcha o‘qib ham qo‘ydim...Bu kitob hali sotuvga chiqdimi yoki yo‘qmi aniq bilmayman, lekin adrenalinga boy roman ekan. „Qo‘zichoqlar sukunati“ni sevib o‘qiganlar, bu asarga ham kasal bo‘lasizlar!➡️@qora_yigit


Intellekt Books
14 мая, 05:04
Vaqtingiz tig'iz kunlarda bu asar mutolaasiga kirishmaganingiz ma'qul.Chunki uni boshlash bor, yakunlash esa faqat oxirgi sahifa tugagach mumkin.🔥 Tez kunda - D bo'limi


Intellekt Books
23 апр., 08:39изменён
Майдондан қайтдик. Шаҳар харобаларидан олислашгач, ҳар битта киши ўз ҳаётидаги муваффақиятлари ва бахт ўлчамларини қайта кўриб чиқса, ўзига гўёки янги инсон бўлиб туғилгандек туюлса, ажаб эмас...🔥 "ҲАЁТДАН МАЗМУН ИЗЛАБ" – тез кунда
Intellekt Books
9 мар., 06:04изменён
✨Kitob muqovasi sizga maʼqulmi, izohlarda fikringizni yozib qoldiringchi✍🏻✨Ha aytgancha, yangi , JINOYAT, DALIL VA YECHIM turkumiga nima deysiz😉

