Последние посты

Iqbol Qo‘shshayeva
14 сент., 15:40
переслано из @uzbekloyiha
🔥 So‘zlar va matnlar ortiga yashiringan o‘zlik: Biz qanday yozyapmiz?Loyihamizning 2-moduli — “Til oyligi” doirasidagi navbatdagi, aqllarni charxlaydigan darsimizga tayyormisiz?Matn — bu shunchaki harflar yig'indisi emas, u millatning xarakteri, madaniyati va qiyofasini ko'rsatuvchi eng aniq oynadir. Xo‘sh, bugungi yozishmalarimizda, ijtimoiy tarmoq, adabiyot va OAV matnlarida milliy o‘ziga xosligimiz qay darajada saqlanib qolgan? Aslida u qanday bo'lishi kerak?Navbatdagi ochiq darsimizda aynan shu mavzuda eng dolzarb va qiziqarli savollarga javob izlaymiz.🎤Spiker: "Ibrat farzandlari" loyihasi savodxonlik darslari muallifi, muharrir Orif Tolib 📚Mavzu: Milliy o‘ziga xoslik matnlarda qanday aks etadi? 🗓 Sana: 18-sentabr, 2026-yil ⏰ Vaqti: 19:20
Iqbol Qo‘shshayeva
13 сент., 05:30изменён
Жавобга чорлаётган журналистнинг вазифаси — суҳбатдоши моҳиятини очиб бериш, унинг портретини ўз сўзлари орқали яратиш. Ва қаҳрамони воситасида жамиятнинг оғриқли нуқталарига нигоҳ қаратиб, ҳақиқат устига қопланган қалин кўрпанинг бир четини кўтаришдир.Ибрат Сафо журналистнинг асл миссияси нимадан иборат эканини, шараф ва шарафсизлик ўртасидаги чегарани кўрсатди. Холислик ва манфаат — айро тушунчалар эканини эслатди.У фақат бир одамнинг эмас, «анъаналари»га жуда содиқ расмий ўзбек журналистикасининг юзига кўзгу тутди.
Iqbol Qo‘shshayeva
11 сент., 08:02
https://youtu.be/p3SLqlcZmSM?si=xPYjKr-kTHiZy7ANYouTube“Tegirmon”: Fayzulla Xo‘jayev obraziga yangicha nigohEnjoy the videos and music you love, upload original content, and share it all with friends, family, and the world on YouTube.
Iqbol Qo‘shshayeva
2 сент., 08:59
переслано из @pirnashr
Madaniylashtirish missiyasiKitobda bayon qilingan mavzular so‘nggi besh-olti asr davomida sodir bo‘lgan jahon tarixidagi voqea-hodisalar bilan bevosita bog‘liq. Bu yerda keltirilgan masalalar inson hayotining barcha jabhalariga tegishli bo‘lib, bular orasida siyosat, iqtisodiyot, bilim, falsafa, din va san’at alohida ahamiyat kasb etadi.G‘arbiy yevropaliklar bosqinchilik faoliyatini qanday asoslagani bizning mavzumiz uchun muhim. Chunki bu jarayonda «civilisation» atamasi markaziy o‘rin tutadi. Darhaqiqat, fransuzlar va inglizlar G‘arbiy Yevropadan tashqari hududlarga kirib borishlarini u yerda yashovchi xalqlarga «madaniyat ne’matlaridan bahramand bo‘lish imkoniyatini berish» bilan izohlashgan. Shu maqsadni ular «Madaniylashtirish missiyasi» (Mission Civilisatrice) deb atashgan. Shu sababli «Madaniylashtirish missiyasi» atamasi mustamlakachilik siyosatining muhim g‘oyaviy
Iqbol Qo‘shshayeva
24 авг., 09:32
переслано из @mingkitobuz
#havolaIqtisodiyotni hikoyalar bilan o‘rgansa bo‘ladi(mi?)“Iqtisodiyotning muxtasar tarixi” kitobi tarjimoni Yorqinjon Haydarov bu borada nima deydi?Batafsil 👉 https://youtu.be/oF5G4AHy9Rc?si=tmNjw4HNF1oe2i5STelegram | Facebook | Instagram | YouTubeYouTubeIqtisodiyotni hikoyalar bilan o'rgansa bo'ladi! Havola 2Havola loyihasining bu galgi mehmoni taniqli tilshunos, tarjimon va muharrir Yorqinjon Haydarov bo'ldilar. Hilol-nashr nashriyotining bosh muharriri bo'lib faoliyat yuritayotgan Yorqinjon aka loyihamiz doirasida Nayl Kishtaynining "Iqtisodiyotning muxtasar…
Iqbol Qo‘shshayeva
22 авг., 09:16
переслано из @mingkitobuz
Qadrli kitobxonlar!Bizda yangi rukn – “Havola”. Ushbu ruknda mutaxassislar muayyan kitob yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib boradi.Ilk mehmonimiz – Marmara universiteti tadqiqotchisi, ta'lim bo‘yicha xalqaro ekspert, loyihamiz doirasida chop etilgan “O‘rganish yo‘llari” (Alan Pritchard) asari ilmiy muharriri Dilovar Rajabova.Ekspertimizning kitob haqidagi fikrlari bilan tanishing👇 https://youtu.be/tznLPyTDmWQ?si=R4wm63K9xPRYL6uvTelegram | Facebook | Instagram | YouTubeYouTubeO‘rganish yo‘llari. Yodlash – o‘rganish emas!Loyihada yangi rukn: havola. Mazkur ruknda ekspertlar muayyan bir kitob yuzasidan fikrlarini bildirib o'tadilar. Ilk sonimizda xalqaro ta'lim eksperti, Marmara universiteti tadqiqotchisi, "Role model educators" va "Chegara bilmas ustozlar" loyihalari asoschisi…
Iqbol Qo‘shshayeva
29 июл., 06:15
переслано из @kitobxonlik_madaniyatii
#Kitobxonlik_madaniyati #Tanlov #VideoroliklarVIDEROLIKLAR TANLOVI 📚BITTA KITOB. 100 TA G‘OLIB. 150 MILLION SO‘MLIK MUKOFOT! 🔥📚 O‘qishga tayyormisiz? 🌍 Bugun dunyoni anglashgachi? 🎬 Kreativ videorolik yaratishga-chi? 🏆 Unda 150 MILLION SO‘MLIK mukofot jamg‘armasidan o‘z ulushingizni olish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!💥 Ko‘p sonli kitobxonlarning talab va takliflariga binoan katta qiziqishlarga sabab bo‘lgan “Dunyo mamlakatlari” kitobi asosida videoroliklar tanlovi e'lon qilinadi.▶️ Tanlovga ishtirokchilar "DUNYO MAMLAKATLARI" KITOBI ASOSIDA, UNING MAZMUN VA MOHIYATIDAN KELIB CHIQQAN HOLDA, QIZIQARLI VA
Iqbol Qo‘shshayeva
26 июл., 02:59
переслано из @oyinauz
Bilim yo‘qolgandan keyin qul bo‘lasan!“Ziyolilar” loyihasining navbatdagi mehmoni — O‘zbekiston xalq artisti Dilorom KarimovaTomosha qiling: https://youtu.be/KK3UzfILWDARasmiy sahifalarimiz👇Telegram | Instagram | X | YouTube
Iqbol Qo‘shshayeva
14 июл., 04:13
переслано из @oyinauz
#MuzeyMunosabatOchiqlik, oshkoralik bo‘lmasa, mayda gap ko‘payadi – Erkin A’zamBunday xom ishni kim qilyapti, Madaniyat vazirligimi? “Dushman” kim o‘zi? Biz bilmayapmiz-da. Bundan davlatimiz rahbarining xabari bo‘lmasa kerak.Batafsil: https://oyina.uz/uz/article/4866Rasmiy sahifalarimiz👇Telegram | Instagram | X | YouTube
Iqbol Qo‘shshayeva
7 июл., 14:09
переслано из @oyinauz
Alisher Navoiy qanchaga sotildi? – Ziyolilar Adabiyot muzeyi joyida qolishini so‘ramoqdaIjtimoiy tarmoqlarda “Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi yopildi” degan xabar tarqaldi va bu ziyolilar, keng jamoatchilik orasida muhokama mavzusiga aylandi, keskin e’tirozlarga sabab bo‘ldi.Batafsil: https://oyina.uz/uz/article/4854Rasmiy sahifalarimiz👇Telegram | Instagram | X | YouTube
Iqbol Qo‘shshayeva
7 июл., 03:57
переслано из @oyinauz
⚡️ Turkiston qanday qulagan edi?Biz ko‘pincha Turkiston muxtoriyati, jadid bobolarimizning qismati yoxud milliy ozodlik harakati yetakchilari — qo‘rboshilarning jasorati haqida ko‘p bahs yuritamiz. Ammo asl fojia qachon va qanday boshlangan edi? Chor Rossiyasi, keyinchalik bolsheviklar istilosiga olib kelgan ichki parokandalik, tashqi siyosiy xatolar hamda tub sabablar nimalardan iborat bo‘lgan?“O‘zlik” ijtimoiy-ilmiy loyihasining navbatdagi ochiq darsida aynan shu og‘riqli, ammo bugungi kunimiz uchun ham o‘ta muhim bo‘lgan tarixiy davrni chuqur tahlil qilamiz.🎙 Navbatdagi spiker — taniqli tarixchi, olim, Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi ilmiy xodimi Bahrom Irzayev.📜 Mavzu: Turkistonning bosib olinishi va uning sabablari 🗓 Kuni: 10-iyul, Juma ⏰ Vaqti: 19:00 da 📍 Manzil: Renessans kino saroyiIshtirok etish barcha uchun erkin!
Iqbol Qo‘shshayeva
7 июл., 00:20
Музей — фақат экспонатлар сақланадиган маскан эмас. Унинг биноси — ўтмишнинг жонли гувоҳи, тошларга кўчган тарих, маданий хотиранинг ўчоғидир.Музей ўз номи билан МУЗЕЙ. Унинг қиймати янги бинолар билан эмас, йиллар давомида шаклланган тарихий муҳити билан белгиланади. Илдизидан узилган ҳар қандай «ислоҳот» тарихий хотирани заифлаштиради.Ҳа, бугун болаларимиз борадиган кўркам «Турон» кутубхонаси бор. Аммо Абдулла Қодирий ва Абдулҳамид Чўлпон қадами теккан, ҳаворанг ёғоч зинали ўша «Турон» хотиралар қаърига ғарқ бўлди...Токи кечаги хатолардан хулоса чиқармас эканмиз, ҳар янги даврни янги тарихий йўқотишлар билан қарши олишга маҳкум бўлаверамиз.
Iqbol Qo‘shshayeva
18 июн., 04:50
переслано из @uzbekloyiha
⚡️Turkiylarning buyuk imperiyalari qanday qurilgan va nega parchalangan?“O‘zlik” loyihasining navbatdagi ochiq darsiga taklif etamiz! Bu galgi suhbatdoshimiz — taniqli tarixchi, olim G‘aybulla Boboyor.🐺Mavzu juda dolzarb va qiziqarli: “Turkiy davlatchilik: qurilish va parchalanish sabablari”.Tariximizning eng muhim burilish nuqtalari, buyuk imperiyalarning yuksalish omillari hamda ularni inqirozga yetaklagan sabablar haqida ochiq muloqot va qizg‘in bahs-munozara olib boramiz.🗓 Kuni: 18-iyun, payshanba ⏰ Vaqti: 19:00 📍 Manzil: Renessans kino uyiKirish barcha uchun erkin. Keling, o‘zligimizni birga anglaymiz!Telegram | Instagram | Facebook | X | YouTube
Iqbol Qo‘shshayeva
18 июн., 04:40
переслано из @iqbol_qoshshayeva
ҚАЙДАСАН, МЎЪЖИЗА? (3-қисм)...Назаримда, ҳокимият соясида битилган солнома ҳақиқатга ўқилган жаноза кабидир. Дунё дунё бўлибдики, салтанант сарварлари марҳаматига кўз тиккан муаррих салламнодан бошқасига ярамайди...https://telegra.ph/ҚAJDASAN-MЎZHIZA-3-қism-09-24@Iqbol_QoshshayevaTelegraphҚАЙДАСАН, МЎЪЖИЗА? (3-қисм)ЗАМОНДОШИМ МЕНИНГ, ЖАНОБ РОСТОПЧИН! Лев Тостой. Уруш ва тинчлик
Iqbol Qo‘shshayeva
5 июн., 05:32
Ҳожиакбар Нурматов – актёрларнинг аристократи. Ҳожиакбар Нурматов – актёрларнинг шоири. Ҳожиакбар Нурматов – ҳаёт саҳнасининг нўноқ ўйинчиси... Ҳожиакбар Нурматов кўксига қамалган эҳтиросларини ЯШАЙ олмай кетган ИНСОН. Туйғулари чўнг, фикри ҳассос одам . У – ўзбек санъатининг Ҳамлети, ёлғизларнинг ёлғизи эди!Ҳожиакбар Нурматовнинг суҳбатини ўқиган журналист Камол ака шундай деган эди: “Чинданам бу актёр бошқача экан-ей. Бошқаларга ўхшамайди. Қайсидир йил мастақиллик байрами арафасида Ҳожиакбар Нурматовдан дил сўзларини ёзиб олиб, байрам сонимизнинг биринчи бетида чиройли расми билан қутлов беришимиз керак эди, “узр,укам, мен нимани ўйласам шуни гапираман, ўзизни ҳам, мени ҳам қийнаманг” деб рад этган”.У юрт мустақиллигига бепарво эдими? Йўқ. У бу қутловлар фақат битта одам учун эканини билар эди. Ундаги бунёдкорлик ҳақидаги битиклар фақат битта шахсга маъқул келиш учун ёзилишини
Iqbol Qo‘shshayeva
30 мая, 07:20
переслано из @oyinauz
Farosat noyob in’om – Iqbol Qo‘shshayevaning iztirob prizmasi obyektlariMuallif kashfiyotlari sinchkov o‘quvchini bexosdan o‘yga toldiradi. “Abdulla Oripov” filmi haqidagi maqola oddiy taqriz emas, qobiqdan chiqish! Po‘panak bosgan daqqilikdan yuz o‘girish!Batafsil: https://oyina.uz/uz/article/4731Rasmiy sahifalarimiz👇Telegram | Instagram | X | YouTube
Iqbol Qo‘shshayeva
23 мая, 17:04
переслано из @uzbekloyiha
⚡️O‘zligimiz asoslari qayerda? Biz aslida kimmiz?Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda Oyina.uz barcha o‘zligiga qiziquvchilarni yangi ijtimoiy-ilmiy minbar — “O‘ZLIK” kurslariga chorlaydi!Tariximiz, tilimiz, jamiyatimiz, adabiyot va san’atimizning eng muhim va qimmatli nuqtalarini mutaxassislar bilan birgalikda, qizg‘in muhokamalar ostida o‘rganamiz.📌 Loyiha haqida qisqacha: • Loyiha ochiq oflayn ma’ruza va muhokamalar shaklida o‘tadi. • Har bir modul 1 oy davom etadi va haftada 1 martadan muhokamalar tarzida tashkil etiladi. • Shuningdek, siz darslarni ijtimoiy tarmoqlarimiz hamda YouTube sahifamizda ham kuzatib borishingiz mumkin. • Ishtirok etish barcha uchun erkin!⏳ Ilk dars mavzusi va maxsus mehmonimiz kimligini tez orada e’lon qilamiz.Safimizga qo‘shiling va biz bilan o‘zligingizni anglang!Tel
Iqbol Qo‘shshayeva
17 мая, 12:14изменён
Умр йўлдошининг ижодига умуман қизиқмайдиган, бирор асарини ўқимаган аёллар ҳам бор. Тўғриси, аралашиб, ижодига халал бергандан кўра билмагани, ўқимагани ҳам яхши. Бироқ ўзини доно, сиёсий ҳушёр, маънавиятнинг ишончли қўриқчиси деб ҳисобласа – ана унда урди Худо! Бундай аёл ўзининг тангу тор, даққи қарашлардан иборат дунёчасига эрини эгиб-букиб сиғдиришга ҳаракат қилади. Оқибатда не-не асарлар дунёга келибоқ бўғилади, ё туғилмасдан ўлади.Бордию аёли шон-шуҳрат, моддият, ялтироқ нарсаларга ўч бўлса-чи? Ва эрини замонасозлик қилиш, ёлғон ёзишга ундаса-чи?.. Ҳар жабҳада ижодкорни тушунадиган, ҳамдард-ҳамфикр бўладиган, қўллаб-қувватлайдиган инсонни топиш қандай саодат!Ижодкорга ҳамнафаслик юкини ҳамма ҳам кўтара олмайди. Айнан шу икки одамнинг бир-бирига муносабати кези келганда миллат адабиётининг тақдирини ҳал қилади. Гулмира Мусажонова
Iqbol Qo‘shshayeva
17 мая, 02:47
https://youtube.com/shorts/pc-KRiD_HYI?si=25lEvu8Pqa7RODisYouTubeO'zbekiston kino beshigi - BBC News O'zbekLondonda tarixiy lahza…Eng qadimiy kinoteatrlardan birida O‘zbekistonning ovozsiz filmlari namoyish etildi .Kinoshunoslar ta’kidlashicha, O‘zbekiston Markazi...
Iqbol Qo‘shshayeva
13 мая, 13:22
переслано из @oyina_portali
Талқини минг хил куй – Мурод Муҳаммад Дўст портретига чизгиларАдибнинг фикрича, буюк миллат, буюк халқ ва буюк инсонгина ўз устидан кула олади. Гуржиларни олинг, яҳудийларни олинг, ўзи ҳақида юзлаб-минглаб латифалар тўқиб, дунёни қойил ва маҳлиё қилиб келади. Раҳматли Саид Аҳмад акада бор эди шундай улуғлик. Рауф Парфи дунёнинг устидан кулиб ўтди. Биз-чи?Oʻz: https://oyina.uz/uz/article/4682Ўз: https://oyina.uz/kiril/article/4683Расмий саҳифаларимиз👇Telegram | Facebook | X | Instagram
