Аватар канала Iqtisodiy labirint

Iqtisodiy labirint

@iqtisodiylabirint

Kanalda nafaqat iqtisodiyot, balki, shaxsiy rivojlanish va boshqa mavzularda ham gaplashamiz. Murojaat uchun: @iqtisodiy_adm

ПроектыUZОбразование

32,400подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • Iqtisodiy labirint

    25 сент., 10:55

    "Bepul" so'zi nega miyani "o'chirib qo'yadi"?Tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, odamlar hatto foydasiz narsani ham, agar u "bepul" bo'lsa, tanlashga moyil bo'lishadi.Chunki bunda hisob-kitob qilish qobiliyati vaqtincha susayadi. Shuning uchun "2 ta olsangiz, 3-chisi bepul" degan aksiyalar aslida sizni ko'proq xarid qilishga undaydi, garchi kerak bo'lmasa ham.@iqtisodiylabirint
    Иллюстрация к посту канала Iqtisodiy labirintИллюстрация к посту канала Iqtisodiy labirint
  • Iqtisodiy labirint

    25 сент., 06:18

    Yangi uy sotib olishdan oldin qanday tekshirish kerak — muammolardan qochishga yordam beradigan 3 ta onlayn-servisBitimdan oldin uy egasini, kadastr ma’lumotlarini va ko‘chmas mulkka qo‘yilgan taqiqlar bor-yo‘qligini tekshiring.open.ngis.uz — kadastr raqami va ob’ekt ma’lumotlari; davreestr.uz — mulkdor va mavjud cheklovlar; my.gov.uz — ko‘chmas mulk tarixi, hujjatlar va taqiqlar.Olingan ma’lumotlarni sotuvchi taqdim etgan hujjatlar bilan solishtiring.@iqtisodiylabirint
    Иллюстрация к посту канала Iqtisodiy labirintИллюстрация к посту канала Iqtisodiy labirint
  • Iqtisodiy labirint

    25 сент., 04:09

    Bir vaqtlar inson yolg'iz qolishiga fursat topilardi: avtobusda, ishga piyoda ketayotganda yoki kimnidir kutayotganda odam o'zi bilan muloqot qilishi mumkin edi.Hozir esa yolg'iz qoldi deguncha odamlar telefoniga yopishadi, quloqchin taqadi va allaqanday o'yinlarga berilib ketadi. Ular texnologiyaning quliga aylanib bo'ldi. O'tmish mo'jizalari yangiliklar tumani ichra ko'zdan yo'qolmoqda. Den Braun ("Ibtido" kitobidan)@iqtisodiylabirint
    Иллюстрация к посту канала Iqtisodiy labirintИллюстрация к посту канала Iqtisodiy labirint
  • Iqtisodiy labirint

    24 сент., 15:41

    Daraxtning ildizi yer ostida qanchalik chuqur bo‘lsa, u shamolga shunchalik chidamli bo‘ladi. Insonning ham ichki qadriyatlari shunday — ularsiz har qanday bo‘ron uni yiqitishi mumkin.@iqtisodiylabirint
    Иллюстрация к посту канала Iqtisodiy labirintИллюстрация к посту канала Iqtisodiy labirint
  • Iqtisodiy labirint

    24 сент., 15:00

    Octobank ipotekasi — yillik 20% danOctobank ipotekasi bilan birlamchi yoki ikkilamchi bozordan xonadon xarid qilish mumkin.- muddati — 10 yilgacha; - boshlang‘ich to‘lov — 20% dan; - Octobank ish haqi loyihasi ishtirokchilari va korporativ mijozlar xodimlari uchun maxsus stavka — yillik 18% dan (2026-yil 31-dekabrgacha amal qiladi).Onlayn ariza berish: ipotekaOcto-mobile | Instagram | YouTube Telegram | Facebook | 71-202-33-33
    Иллюстрация к посту канала Iqtisodiy labirintИллюстрация к посту канала Iqtisodiy labirint
  • Iqtisodiy labirint

    24 сент., 11:25

    Nega ba'zi milliarderlar sizdan kamroq soliq to'laydi?2021-yilda ProPublica jurnalistlari sensatsion tergov o'tkazishadi. Jeff Bezos, Ilon Mask va Uorren Baffet kabi dunyoning eng boy odamlari ba'zi yillarda umuman soliq to'lamagan yoki juda oz miqdorda to'lashgan edi.Buning siri, ular maosh emas, balki aksiyalar orqali boyigani edi. Aksiya qiymati oshsa ham, uni sotmaguningizcha, bu "daromad" hisoblanmaydi va soliqqa tortilmaydi.Bu strategiya "Buy, Borrow, Die" (Sotib ol, qarz ol, o'l) deb ataladi. Boylar aksiyalarini garovga qo'yib arzon kredit olishadi, sarflashadi, vafot etganda esa merosxo'rlarga aktivlar "yangilangan narxda" o'tadi va oldingi o'sish umuman soliqqa tortilmaydi!@iqtisodiylabirint
    Иллюстрация к посту канала Iqtisodiy labirintИллюстрация к посту канала Iqtisodiy labirint
  • Iqtisodiy labirint

    24 сент., 08:36

    ❗️Xodimlarga farzandlarining kontrakt to‘lovi qoplab beriladiKamida 1 ming nafar ishchisi bo‘lgan korxonalarning xodimlarni o‘qitish, malakasini oshirish hamda ish joyiga olib kelish va olib ketishdagi transport xarajatlarining 50 foizi kompensatsiya qilinadi.Bunday korxonalarda kamida besh yil ishlagan xodimlarga farzandlarining kontrakt to‘lovi qoplab beriladi.@iqtisodiylabirint
  • Iqtisodiy labirint

    24 сент., 08:20

    ❗️Kredit olish osonlashadi. Talablar yengillashtiriladiEndi real pul oqimi, buyurtma va shartnomalar, debitorlik qarzi, tovar aylanmasi hamda biznes zanjiriga asoslangan kompleks moliyaviy mahsulotlar keng joriy qilinadi:- Kichik tadbirkorlarning lider korxona yoki yirik buyurtmachi bilan uzoq muddatli shartnomasi kredit garovi sifatida qabul qilinadi.- 500 million so‘mgacha bo‘lgan loyihalarni kreditlashda biznes-reja talab etilmaydi. Kredit garovga emas, pul oqimiga qarab ajratiladi.- Eksportbop mahsulot uchun xomashyo sotib olish kreditlarida esa sug‘urta polisining o‘zi garov sifatida yetarli bo‘ladi.- To‘qqizta davlat bankiga bir oyda biznesni o‘stirishga ko‘maklashadigan 20 ta yangi bank mahsulotini taklif etish vazifasi qo‘yildi.@iqtisodiylabirint
  • Iqtisodiy labirint

    22 сент., 08:42

    "Tuz puli""Salary" (ingliz tilida — maosh) so'zi lotincha "salarium" so'zidan kelib chiqqan, bu esa "tuz uchun to'lov" degan ma'noni bildiradi.Qadimgi Rimda askarlarga maosh bilan birga tuz sotib olish uchun maxsus ustama haq berilgan. Bu toʻlov "salarium" (tuz puli) deb atalgan. Chunki tuz o'sha davrda oziq-ovqatni saqlash uchun juda qimmatli va tanqis resurs hisoblangan. Vaqt oʻtib, bu soʻz har qanday oylik maoshni anglatuvchi "salary" soʻziga aylangan.Balki shu sababdan "u o'z tuzini oqlamayapti" degan ibora, ya'ni ishlagan haqini oqlamayapti — bugungi kungacha saqlanib qolgandir!@iqtisodiylabirint
    Иллюстрация к посту канала Iqtisodiy labirintИллюстрация к посту канала Iqtisodiy labirint
  • Iqtisodiy labirint

    22 сент., 05:58

    Bank kartangiz bloklandimi?Endi buning sababini bilish ancha oson. Batafsil videoda.@iqtisodiylabirint
  • Iqtisodiy labirint

    22 сент., 04:01

    Suv bo'lgan har yerda qurbaqa bo'lmasligi mumkin, lekin qurbaqa bo'lgan yerda doimo suv bo'ladi. Qamchi bor joyda qul bo'lmasligi mumkin, ammo qul bor joyda aniq qamchi bo'ladi. Gyote.@iqtisodiylabirint
    Иллюстрация к посту канала Iqtisodiy labirintИллюстрация к посту канала Iqtisodiy labirint
  • Iqtisodiy labirint

    21 сент., 10:58

    4 yurishda motSamarqandda oʻtayotgan 46-Shaxmat olimpiadasida qiziq holat kuzatildi. Marshall orollari jamoasi tarkibida oʻynayotgan Abon Arelong Markaziy Afrika Respublikasi vakili Fransua Gambaga qarshi bahsda atigi 4 yurishdan soʻng mot boʻldi.@iqtisodiylabirint
  • Iqtisodiy labirint

    21 сент., 06:51

    Mercedes agar xodimlar ko'proq ishlab, kamroq maosh olishga rozi bo'lmasalar Germaniyadagi zavodini yopish bilan tahdid qilmoqdaAytilishicha, xodimlar uchun qilinadigan yuqori xarajatlar tufayli ishlab chiqarish foydasiz bo'lib qoldi va zavod quvvatlari kompaniyaning hozirgi ehtiyojlaridan sezilarli darajada oshib ketdi.Mercedes'ning bu talabi yuqori xarajatlar va ortiqcha quvvatlar sharoitida ishlab chiqarishni saqlab qolish uchun tashlangan majburiy iqtisodiy optimizatsiya chorasidir.Kompaniya daromad marjasini saqlab qolish va xarajatlarni kamaytirish uchun xodimlarga bosim o‘tkazmoqda, bu esa Yevropada an'anaviy sanoatni saqlab qolish naqadar qiyinlashib borayotganini ko‘rsatadi.@iqtisodiylabirint
    Иллюстрация к посту канала Iqtisodiy labirintИллюстрация к посту канала Iqtisodiy labirint
  • Iqtisodiy labirint

    21 сент., 03:28

    Vijdon azobi degan narsa egasining esida turmas ekan. Hamma birovlarnikini aytib yurarkan. Aziz Nesin.@iqtisodiylabirint
    Иллюстрация к посту канала Iqtisodiy labirintИллюстрация к посту канала Iqtisodiy labirint
  • Iqtisodiy labirint

    20 сент., 13:51

    💰Давлат ишида ёки банкда ишламоқчимисиз?Энг сўнгги ва муҳим хабарларни шу ерда кузатиб боринг.МАНЗИЛ:👇 https://t.me/+_aQMD6EugjA1NjJi https://t.me/+_aQMD6EugjA1NjJi
    Иллюстрация к посту канала Iqtisodiy labirintИллюстрация к посту канала Iqtisodiy labirint
  • Iqtisodiy labirint

    19 сент., 13:18

    “Malika”dagi iPhone 18 narxlari #@iqtisodiylabirint
  • Iqtisodiy labirint

    19 сент., 04:36

    Hech kim och qolmasin sira dunyoda, Hech kim to'q bo'lmasin haddan ziyoda. Birov ochlik sabab yovuz har doim, Boshqasini to'qlik aylagan zolim. Rasul Hamzatov.@iqtisodiylabirint
    Иллюстрация к посту канала Iqtisodiy labirintИллюстрация к посту канала Iqtisodiy labirint
  • Iqtisodiy labirint

    18 сент., 14:48

    Forbes xabariga ko‘ra, 2024-yilgi saylovlardan keyin Donald Trampning boyligi 2,7 milliard dollarga oshgan va hozirda 7 milliard dollar deb baholanmoqda.@iqtisodiylabirint
    Иллюстрация к посту канала Iqtisodiy labirintИллюстрация к посту канала Iqtisodiy labirint
  • Iqtisodiy labirint

    18 сент., 14:30

    Pul qayerga ketayotganini bilasizmi?Tushum bor, pul aylanmoqda. Lekin oy oxirida yana “pul qayerga ketdi?” degan savol oʼylantiryaptimi?Bu ko‘pchilikda uchraydigan muammo. Daromadni bilishning o‘zi yetmaydi — pul oqimi, xarajatlar, qarzdorlik va real foydani ham nazorat qilish kerak.Shaxsiy yoki biznesdagi pulni boshqarish, xarajatlarni optimallashtirish, foydani to‘g‘ri hisoblash va buxgalteriyadagi real vaziyatlar sodda tilda tushunmoqchi boʼlsangiz.Nazariya emas, amaliyotda ko‘rilgan real holatlarni bilib, moliyaviy raqamlarni yaxshiroq tushunishni istasangiz kanalimizga qo‘shiling.
    Иллюстрация к посту канала Iqtisodiy labirintИллюстрация к посту канала Iqtisodiy labirint
  • Iqtisodiy labirint

    18 сент., 11:23

    🇨🇳 Xitoy qanday qilib bunchalik rivojlanib ketdi?@iqtisodiylabirint