Последние посты

Irmoqlar
22 сент., 08:35

Irmoqlar
22 сент., 07:32

Irmoqlar
22 сент., 05:32
#mutolaadagi_asarLev Tolstoy qalamiga mansub "Urush va tinchlik" asari.-Siz bu kitobni o‘qiganmisiz? - Asar mutolaasi jarayonida nimalarga alohida e'tibor qaratish kerak? -Kitobxonlarga tavsiyalaringiz bilan izohlarda bo‘lishib keting.🧕Kitobxonlarimiz safiga qo‘shilishni istasangiz @Irmoqlar_bosh_koordinatori profiliga murojat qiling!Irmoqlar — Biz bilan ilm dengizini kashf eting!🔗 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!🌱 Telegram 👍 Instagram




Irmoqlar
21 сент., 14:28
переслано из @peshqadam_karvoni
#Irmoqlar #TaqrizJonathan Haidtning "Behalovat avlod" kitobi.Ushbu kitobdan millenniallar va "Z" avlodi haqida bilib oldim. Bu kitobning maqsadi — yo‘limizni yoritish, ko‘zimizni ochishdan iborat.Hayotimizga telefon, internet, messenjerlar, gadjetlar kirib keldi. Hayotimiz tubdan o‘zgardi va behalovat kunlar boshlandi. Biz o‘zimizni boshqara olmay, qaramlik holiga kelib qoldik. Vaqtimiz isrofiga berildik, juda ko‘p do‘stlarning diydoridan telefon ustun bo‘lib qoldi. "Zamon talabi", deymiz-u, oramizda mehr, o‘zaro iliq suhbat, samimiy choy ichib, chaq-chaqlashish degan holatlar yo‘qoldi. Har kim o‘zi va telefoni bilan ovora bo‘lib qoldi.Bu kitobdan o‘zimni isloh qilishni, taftish qilishni o‘rgandim. Farzandlarim mendan o‘rnak olar ekanlar, men ham ularning yonida telefon ishlatmaslikka qaror qildim.Lekin insonmiz, o‘zimizga oyna bo‘la olmaymiz.— U telefonda o‘tiribdi,


Irmoqlar
21 сент., 04:04
#navbatdagi_mutolaa🌱 25-kitob.🌱 Navbat uzoq kutilgan klassik asarga!Rus adabiyoti namoyondasi Lev Tolstoy qalamiga mansub "Urush va tinchlik" asari.🌱 «Urush va tinchlik» nimasi bilan mashhur?🔵Bu asarni faqat Napoleon urushlari haqida yozilgan tarixiy roman deyish kamlik qiladi.🔵Tolstoy urushni inson taqdiri bilan yonma-yon tasvirlaydi: kimdir hayotining ma’nosini izlaydi, kimdir muhabbatni topadi, kimdir esa yo‘qotishlar orqali o‘zini anglay boshlaydi.🔵Asarning diqqatga sazovor jihatlaridan biri — tarix va inson hayotining bir-biriga tutashib ketishi. Bir tomonda urushlar, imperatorlar va sarkardalar bo‘lsa, boshqa tomonda oddiy insonlarning sevgisi, oilasi, qo‘rquvi,


Irmoqlar
20 сент., 15:04
переслано из @abdulkarim_hasan
#учрашув✨«Ирмоқчалар»нинг бир йиллик байрами! Кеча, 19 сентябрь куни «Регистон» хусусий мактаби биносида «Ирмоқчалар» китобхон болажонлар гуруҳининг ташкил топганига 1 йил тўлиши муносабати билан файзли тадбир бўлиб ўтди. Энг қувонарлиси, Республикамизнинг турли вилоятларидан шу гуруҳнинг фаол, зеҳнли ва китобсевар болажонлари ўз ота-оналари ҳамроҳлигида ташриф буюришди. Болажонларнинг саҳна кўринишлари, илмга интилиши ва кўзларидаги қувончни кўриб одамнинг дили яйрар экан. ✨Келажак авлод камолоти йўлида фидойилик кўрсатаётган барча ташкилотчилар, фаоллар ва ғамхўр ота-оналарга чин дилдан раҳмат айтаман. Бугун экилган илм уруғи эртага фарзандларимизнинг, қолаверса, бутун жамиятимизнинг кўз қувончига айланади, иншааллоҳ! Тадбир сўнггида эса барча фаол ўқувчилар муносиб тақдирландилар. ✨ Азиз ота-оналар! Ҳали «Ирмоқчалар» (Irmoqchalar) гуруҳига қўшилмаган бўлсангиз, фарзандингиз биланTelegramIrmoqchalarIrmoqchalar – bolalar kitobxonlik klubi Kichik yoshlardan to 7-sinfgacha bo‘lgan barcha bolalarni biz bilan birga o‘qishga taklif qilamiz! Bu yerda qiziqarli kitoblar tanlanadi, savol-javoblar va online suhbatlar o‘tkaziladi.
Irmoqlar
20 сент., 10:16
переслано из @peshqadam_karvoni
🎉 Kuni kecha “Irmoqchalar” faoliyat boshlaganiga 1 yil to’lgani munosabati bilan chiroyli tadbir bo‘lib o‘tdi.✨ Birgalikda o‘tgan mazmunli kunlar, amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar sarhisob qilindi.🎥 Tadbirdan to‘liq lavhani tez kunlarda e’tiboringizga havola qilamiz.🌐 Telegram 3️⃣ Instagram 🌐 YouTube 4️⃣ Facebook
Irmoqlar
18 сент., 14:02
#TafakkurKimligingizni unutib qo‘ygan bo‘lsangiz unda bu kitobni albatta o‘qing...Qaysi kitobni tavsiya qilgan bo‘lar edingiz? Izohlarda yozamiz🌱
Irmoqlar
18 сент., 10:00
#hikoyaBolaligimdan qiziqqan orzuyimga erishish uchun yillar davomida o'qidim, tinimsiz mehnat qildim va nihoyat eng nozik kasblardan birining egasiga aylandim.Har kuni qo'limda odamlarning taqdiri turardi. Birgina xato kimnidir hayotini olib qo'yishi mumkin edi. Shunday bo'lsa-da, har safar ish stolimga qo'rquv bilan emas, mas'uliyat bilan yaqinlashardim.Yillar o'tgani sayin angladimki, bu kasb faqat ilm emas ekan. U kamtarlik, sabr va xatolaring bilan yashashni ham o'rgatar ekan. Hamma ham inson — hamma ham adashadi.Kasbim menga shu haqiqatni o'rgatdi: ba'zan hamma narsani maʼromiga keltirish mumkin, ba'zan esa faqat qo'lingdan kelganini qilib, zarar yetkazmaslikka harakat qilasan.Aziz kitobxonlar! Aytingchi men kimman va mening kasbim nima?


Irmoqlar
18 сент., 07:43
#xayrli_kunBizda tayyorgarlik avjida...Ertaga kimlar taqdirlanar ekan🤔🥰
Irmoqlar
17 сент., 04:48
#30_kitobBiz 24-kitobni boshladik!Navbatdagi mutolaa — Jon Steynbek qalamiga mansub «U zamonlarda urush bor edi» kitobi.Asarda jang tafsilotlari, vatanidan olisda yurgan amerikalik askarlarning o'y-kechinmalari, talotumlardan ozgina bo'lsa ham chalg'ish maqsadida vaqtincha yashab turgan yerlarida ularning sabzavotlar yetishtirishga urinib ko'rganliklaridan tortib, samolyotda, kemada, mashinada amalga oshirilgan urush safarlari, bu jarayonda sodir bo'lgan turli voqealar, qanday qilib, Sitsiliyadagi kichik shaharchaning ozod qilinishi va qo'shinlar joylashtirilishi, oroldagi nemis garnizonini aldab, taslim bo'lishga majbur qilgan Amerika parashyutchilar otryadi ofitserining hiylasi, notanish o'lkalarning tabiati, turfa fe'l-atvorga ega aholisi haqida hikoya qilinadi.🧕Kitobxonlarimiz safiga qo‘shilishni istasangiz @Irmoqlar_bosh_koordinatori


Irmoqlar
16 сент., 15:02
#TafakkurBir hakim zotga: "Ey hakim zotlar! Nima uchun sizlar o'zingizga yetgan musibatdan biz mahzun bo'lganchalik xafa boʻlmaysizlar? Yoki biror narsaga erishganda biz xursand boʻlganchalik shod boʻlmaysizlar?" deyishdi.U zot: "Chunki qachondir barcha narsa bizni tark qiladi yoki biz uni tark qilamiz. Yo'q boʻlib ketadigan narsani mahkam ushlash uchun esa asos yoʻq", deb javob berdi.


Irmoqlar
16 сент., 10:04
#hikoyaMen oddiy inson edim. Hayotimning katta qismi urushdan keyingi og‘ir yillar, odamlarning dardi va jamiyatdagi o‘zgarishlar ichida kechdi. Ko‘p narsani ko‘rdim: insonning qanchalik buyuk ishlar qilishga qodirligini ham, ba’zan o‘z manfaatlari yo‘lida qanday tubanlashishini ham.Yillar o‘tib, men hayot haqida ko‘p narsani tushunib yetdim. Inson bu dunyoga shunchaki kelib-ketmaydi. Uning qilgan ishlari, aytgan so‘zlari, boshqalarga qoldirgan izi undan keyin ham yashaydi.Bir paytlar menga oddiy tuyulgan narsalar endi boshqacha ko‘rina boshladi. Inson o‘z vijdonidan qochib qutula olmas ekan. O‘tmishni unutish, yaqinlarini unutish, o‘z ildizlaridan voz kechish — tirik qolish degani emas ekan.Men tobora bir savol bilan yashay boshladim: insonning haqiqiy o‘limi qachon boshlanadi?Tana bir kun yo‘q bo‘ladi. Ammo insonning xotirasi, qilgan yaxshiligi, boshqalarning hayotiga


Irmoqlar
16 сент., 07:01
#kutubxonalar_goyalari🤩 Dunyodagi barcha kutubxonalar ham sokin binolar ichida, yoqimli lampa yorug‘ligi ostida tashkil etilmagan.🌱 Shunday kutubxonalar borki, ular haqida eshitib, goh hayratga tushasiz, goh esa bor sharoitingizga shukr qilasiz. Yana shundaylari ham borki, ular haqida o‘qib, beixtiyor: "Nahotki, shunday kutubxona ham bo‘lsa?" — deb qolasiz.➡️ Shulardan biri eshak-kutubxonalar yoki "Biblioburro": Kolumbiyalik o‘qituvchi Luis Soriano ikkita eshagiga (Alfa va Beto ismli) kitoblarni ortib, tog‘li va borish qiyin bo‘lgan qishloqlardagi bolalarga o‘n yildan ortiq vaqt davomida kitob tarqatgan.🧕Kitobxonlarimiz safiga qo‘shilishni istasangiz @Irmoqlar_bosh_koordinatori profiliga murojat qiling!Irmoqlar — Biz bilan ilm dengizini kashf


Irmoqlar
16 сент., 05:12
#iqtibosXalq to‘g‘ri aytgan ekan: "Do‘stni dushman qilmoq ersang — biriga amal ber", deb!..Murod Muhammad Do‘st "Lolazor" kitobidan


Irmoqlar
15 сент., 15:35
Kitobxonlar shu yerdamisizlar?Izohlarda qizg‘in suhbatga nima deysizlar? 💬


Irmoqlar
14 сент., 14:19
переслано из @peshqadam_karvoni
#IrmoqchalarKitobsevar avlod📚 Bir yil davomida kitob bilan do‘stlashgan, mutolaa bilan ulg‘ayayotgan, har bir sahifadan yangi olam kashf etayotgan bolajonlarimizning quvonchli kuni yaqin!✨ Irmoqchalar loyihasining 1 yilligi hamda "Irmoqlar bilan 30 kitob" marafoniga bag‘ishlab tashkil etilayotgan "Kitobsevar avlod" tadbiriga barchangizni taklif qilamiz.Tadbir davomida sizni:🟤 loyihalarimizning bir yillik sarhisobi; 🟤 ustozlar bilan samimiy va mazmunli suhbat; 🟤 kitobxonlar uchun qiziqarli o‘yin va topshiriqlar; 🟤 faol kitobxonlar bilan tanishuv; 🟤 yana bir qancha yangi taassurotlar va unutilmas lahzalar kutmoqda.📅 19-sentabr soat 10:00 da


Irmoqlar
14 сент., 11:02
переслано из @peshqadam_karvoni
#Irmoqchalar📚 “Irmoqchalar” tashkil qilingandan so’ng bolalarni ham sekin-asta kitobxonlikka o’rgata boshladik.😍 Bugun ularni natijalarini ko’rish quvonchli.✨ Mayli, yodlab olib gapirsin. Lekin kitobni yaxshi ko’rib o’qigani sezilib turibdi.💡 Aytgancha, “Irmoqchalar”imizda ajoyib yangilik bor. Bu yangilik bilan soat 19:00 da tanishtiramiz.🌐 Telegram 3️⃣ Instagram 🌐 YouTube 4️⃣ Facebook
Irmoqlar
14 сент., 10:04
#hikoyaAslzoda oiladanman. Ammo taqdir meni yoshligimdayoq sog'lig'im bilan sinadi. Og'ir dard sabab yurtimdan uzoqda, begona mamlakatda yillar davomida davolandim.Pulim ham, mansabim ham, obro'yim ham yo'q edi. Faqat odamlarning qalbi aslida qanday bo'lishi kerakligi haqidagi ishonchim bor edi.Yurtimga qaytganimda boylik orttirish, mansab egallash yoki kimnidir yengish niyatida emasdim. Men faqat insonlarga yaxshilik qilish mumkin, deb ishonardim.Ammo bu yerda hamma narsa pul, mavqe va manfaat bilan o'lchanarkan. Samimiylikni nodonlik, kechirimni ojizlik, poklikni telbalik deb bilishardi. Men esa odamlarni qanday bo'lsa shunday sevishga harakat qildim.Bir ayolni jamiyat xorlagan edi. Uni qutqarishni istadim. Boshqa bir qiz esa meni chin dildan sevardi. Ammo men hech kimni baxtli qila olmadim. Kimning hayotiga kirgan bo'lsam, go'yo fojia yaqinlashardi.Atrofimdagi odamlar


Irmoqlar
14 сент., 07:00
#lug_atMiytaba — tanlab olingan.Murtazo — rozi bo‘lingan.Hodaf — nishon.Halil — yaqin do‘st, samimiy yor, arabcha “xalil” — juda yaqin, sodiq do‘st.Murg‘ak — yosh, hali voyaga yetmagan, ko‘chma ma’noda beg‘ubor, tajribasiz.Gazovot — urush-janglar haqidagi kitob.Vayda — nazar qilish, o‘rganish.Qatiyfa — ustga kiyiladigan yengsiz kiyim.Aqroba — yaqin kishilar, urug‘-aymoqlar ma’nolarini anglatadi.

