Последние посты

ISHTIXON MA'NAVIYAT MARKAZI
22 сент., 12:02
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi. — Cостоялся телефонный разговор Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева с Президентом Туркменистана Сердаром Бердымухамедовым.#Mirziyoyev #muloqot #Turkmaniston #hamkorlikPrezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
ISHTIXON MA'NAVIYAT MARKAZI
22 сент., 05:00
#kun_hikmatiUnutmang, hamma narsa goʼzal tanaffuslardan keyin paydo boʻladi.Mark Avreliy.🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: TELEGRAM| FACEBOOK INSTAGRAM YOU TUBE
ISHTIXON MA'NAVIYAT MARKAZI
22 сент., 04:51
Biz 1991-yilda xalqimizning xohish-irodasi va qat’iyati bilan o‘z davlat mustaqilligimizni qo‘lga kiritdik.Aslida buyuk istiqlolimiz ildizlari uch ming yildan ziyod bo‘lgan davlatchilik an’analarimiz va qadimiy sivilizatsiyamiz tarixiga borib taqaladi.Birinchi va Ikkinchi Renessans davrida Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Mir Alisher Navoiy kabi buyuk allomalarimiz bashariyat tafakkuri xazinasini boyitgan.Sohibqiron Amir Temur bobomiz barpo etgan davlat esa adolat va bunyodkorlik timsoli sifatida tarix zarvaraqlaridan munosib o‘rin olgan.Vatan ozodligi va milliy istiqlol yo‘lida jonini fido qilgan Behbudiy, Munavvarqori, Fitrat, Qodiriy, Cho‘lpon kabi jadid bobolarimizning hurriyat haqidagi orzu-niyatlari bugun Yangi O‘zbekistonda to‘liq ro‘yobga chiqmoqda.Mustaqillik, eng avvalo, bizga shonu sharafimizni, muqaddas
ISHTIXON MA'NAVIYAT MARKAZI
22 сент., 04:40
переслано из @manaviyat_markaz
🔷 Saida Mirziyoyeva BMT qarorgohida Antoniu Guterrish bilan muloqot o‘tkazdiBugun Prezident Administratsiyasi rahbari Nyu-York shahrida BMT Bosh kotibi bilan uchrashdi. Unda o‘zaro aloqalarni rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi.Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman,- dedi S.Mirziyoyeva.Mamlakatimiz va BMT institutlari o‘rtasidagi munosabatlar bugun aniq ko‘rsatkichlar bilan mustahkamlanib bormoqda. Hozirgi vaqtda tashkilot tuzilmalari ishtirokida yurtimizda umumiy qiymati 293 million dollarlik 166 ta qo‘shma loyiha amalga oshirilmoqda. Ushbu dasturlar sog‘liqni saqlash, sifatli ta’lim, kambag‘allikni
ISHTIXON MA'NAVIYAT MARKAZI
22 сент., 02:00
#Xayrli_tongHech bir inson aslida kimligini, qayerdan kelganiyu qay tomonga ketayotganini bilmaydi. Ammo biz barchamiz birgamiz, bu bilishimiz mumkin bo‘lgan yagona haqiqat.🌤 Seshanba kuningiz xayrli boʻlsin!🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: TELEGRAM| FACEBOOK INSTAGRAM YOU TUBE
ISHTIXON MA'NAVIYAT MARKAZI
21 сент., 09:24
🇺🇿🇷🇺Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinni Davlat Dumasiga saylovlar bilan tabrikladi!O‘zbekiston Prezidenti saylovchilarning yuqori faolligini ta’kidladi va saylovlar Rossiya jamiyatining siyosiy madaniyati va fuqarolik birlashuvini namoyish etganini ta’kidladi.Mirziyoyev shuningdek, ovoz berish natijalari va saylovlarning tashkil etilishini ham ta’kidlagan🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: TELEGRAM| FACEBOOK INSTAGRAM YOU TUBE
ISHTIXON MA'NAVIYAT MARKAZI
21 сент., 09:10изменён
Prezidentimizning Qoraqalpog‘istonga tashrifi: bir el, yagona xalq bo‘lib, Qoraqalpog‘istonning ulkan imkoniyatlari va salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarib, hudud taraqqiyoti va odamlarning farovon hayoti yo‘lida yanada yuksak marralarga erishamiz.🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: TELEGRAM| FACEBOOK INSTAGRAM YOU TUBE
ISHTIXON MA'NAVIYAT MARKAZI
21 сент., 06:15изменён
Haftaning eng muhim voqealari sharhi:Prezident Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi sermahsul muzokaralar va muhim kelishuvlarga boy bo‘ldi. “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” sammitida davlatimiz rahbari muhim tashabbuslarni ilgari surdi. Qoraqalpog‘istonga tashrif davomida hududni rivojlantirish, investitsiyalarni ko‘paytirish va yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha yangi imkoniyatlar belgilandi.🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: TELEGRAM| FACEBOOK INSTAGRAM YOU TUBE
ISHTIXON MA'NAVIYAT MARKAZI
21 сент., 05:00
#kun_hikmatiHamma to‘g‘ri yashashning emas, uzoq yashashning tashvishini qiladi. Vaholangki to‘g‘ri yashash hammaning o‘ziga bog‘liq, uzoq yashash esa hech kimning.Lusiy Anney SENEKA.🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: TELEGRAM| FACEBOOK INSTAGRAM YOU TUBE
ISHTIXON MA'NAVIYAT MARKAZI
21 сент., 02:03
#Xayrli_tongMenga yoqadigan hamma narsaga ham ega emasman. Lekin men o‘zimdagi bor narsani yoqtiraman.✍️ Tolstoy🌤Dushanba kuningiz xayrli boʻlsin!🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: TELEGRAM| FACEBOOK INSTAGRAM YOU TUBE
ISHTIXON MA'NAVIYAT MARKAZI
20 сент., 06:01
#iqtibos📚Ayollarning, xususan, qiz bolaning o‘qib, oliy ma’lumotli bo‘lishi, kasb-hunar egallashi oila baxti, farzandlar kamoli uchun, shu asosda butun jamiyat ravnaqi uchun xizmat qiladi.Shavkat Mirziyoyev🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: TELEGRAM| FACEBOOK INSTAGRAM YOU TUBE
ISHTIXON MA'NAVIYAT MARKAZI
20 сент., 03:03
#xayrli_tongRIZQRizq ikki xil bo‘ladi: Biri seni qidiradigan rizq. Biri sen qidiradigan rizq. Seni qidiradigani ojiz bo‘lsang ham, seni topib boradi. Sen qidiradigan rizqqa esa faqat sa’y-harakat bilan erishasan. Bu ham rizqingdir. Birinchisi Allohning fazli, ikkinchisi Allohning adolatidir.©️Ali ibn Abu Tolib🌤 Yakshanba kuningiz xayrli boʻlsin!🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: TELEGRAM| FACEBOOK INSTAGRAM YOU TUBE
ISHTIXON MA'NAVIYAT MARKAZI
19 сент., 06:01
#Kun_hikmatiShohona, biroq kutubxonasiz uyga achinaman.Jeyn Ostin.🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: TELEGRAM| FACEBOOK INSTAGRAM YOU TUBE
ISHTIXON MA'NAVIYAT MARKAZI
19 сент., 05:26изменён
Onamni yil emas dardim qaritdi...🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: TELEGRAM| FACEBOOK INSTAGRAM YOU TUBE
ISHTIXON MA'NAVIYAT MARKAZI
19 сент., 02:02
#Xayrli_tongInsonning ichi qanchalik bo‘sh bo‘lsa, u tashqarisini shunchalik bezatishga harakat qiladi. Ichki dunyosi boy inson tashqi dunyodagi "yaltiroq" narsalarga ehtiyoj sezmaydi, chunki uning ichki ehtiyojlari ilm, san’at va tafakkur bilan to‘yingan bo‘ladi.🌤 Shanba kuningiz xayrli boʻlsin!🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: TELEGRAM| FACEBOOK INSTAGRAM YOU TUBE
ISHTIXON MA'NAVIYAT MARKAZI
18 сент., 12:16
“Milliylik tuyg’usi Samarqandda”2026-yil 18-sentabr kuni Ishtixon Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida 🇸🇱 Yosh avlod qalbida milliy qadriyatlarga hurmat, ajdodlar merosiga sadoqat hamda ustoz-shogird an’analarini yanada mustahkamlashga qaratilgan mazmunli ma’naviy-ma’rifiy jarayon tashkil etildi. Milliylik — bu nafaqat milliy kiyim yoki urf-odat, balki xalqimizning odob-axloqi, kattaga hurmati, kichikka izzati, mehr-oqibati va kasb-hunarga bo‘lgan munosabatida namoyon bo‘ladigan bebaho qadriyatdir. Ustoz o‘zining bilim va tajribasini shogirdiga o‘rgatar ekan, nafaqat kasb sirlarini, balki halollik, mas’uliyat, intizom, insoniylik va Vatanga sadoqat kabi fazilatlarni ham singdiradi. Tadbir davomida o'quvchi-yoshlarga milliy kiyimlar tarixi to'g'risida ma'lumotlar berildi. Milliylik yoshlarning ma'naviy dunyoqarashini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.🔰Bi
ISHTIXON MA'NAVIYAT MARKAZI
18 сент., 08:05изменён
Ba’zi voqealarni so‘z bilan tasvirlash qiyin. Ularni his qilish uchun esa tarixga nazar tashlash kifoya...Bu video — xalqimiz boshidan kechirgan sinovlar, ayriliqlar, dard va iztiroblar bilan birga, o‘zbek xalqining matonati, sabri va Vatanga bo‘lgan muhabbatini aks ettiradi.Har bir kadr ortida — bir taqdir. Har bir nigoh ortida — bir hikoya. Har bir avlod zimmasida esa — tarixni unutmaslik mas’uliyati.Bugungi tinch kunlarning qadriga yetish uchun kechagi kunlarni unutmasligimiz kerak.Tarixni bilgan xalq — o‘zligini anglaydi. O‘zligini anglagan xalq — kelajagini bunyod etadi.🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: TELEGRAM| FACEBOOK INSTAGRAM YOU TUBE
ISHTIXON MA'NAVIYAT MARKAZI
18 сент., 06:53
#Ishtixon_tuman #Siyosiy_maʻrifat_soati Navbatdagi "Siyosiy-ma’rifat soati" bo‘lib o‘tdi.2026-yil 18-sentyabr sanasida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Ishtixon tumani bo‘linmasi hamda Ishtixon tumanidagi barcha tashkilot, korxona va muassasalarida xodimlar hamda davlat xizmatchilari uchun navbatdagi bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari, jahonda va mamlakatimizda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy-ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi. Siyosiy-ma’rifat soatida yurtimizda hamda xorijda ro‘y berayotgan ahamiyatga molik voqealar tafsiloti, mutolaa vaqti rukni, huquqiy savodxonlik (hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati) haqida to‘xtalib o‘tildi.🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: TELEGRAM| FACEBOOK INSTAGRAM YOU TUBE
ISHTIXON MA'NAVIYAT MARKAZI
18 сент., 06:48изменён
Prezident Shavkat Mirziyoyev tashrif bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘ladi.Ikki kunlik safar davomida davlatimiz rahbari sanoat, qishloq xo‘jaligi, ta’lim, tibbiyot, transport, turizm va sport sohalaridagi loyihalar, aholi bandligini ta’minlash va mahallalarni obodonlashtirish borasidagi ishlar bilan tanishadi. Shuningdek, bir qator yangi loyihalarni ishga tushirish va qurilishiga start berish rejalashtirilgan.Tashrif doirasida Qoraqalpog‘istonni kompleks rivojlantirish bo‘yicha navbatdagi ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkaziladi.🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: TELEGRAM| FACEBOOK INSTAGRAM YOU TUBE
ISHTIXON MA'NAVIYAT MARKAZI
18 сент., 06:03
#Kun_hikmatiMenga yoqadigan hamma narsaga ham ega emasman. Lekin men o‘zimdagi bor narsani yoqtiraman.Tolstoy.🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: TELEGRAM| FACEBOOK INSTAGRAM YOU TUBE
