Последние посты

Istanbul Boshkonsulxonasi
20 сент., 16:54
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi shaxs O‘zbekistonga qaytarildiO‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organlari o‘rtasidagi samarali hamkorlik natijasida xalqaro qidiruvda bo‘lgan S.A. Turkiya hududida aniqlanib, qo‘lga olindi hamda O‘zbekistonga qaytarildi.S.A. ajratilgan kredit mablag‘larini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilib, davlat budjetiga jami 5 milliard so‘m miqdorida zarar yetkazganlikda gumon qilinmoqda. U O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi bilan xalqaro qidiruvga berilgan edi.Mazkur shaxs tegishli tergov va protsessual harakatlarni davom ettirish uchun O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organlariga topshirildi.O‘zbekiston va Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari o‘rtasidagi yaqin hamkorlik jinoyatchilikka qarshi kurashish, xalqaro qidiruvdagi shaxslarni
Istanbul Boshkonsulxonasi
19 сент., 19:59
⚽️ Eldor Shomurodovdan yana bir gol!Hamyurtimiz Eldor Shomurodov “Gençlerbirliği”ga qarshi uchrashuvda yana bir bor raqib darvozasini ishg‘ol qilib, dubl qayd etdi.O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori “Başakşehir”ning 4:0 hisobidagi yirik g‘alabasiga munosib hissa qo‘shdi.Eldorga kelgusi uchrashuvlarda ham omad va zafarlar tilaymiz! 🇺🇿⚽️
Istanbul Boshkonsulxonasi
19 сент., 17:41
⚽️ ELDOR SHOMURODOVDAN NAVBATDAGI GOL! 🇺🇿2026-yil 19-sentabr kuni Istanbul shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Başakşehir” — “Gençlerbirliği” uchrashuvida O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Eldor Shomurodov jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi.Ayni paytda uchrashuv davom etmoqda.Eldor Shomurodovga kelgusi o‘yinlarda ham omad va yangi zafarlar tilaymiz! 👏🇺🇿
Istanbul Boshkonsulxonasi
18 сент., 06:27
🇺🇿 Istanbulda qiyin ahvolga tushgan ona va uch farzandi Vatanga qaytarildi17-sentyabr kuni O'zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulligi ko'magida og'ir ahvolga tushib qolgan vatandoshimiz uch nafar farzandi bilan Turkiyadan Vatanga jo'natildi.Ayol mehnat faoliyati maqsadida Turkiyaga kelgan, biroq bolalari bilan boshpanasiz va yordamsiz qolgan edi. Murojaat kelib tushishi bilan Bosh konsulxona tomonidan O'zbekiston Respublikasi Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda oziq-ovqat bilan ta'minlandi, zarur hujjatlarni rasmiylashtirib, Vatanga qaytish aviachiptasi olib berildi.Aeroportda vatandoshimiz chet elda qiyin ahvolga tushib qolgan ayol va bolalar taqdiriga befarq qolmagani — ularni Vatan bag'riga qaytarish bo'yicha alohida tashabbuslari uchun Prezidentimizga, amaliy yordami uchun esa Migratsiya agentligi va Bosh konsullik xodimlariga chuqur minnatdorchilik bildirdi.Istanbulda
Istanbul Boshkonsulxonasi
17 сент., 12:48
🇺🇿🤝🇹🇷 O‘zbekistonlik bunyodkorlar mehnatiga ehtiromIstanbul xalqaro aeroporti yaqinida “Kalyon Holding” tomonidan barpo etilayotgan “Florentia Village Istanbul” loyihasining ochilishiga sanoqli kunlar qoldi.Ushbu yirik majmua qurilishida o‘zbekistonlik mehnatkashlar ham faol ishtirok etib, o‘zlarining halol mehnati va kasbiy mahorati bilan munosib hissa qo‘shmoqdalar.Vatandoshlarimiz mehnatiga hurmat ramzi sifatida majmua peshtoqida O‘zbekiston va Turkiya davlat bayroqlari yonma-yon jilolanmoqda.Bu manzara ikki qardosh xalq o‘rtasidagi do‘stlik, hamjihatlik va o‘zaro hurmatning yana bir yorqin ifodasidir.
Istanbul Boshkonsulxonasi
15 сент., 14:23
2025-yil avgust oyida Istanbul shahrining Umraniye tumanida o‘z turmush o‘rtog‘ini o‘ldirishda ayblangan O‘zbekiston fuqarosi U.S. hamda unga yordam berganlikda ayblangan O‘.B. vatandoshimizga oid sud majlisi bo‘lib o‘tdi.Sud yakuniga ko‘ra, O‘.B. qamoqdan ozod qilindi. U.S. ga nisbatan qarorini e’lon qilish esa navbatdagi sud majlisiga qoldirildi.
Istanbul Boshkonsulxonasi
15 сент., 11:06
Bosh konsulxona diplomatlari bugun 15 sentabr kuni ayni vaqtda vatandoshlarimiz huquqini himoya qilish uchun Istanbul shaxar Kartal tumani 12-og’ir jazo mahkamasi sud jarayonida ishtirok etmoqdalar.
Istanbul Boshkonsulxonasi
10 сент., 13:20
переслано из @bakhtiyor_saidov
Turkiya tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Ayshe Berris Ekinji xonimni qabul qilishdan mamnunmiz.Bugun ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida boʻlib oʻtgan siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi natijalarini olqishladik.🇺🇿🤝🇹🇷 keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlari barcha yoʻnalishlarda jadal rivojlanayotganini qayd etdik.Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdik, boʻlajak tadbirlar rejasini muhokama qildik.Pleased to receive Ayşe Berris Ekinci, Deputy Minister of Foreign Affairs of the Republic of Türkiye.Welcomed the outcomes of the latest round of political consultations between the Foreign Ministries of Uzbekistan and Türkiye, held today.Noted the dynamic development of comprehensive strategic partnership between 🇺🇿🤝🇹🇷 across all areas.Exchanged views on pressing issues of international and
Istanbul Boshkonsulxonasi
8 сент., 11:58
RASMIY MUNOSABATTurkiyaning Mug‘la viloyati Milas tumanida O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi M.B. bilan bog‘liq holat so‘nggi kunlarda Turkiyaning “Sözcü”, “Yeni Şafak”, “Haberler”, “Karar” kabi qator OAVlari, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritilmoqda.Xususan, ayrim OAVlarda M.B. to‘y marosimidan so‘ng katta miqdordagi tilla va ziynat buyumlarini olib, g‘oyib bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgan.Aniqlangan ma’lumotlarga ko‘ra, M.B. hech qayerga qochib ketmagan va hozirda Milas hududida. U o‘z ixtiyori bilan mahalliy politsiya bo‘limiga borib, holat yuzasidan ko‘rsatma bergan.M.B. o‘ziga nisbatan bildirilgan da’volarni rad etib, to‘yda taqilgan tilla buyumlarni onasi bilan birgalikda qaynotasiga topshirganini bildirgan. Uning ma’lum qilishicha, qaynotasi keyinchalik ushbu tillalarni kredit va boshqa qarzlarini to‘lash uchun sotganini o‘zaro yozishmalarda qayd etgan.Fuqaro
Istanbul Boshkonsulxonasi
6 сент., 08:10
переслано из @iadunyo_uz
Istanbuldagi Bosh konsulxona ko‘magida O‘zbekistondagi texnikumlarga zamonaviy o‘quv jihozlari taqdim etildiBatafsil БатафсилРус | Eng | Facebook | X | YouTube | Instagram
Istanbul Boshkonsulxonasi
2 сент., 12:13
переслано из @iadunyo_uz
O‘zbekiston mahsulotlari Istanbuldagi ko‘rgazma orqali Turkiya bozoriga yo‘l ochmoqdaBatafsil БатафсилРус | Eng | Facebook | X | YouTube | Instagram
Istanbul Boshkonsulxonasi
1 сент., 14:11
RASMIY MUNOSABATJoriy yilning 30-avgust kuni soat 22:30 da O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga Beyoğlu tumanidagi masjidlardan birining imomi qo‘ng‘iroq qilib, 13 yoshli O‘zbekiston fuqarosi S.J. haqida ma’lumot berdi.Bosh konsulxona diplomatlari zudlik bilan voqea joyiga borib, voyaga yetmagan vatandoshimizni Bosh konsulxonaga olib kelishdi hamda uning yaqin qarindoshlarini aniqlash va ular bilan bog‘lanish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rishdi.1-sentabr kuni S.J. onasiga sog‘-salomat topshirildi.Bosh konsulxona mazkur masalada ko‘mak ko‘rsatgan Turkiyaning tegishli idoralari va fuqarolariga minnatdorlik bildiradi.
Istanbul Boshkonsulxonasi
1 сент., 13:49
Hurmatli vatandoshlar,O‘zbekiston Respublikasining Istanbuldagi Bosh konsulxonasi tomonidan fuqarolarimizning murojaatlarini joyida o‘rganish, ularni qiynayotgan konsullik-huquqiy masalalar bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish hamda tegishli masalalarga tezkor yechim topish maqsadida Istanbul shahrining Bashakshehir tumanidagi “Mehmet Akif Ersoy” masjidi qoshidagi yig’ilish xonasida sayyor qabul o‘tkaziladi.Shu bilan bir qatorda yurtimizdan Din ishlari boyicha qo’mitadan kelgan mehmonlar ishtirokida suhbat o’tkazish ham rejalashtirilmoqda.Manzil: Kayabaşı, Kayabaşı mahallesi Başpınar sokak no 6/1, 34494 Başakşehir/İstanbulhttps://maps.app.goo.gl/5QgEpCQJGaX4CnTx7Sana: 02.09.2026 Vaqti: soat 11:00 - 13:00
Istanbul Boshkonsulxonasi
1 сент., 04:24
Aziz vatandoshlar!Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz!Ushbu ulug‘ va qutlug‘ ayyomda barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat, xonadonlaringizga fayzu baraka tilaymiz. Jonajon O‘zbekistonimizda tinchlik va osoyishtalik abadiy, xalqimizning farovonligi va Vatanimiz taraqqiyoti yanada yuksak bo‘lsin!Yurtimiz bayrog‘i hamisha baland, osmonimiz musaffo, xalqimiz hamjihat va baxtiyor bo‘lsin!🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin!
Istanbul Boshkonsulxonasi
27 авг., 15:06
переслано из @turkiyadagi_elchixona
O'zbekiston — F Istanbul 2026 xalqaro ko'rgazmasidaAyni kunlarda Istanbul shahrida oziq-ovqat sanoati, qishloq xo'jaligi mahsulotlari, qayta ishlash, qadoqlash va iste'mol tovarlariga bag'ishlangan nufuzli F Istanbul 2026 xalqaro ko'rgazmasi bo'lib o'tmoqda.Bu yil O'zbekiston mazkur yirik xalqaro ko'rgazmada faxriy mehmon mamlakat sifatida keng miqyosda ishtirok etmoqda.O'zbekiston milliy ekspozitsiyasi uchun 800 kvadrat metr maydon ajratilgan bo'lib, unda mamlakatimizning 70 ga yaqin eksportchi korxonasi o'z mahsulotlarini namoyish etmoqda.Milliy stendda O'zbekistonning meva-sabzavot va qayta ishlangan mahsulotlari, quruq meva va yong'oqlar, konditer mahsulotlari, ichimliklar, oziq-ovqat mahsulotlari, tayyor mahsulotlar hamda boshqa eksportbop tovarlari keng namoyish etilmoqda.Ko'rgazma doirasida o'zbek tadbirkorlari Turkiya va boshqa mamlakatlarning yirik importchilari,
Istanbul Boshkonsulxonasi
25 авг., 16:47
📢 SAYYOR QABUL! Hurmatli Bolgariyada (Sofiya shahri va unga yaqin hududlarda) istiqomat qilayotgan hamyurtlar! O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan konsulxonaga turli sabablar bilan kela olmayotgan vatandoshlarimiz uchun navbatdagi Sayyor qabul Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Sayyor qabul davomida vatandoshlarimiz bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularning murojaatlari tinglanadi hamda tegishli konsullik-huquqiy xizmatlar ko‘rsatiladi. 🗓 Sana: 26-avgust 2026-yil (Chorshanba) ⏰ Vaqt: 11:00 – 14:00 📍 Manzil: Bolgariya, Sofiya shahri, O‘zbekiston Respublikasining Faxriy konsulligi binosi. ul. “Belovodski pat” №15–17, 1616 Sofia, Bulgaria
Istanbul Boshkonsulxonasi
18 авг., 15:47
📢 SAYYOR QABUL!Hurmatli Turkiyaning Yalova va Bursa viloyatlarida istiqomat qilayotgan hamyurtlar!O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan konsulxonaga turli sabablar bilan kela olmayotgan vatandoshlar uchun navbatdagi Sayyor qabulni Bursa viloyatining Gemlik tumanidagi “Korfezim Zeytinyagi” fabrikasi ofisida (Bursa faxriy konsulxonasi yangi binosi) o‘tkazish rejalashtirilmoqda.🗓 Sana: 19-avgust 2026-yil (Chorshanba) ⏰ Vaqt: 10:30-13:00 📍 Manzil: Umurbey, Gemlik caddesi,No: 7, 16600, Gemlik/BursaXarita orqali ko‘rish
Istanbul Boshkonsulxonasi
18 авг., 07:21
RASMIY MUNOSABATIjtimoiy tarmoqlarda Turkiyaning Aydın viloyatida 30 nafardan ortiq O‘zbekiston fuqarosi bank kartalari orqali amalga oshirilgan shubhali pul o‘tkazmalari bilan bog‘liq holat yuzasidan qo‘lga olingani haqida xabarlar tarqalmoqda.Turkiya Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tegishli tuzilmalaridan olingan dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur holat doirasida 10 nafarga yaqin O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.Hozirgi vaqtda ularning ayrimlari sud qaroriga asosan jazoni ijro etish muassasasida, ayrimlari deportatsiya markazida saqlanmoqda. Yana bir qismi esa mamlakat hududidan chiqmaslik sharti bilan ozod etilib, ularga nisbatan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.Fuqarolarga nisbatan ko‘rilayotgan huquqiy choralar ularning mazkur holatga aloqadorlik darajasi, bank hisobvaraqlari orqali o‘tkazilgan mablag‘lar miqdori
Istanbul Boshkonsulxonasi
13 авг., 12:14
🇺🇿 ТУРКИЯДА ОҒИР ВАЗИЯТГА ТУШИБ ҚОЛГАН ФУҚАРОЛАРИМИЗ ВАТАНГА ҚАЙТАРИЛДИЎзбекистон Республикасининг Истанбул шаҳридаги Бош консулхонаси томонидан Туркия ҳудудида оғир ижтимоий-молиявий вазиятга тушиб қолган фуқаролар А.А. ва Б.Д.нинг ҳолати ўрганилиб, уларга амалий ёрдам кўрсатилди.Ўрганишлар давомида фуқароларнинг шахсий ҳужжатлари билан боғлиқ муаммога дуч келгани, хусусан, фуқаролик паспортларини учинчи шахсларга бериб қўйгани натижасида ҳужжатларисиз қолгани аниқланди.Миграция агентлиги билан ҳамкорликда фуқароларга зарур консуллик ва ташкилий ёрдам кўрсатилиб, уларнинг Ўзбекистонга қайтиши учун авиачипталар билан таъминланишига кўмаклашилди.Бош консулхона фуқароларимизни ҳар қандай ҳолатда ҳам фуқаролик паспортларини бошқа шахсларга бермаслик, ҳужжатларини эҳтиёт қилиш ва улардан фақат қонуний мақсадларда фойдаланишга чақиради.
Istanbul Boshkonsulxonasi
7 авг., 07:39
🇺🇿🇹🇷 ⚖️ BEPUL YURIDIK MASLAHAT KUNI 📢 DIQQAT, HURMATLI VATANDOSHLAR! Oʻzbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan 2026-yil 10-avgust kuni Turkiya Respublikasida istiqomat qilayotgan hamda vaqtincha boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun “Bepul yuridik maslahat kuni” tashkil etiladi. 👨🏫 Tadbir doirasida Toshkent davlat yuridik universiteti professor-oʻqituvchilari va tajribali amaliyotchi yuristlar tomonidan fuqarolarga bepul yuridik konsultatsiyalar taqdim etiladi. 📚 Maslahatlar quyidagi yoʻnalishlarni qamrab oladi: ⚖️ Fuqarolik huquqi; 👨👩👧 Oila va meros huquqi; 💼 Mehnat huquqi va mehnat munosabatlari; 🏠 Uy-joy va mulkiy munosabatlar; 📝 Shartnomalar va majburiyatlarga oid huquqiy masalalar; 🌍 Migratsiya, hujjatlarni rasmiylashtirish hamda konsullik-huquqiy masalalari; 🛡️ Fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini
