Последние посты

IT Park Uzbekistan
24 сент., 12:22
✨ ICTWEEK UZBEKISTAN 2026 doirasidagi SABRIYA dasturi yakunlandiDastur davomida ishtirokchilar IT sohasida karyera qurish, sun’iy intellektdan samarali foydalanish, yetakchilik, tadbirkorlik, shaxsiy rivojlanish va o‘ziga ishonch mavzularida ekspertlar bilan ochiq muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.Sessiyalar davomida qizlarning texnologiyalar sohasidagi ishtirokini kengaytirish, teng imkoniyatlar yaratish va yangi kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘rtasida tanlov tashkil etilib, unda faol ishtirok etgan va yuqori natija ko‘rsatgan qatnashchilar taqdirlandi.SABRIYA bilim va tajriba almashish, yangi aloqalarni yo‘lga qo‘yish hamda ishtirokchilarning o‘z salohiyatini yanada rivojlantirishi uchun amaliy maydon bo‘ldi.—✨ The SABRIYA program at ICTWEEK UZBEKISTAN 2026 has concludedThroughout the program, participants engaged with experts on careers in IT, effective use of artificial intelligence, leadership, entrepreneurship, personal development, and self-confidence.Particular attention was also given to expanding women’s participation in technology, creating equal opportunities, and developing new professional skills.The event concluded with a competition among participants, followed by an awards ceremony recognizing those who demonstrated strong engagement and results.SABRIYA served as a practical platform for exchanging knowledge and experience, building new connections, and supporting participants in further developing their potential.Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn




IT Park Uzbekistan
24 сент., 11:49
✨ “IT’dagi salohiyat boshqalar uchun yangi imkoniyatlarga aylanadi”ICTWEEK UZBEKISTAN 2026 doirasidagi SABRIYA tadbirida Yulia Yakovleva, Person Hunters asoschisi va rahbari, O‘zbekiston Ish beruvchilar assotsiatsiyasi direktori, IT sohasidagi shaxsiy rivojlanish, tadbirkorlik va yetakchilik haqida taqdimot o‘tkazdi.U o‘z faoliyatini texnik ta’lim va telekommunikatsiya sohasidan boshlagani, keyinchalik texnologiyalar va HR kesishmasida Person Hunters kompaniyasiga asos solgani haqidagi tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.Taqdimotda rivojlanishning uch bosqichiga alohida e’tibor qaratildi: g‘oya mahsulotga, mahsulot imkoniyatlar muhitiga, shakllangan muhit esa yangi kun tartibi va yetakchilikka aylanadi.Shuningdek, ayollarning tadbirkorlik va texnologiyalardagi roli tobora kengayib borayotgani qayd etildi. Taqdimotda keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda ayol tadbirkorlar soni 2020–2024-yillarda 7 baravar oshib, 2,1 millionga yetgan.—✨ “Turning Potential in IT into New Opportunities for Others”As part of the SABRIYA event at ICTWEEK UZBEKISTAN 2026, Yulia Yakovleva, Founder and Head of Person Hunters and Director of the Association of Employers of Uzbekistan, delivered a presentation on professional growth, entrepreneurship, and leadership in IT.She shared her journey from a technical background and telecommunications to founding Person Hunters at the intersection of technology and HR.Her presentation highlighted three stages of growth: an idea becomes a product, a product creates an environment, and that environment can eventually shape a broader agenda and leadership.She also highlighted the growing role of women in entrepreneurship and technology. According to the data presented, the number of women entrepreneurs in Uzbekistan increased sevenfold between 2020 and 2024, reaching 2.1 million.Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn




IT Park Uzbekistan
24 сент., 11:30
✨ “Sun'iy intellekt ish o‘rinlarini emas, undan foydalana olmaydiganlarni ortda qoldiradi”ICTWEEK UZBEKISTAN 2026 doirasidagi SABRIYA tadbirida Inna Ozhogina, Amazon Web Services (AWS) kompaniyasining Markaziy Osiyo, Kavkaz va Mongoliya bo‘yicha mintaqaviy menejeri, qizlarning IT va texnologiyalardagi karyerasi hamda sun’iy intellekt davrida zarur bo‘ladigan ko‘nikmalar haqida so‘z yuritdi.U matematika va dasturlash yo‘nalishida tahsil olgani, keyinchalik Microsoft, Oracle, SAP va AWS kabi xalqaro texnologik kompaniyalarda faoliyat yuritgani haqidagi tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.Inna Ozhogina sun'iy intellektdan qo‘rqish emas, undan samarali foydalanishni o‘rganish muhimligini ta’kidladi. Uning fikricha, sun’iy intellektning o‘zi ish o‘rinlarini egallamaydi, biroq undan foydalanishni biladigan mutaxassislar mehnat bozorida ustunlikka ega bo‘ladi.“AI bu shunchaki texnologiya. Muhimi, undan to‘g‘ri foydalanishni bilish.”U AI bilan ishlashda inson nazorati va mas’uliyati saqlanib qolishi zarurligiga ham alohida e’tibor qaratdi. AI variantlarni taklif qilishi va jarayonlarni tezlashtirishi mumkin, biroq yakuniy qaror inson tomonidan qabul qilinishi, natija uchun javobgarlik ham inson zimmasida qolishi kerak.Shuningdek, AI yechimlaridan foydalanishda xolislik, xavfsizlik va maxfiylik masalalari doimo nazoratda bo‘lishi kerakligi qayd etildi.—✨ “AI won’t take your job. Someone using AI will.”As part of the SABRIYA event at ICTWEEK UZBEKISTAN 2026, Inna Ozhogina, Country Manager for Central Asia, Caucasus and Mongolia at Amazon Web Services (AWS), spoke about career opportunities for women in technology and the skills needed in the AI era.She shared her journey from studying mathematics and programming to building a career across international technology companies, including Microsoft, Oracle, SAP, and AWS.Inna Ozhogina emphasized that the key is not to fear AI, but to learn how to use it effectively. In her view, AI itself will not simply replace people, but professionals who know how to work with it will gain a clear advantage in the labor market.“AI is just a technology. What matters is knowing how to use it effectively.”She also highlighted the importance of keeping human oversight and accountability at the center of AI use. AI can suggest options and accelerate processes, but final decisions should remain with people, who must also remain responsible for the outcomes.She also noted that bias, safety, and privacy should remain under human control when AI solutions are deployed.Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn




IT Park Uzbekistan
24 сент., 10:52
переслано из @startupbaseuz
🏅 Startup World Cup Uzbekistan: maxsus mukofotlar topshirildiAsosiy o‘rinlar bilan birga Startup World Cup Uzbekistan Regional Final doirasida hamkorlarning uchta maxsus mukofoti topshirildi.🚀 SpaceX Community Award SteppeTechLab, Flexobo va FoxPrep jamoalari taqdirlandi. Ular jami $250 qiymatidagi Cursor Usage Credits oldi.☁️ Flexobo — Cloud + AI Startup Package Startup MUK va Microsoft tomonidan $10 000 qiymatidagi, 12 oylik qo‘llab-quvvatlash paketini qo‘lga kiritdi.📈 Cerberus — Uzum Global Scale Award Jamoa Uzum ekotizimi bilan 60 daqiqalik strategik sessiya imkoniyatiga ega bo‘ldi.🏆 Shu bilan Startup World Cup Uzbekistan yakunlandi!✨ #ICTWEEK2026 | 🧭 Startup Base bilan voqealar markazida bo‘ling.@startupbaseuzLinkedIn | Facebook | Instagram | Website




IT Park Uzbekistan
24 сент., 10:52
переслано из @startupbaseuz
🥉 AIdMD Technologies va Kotib AI — Startup World Cup Uzbekistan kuchli uchligidaStartup World Cup Uzbekistan Regional Final yakunida 15 nafar finalist orasidan AIdMD Technologies 2-o‘rinni, O‘zbekistonning Kotib AI startapi esa 3-o‘rinni egalladi.🥈 2-o‘rin — AIdMD Technologies — AQSh 🥉 3-o‘rin — Kotib AI — O‘zbekiston🎤 Har ikki jamoa xalqaro hakamlar hay’ati oldida o‘z yechimlarini taqdim etib, finalning eng kuchli startaplari qatoridan joy oldi.👏 AIdMD Technologies va Kotib AI jamoalarini natija bilan tabriklaymiz!✨ #ICTWEEK2026 | 🧭 Startup Base bilan voqealar markazida bo‘ling.@startupbaseuzLinkedIn | Facebook | Instagram | Website



IT Park Uzbekistan
24 сент., 10:52
переслано из @startupbaseuz
🏆 Cerberus startapi — Startup World Cup Uzbekistan g‘olibi!Startup World Cup Uzbekistan Regional Final yakunlandi. 15 nafar finalist orasidan Cerberus startapi 1-o‘rinni egallab, g‘olib deb topildi.🥇 Tadbir yakunida uchta asosiy o‘rin hamda hamkorlardan uchta maxsus mukofot topshirildi.Faqat 1-o‘rin g‘olibi — Cerberus startapi San Fransiskoda bo‘lib o‘tadigan Startup World Cup Grand Finale yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.🌍 Global finalda Cerberus dunyoning turli mamlakatlaridan saralangan kuchli startaplar bilan bir sahnada pitch qiladi va $1 mln investitsiya mukofoti uchun kurashadi.👏 Cerberus jamoasini g‘alaba bilan tabriklaymiz!✨ #ICTWEEK2026 | 🧭 Startup Base bilan voqealar markazida bo‘ling.@startupbaseuzLinkedIn | Facebook | Instagram | Website


IT Park Uzbekistan
24 сент., 10:52
✨ “Ishonch tug‘ilmaydi, uni qurishadi”ICTWEEK UZBEKISTAN 2026 doirasidagi SABRIYA tadbirida Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi bosh mutaxassisi Barno Tursunaliyeva qizlarning texnologiyalar sohasidagi rivoji, o‘ziga ishonch va ichki to‘siqlar mavzusida taqdimot o‘tkazdi.U texnologiyalar qizlar uchun nafaqat yangi kasb va imkoniyatlar, balki o‘ziga bo‘lgan ishonchni shakllantirish maydoni bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.“Yo‘ldagi asosiy to‘siq texnologiya emas. Bu sizning ichingizdagi ovoz. Ishonch tug‘ilmaydi, uni qurishadi. Texnologiya esa ishonchni shakllantirish uchun eng tezkor maydonlardan biri: bu yerda har kuni erishilgan kichik g‘alabalar sizni shakllantiradi.”Taqdimotdan so‘ng ishtirokchilar bilan IT sohasida rivojlanish, o‘ziga ishonch, kasb tanlash va mavjud stereotiplarni yengib o‘tish haqida ochiq va jonli muloqot bo‘lib o‘tdi.—✨ “Confidence is not something you are born with, it is something you build”As part of the SABRIYA event at ICTWEEK UZBEKISTAN 2026, Barno Tursunaliyeva, Chief Specialist at the Center for Digital Education Development, delivered a presentation on women in technology, personal growth, confidence, and overcoming internal barriers.She emphasized that technology can offer young women not only new career opportunities, but also a space to build confidence through practice and progress.“The biggest barrier is not technology. It is the voice inside you. Confidence is not something you are born with, it is something you build. Technology is one of the fastest environments for building that confidence, because every small win shapes you.”The presentation was followed by an open discussion with participants on building a career in IT, developing self-confidence, choosing a professional path, and overcoming stereotypes in the technology sector.Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn




IT Park Uzbekistan
23 сент., 12:54
переслано из @startupbaseuz
Ikki bozor — yagona texnologik ko‘prik: O‘zbekiston va OzarbayjonICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasida IT Park Uzbekistan hamda Ozarbayjon Respublikasi Fan va ta’lim vazirligi huzuridagi High Technologies Park Azerbaijan ikki mamlakat IT-kompaniyalari va startaplarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan anglashuv memorandumini imzoladi.Tomonlar o‘zbek va ozarbayjon texnologik kompaniyalari uchun yangi bozorlarga chiqishda infratuzilmaviy ko‘mak ko‘rsatish, ularning mahalliy texnologik ekotizimga integratsiyalashuvi va yangi bozorda faoliyatini yo‘lga qo‘yishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha hamkorlik qiladi.🚀 Hamkorlik doirasida High Technologies Park Azerbaijan o‘zbek startaplarining NEXUS dasturida ishtirok etish imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlaydi. IT Park Uzbekistan esa Ozarbayjon startaplarini 2027-yildan ishga tushiriladigan Land of Startups dasturida qatnashishga taklif etadi.Land of Startups xalqaro founderlar uchun O‘zbekistonda o‘z loyihalarini rivojlantirish, mahalliy ekotizimga kirish va yangi bozor imkoniyatlaridan foydalanishga qaratilgan dastur bo‘ladi. Ozarbayjon startaplarining ushbu dasturda ishtiroki ikki mamlakat o‘rtasidagi texnologik almashinuvni yanada kengaytirishi kutilmoqda.🤝 Hamkorlik, shuningdek, market-entry dasturlari, texnologiyalar transferi, ishlanmalarni tijoratlashtirish va ekspertiza almashinuvini qamrab olib, O‘zbekiston va Ozarbayjon texnologik kompaniyalari, startaplari hamda investorlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.✨ #ICTWEEK2026 | 🧭 Startup Base bilan voqealar markazida bo‘ling.@startupbaseuzLinkedIn | Facebook | Instagram | Website




IT Park Uzbekistan
10 сент., 09:10
#ICTWEEK2026✨ ICT WEEK 2026: SABRIYAAyollar raqamli tadbirkorlik va texnologiya sohasidagi yetakchilikda qanday qilib yangi imkoniyatlar yarata oladi?SABRIYA — ayollarning raqamli tadbirkorlik, texnologik yetakchilik va innovatsiyalar borasidagi imkoniyatlarini kengaytirishga bag‘ishlangan maxsus tadbirdir. Dastur bilim va tajriba almashish maqsadida ruhlantiruvchi ma’ruzalar, interaktiv mashg‘ulotlar hamda ochiq munozaralarni o‘zida jamlaydi.Dastur quyidagilarni qamrab oladi: 🔘 IT Park Uzbekistan’ning inklyuziv innovatsiyalar va ayollar imkoniyatlarini kengaytirishga sodiqligi; 🔘 raqamli iqtisodiyotda ayollarning yetakchiligi va innovatsion faoliyati; 🔘 muvaffaqiyatli texnologik kompaniya yaratish bo‘yicha tajribalar;


IT Park Uzbekistan
10 сент., 08:02
переслано из @startupbaseuz
📝 VC Party Toshkentga qaytmoqda23-sentabr kuni Toshkentda VC Party — Markaziy Osiyodagi investorlar, startap founderlar, biznes farishtalar va texnologik ekotizim vakillari uchun norasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tadi.Dasturda: 🔹 investorlar, founderlar va venture fondlar vakillari bilan networking; 🔹 yangi biznes aloqalar va potensial hamkorliklarni muhokama qilish imkoniyati; 🔹 mintaqaning venture ekotizimi vakillari bilan norasmiy muloqot; 🔹 welcome drinks va DJ.VC Party venture bozori ishtirokchilari bilan tanishish, tajriba almashish hamda yangi loyihalar va hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilish uchun maydon yaratadi.🗓 23-sentabr 2026 ⏲ 19:00
1,020Открыть в Telegram
IT Park Uzbekistan
10 сент., 06:31
🇺🇿🇰🇷 IT Park Uzbekistan hamda East Telecom AI infratuzilmasi va startaplar bo‘yicha hamkorlikni muhokama qildiIT Park Uzbekistan bosh direktori Azamat Karamatov East Telecom rahbari Park Sezoo boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.Tomonlar AI ekotizimi va startaplarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha quyidagi yo‘nalishlarni muhokama qildi: 🔘 Data-markazlar va AI infratuzilmasi — AI uchun zamonaviy hisoblash quvvatlarini rivojlantirish;🔘 AI Certification — o‘zbekistonlik mutaxassislar va startaplar uchun KT Corporation’ning AI sertifikatsiya dasturidan foydalanish imkoniyati;🔘 K-PATH 2027 — o‘zbekistonlik startaplarning Startup Acceleration va Open Innovation dasturlarida ishtirokini kengaytirish.Rejalashtiri




IT Park Uzbekistan
10 сент., 05:01
🎮 ICT WEEK 2026: GameGap 2026O‘zbekiston GameDev industriyasini qanday rivojlantirish va mahalliy studiyalarni xalqaro bozorga olib chiqish mumkin?GameGap 2026 — GameDev sohasi vakillarini bir maydonga jamlaydigan tadbir bo‘lib, unda dasturchilar, studiyalar, publisherlar, investorlar va o‘yin industriyasiga qiziqadigan ishtirokchilar birlashadi.Dasturda: 🔘 O‘zbekiston GameDev bozori va yangi imkoniyatlar; 🔘 IT Park Ventures orqali investitsiya imkoniyatlari; 🔘 mahalliy dasturchilar va publisherlarning tajribasi; 🔘 O‘zbekiston GameDev kompaniyalarining xalqaro bozordagi tajribasi; 🔘 soha vakillari ishtirokidagi panel sessiya; 🔘 GameDev hamjamiyati


IT Park Uzbekistan
9 сент., 16:05
🇺🇿🇷🇸 O‘zbekiston va Serbiya startap ekotizimlari o‘rtasida yangi hamkorlik yo‘nalishlariBelgradda IT Park Uzbekistan Bosh direktori maslahatchisi Abdulahad Kuchkarov boshchiligidagi delegatsiya SEE UP DOO bosh direktori Dušan Obradović bilan uchrashdi.🤝 Uchrashuv yakunida IT Park Uzbekistan va SEE UP o‘rtasida O‘zaro anglashuv memorandumi (MoU) imzolandi. Hujjat ikki mamlakat startap ekotizimlari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilab beradi.Hamkorlik doirasida: 🔹 O‘zbekiston kompaniyalarining Serbiya bozori imkoniyatlarini o‘rganishiga, shuningdek, Serbiya startaplarining O‘zbekiston orqali Markaziy Osiyo bozoriga chiqishiga ko‘maklashish;🔹 startaplarning akseleratsiya dasturlari va tegishli xalqaro tashabbuslarda ishtirokini


IT Park Uzbekistan
9 сент., 12:48
🇺🇿🇷🇸Ekotizimlar o‘rtasidagi ko‘prik: O‘zbekiston va Serbiya startap hamkorligini rivojlantirmoqdaO‘zbekiston va Serbiya startaplari uchun yangi bozorlarga chiqish, investorlar bilan aloqalarni kengaytirish va xalqaro miqyosda rivojlanish bo‘yicha yangi imkoniyatlar yaratilmoqda.Belgradda IT Park Uzbekistan delegatsiyasi Serbiya Respublikasi Innovatsion jamg‘armasi boshqaruvchi direktori Sasa Lazovic bilan uchrashdi. Muzokaralar yakunida IT Park Uzbekistan va Serbiya Innovatsion jamg‘armasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi (MoU) imzolandi.Hamkorlik doirasida: 🔹 O‘zbekiston va Serbiya startaplarining ikki mamlakat bozorlariga chiqishini qo‘llab-quvvatlash; 🔹 startaplarning xalqaro miqyosda kengayishi uchun yangi imkoniyatlar yaratish; 🔹 venchur kapital va qo‘shma investitsiya tashabbuslari bo‘yicha


IT Park Uzbekistan
9 сент., 09:31
🤖 AI va raqamli muhitda o‘zingizni qanchalik ishonchli his qilasiz?Sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar kundalik hayotimizning ajralmas qismiga aylanmoqda. Ularning imkoniyatlaridan samarali foydalanish bilan birga, raqamli xavfsizlik va kiberxavflardan himoyalanish ham muhim.👩💻 12-sentabr kuni qizlar va yosh ayollar uchun AI savodxonligi, kiberxavfsizlik va raqamli xavfsizlikka bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tadi.Tadbir davomida ishtirokchilar: 🔹 AI’dan xavfsiz, etik va mas’uliyatli foydalanish; 🔹 kiberxavfsizlik va raqamli xavfsizlik; 🔹 ma’lumotlar bilan ishlash va dezinformatsiyani aniqlash; 🔹 AI vositalaridan ijtimoiy manfaatlar uchun foydalanish; 🔹 texnologiya va raqamli sohalardagi karyera imkoniyatlari haqida bilib oladilar.📚 Dastur interaktiv mashg‘ulotlar,


IT Park Uzbekistan
9 сент., 06:43
переслано из @startupbaseuz
❓ Y Combinator’ga ariza topshirmoqchimisiz?Ammo YC arizada aynan nimaga qarashini va 10 daqiqalik intervyuda founder o‘z startapining qiymatini qanday ko‘rsatishi kerakligini bilmaysizmi?➡️ 16-sentabr kuni “How to Get into Y Combinator: Insider Strategy & Founder Playbook” onlayn workshopida spikerimiz bilan YC’ga kirishning muhim jihatlarini ko‘rib chiqamiz.🎙 Valery Yalouskikh — MA7 Ventures’ning hamkori, startaplar bo‘yicha maslahatchi — quyidagilar bilan bo‘lishadi:🟠 YC’ning tanlov mezonlari; 🟠 arizalarda eng ko‘p uchraydigan xatolar; 🟠 traction va metrikalarni to‘g‘ri ko‘rsatish; 🟠 10 daqiqalik partner intervyusiga tayyorgarlik;


IT Park Uzbekistan
8 сент., 15:10
🟢 IT Park Uzbekistan Gonkongda O‘zbekistonning IT salohiyatini namoyish etadi9–10 sentabr kunlari IT Park Uzbekistan Hong Kong Trade Development Council (HKTDC) ko‘magida Gonkongda bo‘lib o‘tadigan Belt and Road Summit 2026 xalqaro sammitida o‘z stendi bilan ishtirok etadi.Sammit — hukumat vakillari, investorlar va biznes yetakchilarini birlashtiruvchi xalqaro platforma bo‘lib, yangi investitsiya, biznes va hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilish uchun maydon yaratadi.IT Park Uzbekistan sammit davomida O‘zbekistonning IT sektori, texnologik ekotizimi va biznes imkoniyatlarini xalqaro hamkorlarga taqdim etadi.Gonkongdagi sammit ishtirokchilari! Agar siz O‘zbekiston va Markaziy Osiyo bozorlariga, IT, outsourcing yoki investitsiya imkoniyatlariga qiziqsangiz, IT Park Uzbekistan stendiga tashrif buyuring va jamoamiz bilan uchrashing.


IT Park Uzbekistan
8 сент., 14:35
🌍 Xalqaro kompaniyalarda karyera qilish uchun yangi imkoniyatlar!O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xalqaro kompaniyalar sonining ortishi IT, BPO va xizmat ko‘rsatish sohalarida yangi ish o‘rinlarini yaratmoqda.IT Park Uzbekistan ish beruvchilar va mutaxassislar o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish maqsadida yagona nomzodlar bazasini shakllantirmoqda. Undagi rezyumelar mos vakansiyalar paydo bo‘lganda yirik mahalliy va xalqaro kompaniyalar, jumladan IT Park rezidentlariga ko‘rib chiqish uchun taqdim etilishi mumkin.Kompaniyalar dasturchilar va QA-muhandislar bilan bir qatorda, marketing, savdo, mijozlarga xizmat ko‘rsatish, moliya, BPO va boshqa yo‘nalishlardagi mutaxassislarni ham izlamoqda. Xorijiy tillarni bilish esa xalqaro jamoalarda ishlash uchun qo‘shimcha ustunlik beradi.📩 Rezyumeni @talent_park_bot orqali yuborish mumkin. 📲 Dolzarb


IT Park Uzbekistan
8 сент., 11:31
переслано из @startupbaseuz

IT Park Uzbekistan
8 сент., 10:40
🚀QA IT sohasiga qo‘yadigan ilk qadamingiz bo‘lishi mumkinDasturiy ta’minot qanday sinovdan o‘tkaziladi? Baglar qanday topiladi? Professional bag-report qanday yoziladi?“QA School: Application” dasturi ushbu asoslarni amaliy mashg‘ulotlar orqali o‘rganish imkoniyatini taqdim etadi.Kurs dasturi: 🔹 QA va dasturiy ta’minotni testlash asoslari; 🔹 test-dizayn texnikalari; 🔹 professional bag-report yozish; 🔹 ekspertlar fikr-mulohazasi bilan amaliy topshiriqlar.🎓 2,5 oy | Onlayn | BepulBitiruvchilar sertifikat bilan taqdirlanadi, eng yaxshi natija ko‘rsatgan talabalar esa DSR jamoasiga qo‘shilish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin.❗️Qabul imtihon asosida o‘tkaziladi. Ingliz tilini kamida B1 darajada bilish tavsiya etiladi.🔗 QA yo‘nalishini

