Последние посты

Ixtiyor Margʻiloniy
22 сент., 12:38изменён
Bir toʻgʻram non uchun…Dunyo, haqiqatda, bir chizma asosida ishlaydi. Masalan, sizning bir to‘rg‘am non yeyishingiz uchun qancha mavjudotlar xizmatda! Oy, quyosh, bulut, yomg‘ir, yer, osmon kabi jonsiz mavjudotlar xizmatda. Shuningdek, uni yetishtirish uchun dehqon, tegirmonchi, novvoy, sotuvchi, eltuvchi kabilar ham qo‘shiladi. Hammasi tizimli ishlaydi. Qoyil qolmasdan ilojingiz yo‘q!Xuddi shu ma’noda Sa’diy Sheroziy bir ajoyib she’r aytgan:Abru bodu mahu xurshedu falak dar korand, To tu none ba kaf oriyu ba g‘aflat naxurī.Tarjimasi: Bulut, shamol, oy, quyosh va falak sen uchun xizmat qilmoqda. Shunday ekan, sen qo‘lingdagi nonni g‘aflat bilan yema.#ibrat #mojiza
Ixtiyor Margʻiloniy
22 сент., 11:55
Har doim ham inson atrofidagilar u bilan uning yaxshiligi uchun muomala qilmaydi. Ba’zilar o‘zidagi yomon xislatlarga munosib bo‘lgan, aynan shu xislatlarini “qo‘llab-quvvatlaydigan” insonlarni izlaydi.Shuning uchun siz bilan munosabatda bo‘layotgan insonlarni ajratib oling. Ular siz bilan yaxshi xislatlaringiz uchun muomala qilyaptilarmi yoki yomon xislatlaringiz uchun?#hayot
Ixtiyor Margʻiloniy
22 сент., 10:58
переслано из @moturidiyuz
#Markaz kutubxonasi📚"Kitob at-Tavhid" asari haqida ma'lumotga egamisiz?📹Videoni tomosha qilish orqali kitob haqida qiziqarli ma‘lumotlarga ega bo‘ling!Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Telegram | Instagram | Facebook
Ixtiyor Margʻiloniy
22 сент., 10:23изменён
#Seminar ✍️Navoiy viloyati otinoyilari uchun o‘quv-seminari o‘tkazildi 📆2026-yil 21–22-sentyabr kunlari Navoiy shahrida “Mafkuraviy xatarlarga qarshi kurashda otinoyilarning o‘rni hamda mas’uliyati” mavzusida maxsus o‘quv-seminar tashkil etildi. ✔️ Tadbir
Ixtiyor Margʻiloniy
21 сент., 16:44
Hammamiz zohirda yaxshimiz, aslida kimligimiz esa yolg‘iz qolganimizda bilinadi.#haqiqat
Ixtiyor Margʻiloniy
21 сент., 07:32
#HAMDARDLIK Ta’ziya Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi, Markazning qo‘lyozmalar bo‘yicha mutaxassis olimlaridan bo‘lgan, Turkiya ilmiy-akademik doiralari bilan aloqalar o‘rnatish va rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan jonkuyar, fidoyi
Ixtiyor Margʻiloniy
21 сент., 04:01
Kitoblardan o‘rganganlaringiz sizni yanada ehtiyotkor qiladi, odamlardan o‘rganganlaringiz esa yanada qattiqqo‘l qiladi.Muhammad Qudumiy
Ixtiyor Margʻiloniy
20 сент., 17:37
переслано из @muhabbatimsenda
– Azizim, sizni “Hayotim” deb chaqirishga qo‘rqyapman. Axir umrim qisqa bo‘lsa, siz ham o‘lib ketishingizni istamayman. Sizni unda nima deb chaqirsam ekan? 😕😕– “Tilim” deb chaqira qol. Chunki tilingdan uzun narsa yo‘q😏😏@muhabbatimsenda
Ixtiyor Margʻiloniy
20 сент., 14:07
Baxtiyor bo‘lganingda, o‘zing sevgan insoning tomon borasan. Ammo g‘amgin bo‘lganingda, seni sevadigan inson tomon borasan.#haqiqat
Ixtiyor Margʻiloniy
20 сент., 05:42
Ibn Sirinning mol-davlati qo'ldan ketib, kambag'allashganida unga: "Sizning yo'qotishingiz juda katta boʻlibdi", deyishdi.Shunda u shunday javob berdi: "Bu qirq yildan beri o'zim kutib yurgan gunohimning jazosidir!"Ular: "U qaysi gunoh edi?" deb so'rashdi.U: "Bir kishini kambag'alligiga malomat qilgandim", dedi.#malomat
Ixtiyor Margʻiloniy
19 сент., 16:28
Ba’zi odamlar kun bo‘yi ish bilan band bo‘ladilar, ammo maqsadlariga yaqinlashmaydilar. Chunki ko‘p harakat qilish har doim ham to‘g‘ri yo‘nalishda ketayotganlikni anglatmaydi.Shuning uchun avvalo nima bilan band ekanimizni emas, qilayotgan ishimiz bizni maqsadimizga qanchalik yaqinlashtirayotganini o‘ylashimiz kerak.#maqsad #natija
Ixtiyor Margʻiloniy
18 сент., 18:50
Odamning axloqi ahil boʻlganda emas, nizo vaqtida bilinadi.#xulq
Ixtiyor Margʻiloniy
18 сент., 15:23
#TAYINLOV Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida navbatdagi tayinlov amalga oshirildi. Ixtiyor Baxtiyorovich Abdurahmonov Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining Moturidiylik ta’limoti tadqiqotlari bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Ixtiyor Margʻiloniy
18 сент., 15:23
переслано из @moturidiyuz
#TAYINLOVImom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida navbatdagi tayinlov amalga oshirildi.Ixtiyor Baxtiyorovich Abdurahmonov Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining Moturidiylik ta’limoti tadqiqotlari bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.Ixtiyor Abdurahmonovga faoliyatida muvaffaqiyat va ilmiy-tadqiqot ishlarida yuksak natijalar tilaymiz.Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Telegram | Instagram | Facebook
Ixtiyor Margʻiloniy
18 сент., 13:31изменён
Qimmat erkaklar ham bor)Rasm X dan olindi
Ixtiyor Margʻiloniy
18 сент., 06:26
переслано из @moturidiypodcast
#moturidiypodcastMOTURIDIYLIK – MA'NAVIY FILTR🎙 Ixtiyor Abdurahmonov – Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi, PhD👉🎞 Toʼliq video HD📌Bizni kuzatib boring!✅Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Ixtiyor Margʻiloniy
17 сент., 18:04
“Ko'pik yo'q bo'lib ketadi. Odamlarga foyda beradigan narsa esa yer yuzida qoladi”.13:17
Ixtiyor Margʻiloniy
16 сент., 10:03
“Men xunuk, ammo aqlli kishi edim. Shuning uchun juda go‘zal, biroq go‘l tabiatli bir ayolga uylandim. “Farzandlarim onasining chiroyi-yu, mening aqlimni olsin”, degan niyatda edim. Ammo taqdirni qarangki, ular onasining go‘lligi-yu, mening xunukligimni olib tug‘ilishdi!”🥹Umora ibn Aqiyl#erxotin #farzand
Ixtiyor Margʻiloniy
15 сент., 12:03
Farzand – otasining siriFuzayl ibn Iyoz oʻgʻlining tarozi pallasini kiyimining etagi bilan artayotganini koʻrib: "Nega bunday qilyapsan?", deb soʻradi:Oʻgʻli shunday javob qildi: "Musulmonlarga narsa tortib berayotganda yoʻl changi ham qoʻshilib qolmasligi uchun!"Buni eshitgan Fuzayl koʻziga yosh oldi va dedi: "Ey oʻgʻlim! Sening bu amaling men uchun ikki haj-u ikki umradan ham afzaldir!"#ota #farzand
Ixtiyor Margʻiloniy
15 сент., 06:30изменён
"Ustozim Hammod vafot etganidan beri har bir namozimdan so‘ng ota-onam bilan birga u zot uchun ham istig‘for aytaman. Shuningdek, kimdan ilm o‘rgangan bo‘lsam va kimga ilm o‘rgatgan bo‘lsam, barchalari uchun mag'firat so'rayman".Abu Hanifa rahmatullohi alayh#ustoz #duo
