gram news
Аватар канала Jahongir Olimov | Rasmiy

Jahongir Olimov | Rasmiy

@jahongirolimov_rasmiy

Jurnalist va teleboshlovchi Jahongir Olimovning telegram kanaliga xush kelibsiz! Reklama va hamkorlik uchun: @manageradmin_jo Instagram: https://www.instagram.com/jahongirolimov_official/profilecard/?igsh=b2FsdjhxdGNmd3Q2

ПроектыENПолитика

43,200подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • Jahongir Olimov | Rasmiy

    25 сент., 17:01

    🇰🇿 Qozog‘istonda harbiylar dengizga oqib ketishi ortidan 5 nafar mas’ul ushlandi Qo‘lga olinganlar orasida shtab boshlig‘i — Qozog‘iston Qurolli Kuchlari Harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari, ikki harbiy qism komandiri, dengiz piyodalari
    Иллюстрация к посту канала Jahongir Olimov | RasmiyИллюстрация к посту канала Jahongir Olimov | Rasmiy
    1,2501463Открыть в Telegram
  • Jahongir Olimov | Rasmiy

    25 сент., 15:23изменён

    O‘ZBEKISTONDAN GʻALABALAR SHODASI!46-Butunjahon shaxmat olimpiadasida 🇺🇿 O‘zbekiston erkaklar jamoasi 🇺🇸 AQSh ustidan 2,5-1,5 hisobida g‘alabaga erishdi.So‘nggi pallada Nodirbek Yakubboyev Hans Niemanni mag‘lub etdi.🇺🇿 O‘zbekiston-2 jamoamiz ham 🇳🇱 Niderlandiya ustidan ishonchli g‘alabaga erishib, reytingdagi o‘rnini ancha yaxshilab oldi.👉 @jahongirolimov_rasmiy 👈
    Иллюстрация к посту канала Jahongir Olimov | RasmiyИллюстрация к посту канала Jahongir Olimov | Rasmiy
    3,320302262Открыть в Telegram
  • Jahongir Olimov | Rasmiy

    25 сент., 15:13

    Prezident Shavkat Mirziyoyev tanishgan agrar sohada subsidiyalarni ajratish va sugʻurtalash tizimlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar taqdimotidan asosiy ma’lumotlar:▪ 2027-yildan subsidiyalarni xarajatlarni qoplashdan aniq natijaga bog‘lash, ya’ni “natijaviy subsidiya” modeliga bosqichma-bosqich o‘tish taklif qilindi.▪ Yangi tizimda hosildorlik, suv va energiya tejamkorligi hamda sarflangan resurs evaziga olingan mahsulot hajmi asosiy mezon bo‘ladi. Natijalar bajarilmasa, subsidiya mablag‘larini qaytarish mexanizmi qo‘llaniladi.▪ Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasida bog‘ va uzumzorlardagi ko‘chat hamda daraxtlar, import qilingan chorva, shuningdek chorvachilik, polizchilik, kartoshka va piyoz yetishtirish bilan bog‘liq xavflarni sug‘urtalash yo‘lga qo‘yiladi.▪ 2027-yilda 45 mingta qishloq xo‘jaligi korxonasini sug‘urta bilan qamrab olish, mahsulotlarning sug‘urta qamrovini 60 foizga yetkazish, 500 nafar mustaqil ekspert tayyorlash va sug‘urta xizmatlarini to‘liq raqamlashtirish maqsad qilingan.👉 @jahongirolimov_rasmiy 👈
    Иллюстрация к посту канала Jahongir Olimov | RasmiyИллюстрация к посту канала Jahongir Olimov | Rasmiy
    3,320332019191814Открыть в Telegram
  • Jahongir Olimov | Rasmiy

    25 сент., 14:38

    🇺🇿🇰🇿 Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Prezidentiga hamdardlik bildirdi Prezident Shavkat Mirziyoyev Kaspiy dengizi hududida mashg‘ulotlar paytida harbiy xizmatchilar halok bo‘lgani munosabati bilan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev va
    3,610402820141313Открыть в Telegram
  • Jahongir Olimov | Rasmiy

    25 сент., 12:44

    🇺🇿🇺🇸 AQSh davlat kotibi Marko Rubio oktabrda O‘zbekistonga keladiAQSh davlat kotibi Marko Rubio oktabr oyi o‘rtalarida Samarqandga keladigan 100 dan ortiq Amerika kompaniyalari vakillaridan iborat delegatsiyaga rahbarlik qiladi.Gorning so‘zlariga ko‘ra, tashrif AQSh va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi strategik sheriklikni rivojlantirish, shuningdek, diplomatik va savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan.Tashrif davomida Marko Rubio O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston tashqi ishlar vazirlari bilan bir qatorda, “C5+1” shaklidagi TIV rahbarlari uchrashuvida qatnashadi.👉 @jahongirolimov_rasmiy 👈
    Иллюстрация к посту канала Jahongir Olimov | RasmiyИллюстрация к посту канала Jahongir Olimov | Rasmiy
    4,7104615131071Открыть в Telegram
  • Jahongir Olimov | Rasmiy

    25 сент., 09:36

    🇺🇿🇰🇿 Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Prezidentiga hamdardlik bildirdiPrezident Shavkat Mirziyoyev Kaspiy dengizi hududida mashg‘ulotlar paytida harbiy xizmatchilar halok bo‘lgani munosabati bilan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev va Qozog‘iston xalqiga hamdardlik yo‘lladi.‼️Ma’lumot o‘rnida, voqea 24-sentyabr kuni Mang‘istov viloyatida Qozog‘iston Harbiy-dengiz kuchlari mashg‘ulotlari vaqtida yuz bergan. Ob-havo keskin yomonlashib, kuchli shamol turgani sababli Kaspiy dengizi qirg‘og‘ida jangovar tayyorgarlik topshirig‘ini bajarayotgan harbiylarni suv oqizib ketgan. Dastlab ular 19 nafar ekani xabar qilingan, keyinroq viloyat hokimligi 17 kishi bo‘lganiga aniqlik kiritdi.Uch nafar harbiy qutqarib olingan, ulardan biri shifoxonada davolanmoqda. Mudofaa vazirligi avval 9 nafar harbiy halok bo‘lganini ma’lum qilgan bo‘lsa, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra qurbonlar soni 12 nafarga yetgan. 25-sentyabr mamlakatda milliy motam kuni deb e’lon qilingan.👉 @jahongirolimov_rasmiy 👈
    5,3703924231Открыть в Telegram
  • Jahongir Olimov | Rasmiy

    25 сент., 09:00

    5 daqiqa kitob o‘qib, iPhone 17 Pro Max yutib olish mumkinmi?Ha, mumkin🤩Bugun, 25-sentabr kuni Mutolaa’da “Omadli kun” bo‘lib o‘tmoqda. Bugunoq ilovaga kirib, atigi 5 daqiqa kitob o‘qigan foydalanuvchilardan biri iPhone 17 Pro Max sohibiga aylanadi. Bunday tashabbuslar O‘zbekistonda kitobxonlikni targ‘ib qilish va kitob o‘qishga qiziqishni oshirish uchun yaxshi qadam bo‘lyapti.Lekin bitta sovg‘a bilan cheklanilmaydi. Bugun 5 daqiqa kitob o‘qigan barcha foydalanuvchilarga 1 haftalik Mutolaa Premium bepul beriladi! Unda esa kitoblarning katta tanlovi, qulay o‘qish imkoniyatlari va boshqa qo‘shimcha funksiyalardan foydalanish mumkin. Eng muhimi, mana shu 5 daqiqadan boshlangan mutolaa vaqt o‘tishi bilan muntazam kitobxonlik odatiga aylanishi mumkin.🔥Qisqasi, bugun shu havola orqali Mutolaa’ga kirib 5 daqiqa kitob o‘qishdan erinmang. Balki, bugungi kun siz uchun haqiqatan ham omadli bo‘lar.👉 @jahongirolimov_rasmiy 👈
    5,48019731Открыть в Telegram
  • Jahongir Olimov | Rasmiy

    25 сент., 07:07

    Saida Mirziyoyeva Jahon savdo tashkiloti bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uchrashdiPrezident Administratsiyasi rahbari muloqot davomida O‘zbekistonning ushbu tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni qanday ketayotganini hamda oldinda turgan yakuniy vazifalar muhokama qilinganini qayd etdi.“Bizni doimiy qo‘llab-quvvatlab, ekspertlik ko‘magini berayotgan qadrli Okonjo-Iveala xonimga minnatdorlik bildiraman. Bu yo‘lning katta qismini bosib o‘tdik, bundan keyin shahdimizni susaytirmasdan, boshlangan ishni nihoyasiga yetkazishimiz juda muhim”, — deyiladi xabarda.👉 @jahongirolimov_rasmiy 👈
    Иллюстрация к посту канала Jahongir Olimov | RasmiyИллюстрация к посту канала Jahongir Olimov | RasmiyИллюстрация к посту канала Jahongir Olimov | RasmiyИллюстрация к посту канала Jahongir Olimov | Rasmiy
    5,87045191491Открыть в Telegram
  • Jahongir Olimov | Rasmiy

    22 сент., 16:00

    Prezident Shavkat Mirziyoyev tanishgan yoqilg‘i-energetika tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha taqdimotdan asosiy ma’lumotlar:▪ 2030-yilgacha mamlakatdagi generatsiya quvvatlarini 46,1 gigavattga, yillik elektr energiyasi ishlab chiqarishni qariyb 129 milliard kVt-soatga yetkazish rejalashtirilmoqda. 2035-yilda bu ko‘rsatkichlar mos ravishda 57,2 gigavatt va 154,7 milliard kVt-soat bo‘lishi ko‘zda tutilgan;▪ Hozir quyosh va shamol elektr stansiyalarining umumiy quvvati 6,3 gigavattdan oshgan, gidroelektr stansiyalar soni esa 100 tadan ortgan. Ularning umumiy quvvati 2,5 gigavattga yaqinlashgan;▪ Energiya saqlash tizimlari bo‘yicha umumiy quvvati 4,2 gigavatt bo‘lgan 26 ta loyiha shakllantirilgan, ulardan 17 tasi amalga oshirish bosqichida. 2030-yilgacha yangi loyihalarni ham shakllantirish taklif qilindi;▪ 2030-yilgacha 9 ta 220 kV va 7 ta 500 kV podstansiya qurish hamda qariyb 5
    Иллюстрация к посту канала Jahongir Olimov | RasmiyИллюстрация к посту канала Jahongir Olimov | Rasmiy
    2,970732719Открыть в Telegram
  • Jahongir Olimov | Rasmiy

    22 сент., 12:44

    Prezident Shavkat Mirziyoyev tanishgan maʼmuriy odil sudlovni yangi bosqichga olib chiqish istiqbollariga bagʻishlangan taqdimotdan asosiy ma’lumotlar:▪ 2017-yildan buyon ma’muriy sudlarda 150 mingga yaqin ish ko‘rib chiqilib, 70 mingdan ortiq holatda davlat organlarining noqonuniy qarorlari bekor qilingan;▪ Soha rivojining navbatdagi bosqichida ilg‘or xorijiy tajriba asosida 15 ga yaqin yangi huquqiy institut joriy etilishi taklif qilinmoqda;▪ Fuqarolarning buzilgan huquqlarini himoya qilish uchun sudga murojaat qilishning 4 xil da’vo shakli joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Bu huquq buzilishidan oldin uning himoyasini proaktiv tarzda ta’minlash imkonini beradi;▪ Amaldagi 6 oylik murojaat muddati qayta ko‘rib chiqilib, davlat organi qonunbuzarlik sodir etganini tan olish bo‘yicha sudga muddatsiz murojaat qilish imkoniyati yaratilishi taklif etilmoqda;▪ Fuqarolarga mahalliy
    Иллюстрация к посту канала Jahongir Olimov | RasmiyИллюстрация к посту канала Jahongir Olimov | Rasmiy
    4,50035161381Открыть в Telegram
  • Jahongir Olimov | Rasmiy

    22 сент., 11:29

    Ⓜ️ Toshkent metrosi bir haftada ikkinchi bor rekordni yangiladi21-sentabr kuni Toshkent metropoliteni xizmatlaridan 1 181 581 nafar yo‘lovchi foydalandi. Bu 14-sentabrda qayd etilgan avvalgi rekorddan 16 031 nafarga ko‘p.Yo‘lovchilar oqimi shu sur’atda davom etsa, oktabr oyida metroning bir kunlik yo‘lovchilari soni 1,2 million nafarga yetishi kutilmoqda.👉 @jahongirolimov_rasmiy 👈
    4,91022128852Открыть в Telegram
  • Jahongir Olimov | Rasmiy

    22 сент., 07:09

    🛴 Buxoroning eski shahar qismida elektroskuter va elektrosamokatlarda yurish cheklanadiTartib 1-oktyabrdan kuchga kiradi va Ark qo‘rg‘onidan Poyi Kalon ansambligacha, Haqiqat ko‘chasi bo‘ylab Labi hovuz ansambligacha bo‘lgan tarixiy hududga taalluqli hisoblanadi.Cheklov mazkur hududda riksha, moped, to‘rt g‘ildirakli velosiped, karting, shuningdek, ot va tuyada harakatlanishga ham joriy etiladi.Hududning kirish va chiqish qismlarida tegishli axborot ko‘rsatkichlari va yo‘l belgilari o‘rnatiladi. Qoidabuzarliklarning oldini olish maqsadida profilaktik va tushuntirish ishlari olib boriladi.👉 @jahongirolimov_rasmiy 👈
    Иллюстрация к посту канала Jahongir Olimov | RasmiyИллюстрация к посту канала Jahongir Olimov | Rasmiy
    5,890269222Открыть в Telegram
  • Jahongir Olimov | Rasmiy

    22 сент., 06:00

    Saida Mirziyoyeva BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdiNyu-Yorkda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi o‘z ishini boshladi. Sessiya doirasida Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva tashkilot Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdi.O‘zbekiston va BMT birgalikda rivojlantirib kelayotgan barcha muhim hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.“Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman”, — deyiladi xabarda.👉 @jahongirolimov_rasmiy 👈
    Иллюстрация к посту канала Jahongir Olimov | RasmiyИллюстрация к посту канала Jahongir Olimov | RasmiyИллюстрация к посту канала Jahongir Olimov | RasmiyИллюстрация к посту канала Jahongir Olimov | Rasmiy
    6,04048161491Открыть в Telegram
  • Jahongir Olimov | Rasmiy

    21 сент., 16:23

    Prezident Shavkat Mirziyoyev tanishgan “Yashil makon” umummilliy loyihasini yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan taqdimot asosiy ma’lumotlar:▪ Ko‘kalamzorlashtirish samaradorligi ekilgan ko‘chatlarning 1, 3 va 5 yildan keyingi holati asosida baholanadi. Har bir hudud iqlimiga mos, issiqlik, sovuq va suv tanqisligiga chidamli daraxt turlariga ustuvorlik beriladi;▪ Har bir mahalla uchun ko‘chat turi, ekiladigan joy va sug‘orish tizimi ko‘rsatilgan “yashil xarita” ishlab chiqiladi. Mahalla raislari bilan birgalikda daraxt va ko‘chatlarning holati muntazam kuzatib boriladi;▪ “Yashil” mahallam” dasturi doirasida mahallalarga sifatli ko‘chat, organik o‘g‘it va suv tejovchi sug‘orish vositalarini yetkazib berish, daraxtlarni kasallik va zararkunandalardan himoya qilish xizmatlari yo‘lga qo‘yiladi;▪ Har bir mahallaga o‘rmonchi-murabbiy biriktiriladi. Mahallalarda kichik daraxtzor va
    Иллюстрация к посту канала Jahongir Olimov | RasmiyИллюстрация к посту канала Jahongir Olimov | Rasmiy
    6,40063232019122Открыть в Telegram
  • Jahongir Olimov | Rasmiy

    21 сент., 15:22изменён

    Markaziy bank ANORBANK faoliyati va moliyaviy holati barqarorligini tasdiqladiIjtimoiy tarmoqlarda ANORBANK aksiyadorlaridan biri haqida tarqalgan xabarlar ortidan, Markaziy bank muassasa faoliyatida barchasi joyida ekanligini tasdiqladi. Regulyatorning izohlashicha, alohida aksiyador bilan bog‘liq shaxsiy holat bankning kundalik operatsion faoliyati, kapitali va moliyaviy barqarorligiga mutlaqo ta’sir ko‘rsatmaydi.Hozirgi vaqtda ANORBANK odatdagi tartibda ishlamoqda, omonat, kredit va boshqa to‘lov xizmatlari uzluksiz davom etmoqda. Muassasa o‘z mijozlari hamda hamkorlari oldidagi barcha majburiyatlarini to‘liq bajarayotganini ma’lum qilib, jamoatchilikni faqat rasmiy manbalarga ishonishga chaqiradi.👉 @jahongirolimov_rasmiy 👈
    Иллюстрация к посту канала Jahongir Olimov | RasmiyИллюстрация к посту канала Jahongir Olimov | Rasmiy
    5,86011541Открыть в Telegram
  • Jahongir Olimov | Rasmiy

    21 сент., 14:53

    TARIXIY GʻALABA🇺🇿O‘zbekiston 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasida 🇮🇳Hindiston ustidan g‘alaba qozondiDastlab uch nafar shaxmatchimiz durang qayd etib, 1,5:1,5 natijaga erishdi. Yakunda vakilimiz Nodirbek Yoqubboyev hindistonlik Nihal Sarinni mag‘lub etib, jamoamizga o‘ta muhim g‘alabani sovg‘a qildi.👉 @jahongirolimov_rasmiy 👈
    Иллюстрация к посту канала Jahongir Olimov | RasmiyИллюстрация к посту канала Jahongir Olimov | Rasmiy
    6,560872320621Открыть в Telegram
  • Jahongir Olimov | Rasmiy

    21 сент., 13:08

    Prezident Shavkat Mirziyoyev tanishgan transport-logistika sohasidagi yirik loyihalarning borishi yuzasidan taqdimotdan asosiy ma’lumotlar:▪ 2030-yilgacha transport xizmatlari hajmini 2 barobar oshirish, sohaga 9,1 milliard dollar investitsiya jalb qilish va xizmatlar eksportini 5,7 milliard dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda;▪ Toshkent va Buxoroda umumiy qiymati qariyb 3 milliard dollarlik yangi aeroport majmualari barpo etilmoqda. Yangi Toshkent xalqaro aeroporti dastlabki bosqichda yiliga 20 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadi;▪ Qiymati 2,2 milliard dollar bo‘lgan Toshkent–Samarqand pulli avtomobil yo‘li qurilishi boshlandi. Shuningdek, Toshkent–Andijon va Toshkent–Bo‘stonliq pulli yo‘llari bo‘yicha investorlarni aniqlash masalalari ko‘rib chiqildi;▪ Temir yo‘lning 5 ta yo‘nalishini modernizatsiya qilish uchun 200 million dollar yo‘naltirish hisobiga ularning
    Иллюстрация к посту канала Jahongir Olimov | RasmiyИллюстрация к посту канала Jahongir Olimov | Rasmiy
    6,3904115138Открыть в Telegram
  • Jahongir Olimov | Rasmiy

    21 сент., 10:43

    Toshkentda qishda yetarlicha isitilmagan ko‘p qavatli uylar tekshiriladiToshkentda o‘tgan qish mavsumida me’yoriy darajada isitilmagan ko‘p qavatli uylar tanlab olinib, ularda Jahon banki mutaxassislari ishtirokida kompleks energiya auditi boshlandi.21-sentyabrdan boshlangan o‘rganishlarda uylarning issiqlik yo‘qotish manbalari, devor, tom, yerto‘la, eshik va derazalar hamda isitish tizimlari tekshiriladi. Natijada issiqlik yo‘qotishlarini kamaytirish bo‘yicha texnik yechimlar ishlab chiqiladi.👉 @jahongirolimov_rasmiy 👈
  • Jahongir Olimov | Rasmiy

    21 сент., 05:26

    🇺🇿 O‘zbekiston harbiylari Janubiy Koreyada ketma-ket to‘rtinchi bor g‘olib bo‘ldiO‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari Janubiy Koreyada o‘tkazilgan xalqaro ilmiy-jangovar tayyorgarlik musobaqasida 12 ta jamoa orasida 316 ball bilan birinchi o‘rinni egalladi. 🇰🇭 Kambodja ikkinchi, 🇰🇷 Janubiy Koreya uchinchi bo‘ldi.O‘zbekiston jamoasi tog‘li va shahar hududlaridagi jangovar shartlarning uch tasida rekord natija qayd etdi. Harbiylarimiz musobaqada 2023-yildan buyon ketma-ket to‘rtinchi marta g‘olib bo‘lmoqda.👉 @jahongirolimov_rasmiy 👈
    Иллюстрация к посту канала Jahongir Olimov | RasmiyИллюстрация к посту канала Jahongir Olimov | RasmiyИллюстрация к посту канала Jahongir Olimov | RasmiyИллюстрация к посту канала Jahongir Olimov | Rasmiy
    9,18011432261632Открыть в Telegram
  • Jahongir Olimov | Rasmiy

    20 сент., 08:16

    🇺🇿🇰🇷 Prezident Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga amalga oshirgan tadbirlarga boy, sermahsul tashrifi haqida katta reportaj tayyorlamoqdamiz. Uni bugun 20:00 da “Sevimli” telekanalida “Yangi Zamon” dasturida tomosha qilishingiz mumkin.Hozircha esa tasvirchi va montajchim Sanjar Shermuhammadov tomonidan katta mehnat bilan tayyorlangan, tashrif voqealarini ikki yarim daqiqaga jamlagan mana bu videorolikni tomosha qilib turing.👉 @jahongirolimov_rasmiy 👈
    9,140видео66292621Открыть в Telegram