Последние посты

Jakhongir Rakhmonov - IT
18 сент., 04:30
Agar interviewda "yangi qayta yozilgan APIni qanday qilib xavfsiz tarzda release qilish mumkin?" deb so‘rab qolsa nima deb javob berishni bilasizmi?Dasturchi sifatida biror ishlab turgan narsani qaysidir sababga ko‘ra qayta yozishga majbur bo‘lamiz. Buni to‘g‘ri qilish esa oson ish emas.- Balki boshqa tilda qayta yozayotgandirmiz- Balki texnik qarzdan qutulish maqsadida qayta yozayotgandirmiz- Balki yaxshiroq algoritm o‘ylab topganimiz uchun qayta yozayotgandirmizSabablari ko‘p bo‘lishi mumkin.Lekin yangi kod bu har doim xavf. Ishlab turgan narsani yangi varianti bilan almashtiraman deb qandaydir yangi buglarni foydalanuvchilarga taqdim qilishimiz hech gap emas. Test qilamiz, ha. Lekin productionda, haqiqiy foydalanuvchilar bilan har balo bo‘lishi mumkin.Shuning uchun ham yangi yozilgan kod haqiqatda eskisini o‘rnini to‘g‘ri bosa olish-olmasligini bilishning eng zo‘r usuli
Jakhongir Rakhmonov - IT
14 сент., 04:00
Toshkentda biznes-kechki ovqat | 23-sentabr, soat 19:00O‘zbekistonda biznes uchun AI’ni joriy etish amaliyotiServercore kompaniyasi dasturchilar, IT-mutaxassislar va biznes rahbarlarini yopiq biznes-kechki ovqatga taklif qiladi.Ekspertlar bizneslar bugungi kunda mashinaviy o‘rganish (ML) va AI xizmatlaridan qanday foydalanayotgani haqida so‘zlab berishadi.➡️ Ro‘yxatdan o‘ting: https://srv.cr/hiodrTadbirda quyidagi mavzular muhokama qilinadi:▪️O‘zbekistondagi kompaniyalarda Servercore imkoniyatlari asosida AI xizmatlarini joriy etish tajribasi▪️Mahalliy bozor sharoitiga mos IT-arxitekturani tanlash va resurslarni optimallashtirish▪️AI loyihalarini kengaytirishda uchraydigan muammolar va keng tarqalgan xatolarTadbirning rasmiy qismidan so‘ng IT-networking va kechki ovqat bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, Servercore’ning ML mutaxassislari bilan Q&A sessiyasi, norasmiy muloqot va


Jakhongir Rakhmonov - IT
10 сент., 08:38
Vaqt tez o’tyapti.Ko'zingizni yumib ochsangiz hafta tugagan bo'ladi.Odamlar esa telefonda kundan kunga ko'proq "o'tirishmoqda".Hisob kitob qilsangiz juda bir qiziq statistikaga kelish mumkin.Agar kuniga 2 soat telefonda o'tirsangiz bu degani yiliga naqd bir oy vaqtingiz shunga ketgan bo'lar ekan.Ha, to'xtamasdan. Ha, uhlamasdan. Ha, tinmasdan 1 oy telefon ekraniga qarab.Kuniga 2 soat bo'lsa ham mayli edi. Hozir 3-4 soat telefonga qarash noodatiy hol emas.Shunday ekan, vaqt tez o'tmasdan nima qilsin yana?@jakhonrakhmonov
Jakhongir Rakhmonov - IT
9 сент., 09:36изменён
Yandex ML School Uzbekistan AI va ML bo‘yicha bepul bir yillik dasturga qabulni yakunlamoqdaQabul yopilishiga atigi 1 kun qoldi! Dastur doirasida Machine Learning, Deep Learning, Computer Vision, NLP, LLM, Reinforcement Learning yo‘nalishlari o‘rganiladi. Shuningdek, texnologik kompaniyalar mutaxassislari ishtirokida vorkshoplar va netvorking imkoniyatlari taqdim etiladi.Kimlarga mos: IT, matematika va texnik yo‘nalishlarda tahsil olayotgan talabalar hamda shu sohalarda faoliyat yuritayotgan mutaxassislar.To‘lov: bepul Format: Toshkentda oflayn, kechki paytlarda O‘rinlar soni: 35 ta Qabul uchun talab etiladi: oliy ta’limning 1–2-bosqichi darajasidagi matematika, algoritmlar va dasturlash bo‘yicha bilimlar.Ariza topshirish uchun havola. Dedlayn —bugun, 9 sentyabr.


Jakhongir Rakhmonov - IT
26 авг., 08:34
Dasturchi sifatida tanlov qilish vaqti keldi It is time to make a betOxirgi bir necha yillarda dasturchilar hayoti tubdan o‘zgarib ketdi. Ishimizning kattagina qismini AI agentlar qilib bermoqda. Biz kundalik qiladigan ish esa shu AI agentlar bilan gaplashish bo‘lib qoldi.Bu esa quyidagi narsalarni keltirib chiqarmoqda:1. Brainrot: dasturlash qobiliyatimiz kundan kunga yomonlashib bormoqda. Bu tabiiy. Biror ishni qanchalik kam qilsangiz shu ishni qilish qobiliyatingiz yomonlashib boraveradi.2. Satisfaction yo'q: ishimizdan "kayf" olmayapmiz. Oldin maza qilib soatlab biror muammo ustida chalg‘imasdan ishlay olar edik. "Flow state" ga tushar edik. Ishimizdan qoniqish olar edik. Hozir esa shu effektni beradigan ishni AI agentlar qilmoqda.Kelajakda nima bo‘lishini hech kim bilmaydi. Balki bu narsa yomon emasdir. Balki hozirgi vaqt shunchaki adaptatsiya vaqtidir va keyinchalik bu
Jakhongir Rakhmonov - IT
24 авг., 09:03
Ish xonada eng muhim narsalardan biri bu hamkasblar o'rtasidagi muloqot va ishonch. Chunki katta va sifatli loyihalarni bir kishi qurmaydi. Jamoa quradi.Agar siz hamkasbingiz yozgan gaplarni LLM ga tashlab, uning javobini hamkasbingizga yuborayotgan bo'lsangiz siz o'sha ishonchni buzayotgan bo'lasiz. Qo'shimchasiga bu narsa yaqqol ko'rinib turadi.Bu esa yaxshilik bilan tugamaydi.@jakhonrakhmonov
Jakhongir Rakhmonov - IT
28 мая, 09:24
Google ga ishonib serverlarini ishlatsang-u tag-tugi bilan o‘chirib yuborsaAustralianing eng katta nafaqa fondlaridan biri bo‘lgan UniSuper kompaniyasi Google ning Private Cloud serverlaridan foydalanar ekan. Ya’ni o‘zlari uchun alohida muhit. Google ning boshqa mijozlari bu muhitni ishlata olmaydilar.2024 chi yilda bir qiziq insident bo‘lib o‘tibdi. Milliardlab dollar boshqarib turgan UniSuper kompaniyasining muhitini Google adashib o‘chirib tashlabdi. Natijada odamlar kamida bir hafta davomida o‘z mablag‘larini boshqarish imkoniyatini yo‘qotganlar.Agar UniSuper kompaniyasining dasturchilari Googledan tashqarida "backup" ya’ni o‘z ma’lumotlarining nusxasini saqlamaganlarida, ancha yomonroq holat yuzaga kelgan bo‘lishi ham mumkin edi.O‘zi nima bo‘libdi deysizmi?UniSuper uchun maxsus muhitni sozlash paytida Google muhandislari "ichki tool" dan foydalanishgan. Eng muhim narsa bu
Jakhongir Rakhmonov - IT
17 мая, 04:03
Juda yomon ish qilib qo’ydim.Bu vaziyatdan qanday chiqib ketishni bilmayapman.Agar odamlar bilib qolsa nima deydi? Hamkasblarim bilsa nima deydi?Managerim bilib qolsaku haydab yuborsa kerak.Uyatdaman. Uydagilarga ham hali aytganim yo’q.Ichimga sig’mayapti. Shuning uchun sizlar bilan bo’lishmasam bo’lmaydi.Kecha….Bir ishni qilish uchun….Kodni o’z qo’llarim bilan yozdim 😱AI ishlatmadim 😱
Jakhongir Rakhmonov - IT
30 апр., 08:21
Suniy intellektni yangi narsalar o'rganishda ko'p ishlatyapman ohirgi paytlar.Ayniqsa Claude artifactlar yarata olgani uchun undan "custom tutorial" lar qilib berishini so'rayapman.Odatda biror kishi blog post yoki tutorial yozganda siz, ya'ni reader, haqida hech qanday ma'lumotga ega emas. Tahmin qilishi mumkin holos.U degani postlar/tutoriallar siz uchun to'g'ri kelmasligi mumkin. O'ta qiyin yoki o'ta oson bo'lishi mumkin.AI esa sizga moslasha oladi.Men odatda Claudega nimani o'rganishni hohlayotganimni va ayniqsa qayerga ko'proq e'tibor berishlikni aytaman. Kerak bo'lsa visual elementlar qo'shishini so'rayman. Eng muhimi "first principles" ga asoslanga holda tushuntirib berishini so'rayman.Chunki shu usulda o'rganish menga juda yoqadi. Yani biror narsa qilinganda aynan nimaga shunday qilinganini tushungim keladi.Shunday promptan so'ng AI odatda menga yoqadigan va
Jakhongir Rakhmonov - IT
19 апр., 11:25изменён
Har bir dasturchi bilishi shart bo'lgan xavfsizlik asoslari.Encryption, Hashing, TLS, etc.Stream. 18:30 da.https://www.youtube.com/watch?v=WsIyJPR-XFE


Jakhongir Rakhmonov - IT
5 апр., 12:45
30 daqiqalarda "System Design Asoslari" mavzusida gaplashamiz.Ko'rishguncha.https://youtube.com/live/AAz4WPLzl60


Jakhongir Rakhmonov - IT
23 мар., 11:36
O'zbek dasturchilariga qiyinKo'pchiligimiz hammaga "ho'p aka, bo'ldi aka" deb o'rganib qolganmiz. "Yo'q" deyishga qiynalamiz. Men ham shunday bo'lganman.Manager kelib "mana bu ishni qilib bera olasanmi?" desa "ha qilib beraman" deb ko'p aytar edim. "Qancha vaqt ketadi?" deb so'rasa 1 hafta deyishni o'rniga "2 kun ketadi aka" der edim.Natijada nima bo'lgan? Charchab qolganman.Hozir esa birinchi aytadigan gapim "ozgina vaqt bering, o'ylab ko'ray lekin katta ehtimol bilan darxol kirisha olmayman. Zarur bo'lsa boshqa odamga ayting" deyman.Sizga ham maslahatim shu. "Yo'q" ko'proq deyish.@jakhonrakhmonov
Jakhongir Rakhmonov - IT
2 мар., 10:13
Urush va AmazonYaqin sharqda nimalar bo'layotganidan xabaringiz bor. Raketalar uyoqdan buyoqqa uchib yuribdi afsuski.Ularning biri AWS ning bir data-centeriga ham yetib borgan ko'rinadi.Eslatib o'tish kerak AWSda regionlar mavjud. Har bir region esa Availability Zone larga bo'lingan.Aynan shu holatda biror bomba yoki raketa AWSning Middle East regionidagi mec1-az2 Availability Zone data-centeriga tushgan ko'rinadi.Natijada, ushbu data-centerda ishlayotgan servislar ishida uzilishlar kuzatilgan.Lekin shu servislarning ko'pchiligi tez orada yana ishlashni boshlagan. Data center hali ham yonayotganiga qaramasdan.Sababi esa aynan shu regionlar va AZ larning ko'pligida. Barcha AWS servislar deyarli barcha regionlarda ishlaydi.Birorta regionga nimadir bo'lsa servislar avtomatik tarzda "weight-away" qilishadi. Yani buzilgan regionga trafik jo'natish to'xtatiladi. Data center


Jakhongir Rakhmonov - IT
24 февр., 11:20
Nvidia da ish boshlaganimda jamoada AI skeptik lar ko‘p edi. Hozir esa ularning soni...O‘tgan yilning Avgust oyida Nvidia da ish boshlaganimda jamoamizdagi eng tajribali dasturchilar orasida AI skeptiklar yetarlicha edi. Ularni Linkedinda kuzatar ekanman "AI instrumentlarni ishlatish yaxshilikka olib kelmaydi" degan ma’nodagi postlar yoki kommentlarni ko‘p ko‘rar edim.Oradan mana yarim yildan sal ko‘proq vaqt o‘tdi.Ular yozayotgan postlar va kommentlar ma’nosi "AI toollar juda foydali. Kim qanday maqsadlarda ishlatyapti?" ga o‘zgarganini sezish mumkin. Men taniganlar orasida faqat bir dona skeptik qoldi. Yana yarim yillarda xabar olamiz.Kelajakda nima bo‘ladi deysizmi? Uzoq kelajakda nima bo‘lishini men ham boshqalar ham bilmaydi. Yaqin kelajakda nima bo‘lishi esa menimcha aniq.Oldin deyarli barcha korxonalar ishlashingiz uchun macbook yoki boshqa laptop berar edi. JetBrains
Jakhongir Rakhmonov - IT
14 февр., 21:36изменён
Microsoft AI boshlig’i 1.5 yil ichida AI ko’pchilik, balki xatto barcha, white-collar ishlarini avtomatlashtiradi debdi yaqinda.Bilmadim.Yoki men qanaqadir bubble da yashayman yoki bular.Balki men AI ga qiziqmaydigan joyda (Nvidia) ishlarman? Balki oldin ishlagan joylarim (AWS) AI ga qiziqmagan?Ishimizni to'liq avtomatlashtirishga yaqin ham kelmagan bu instrumentlar.@jakhonrakhmonov


Jakhongir Rakhmonov - IT
8 февр., 14:07
переслано из @jr_twitgram
🔴 Stream - 30 daqiqalardan so'ng 🔴https://www.youtube.com/live/XnHCTB31nvgOldingi streamlarda "Claude Code" ga o'xshash "Shrek Code" agentini yozishni boshlagan edik.Agentimiz fayllar bilan ishlashni biladi, kod yoza oladi. Lekin unda ichki "yashirin" ma'lumotlar haqida ma'lumot yo'q.Bugun ichki ma'lumotlar bilan context qurib berishni, zamonaviy so'zlar bilan aytganda RAG (Retrieval Augmented Generation) qo'shamiz.
Jakhongir Rakhmonov - IT
3 февр., 09:35
Dasturchilikda vaqtinchalik yechimdan ko'ra doimiyroq narsa yo'q bo'lsa kerak.@jakhonrakhmonov
Jakhongir Rakhmonov - IT
31 янв., 15:06
Tahminan 20-30 daqiqalarda stream."Google Image Search" ga o'xshash bo'lgan, albatta ancha kichikroq variantini Pythonda yozib ko'ramiz.Bugungi kunda juda hype bo'layotgan Vector va Embeddings kabi tushunchalar haqida o'rganamiz, mental model quramiz. Odatdagidek amaliy kod yozish orqali.Ko'rishguncha.https://www.youtube.com/live/gxbGC-LnJjI
Jakhongir Rakhmonov - IT
30 янв., 05:02
Katta katta loyihalar qurmoqchi bo‘lgan har bir dasturchi "distributed systems" nimaligini bilishi shart.Umuman olganda, distributed systems bu ma’lum bir vazifani bajarish uchun har xil aloqa kanallari orqali bir biri bilan muloqot qilib, o‘zaro hamkorlik qiladigan elementlar guruhidir. Elementlarga misol qilib telefon kabi jismoniy qurulmalarni yoki browser kabi dasturiy protseslarni keltirish mumkin.Qo‘pol qilib aytganda bir guruh komponentlar biror ishni bir biri bilan bir balo qilib gaplashib bajarsa shuni distributed systems deyilar ekan.Ho‘p, nimaligini tushundik.Qiyinlashtirib nima qilamiz? Nega bizga o‘zi bu distributed systems degan balo kerak?Juda yaxshi savol.Birinchidan, shunaqangi loyihalar borki ular bitta komponentning ishdan chiqishiga bardoshli bo‘lishi shart. Masalan, Dropbox siz unga jo‘natgan fayllaringizni bir nechta serverlarda nusxalarini saqlaydi.
Jakhongir Rakhmonov - IT
26 янв., 13:09изменён
Shu "Claude Code" deb atalmush qora magiyani yaxshiroq tushunib olish uchun 0 dan yozib ko'rmaymizmi bir? Tahminan 30 daqiqalarda, stream: https://www.youtube.com/live/9hTJ84vV-LI

