Последние посты

Janob Musayev | Engineering Life
8 сент., 13:24
Uydagi yangi babyproof ofisim bilan tanishing.@Janob_Musayev
Janob Musayev | Engineering Life
1 сент., 09:27изменён
Ishga qaytsam kim ko'proq AI ishlatayotganini o'lchash yo'lga qo'yilibdi. Ishlatilgan tokenlar soni bilan! Bir vaqtlar qaysidir kompaniyalar dasturchilarga oylikni necha qator kod yozgani bo'yicha to'lagani esimga tushib ketdi. Shunda oddiy ishlar uchun
Janob Musayev | Engineering Life
25 авг., 15:45
Vayb-koderlar AI ga nima qilishni buyuradi. Muhandislar esa unga nimalar qilmaslik bo'yicha aniq chegaralar qo'yadi.Ishdagi bilim ulashish sessiyalaridan biridagi Principal Engineer tomonidan bildirilgan fikr.#engineering_life #AI #microsoft_life@Janob_Musayev
Janob Musayev | Engineering Life
2 авг., 09:54
Agar xizmat yoki mahsulot narxi qandaydir devorlar ortiga berkitilgan bo'lsa va uni ko'rish uchun shaxsiy ma'lumotlaringizni qaysidir tizimda doimiy qoldirishdan boshqa yo'l yo'q bo'lsa, unda bu narx adolat bilan qo'yilgan narx emas.#startup_life@Janob_Musayev
Janob Musayev | Engineering Life
30 июл., 14:35
5 ta farqni topinglar)#polvon@Janob_Musayev
Janob Musayev | Engineering Life
27 июл., 20:51изменён
Timeweb rahmatGrantGO, MentorGO va EventGO loyihalari saytlari ishga tushgandan beri server provayder sifatida TimeWebni ishlatib kelamiz. Servisi zo'r ishlaydi. Admin panel zamonaviy ko'rinishda va juda qulay. Narxlari ham judayam arzon, tahminan oyiga $10-15 (edi).O'tgan 5 yil ichida deyarli uzilish bo'lmadi. Bo'lganda ham bizga ta'sir qiladigan darajada emasdi. Narxlarida ozroq o'zgarish bo'lganda ham boshqa bunday servis topish qiyinligi va serverni ko'chirish o'zi katta bosh og'riqligi sabab uni o'zgartirmay keldik.Afsuski, tentak chol o'z manfaati uchun boshlagan urush shu yerga ham ta'sir qildi. 2022-yil o'rtalarida xorij kartalaridan to'lov qilish muammoga aylandi. Ammo oradan 2-3 oy o'tmasdan avvaliga Arabiston keyinroq Qozog'iston to'lov tizimi orqali to'lov qilish imkoniyatini qo'shishdi. Konversiyadan yana ozroq yutqazdik. Rubl o'ynashi ta'sir qilishni boshladi.
Janob Musayev | Engineering Life
24 июл., 12:04
Zubayr har safar uydagi muzaltgich oldidan o'tganda shu magnitga qarab talpinadi.Irlandiyada tug'ilgan bo'lsa ham qalban O'zbekistonlik baribir 🇺🇿#polvon@Janob_Musayev
Janob Musayev | Engineering Life
23 июл., 15:48изменён
Startap asoschisi sifatida sizda faqat ikki yo‘l bor
Janob Musayev | Engineering Life
21 июл., 11:23
Birinchi rasmdagidek mashinalar ishlab chiqishdan ikkinchi rasmdagiga yetib kelish uchun qanchalik ahmoq bo'lish kerakligini hech tushunmayman.Tarixdagi eng iconic bo'lgan logotiplardan birini ham o'ldirishdi.#off_topic #cars #jaguar@Janob_Musayev
Janob Musayev | Engineering Life
9 июл., 20:02
GPT-5.6 faqat kod yoki matn yaratmaydi, balki natijani o‘zi tekshiradi, kamchiliklarini topadi va yakuniy ko‘rinishini yaxshilaydi.
Janob Musayev | Engineering Life
8 июл., 13:35изменён
G‘ayrat, avval jamoa qur. Tizim keyin keladi.Bir tadbirkor tanishim ish jarayonlarini tartibga solish uchun tashqaridan “tizimlashtiruvchi” olib kelibdi.Mutaxassis ishni CRM, ERP o‘rnatishdan boshlabdi.
Janob Musayev | Engineering Life
6 июл., 08:33изменён
Claude Code limiti uchun kichik "hack"Claude Codedan foydalanib ko'rganlar biladiki uning 5 soatlik limiti tugab qolishi oson. Ayniqsa, kuchliroq modellar ishlatilganda.Yashirin muammoLekin bu yerda muammo faqat limit ozligida emas, uning hisoblanishi qachon boshlanishida ham. Claude bu yerda rolling window usulidan foydalanadi.Masalan, agar siz 9:00 dan kelib ish boshlasangiz, limitingiz 9:00 da boshlanadi va 14:00 gacha yetmasligi mumkin. Undan keyingi limitni oxirgacha yetkazish uchun esa 19:00 gacha ishda qolib ketib qolishingiz mumkin.Agar shu rolling emas, fixed window bo'lib har kuni 6:00 yoki 7:00 dan boshlanganda edi, sizda kun davomida 2 ta emas, 3 ta window bo'lardi. Ishdan ham 16-17:00 oralig'ida bemalol bo'shar edingiz.Yechim — HackYaqinda bilib qoldimki, Claude limitini har kuni aniq vaqtda boshlashning yo'li oson ekan.Buning uchun Cowork qismida har kuni
Janob Musayev | Engineering Life
1 июл., 07:41изменён
Anthropic eng kirchimol modeli bo'lgan Sonnetning 5-versiyasini e'lon qilibdi.Benchmarklar va yangiliklarni o'zingiz ko'rib olarsiz. Eng asosiysi 31-avgustgacha Sonnet 4.6 dan ham arzonroq ishlar ekan.#news #AI@Janob_MusayevAnthropicIntroducing Claude Sonnet 5Our most agentic Sonnet yet, with top-tier intelligence for coding and everyday professional work.
Janob Musayev | Engineering Life
30 июн., 12:14изменён
Kod hech qachon aldamaydiIshda koddagi deyarli hamma o'zgarishlar SI bilan qilinayotgani yoqmayotgan bir joyi hamma yerda ortiqcha kod izohlari ko'payib ketgani.PRlarda bir qator o'zgarishga ham 5 qator izoh yozilyapti. Haqiqiy kodni o'qish qiyinlashib ketyapti.Linus akaning 26 yil oldin aytgan gaplarini qayta trendga chiqarish kerak bo'lgan zamondamiz.#engineering_life@Janob_Musayev
Janob Musayev | Engineering Life
28 июн., 12:55изменён
Bugun dam olish kuni oilam bilan aylangani chiqdik.Ketishdan oldin Claudega 4-5 ta ishni qator qilib tayinlab, har biriga "Savol so'ramasdan bajar" deb qo'shib, elevated rejimga qo'yib keldim. Eng muhimi "Make no mistakes!" deb tayinladim.Uyga borgandan keyin qilgan ishlarini tekshirib olaman. Yaxshi qilmagan bo'lsa gap eshitadi :)@Janob_Musayev
Janob Musayev | Engineering Life
25 июн., 14:07изменён
Sun'iy intellekt bilan development vaqtini qanchalik tezlashtirmang baribir kompilyatsiya qachon tugashini soatlab kutishdan qochib bo'lmas ekan. Har holda o'n minglab fayllar bitta repository ichida yotadigan enterprise monolit loyihalarda.Ish agentlarga topshirib qo'yilgan taqdirda ham ular ham baribir shu joyga kelganda qotib qoladi.Bu huddi shahar ichidagi tirband ko'chalarda aravangni Matiz o'rniga Porshe bilan almashtirishga o'xshaydi. Svetaforlar o'rtasida qanchalik tez harakatlanma baribir tirbandlik ichida kutishga majbursan.Xulosa: Infrastrukturani optimallashtirish ish qurollarini optimallashtirishdan ko'ra samaradorlikni ko'proq oshiradi.#engineering_life@Janob_Musayev
Janob Musayev | Engineering Life
16 июн., 20:17
Microsoft Claude Coworkga raqobatchi e'lon qildi — Copilot CoworkBugun Microsoft Claude Coworkga raqobatchi sifatida o'zining Copilot Cowork mahsulotini e'lon qildi. Claudedan nima farqi bor? Amalda hech qanday. UX tomonlama ham Claudedan "ilhom" olingan :)Asosiy farq Microsoftning 400 mlndan ortiq korporativ foydalanuvchilari bor. Ularning ko'pchiligi Claude ishlatmaydi. Kompaniyalar uchun ham tayyor subscription ichida qo'shimcha xizmat olgani yaxshiroq yangi subscription olgandan ko'ra.Yangilikni e'lon qilayotgan yigitcha esa Charles Lamanna, tez orada Microsoftning katta bir bo'limi C-level boshqaruvchisi bo'lishi kutilyapti. Hali 40 ga kirmagan bo'lsa kerak. U bilan men oramizda 7 ta menejment qavati bor 🥲https://www.microsoft.com/en-us/microsoft-365/blog/2026/06/16/copilot-cowork-is-now-generally-available/#news #microsoft_life@Janob_MusayevMicrosoft NewsCopilot Cowork is now generally availableCopilot Cowork is now generally available worldwide, bringing secure, AI-powered automation for complex enterprise tasks in Microsoft 365.
Janob Musayev | Engineering Life
15 июн., 14:45изменён
Microservislar asosiy xususiyatiYaqinda Sam Newmanning Building Microservices kitobini o'qishni boshladim.Kirish qismida mikroservislar o'zi nima ekani va ularning asosiy xususiyati qanday bo'lishi kerakligini yaxshi ochib bergan ekan.Yuqoridan xulosa qilish mumkinki, qurayotgan tizimingizni qanchalik mayda bo'laklarga bo'lmang, agar ularni mustaqil deploy qilish imkonsiz bo'lsa, unda arxitekturani mikroservis deb atab bo'lmaydi.#engineering_life #book_insights@Janob_Musayev
Janob Musayev | Engineering Life
3 июн., 16:33изменён
o’sha paytlar sal uyat edi AI ishlatish.Hozir-chi? Ishlatmasang kuladiganlar bor.
Janob Musayev | Engineering Life
27 мая, 02:11
Qurbon Hayiti barchamizga muborak bo'lsin!
