Последние посты

Janob Satirik
10 сент., 09:28
Followering 5 mingtadan oshmagan paytda tanishlaring:— Boʻladigan ishni qilsang boʻlmaydimi?Followering 50 mingtadan oshgandan keyin tanishlaring:— Doʻkonimni reklama qilib ber? — Pulini to'la. — Boʻladigan ishni qilsang boʻlmaydimi?@janobsatirik
Janob Satirik
9 сент., 10:51
Futbol millionlar oʻyini. Lekin Bunyodkorning elektrdan qarzi milliarddan oshib ketibdi.@janobsatirik
Janob Satirik
4 сент., 11:52
Qisqagina umrimizni nuqtadan keyin probel tashlamasdan yozadigan odamlarning matnini o‘qish bilan o‘tkazib yubormasligimiz kerak.Probel o'rniga nuqta va vergulni ishlatadiganlarni-ku gapirmay qo'yaveramiz.@janobsatirik
Janob Satirik
4 сент., 10:16изменён
Xususiy universitet ochgandan keyin:sifatli reklamalar bilan abituriyentlarni jalb etish ❌ avval qvz o'ynagan 1-2 ta qvzchilarga pul to'lab, yangi qvz jamoa ochish ✅@janobsatirik
Janob Satirik
4 сент., 06:49
Tanamdagi virus va bakteriyalarga o‘ta mehribonman-da. Dori ichmay, davolanmay, ularga haliyam vaqtingiz bor, tezroq sog‘lom holda mani tark eting deb imkoniyat bergim kelaveradi. Bu aslo mas’uliyatsizlikdan emas...@janobsatirik
Janob Satirik
31 авг., 12:34
Hamdam Sobirovning “Peshta” degan yangi qo‘shig‘ini afrikalik bolalar ham jo‘r bo‘lib kuylab, raqsga tushib instagramga joylashyapti. Birinchi marta man ham Hamdamni qo‘shig‘ini afrikalik bolalardek tinglayapman, hech bir so‘ziga tushunmasdan.@janobsatirik
Janob Satirik
31 авг., 12:21
Qachondan travel vloglar insonlar uchun “eng manfaatli kontent” hisoblanib boshlandi?
Janob Satirik
27 авг., 06:53
Instagram blogerlarining hayoti qiziq.Marry me qilayotganda, uylanayotganda kelin yuzi smaylik yo gul bilan berkitiladi.Toʻydan keyin esa er-xotin blog yuritish, trend olishlar boshlanadi.Shunda haligi smaylik va gulchalarning oʻsha paytdagi vazifasi nima edi?@janobsatirik
Janob Satirik
26 авг., 10:20изменён
Vatan sogʻinchi qiynasa, sizga Bobur yaxshi darddosh boʻladi.Sevgi azobi qiynasa, Majnun yaxshi darddosh boʻladi.Ayni paytda menga Bunyodkordan boshqasi darddosh boʻlolmaydi.@janobsatirik
Janob Satirik
23 авг., 17:24изменён
Man ham oddiy odamman. Mashina olganimda mashinamning uchtalik raqamini ijtimoiy tarmoqlardagi username/nicklarimga qoʻshib yozib chiqishni niyat qilganman.@janobsatirik
Janob Satirik
21 авг., 06:57
Ratatuy multfilmi qahramoni kal boʻlganida sichqon uni boshida sirpanmasdan muvozanatni saqlab ham tura olmasdi.Ushbu post soch ektirish xizmati reklamasi bo‘lishi mumkin edi.@janobsatirik
Janob Satirik
12 авг., 16:20
Uylanishga navbatim kelganining 1-kuni.
Janob Satirik
11 авг., 06:40
“2026-yilning atigi 4 oyi qolibdi. Hech bir maqsadga erisholmadim, bu yil meni yilim bo‘lmadiyov” deb siqilyapti atrofimdagi ayrim tanishlarim. Man esa siqilmayapman.Chunki man taxminan 8-yanvarlarda tushunib yetgandim 2026 dan uje umid yo‘q, kechikdim, 2027 ni kutishim kerakligini.@janobsatirik
Janob Satirik
10 авг., 09:20
Shu taekvandochilar, karatechilar kafel-u g'ish sindirishni to‘xtatishsa bo‘lardi.Talab kamayib qurilish materiallari sal arzonlasharmidi deyman-da...@janobsatirik
Janob Satirik
9 авг., 10:25
PayMeda kartam nomini o‘zgartirib qo‘ydim: “uyatli karta”.Tuzukroq summalar qabul qilmaguncha ushbu tavqi laʼnat ostida qolaveradi.@janobsatirik
Janob Satirik
5 авг., 19:01
Baland binolar tagida yurganda istalgan odamni orqasidan tupurib, konditsionerga toʻnkab oʻtib ketadigan ob-havo yurtimizda hali hamon hukm surmoqda.@janobsatirik
Janob Satirik
4 авг., 09:44
Ovqat yuqi idishlarni tozalik uchun, gigiyena uchun, uyni tarakan bosmasligi uchun, yoqimsiz hid anqimasligi uchun, va eng muhimi hokimbuva uyimga bostirib kirganda uyalib qolmasligim uchun oʻz vaqtida yuvishga odatlanyapman.Har ehtimolga qarshi eshikni doim qulflab yuraman.@janobsatirik
Janob Satirik
31 июл., 20:03изменён
Agar sizga “Sen hech kimning fikriga quloq solma. Faqat olgʻa intil”. deb maslahat beradigan odamning gapiga kirsangiz, olgʻa intilmasligingizga toʻgʻri keladi.@janobsatirik
Janob Satirik
26 июл., 09:54изменён
Youtubega kirib “sea/ocean video 4K” deb izlashni tavsiya qilaman.@janobsatirik
Janob Satirik
25 июл., 21:07
Agar skrinshotda ovoz koʻtarish shkalasi ham koʻrinib turgan boʻlsa, bu skrinni olish oson boʻlmagan.@janobsatirik
