gram news
Аватар канала Javokhir Toshpulatov | Blog

Javokhir Toshpulatov | Blog

@javokhir_toshpulatov

Asosan ta’lim, tarbiya va rivojlanish mavzulari bo’yicha gaplashamiz. Yozadiganlarimning hech biri shunchaki nazariyaning o’zi emas. https://t.me/+zOKz22G2GKY5OWRi 📩 @javokhirtoshpulatov

ПроектыUZОбразование

2,000подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • Javokhir Toshpulatov | Blog

    11 сент., 12:08

    Telegramda yana aktiv bo’laman. Hozircha faqat instagramda o’z fikrlarim bilan bo’lishib boryapman.Biz imtihonni qanday tartibda olishimiz haqida tushuntirdim. Qiziq bo’lsa ko’rishingiz mumkin)
  • Javokhir Toshpulatov | Blog

    3 сент., 09:55изменён

    Shu paytgacha turli mavzularda yozdim, kontentlar qildim.Bundan keyin blogimni faqat mutaxassisligim bo'yicha yuritishim kerak deb o’yladim.Mutaxassisligim haqida qisqacha:Umumiy hisobda 10 yildan buyon aktiv ravishda ta'limda faoliyatdaman.Orada o'quv markazlar, ijtimoiy loyihalar va o'zimni o'quv markazimni ham yuritishga ulgurdim.Ammo bu loyihalar xususiy maktabdagi faoliyatimdek o'ziga torta olmadi.Oxirgi 6 yilimda qolgan loyihalar bilan parallel ravishda xususiy maktabda faoliyat yuritaman.Oxirgi 3 yilda esa qolgan loyihalardan deyarli to'liq chiqdim. Shundan so'ng maktabimiz tomonidan qo'shimcha mas'uliyatlar berildi.1,5 yildan buyon Rahimov school lokomativ fillialida Matematika kafedrasi to'liq ishonib topshirildi.Bilmaganlarimni o'qib, izlanib, tajribalar qilib va maktabimiz asoschilaridan maslahatlar olib o'rganyapman.
  • Javokhir Toshpulatov | Blog

    31 июл., 15:42изменён

    Qalbi keng insonlarda:Sabr ko’proq, osiylik kamroq;Moslashish ko’proq, chala tashlab ketish kamroq;Halimlik ko’proq, g’azab kamroq;Hotirjamlik ko’proq, sakinatsizlik kamroqbo’lishini ko’ryapman, bilyapman..@javokhir_toshpulatov
  • Javokhir Toshpulatov | Blog

    27 июл., 18:26изменён

    Yaqin do’stim bor. Bir kuni aytib qoldi:Javohir juda omadliman. Negadir qayerga borsam hamma joyda yaxshi insonlar uchrayveradi.Universitedda, Londonda, ishxonalarimda.Uni yaqindan tanigan inson sifatida xulosa qildim. Haqiqat u o’ylagandek emas edi.Unga faqat yaxshi insonlar uchrayvermagan.U o’zi insonlarni yaxshi hislatlarini ko’radigan, kamchiliklariga esa deyarli e’tibor bermaydigan inson.Fazilati bor insonda kamchiliklar ham bo’ladi. Qaysi birini ko’rish esa ko’ruvchiga bog’liq.Keng qalbli inson fazilatlarni ko’radi. Qolganlar esa kamchiliklarini.Bugun atrofidagilardan rozi bo’lmaganlar ertaga boshqa joydagi insonlardan ham rozi bo’lmaydi.Muammo ko’p holatda atrofdagilar bilan bog’liq emas. Ularni qaysi qiyofada ko’rayotganlarga bog’liq.
  • Javokhir Toshpulatov | Blog

    11 июн., 15:19изменён

    Uzoq muddatli mustahkam munosabatni 2 ta narsa ta’minlaydi:1. Asosiy prinsiplar(qadriyatlar);2. Kelajakdagi maqsadlar.Shu ikkalasi o’xshash bo’lsa, istalgan uzoq muddatli munosabat uchun yo’l ochiq.O’xshashlik tasdig’ini faqat tildan olmang. U istalgan narsa deydi. Amallarni kuzating. U aldamaydi.Maqsadlar aytilganda, shovqinli eshitiladi. Bugungi harakatlar esa loyiqlikni belgilaydi.Bugungi harakat va maqsad mutanosib emasligini ko’rsangiz, demak u orzu. Orzu esa 8 yoshli bolada ham bor.@javokhir_toshpulatov
  • Javokhir Toshpulatov | Blog

    5 июн., 07:13

    Yaqinda Islam Makhachev O’zbekistonga keldi. U bilan birga bo’lganlarni aytishicha:“2-3 soat futbol o’ynadik. Hammamiz harakatlarimiz og’irlashib qoldi. Lekin uning harakatlarida zarracha susayish ko’rmadik.Futboldan keyin soatlab Boks mashg’ulotlarini o’tkazdik. Asosan u harakt qildi. Uning yana o’zgarish sezmadik.Shundan keyin biroz suhbatlashdik, g’alabalari haqida so’radik:”Islam:Bugun qilgan harakatimiz men uchun yengil qizish mashqlari xolos.Bizni faqat bizdan ko’p shug’ullanadiganlar yutishlari mumkin. Lekin unaqalar yo’q!Davomiy g’alabalar tasodif bo’lmaydi. Kam odam erisha oladigan natijalar ortida, kam odamlar bardosh bera oladigan mehnat yotadi.@javokhir_toshpulatov
  • Javokhir Toshpulatov | Blog

    4 июн., 18:13изменён

    Yakka sportda shunday sportchilar bo’ladi. Ular natija qilganda olqishlanadi, natija qilmaganda esa darrov ulardan yuz o’giriladi.Bir qarashda, o’sha sportchiga muhlislari tomonidan adolatsizlik qilingandek ko’rinadi.Yana shunday sportchilar bo’ladi-ki ular yutqazsa ham muhlislari tomonidan qo’llab quvvatlanaveradi. Ularga yana ishoniladi.Sababini jiddiy kuzatsangiz bu ikki holatdagi ikki xil munosabatni mohiyatini tushungandek bo’lasiz.Yutqazganda ham qadrlanadigan insonlar, bir paytlar g’alaba qozonganda o’zligini unutmagan bo’ladi.Raqibni hurmat qilgan bo’ladi. G’alabaga faqat o’z kuchi bilan erishmaganini e’tirof qiladi.Ammo yutqazganda qadrsiz bo’lib, faqat natijasi bilan qadrlanadigan insonlarda sof insoniy hislatlarni ko’rmaysiz. Samimiylik deyarli bo’lmaydi.Hayotning boshqa yo’nalishlarida ham shu ishlaydi.Qiymat berishdan boshqa fazilatingiz bo’lmasa faqat
  • Javokhir Toshpulatov | Blog

    29 мая, 19:08изменён

    Aksariyat insonlarga yaxshi inson bo‘lib ko‘rinish juda oson.Shunchaki ko‘proq eshitasiz, ularning fikrlariga qarshi fikr bildirmaysiz. Shuning o‘zi yetarli.Insonlar ko‘proq eshitilishni xohlashadi. Ular eshitilgan sari o‘zlarida mamnunlikni his qilishadi.Ularni mamnun qilgan insonlardan xayollarida o‘sha insonga nisbatan hurmatga loyiqlik obrazi shakllanadi.U quyidagi ketma-ketlikda bo‘ladi:Eshitdi, qo‘shildi va ma’qulladi;Ma’qulladi, demak qabul qiladi;Qabul qiladi, demak amal qiladi.Real hayotda ham doim shunaqa bo’lsa qani edi.Gapirishni xohlaydigan insonlardan ko‘ra kamroq gapiradigan insonlarni eshitgim keladi.
  • Javokhir Toshpulatov | Blog

    20 мая, 09:24изменён

    Men ko’rgan va eng muhim deb hisoblaydigan 7 ko'nikma/xislat (asosan erkaklarda):1. Tez va sifatli qaror qabul qila olish;2. Stress ko’tara olish;3. Mas’uliyatni o’ziga olish(nolimaslik);4. Vaqt va energiyani boshqara olish;5. O'z-o’zini majburlay/cheklay olish;6. Shaxsiy fikr/prinsiplarga ega bo'lish;7. Muzokara o'tkaza olish.@javokhir_toshpulatov
  • Javokhir Toshpulatov | Blog

    15 мая, 02:38изменён

    Bir qoida bor:Sen bergan ma’lumotni ikkinchi tomon noto‘g‘ri tushunsa – muammo senda, tushuntirishingda.Insonlar qabul qilganidan ma’no qidiradi.Beruvchi shu joyida xushyor bo‘lishi kerak:Yozganda ham, gapirganda ham gapni har xil rakurslarda ko‘ra olishi kerak.Ma’lumot shunday yetkazilishi kerakki, uning ma’nosi noto‘g‘ri qabul qilinishiga yo‘l qolmasin.Kimgadir yozish yoki gapirishdan oldin uzoq o‘ylamaydiganlar, keyin o‘sha xatosini to‘g‘rilash uchun karrasiga ko‘p vaqt yo‘qotishadi.Evaziga esa turli kelishmovchiligu ularga nisbatan ikkinchi tomonda ishonchsizligi shakllanadi.Men hurmat qiladigan, maza qilib suhbatlashadigan insonlarimning barchalarida shu hislat bor.Ya’ni: Qisqa gapda katta ma’no berish. No’to’g’ri tushunishga yo’l qoldirmaslik.
  • Javokhir Toshpulatov | Blog

    14 мая, 05:56изменён

    Merit maktabiga endi o‘tgan yilim (undan avval erkin grafikda maqsadli abituriyentlar bilan Meritning o‘quv markazida ishlaganman):Haftada 46 soat dars o‘tardim. Avval hozirgidek sinflarni darajalarga bo‘lmas edik.Parallel ravishda 2 ta eng sho‘x sinfga ham rahbar bo‘lganman.Boshqa fanlardan vazifa qilmaganlarini olib qolib, qilmaguncha ketkazmas edim, tarbiyasi bilan shug‘ullanar edim.Har kuni YouTube’dagi video darslarimni ham o‘sha vaqtda olishni boshlaganman. Qo’shimchasiga matematikaga doir katta kanalim ham bo’lgan.Odatda maktabdan 22:00 ga yaqin ketishga to’g’ri kelar edi. Uyga borgach, olingan dars montaji + ertangi darsga tayyorgarlik + boshqa muhim ishlar.Ishdagi majburiyatim 17:00 gacha tugar edi. Qolgani himmat, qiziqish va maqsadlarim uchun sarflangan resurslar bo’lgan.Qaysidir o‘qituvchi sifatsiz darsi uchun ishi/darsi ko‘pligini sabab qilib keltirsa,
  • Javokhir Toshpulatov | Blog

    13 мая, 17:30изменён

    Tizimlashgan kompaniyalarga ishga kirish oldidan ikki tomonlama kelishuv shartnomasi beriladi.Tanishasiz, rozi bo’lsangiz shartnoma imzolaysiz.Kimdir shu shartnomani batafsil o’qiydi yana kimlardir 15-20 minutini tejash uchun o’qib o’tirmasdan tasdiqlab yuboradi.Xato shu yerdan boshlandi.Har qanday katta kelishuvlar oldidan “qizil chiziqlar” haqida gap ketadi.U ba’zida og’zaki, rasmiy munosabatlar oldidan esa yozma ko’rinishda.Men shunday shartnoma kimgadir taklif qilsam yoki kimdandir olsam dastlabki kelishuvga jiddiy qarayman.Yillab davom etadigan loyihalar oldidan soatlar sarflanishi mantiqan ham to’g’ri.U kutilmalarni aniqlashtiradi. Uzoq yillik munosabat uchun mustahkam katlavan vazifasini bajaradi.Ayniqsa kelishuvdagi “qizil chiziqlar”dan ogoh bo’lish ikki tomon uchun ham kelajakdagi riskni minimallashtiradi.
  • Javokhir Toshpulatov | Blog

    30 апр., 09:03

    Sinfda ustozizmiz "buzuq telefon" o'yinini o'ynatar edilar. Ko'pchilik o'ynagan bo'lsa kerak.Bilmaydiganlar uchun qisqacha:Birinchi qatorda o'tirgan o'quvchi qulog'iga ustoz bitta so'z aytadilar. Bu o'quvchi ikkinchi o'quvchi qulog'iga, ikkinchisi uchinchisiga va h.k.Shunday ketma-ketlikda 1-aytilgan so'z 30-o'quvchiga borguncha kulgili darajadagi so'zga aylanib qolgan bo’ladi.Bu o'yin har kuni o'ynaladi. Farqi, sinfda emas, hayotda. Faqat kichiklar emas, kattalar ham.Bir kishi bir gap eshitsa, ikkinchisiga aytadi. Ikkinchisi esa uchinchisiga. Natijada 4- yoki 5-odamgacha umuman boshqa ko'rinishda boradi.O'yindagidan farqi bunda kimlardir aniq hafa qilinadi. Chunki o'yin natijasi fitna bilan tugaydi.Shunday bo'lishi aniq ham. Sinfdagi o'yinda bittadiga so'z to'g'ri yetib bormayapti. Butun boshli voqelik qanday ham o'z holatida yetib borsin.Odatda gap yetkazilayotganda,
  • Javokhir Toshpulatov | Blog

    29 апр., 11:33изменён

    Qarorlarni chiqarish oson. Qiyini ularni joriy qilish. Undan qiyini esa ishlash davomiyligini ta’minlash.Qonunlarni jiddiy olmaydiganlar va buzuvchilar albatta topiladi. Ularni kamaytirishning oxirgi yo‘li og‘riqli oqibatlarni oldindan ko‘rsatish.O‘zgarishga moyillar oxirgi choragacha olib borishmaydi. Olib borishyaptimi, og‘riqli oqibatlardan foydalanish shart.Aynan shu qismini ishlatmaslik qonunlarning davomiy ishlamasligiga asosiy sabab bo‘ladi.Kofnliktdan to’liq qochib bo’lmaydi ammo uni minimallashtirish mumkin. Buning uchun:1. Qoidalar o‘zaro kelishuv asosida tuzilishi;2. Ishlayotganini doimiy tekshirib turish;3. Amal qilmaganlarga bir necha marta tushuntirilishi;4. Tushuntirish limitidan foydalanib bo‘lganlarga esa kelishuvdagi jazolar berilishi kerak.Bitta qoida buzarlikni e’tiborsiz qoldirish o’nlab/yuzlab qoida buzarliklar uchun sifatli urug’ bo’lib beradi.
  • Javokhir Toshpulatov | Blog

    12 апр., 14:08изменён

    Ishga kirishda talablarni kompaniya qo’yadi. Talablariga moslarni o’zlari saralab olib keyin oxirgi kelishuvga chaqirishadi.Kelishuv jarayoni keldi. Shu joyida hodim sifatida siz nimalar qilib bera olishingiz va buning uchun nimalar kerakligini o’zingiz yaxshiroq bilishingiz kerak.Bilishning o’zi yetmaydi. Buni so’rab ham olish kerak. Ko’pchilik shu joyida qiynaladi.Ish beruvchi sizdan natija talab qilsa-yu ammo berilgan imkoniyat ham to’liq ular tomondan belgilansa ko’p holatda oxiri natijasizlik bilan tugaydi.Yomon tomoni, natijasizlikka berilmagan imkoniyatlar emas, imkoniyat so’ramagan siz javobgar bo’lasiz.Yaqinda bir kompaniyaga chaqirishdi. Mening xabarim yo’q edi. Online ta’lim platformasi ekan.Kasbiy o’sishim uchun yaxshi imkoniyatdek ko’rindi. Asosiy ishimga halal bermaydiga darajada qulaydek ham edi.Daromadi ancha yaxshi. Ammo natijaga bog’langan.Kelishuv
  • Javokhir Toshpulatov | Blog

    3 апр., 02:42изменён

    “Xabaringizga tezda javob qaytara olmasligim mumkin, uzr!”Bu meni BIOimda yozilgan matn. 2-3 yildan buyon shunaqa.Muhim xabarlar kelsa javob qaytarishga shoshilmang.Emotsiyada yozilgan xabar, vaqt o’tib ortidan pushaymonlik olib keladi.Bemalolroq o’ylab ko’rib javob qaytaravering.Kechikkani yaxshiroq sizni afsuslantirganidan.Barmoqlar ham til vazifasini bajarayotgan zamondamiz, do’stlar.@javokhir_toshpulatov
  • Javokhir Toshpulatov | Blog

    2 апр., 09:37изменён

    Kafedramizdan bir ustozga 5-sinf bola hurmatsizlik qilgan. Baqirgan. Hatto biroz haqorat ham qilgan.(Bolani o’zi tasdiqladi)Ustoz ancha bosiqlik bilan muaomila qilganlar. Boshqa ustoz bo’lganida u bola uchun aniq yaxshilik bilan tugamas edi.Shu voqeadan keyin u bola aynan o’sha ustozimizda o’qishini men xohlamayapman.Sababi ustoz xohlasalar ham u bola uchun buyog’iga hech narsa bera olmaydilar.Bolani o’zini chaqirdim, tushuntirmoqchi bo’lyapman. Unga 2 ta variant berdim:1-variant: Boshqa guruhga o’tish testini yechasiz, 70% yechsangiz boshqa guruhga o’tasiz. Qo'shimchasiga o'zim ham sizga doim yordam beraman.2-variant: Ustozni rozi qilish orqali o’tasiz. Buning uchun hamma bolalar oldida kechirim so’raysiz. Alohida o’zlaridan emas.Bola ikkala variantdan ham aylanib o’tib, ko’z yoshlari bilan shunchaki boshqa guruhga o’tishga harakat qildi. 10-15 minut suhbatlashdim.Men bo
  • Javokhir Toshpulatov | Blog

    1 апр., 17:27изменён

    9-sinfimgacha yakshanba kunlari bozorda savdo bilan shug’ullanib turar edim. O’sha yerda doim bir gapni aytishgan:Sotuvchining 100 ta rad javobidan haridorning 1 ta rad javobi ustunroqSotuvchi qayta-qayta rad javob bergani uning mutloq bermasligini bildirmaydi. Qachondir rozi qilish imkoniyati qoladi.Ammo haridorning 1 marta rad javobidan keyin sotuvchining majburlashi molning qiymatini tushuradi.Ko’p holatda hayotda ham shu qoida ishlashini ko’raman.Ba’zi turmush yoshiga yetgan qizlarni kuzatgsangiz ularga har tomonlama mos inson uchraydi va o’sha insonni sinash uchun aksariyat holatda bitta xato texnikadan foydalanib qo’yishadi.Ularning fikricha:“Niyyati jiddiy bo’lsa bir nechta rad javoblarimdan keyin ham harakat qiladi”Niyyat jiddiyligi ortingizdan yuradigan qadamlar soniga yoki injiqliklaringizga qiladigan sabriga bog’liq emas.Sizni hali yaxshi tanishga ulgurmagan
    TelegramJavokhir Toshpulatov | BlogGapning mas’uliyatini his qilganlar, amalning ham mas’uliyatini his qiladi. Yoki aksi. “Istagan paytiz yordamga tayyorman” deganlarning yordam berishni istaydigan paytini topish qiyin. Insonlarning amallari bilan o’zi haqidagi davolari tengligini faqat…
  • Javokhir Toshpulatov | Blog

    29 мар., 13:31изменён

    Bugun bir kishi bilan quyidagi mazmunda gaplashib qoldik.Ishingizni yo’qotishdan qo’rqasizmi? Savol bunaqa emas ammo mazmun shunga yaqinroq edi.Boshida “Ha” degan fikr keldiyu, lekin keyin o’ylab qoldim..“Ta’lim sifati va yuqori natija uchun kim bilan bo’lsa ham argumentlashaversam, kompaniyaning uzoq yillik o’rni uchun oxirigacha kurashsam, qo’rqadiganlar bunaqa bo’lishi kerak emasku”deb o’zimni hotirjam his qildim. Keyin yana o’ylab ko’rdim:Men ishimdan ayrilishdan qo’rqmas ekanman, ishimdan ayrilishga loyiq inson bo’lishdan qo’rqar ekanman.XulosaAgar ishingizdan ayrilishdan qo’rqib sifatli ishlashingiz uchun, kompaniya foydasi uchun, mijozlar/bolalar haqqi uchun harakat qilmayotgan bo’lsangiz ana o’sha ishidan ayrilishga loyiq hodimlar sifati.@javokhir_toshpulatov
  • Javokhir Toshpulatov | Blog

    28 мар., 18:29изменён

    Bir yaxshi, Ilmli inson aytgandilar.“Qizim ilmli, lekin qizimni o’zidan ko’ra ilmliroq insonga uzatishim kerak.Chunki ojizalik qilib xato ishlarni o’ziga halollab olishidan uni faqat ilmliroq xo’jayin to’sa oladi”Ilmlirog’ini qidirayotgan bo’lsangiz bitta o’ylab ko’ring. Ilmingiz ilmidan ustunroqmi?O’ylab qoldim. Rostdan ham zo’r fikr aytgan ekanlar. Bundan hodim va rahbar uchun ham tushadigan qoida yasasa bo’lar ekan.Rahbarlar ham qo’l ostidagilardan ilmda ustun bo’lmasa ikkala tomon ham qiynaladi.Rahbat so’zini zulmsiz o’tkaza olmasdan. Hodim esa rahbar qilayotgan xatolarni unga tushuntira olmasdan.@javokhir_toshpulatov