Последние посты

Jilovlanmagan tafakkur (Qozoqboy Yoʻldosh)
11 сент., 07:32
переслано из @infotahlil_dn
#МедиаҲақиқат❗️Қодирийнинг ўрнига Ғафур Ғулом ўлдирилиши мумкин эмасди.Суҳбатнинг тўлиғи@infotahlil_dn
Jilovlanmagan tafakkur (Qozoqboy Yoʻldosh)
10 сент., 12:22
🔥 Ular sotqinmidi?Adabiyotshunos Qozoqboy Yo‘ldoshev bilan ochiq suhbat🔗 https://www.youtube.com/watch?v=y8BcYtsVlSQManda: "Daryo"
Jilovlanmagan tafakkur (Qozoqboy Yoʻldosh)
9 сент., 15:43
#fotolahzaProfessor Qozoqboy Yo‘ldosh O‘zbekiston xalq shoiri To‘ra Sulaymon uy-muzeyida “O‘lmaslika ishora – o‘langa oshiqligim” mavzusida bo'lib o'tgan xotira kechasi va To'ra Sulaymon kutubxonasi ochilish marosimi ishtirokchilari bilan.Manba
Jilovlanmagan tafakkur (Qozoqboy Yoʻldosh)
7 сент., 06:59
Asl she’riyat muhabbat yoki nafratdan tug‘iladi.Chin so‘z, chin tuyg‘u, chin amallarga doimiy intiqlik chin shoirlik belgilaridandir.Ijod mahsuli betakrorligi, o‘xshashi yo‘qligi bilan qimmatlidir.Eng nochor bitikchi ham eng ulug‘ ijodkorning nusxakashi bo‘lishni istamaydi.Hayot uchun natija muhim. Adabiyot uchun esa – jarayon.Qozoqboy YO‘LDOSH, pedagogika fanlari doktori, professorYig‘uvchi Muhiddin Abdusamad“Yoshlik” jurnali 2025-yil 12-soni
Jilovlanmagan tafakkur (Qozoqboy Yoʻldosh)
3 сент., 10:58изменён
#fotolahzaProfessor Qozoboy Yo‘ldosh "Turkiy dunyoning ma’naviy merosi: adabiyot – davrlar va avlodlar muloqoti" forumida.Manba
Jilovlanmagan tafakkur (Qozoqboy Yoʻldosh)
31 авг., 06:28
переслано из @ulugbekhamdamijodi
Mustaqillik bayrami muborak boʻlsin! Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
Jilovlanmagan tafakkur (Qozoqboy Yoʻldosh)
12 авг., 15:56изменён

Jilovlanmagan tafakkur (Qozoqboy Yoʻldosh)
12 авг., 15:56
Tong yulduzi gazetasidan olindi.
Jilovlanmagan tafakkur (Qozoqboy Yoʻldosh)
23 июл., 15:12изменён
Hozirgi kunda bolalarga ot qo‘yish jarayoni shiddat bilan milliy ildizlardan uzoqlashish bosqichini kechirmoqda. Ota-onalar ruhiyatida milliy g‘urur tuyg‘usi teran o‘rnashmagani uchun ko‘pincha urpoqlariga jarangdor, ammo bizga begona ismlarni berishga ruju qo‘yishgan. Shu sababli ko‘pincha ma’nosi nimani anglatishini o‘ylamagan holda bolalarga zamzamali otlarni qo‘yish keng yoyilgan.Bolalarimizning o‘ndan to‘qqizi Farangiz, Jamshid, Sabrina, Taxmina, Setora kabi o‘zbekcha bo‘lmagan ismlar bilan atalmoqda. Arab va fors otlarining haddan tashqari ko‘payib ketishi millatdagi o‘zlik tuyg‘usini susaytiradi.Bosim To‘ychiboyev, Qozoqboy Qashqirli "Zominning til qomusi"dan
Jilovlanmagan tafakkur (Qozoqboy Yoʻldosh)
22 июл., 10:03
переслано из @yozuvchilar_uz
🔗SURAT VA SIYRAT HUZURIDAQozoqboyning fikricha, hodisalarning ko‘lamdorligi didlarning xilma-xilligiga olib keladi va bu shunchaki bir tasodifiy holat emas, millat miqyosida yuz berayotgan g‘oyat o‘ziga xos intellektual-estetik tamoyilning ko‘rinishi. Ibrohim akaga muallifning “millat shaxslashgani sari didlar turfalashib, ularning qiziqish doirasi har xillashib boraveradi”, degan fikri ham ma’qul bo‘ldi. Suhbatimiz davomida Ibrohim akaga bundan ancha yillar avval yozgan bir jumlalarini eslatdim: “Badiiyat inson ruhining sirli nafosati ifodasidir” Bu gapni Xurshid Do‘stmuhammad ham aytgan.🖊 Ahmadjon Meliboyev🖇 Toʻliq jurnalimizning yangi 2026-yil 7-sonida mutolaa qiling ☺️Xarid: @jahonadabiyoti97_bot |🔄 Click va ▪️Payme ilovalari orqali ham amalga oshirish mumkin😀 Instagram | ❤️ Telegram | 🤖 Bot #jahon_adabiyoti #esse #xotira
Jilovlanmagan tafakkur (Qozoqboy Yoʻldosh)
20 июл., 05:37
переслано из @yozuvchilar_uz
#iqtibosAsl ijod buzilgan muvozanatdir. Dunyodagi birorta shoir ruhiy muvozanatdan chiqmay turib, birorta tuzukroq she’r yozolmaydi. Muvozanatdan, ya’ni risoladagi odamlarda bo‘ladigan ruhiy holatdan chiqish har bir ijodkorda o‘zgacha kechadi.Qozoqboy YO‘LDOSH📱Telegram 📱 Instagram 📱Veb-sayt 📱Facebook
Jilovlanmagan tafakkur (Qozoqboy Yoʻldosh)
17 июл., 09:36
https://www.instagram.com/reel/Da4dd0tsfji/?igsh=MXVvNDB0bjA0eHNwag==
Jilovlanmagan tafakkur (Qozoqboy Yoʻldosh)
17 июл., 05:20изменён
Qozoqboy Yo‘ldoshUyg‘unlikDilmurod Quronov — original fikrlaydigan olim. U hamisha hamma ko‘rgan estetik hodisaning hech kim payqamagan jihatlarini ko‘ra va izohlay biladi. “Dushmanni tanitgan do‘st” maqolasida barchasi birday ketma-ket sanab ketilaveriladigan Fitrat, Cho‘lpon va Qodiriy shaxsiyatlarining bir-biridan ayirmali qirralarini birgina chizgi bilan aniq ko‘rsatib beradi: “Cho‘lpon bilan Fitrat ijtimoiy jarayon ichida yashagan bo‘lsalar, ijtimoiy jarayon A.Qodiriyning ichida yashagan”. Bu qarashning to‘g‘riligini buyuk adibning o‘z iqrorlari ham asoslaydi. U adabiyotga doir atamalarda ham o‘ta aniqlik bo‘lishiga intiladi. Negaki, har qanday atama mohiyatning nutqiy qobig‘idir. Shu sabab “badiiy talqin” bilan “adabiy talqin” tushunchalarini farqlash kerakligi, birinchisi ijodkorga, ikkinchisi adabiy iste’molchi, ya’ni o‘qirman yoki sinchiga tatbiqan ishlatilsa, to‘g‘ri
Jilovlanmagan tafakkur (Qozoqboy Yoʻldosh)
14 июл., 10:44
Qozoqboy Yo‘ldoshPostmodernizm: mohiyat, ildizlar va belgilarPostmodernizm bir vaqtning o‘zida ham modernizmning mantiqiy davomi, ham uning tugatuvchisi bo‘lgan ambivalent (ikki vazifali) hodisadir. Agar modernizm uchun mavjud estetik qoliplarga bo‘ysunmaslik, san’atkorning o‘z-o‘zini ifodalash erki va ijodiy betakrorlik ideal sanalgan bo‘lsa, postmodernizm dunyoni egallab olgan texnik aurada tartib va betakrorlik yo‘qligidan kelib chiqib, individual ijodiy erkinlik o‘rniga o‘zgalarning badiiy yaratiqlarini juz’iy o‘zgartishlar, o‘yin va estetik nayrang vositasida badiiy o‘zlashtirishni muhim hisoblaydi. Postmodernizmda san’at bilan borliq, shuningdek, san’atning ichki turlari o‘rtasidagi odatiy farqlar yuvilib, chegarasizlik va qorishiqlik universal tus oladi. Unda estetik interpretatsiya badiiy innovatsiyani siqib chiqarib, o‘tmishda mashhur bo‘lgan asarlarga taqlid, ularniZiyouz.uzҚозоқбой Йўлдош. Постмодернизм: моҳият, илдизлар ва белгиларКейинги йилларда, умуман, ўзбек миллий тафаккури, хусусан, адабиёт ҳамда санъатида кўп тўхталинаётган, қатор баҳсу мунозараларга сабаб бўлаётган постмодернизм ҳодисаси ўз-ўзидан пайдо бўлиб қолган бир таркиб ва бир босқичли ҳодиса бўлмай, тараққиётнинг анчагина…
Jilovlanmagan tafakkur (Qozoqboy Yoʻldosh)
7 июл., 07:27изменён
Professor Qozoqboy Yo‘ldosh bilan suhbat"Ma’naviy hayot" jurnali, 2026-yil 2-son
Jilovlanmagan tafakkur (Qozoqboy Yoʻldosh)
2 июл., 12:30
Professor Qozoqboy Yo‘ldosh Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazining "Ziyolilar – millat vijdonlari" loyihasidaManba
Jilovlanmagan tafakkur (Qozoqboy Yoʻldosh)
2 июл., 07:30
Qozoqboy Yo‘ldosh, Muhayyo Yo‘ldoshevaAmir Temur Husayn Jovid talqinidaHusayn Jovid asarda Temurdan faqat fazilat qidirib, uni nuqul yorqin bo‘yoqlarda ko‘rsatish yo‘lidan bormaydi. Uning inson sifatidagi xatolari ham dramada ta’sirli ko‘rsatilgan. “Amir Temur” boshqa asarlardan xolisligi, muallifning personajlarga bo‘lgan shaxsiy munosabati ochiq sezilmasligi, xulosa chiqarish o‘qirmanning o‘ziga qoldirilgani bilan ajralib turadi. Temurning suyukli ayoli Dilshodga aytgan: “Siyosatda marhamat yo‘q”, – tarzidagi sokingina gapi davlat ishlarining hissiyot izmida bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydigan sovuqqon arbobga xos jihatni namoyon qiladi.https://ziyouz.uz/ilm-va-fan/adabiyot/amir-temur-husayn-jovid-talqinida/Ziyouz.uzҚозоқбой Йўлдош, Муҳайё Йўлдошева. Амир Темур Ҳусайн Жовид талқинидаАмир Темур шахсияти барча даврларнинг ижодкорларини қизиқтиргани учун соҳибқирон яшаб ўтган замонлардан то бугунга қадар у тўғрида сон-саноқсиз асарлар яратилган. Уйғониш даврининг вакили инглиз шоир ва драматурги Кристофер Марлодан тортиб, Темур шахсияти…
Jilovlanmagan tafakkur (Qozoqboy Yoʻldosh)
1 июл., 11:26
переслано из @matn_ortida
“Matn ortida” klubida Qozoqboy Yo‘ldosh bilan suhbat bo‘lib o‘tdi ⚡️✍️ “Matn ortida” kitobxonlik klubimizning navbatdagi soni anchayin dolzarb va jiddiy mavzu bo‘yicha o‘tkazildi.Mehmonimiz adabiyotshunos olim, pedagogika fanlari doktori, professor Qozoqboy Yo‘ldosh bilan “O‘zbek tiliga yangi qo‘shilgan so‘zlar” mavzusida suhbat qildik.☺️ Ishtirokchilar uchun klubimizning ushbu soni anchayin bahsli va foydali bo‘lganiga umid qilamiz!@matn_ortida
Jilovlanmagan tafakkur (Qozoqboy Yoʻldosh)
28 июн., 13:55
переслано из @eshqobil_shukur_ijodi
«Маънавий ҳаёт» журналининг 2026 йилдаги 2-сони мутолаа учун ҳавола қилинмоқда.📚 У ш б у с о н д а:Анвар БОБОЕВ: 📝Азим зотлар юртига муаззамлик ярашади (4 бет)Шодмонқул САЛОМ: 📝Ватан, сарҳадларинг қароғимдадир (14 бет)Шаҳноза Рофиева, Отабек Бурхонов, Камолиддин Эргашев: 📝Илм ва коинот чорраҳасида (20 бет)Абдухолиқ ТАШАНОВ: 📝Ҳар бир халқнинг ўз овози бўлсин (38 бет)Ғафур ШЕРМУҲАММАД: 📝Эзгулик сабоқлари (48 бет)Қозоқбой ЙЎЛДОШ, Отабек САФАРОВ:
Jilovlanmagan tafakkur (Qozoqboy Yoʻldosh)
26 июн., 09:19
переслано из @matn_ortida
Bu gal klubning eng zoʻr sonlaridan biri boʻladi! ⚡️🎙 “Matn ortida” kitobxonlik klubimizning navbatdagi soni anchayin dolzarb va katta mavzu boʻyicha oʻtishi reja qilingan.Ushbu sonda taniqli adabiyotshunos olim, pedagogika fanlari doktori, professor Qozoqboy Yoʻldosh mehmon boʻladi.✍️ Mehmonimiz bilan birga “Oʻzbek tiliga yangi qoʻshilgan soʻzlar” mavzusida suhbatlashiladi.Klubning mazkur soni anchayin bahsli hamda yangiliklarga boy bo’lishiga shubha qilmaymiz.🔥 Uchrashuv 30-iyun, soat 20:00 da Chorsu filialimizda boshlanadi.👉 Ishtirok etishni istaganlar hoziroq roʻyxatdan oʻtishlari mumkin. Joylar soni cheklangan!@matn_ortida
