gram news
Аватар канала Jizzax.Uz|Rasmiy kanal

Jizzax.Uz|Rasmiy kanal

@jizzaxviloyatihokimligi

Viloyat hokimligi rasmiy sayti: https://gov.uz/oz/jizzax “Ishonch telefoni”:72-226-00-11 @jizzaxviloyatihokimi @jizzaxuz_bot Facebookdagi murojaat uchun havola: https://www.facebook.com/pressslujba/

ПроектыENПолитикаПодтверждён Telegram

19,684подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • Jizzax.Uz|Rasmiy kanal

    22 сент., 13:03

    🎥 Videoreportaj: Zafarobodda Pistalikent shaharchasi obodonlashtirilmoqdaZafarobod tumanidagi Pistalikent shaharchasida obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari izchil davom etmoqda. Xususan, shaharchadagi maktabda kapital ta’mirlash ishlari amalga oshirilib, zamonaviy o‘quv jihozlari va doskalar bilan ta’minlandi.Ta’lim muassasasida ichki va tashqi qismi, isitish, deraza hamda tom qismlari ta’mirlanib, o‘quvchilar uchun zamonaviy va qulay sharoitlar yaratildi. Amalga oshirilayotgan ishlar hudud infratuzilmasini yaxshilash va yoshlar uchun munosib ta’lim muhitini shakllantirishga xizmat qilmoqda.📹 Batafsil — videolavhada.📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|
  • Jizzax.Uz|Rasmiy kanal

    22 сент., 13:03

    SHAROF RASHIDOV TUMANIDA PAXTA YIG‘IM-TERIMI QIZG‘IN DAVOM ETMOQDAJizzax viloyatida 2026-yil paxta hosilini yig‘ib olish ishlari boshlandi. Ayni kunlarda dalalarda yetishtirilgan hosilni qisqa muddatlarda, sifatli va nes-nobud qilmasdan yig‘ib-terib olishga alohida e’tibor qaratilmoqda.Sharof Rashidov tumani Istiqlol mahallasida faoliyat yurituvchi “Niyatjon Suvanov” fermer xo‘jaligida ham paxta yig‘im-terimi qizg‘in davom etmoqda.Joriy yilda Sharof Rashidov tumanida paxta hosili uchun jami 7 ming 100 gektar maydonga chigit ekilib, belgilangan agrotexnik tadbirlar asosida parvarish qilindi. Mavsum davomida paxta maydonlarini sug‘orish, oziqlantirish, begona o‘tlarga qarshi kurashish hamda boshqa zarur agrotexnik tadbirlar o‘z vaqtida amalga oshirildi.“Niyatjon Suvanov” fermer xo‘jaligida ham yil davomida olib borilgan mashaqqatli mehnat natijasida mo‘l hosil yetishtirildi.
  • Jizzax.Uz|Rasmiy kanal

    22 сент., 13:02

    Mirzacho‘lda mahalla infratuzilmasi yaxshilanmoqdaMirzacho‘l tumanining "Do‘stlik” mahallasida aholi uchun qulay va munosib yashash sharoitlarini yaratish, ko‘chalar infratuzilmasini yaxshilash hamda hududni obodonlashtirishga qaratilgan bunyodkorlik ishlari izchil davom etmoqda.Ayni paytda mahallaning Ulug‘bek ko‘chasida yo‘l infratuzilmasini tartibga keltirish, mavjud muammolarni bartaraf etish va aholi uchun yanada qulay harakatlanish sharoitlarini yaratish maqsadida amaliy ishlar olib borilmoqda.Jarayonga maxsus texnikalar jalb qilinib, ko‘chaning zarur qismlarida tuproq ishlari, tekislash va keyingi obodonlashtirish ishlariga tayyorgarlik tadbirlari amalga oshirilmoqda.Mazkur ishlarni sifatli tashkil etish va belgilangan tartibda yakunlash natijasida ko‘cha yo‘l infratuzilmasi yaxshilanib, hududning obodligi yanada oshadi.Shuningdek, piyodalar va avtotransport vositalari
  • Jizzax.Uz|Rasmiy kanal

    22 сент., 13:02

    Yangiobodda sportchilarga zamonaviy sport jihozlari va kiyim-kechaklar topshirildiYangiobod tumanida yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda iqtidorli sportchilarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.Shu maqsadda Sport vazirligi tomonidan tuman sport maktabiga zamonaviy sport jihozlari, zarur sport inventarlari hamda maxsus sport kiyimlari yetkazib berildi.Mazkur sport anjomlari mashg‘ulotlarda faol ishtirok etayotgan yosh sportchilarga topshirildi.Yangi sport jihozlari va kiyim-kechaklar sportchilar uchun mashg‘ulotlarni yanada qulay va samarali tashkil etish, mashg‘ulotlar sifatini oshirish hamda ularning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.Bunday e’tibor va yaratilayotgan sharoitlar tuman yoshlari orasidan iqtidorli sportchilarni kashf etish, ularning mahoratini
  • Jizzax.Uz|Rasmiy kanal

    22 сент., 12:19

    JIZZAX VILOYATI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BOSHQARMASIGA YANGI RAHBAR TAYINLANDIO'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining tegishli buyrug'iga binoan, Nazarqosimov Sarvar Inatullayevich Jizzax viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i lavozimiga tayinlandi.Tayinlovga qadar Sarvar Nazarqosimov Jizzax viloyati kasbiy ta'lim boshqarmasi boshlig'i lavozimida faoliyat yuritgan.Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining birinchi o'rinbosari Sh. Karimov, Jizzax viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari D. Xudoyshukurov ishtirok etgan yig'ilishda rahbar jamoaga tanishtirilib, kelgusi ishlariga rivoj tilandi.📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|
  • Jizzax.Uz|Rasmiy kanal

    22 сент., 11:03изменён

    Sharof Rashidov tumani Uchtepa SIU hududidagi "Botir Qilich” fermer xo‘jaligida ham paxta yig‘im-terimi qizg‘in davom etmoqdaTumanda joriy yilda 7 ming 100 gektar maydonga paxta ekilib, mavsum davomida barcha zarur agrotexnik tadbirlar o‘z vaqtida amalga oshirildi.Hozirda hosil zamonaviy "Bashiran” rusumli paxta terish kombaynlari yordamida yig‘ib olinmoqda. Mexanizatsiyalashgan terim hosilni sifatli va tezkor yig‘ish, mehnat unumdorligini oshirish hamda nobudgarchilikning oldini olish imkonini bermoqda.📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|
  • Jizzax.Uz|Rasmiy kanal

    22 сент., 11:01

    Do‘stlikda zamonaviy agrotexnologiyalar asosida yuqori hosil olinmoqda"Parinj” fermer xo‘jaligi rahbari Olim Shukurov Do‘stlik tumanida zamonaviy agrotexnologiyalarni amaliyotga samarali joriy etib kelayotgan ilg‘or fermerlardan biri.Joriy yilda fermer xo‘jaligi a’zolari tomonidan jami 49 gektar maydonda dehqonchilik ishlari amalga oshirildi. Shundan 19 gektar yer maydonida Xitoy tajribasi asosida 67-sxema bo‘yicha qo‘shqator usulda paxta yetishtirildi.Ekinlarni parvarishlash jarayonida agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi. Yerni tayyorlash, chigit ekish, oziqlantirish, sug‘orish hamda zararkunandalarga qarshi kurashish kabi muhim tadbirlarni belgilangan muddatlarda bajarish yuqori hosil olishda muhim omil bo‘ldi.Ayni kunlarda fermer xo‘jaligida paxta yig‘im-terimi qizg‘in davom etmoqda. Dastlabki natijalar ham samarali mehnat
  • Jizzax.Uz|Rasmiy kanal

    22 сент., 11:01

    Jizzaxda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 283 ta korxona faoliyat yuritmoqdaJizzax viloyatida investitsiya muhitini yanada yaxshilash, xorijiy sarmoyalarni hudud iqtisodiyotiga keng jalb etish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish va zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.Bu jarayonda xorijiy investitsiyalar ishtirokida tashkil etilayotgan korxonalar muhim o‘rin tutmoqda. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1 avgust holatiga Jizzax viloyatida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 283 ta korxona va tashkilot faoliyat yuritmoqda.Mazkur ko‘rsatkich hududda xorijiy investorlar bilan hamkorlikni kengaytirish, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar samaradorligining muhim ko‘rsatkichlaridan biridir.O‘zbekiston
  • Jizzax.Uz|Rasmiy kanal

    22 сент., 11:00

    Zafarobodda avtomobil yo‘llarining texnik holati yaxshilanmoqdaZafarobod tumanida avtomobil yo‘llarining texnik holatini yaxshilash, harakat xavfsizligini ta’minlash va yo‘l infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.Xususan, ayni kunlarda Zafarobod tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan D-049 avtomobil yo‘lining Jizzax shahri va Chimqo‘rg‘on oralig‘idagi 14–18-kilometrlarida to‘liq ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.Ta’mirlash jarayonida yo‘l qoplamasining yaroqsiz holga kelgan qismlari tiklanib, belgilangan texnologik talablar asosida zarur ishlar amalga oshirilmoqda.Shu bilan birga, yo‘lning texnik holatini yaxshilash, foydalanish muddatini uzaytirish va transport vositalarining xavfsiz hamda qulay harakatlanishi uchun zarur sharoitlarni yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.Mazkur ta’mirlash ishlari yakunlanishi
  • Jizzax.Uz|Rasmiy kanal

    22 сент., 10:02

    ❗️Ish joyida tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi yangi tizim: murojaat endi nazorat ostida bo‘ladiJoriy yil 21-sentabr kuni “Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi. Hujjat bilan ish joyida tazyiq, zo‘ravonlik, shahvoniy shilqimlik, ruhiy bosim, ta’qib va kamsitishning oldini olish, murojaatlarni xolis ko‘rib chiqish va bunday holatlarni yashirishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yaxlit tizim joriy etilmoqda.❓ Raqamli tizim qachondan ishlaydi?2026-yil 1-dekabrgacha “Xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhiti” axborot portali ishga tushiriladi. U orqali tazyiq va zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha murojaatlar onlayn qabul qilinadi, murojaatlarni ko‘rib chiqish, dalillarni yig‘ish, xulosa tayyorlash va tekshiruv natijalarini nazorat qilish
  • Jizzax.Uz|Rasmiy kanal

    22 сент., 09:03

    Jizzaxlik merganlar mamlakat kubogida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladiFarg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida sportning kamondan otish turi bo‘yicha kattalar, yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida mamlakat kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.Unda yurtimizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan 300 nafardan ziyod mahoratli merganlar g‘oliblik uchun bahs olib bordi.Musobaqa davomida ishtirokchilar kamondan aniq nishonga otish bo‘yicha o‘z mahorat va tajribalarini namoyish etib, yuqori natijalar uchun kuch sinashdi.Yakuniy natijalarga ko‘ra, yoshlar o‘rtasidagi bahslarda jizzaxlik kamonchilar 8 ta medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.Murabbiy Salohiddin Siddiqov boshchiligidagi jamoaning ushbu muvaffaqiyatiga Shohruz G‘afforov, Yulduz Ismatova, Jo‘rabek Qodirov, Laziz Ergashev va Tohirbek Mamashov munosib hissa qo‘shdi.Musobaqa yakunida g‘olib
  • Jizzax.Uz|Rasmiy kanal

    22 сент., 09:03

    🎥 Videoreportaj: Nuroniylar va yoshlar o‘rtasida samimiy muloqot o‘tkazildiNuroniylarning hayotiy yo‘li va yillar davomida orttirgan boy tajribasi yoshlar uchun o‘ziga xos maktabdir. Shu maqsadda faxriylar, nuroniylar, faol yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirokida "Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi.Uchrashuvda nuroniylar yoshlarga ta’lim olish, kasb-hunar egallash, o‘z qobiliyatini namoyon etish va ezgu maqsadlarini amalga oshirish uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish zarurligini ta’kidladilar. Muloqot davomida milliy qadriyatlar, Vatanga sadoqat va ezgu maqsadlar ruhida tarbiya masalalariga ham e’tibor qaratildi.📹 Batafsil — videolavhada.📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|
  • Jizzax.Uz|Rasmiy kanal

    22 сент., 09:02

    Baxmallik ustoz — "Yil o‘qituvchisi” tanlovi g‘olibiPrezident tashabbusi bilan joriy etilgan "Yil o‘qituvchisi” tanlovining yakuniy natijalari ma’lum bo‘ldi.Unda Baxmal tumani ixtisoslashtirilgan maktabi kimyo fani o‘qituvchisi Jonzoqov Turg‘un Karimovich g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.Tanlovda tuman (shahar) bosqichida birinchi o‘rinni egallagan g‘oliblarga BHMning 1400 baravari — 616 million so‘m miqdorida pul mukofoti berilishi belgilangan.📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|
  • Jizzax.Uz|Rasmiy kanal

    22 сент., 07:02

    Toshkent davlat agrar universiteti Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida “O‘SIMLIKLAR KLINIKASI” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi!🟢 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 11 apreldagi PQ–135-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida hududlarda zamonaviy «O‘simliklar klinikasi» xizmatlarini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Shu munosabat bilan o‘simliklarni himoya qilish, agroxizmatlar ko‘rsatish, issiqxonachilik, bog‘dorchilik, urug‘chilik, ko‘chatchilik hamda qishloq xo‘jaligining boshqa ustuvor yo‘nalishlarida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlarini «O‘simliklar klinikasi»ni tashkil etish bo‘yicha tanlovda ishtirok etishga taklif etamiz.UNIVЕRSITЕT TOMONIDAN LOYIHA TASHABBUSKORLARIGA:Loyiha konsepsiyasini ishlab chiqish bo‘yicha ko‘mak; Laboratoriya va diagnostika bazasini shakllantirish
  • Jizzax.Uz|Rasmiy kanal

    22 сент., 07:02

    Arnasoylik ustoz — "Yil o‘qituvchisi” tanlovining viloyat bosqichi g‘olibiArnasoy tumanida ta’lim sohasida mehnat qilayotgan fidoyi ustozning kasbiy mahorati munosib e’tirof etildi.Tumandagi 20-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi Axmatova Umida Erkin qizi "Yil o‘qituvchisi” tanlovining Jizzax viloyati bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.Mazkur natija ustozning o‘z kasbiga bo‘lgan sadoqati, yuksak pedagogik mahorati, izlanuvchanligi va ta’lim-tarbiya jarayonidagi samarali mehnatining munosib e’tirofidir.Umida Axmatovaning ushbu yutug‘i nafaqat uning shaxsiy muvaffaqiyati, balki Arnasoy tumani ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagoglar uchun ham munosib namuna bo‘lib xizmat qiladi.📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|
  • Jizzax.Uz|Rasmiy kanal

    22 сент., 07:02

    🎥 Videoreportaj: Jizzaxda aholini sportga jalb etishga e’tibor qaratilmoqdaYoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog‘lom avlodni shakllantirishda sport muhim ahamiyat kasb etadi. Viloyatda tashkilot va mas’ul idoralar rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda sohadagi mavjud kamchiliklar tahlil qilinib, aholi, ayniqsa, yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish masalalari muhokama qilindi.Yig‘ilishda mahallalarda ommaviy sportni rivojlantirish, aholi uchun qulay sport infratuzilmasini yaratish, sport inshootlarini jihozlash hamda bolalar va yoshlarni sportga jalb etish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.📹 Batafsil — videolavhada.📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_bot|X|
  • Jizzax.Uz|Rasmiy kanal

    22 сент., 05:03

    🎥 Videoreportaj: Jizzaxda yoshlar uchun tadbirkorlik imkoniyatlari kengaytirilmoqdaYoshlarni bandligini ta’minlash, zamonaviy kasblarga o‘rgatish va tadbirkorlikka jalb etish bugungi islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biri. Shu maqsadda Jizzax viloyati hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi va Savdo-sanoat palatasi hamkorligida «Kelajak tadbirkori — 2026» kasb, bandlik va tadbirkorlik imkoniyatlari yarmarkasi tashkil etildi.Yarmarkada yoshlarning biznes g‘oyalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, banklar va tegishli tashkilotlar xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari taqdim etildi. "Kelajak tadbirkori” yarmarkasi orqali hududlarda mavjud imkoniyatlarni yagona platformada jamlash va yoshlar uchun qulay sharoit yaratish maqsad qilingan.📹 Batafsil — videolavhada.📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jiz
  • Jizzax.Uz|Rasmiy kanal

    22 сент., 05:03

    🎥 Videoreportaj: Jizzax shahrida imkoniyati cheklangan bolalar uchun yangi loyiha amalga oshirilmoqdaJizzax shahridagi 32-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Imkoniyatlar ustaxonasi” nomli davlat ijtimoiy loyihasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Loyiha nogironligi bo‘lgan bolalarni kasb-hunarga yo‘naltirish, amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish va kelgusida mustaqil hayotga tayyorlashga qaratilgan.Loyiha doirasida o‘quvchilarni duradgorlik, chilangarlik, qandolatchilik, pazandachilik, sartaroshlik va to‘quvchilik kabi 6 ta yo‘nalish bo‘yicha zamonaviy kasb-hunar kurslariga jalb etish rejalashtirilgan. Tashabbus Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi mablag‘lari hamda tegishli tashkilotlar hamkorligi asosida amalga oshirilmoqda.📹 Batafsil — videolavhada.📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇Telegram|jizzaxviloyatihokimi|Facebook|YouTube|Instagram|ok.ru|@jizzaxuz_
  • Jizzax.Uz|Rasmiy kanal

    22 сент., 05:01

    🔷 Saida Mirziyoyeva BMT qarorgohida Antoniu Guterrish bilan muloqot o‘tkazdiBugun Prezident Administratsiyasi rahbari Nyu-York shahrida BMT Bosh kotibi bilan uchrashdi. Unda o‘zaro aloqalarni rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi.Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman,- dedi S.Mirziyoyeva.Mamlakatimiz va BMT institutlari o‘rtasidagi munosabatlar bugun aniq ko‘rsatkichlar bilan mustahkamlanib bormoqda. Hozirgi vaqtda tashkilot tuzilmalari ishtirokida yurtimizda umumiy qiymati 293 million dollarlik 166 ta qo‘shma loyiha amalga oshirilmoqda. Ushbu dasturlar sog‘liqni saqlash, sifatli ta’lim, kambag‘allikni
  • Jizzax.Uz|Rasmiy kanal

    22 сент., 05:00

    Assalomu alaykum, hurmatli Jizzaxliklar!📆 Bugungi sana: 22-Sentabr. Seshanba. 📅 Yilning: 264-kuni ⏳ Yil yakuniga 101 kun qoldi📅 BUGUN TARIXDA⚔️ 1792-yil — Fransiya Respublikasi eʼlon qilindi. ⛪️ 1839-yil — Moskvada Najotkor Masih sobori qurilishi boshlandi. 🕊 1862-yil — AQSh prezidenti Avraam Linkoln qullarning ozod qilinishini eʼlon qildi. 💌 1869-yil — Avstriyada dunyodagi birinchi otkritkalar chiqarildi. 🚩 1944-yil — Qizil Armiya Tallinni fashistlardan ozod qildi.🎂 Bugun tavallud topganlar🔬 1791-yil — Maykl Faraday, ingliz fizigi va kimyogari. 📚 1900-yil — Sergey Ozhegov, sovet tilshunosi va leksikografi. 🎵 1958-yil — Andrea Bocelli, mashhur italiyalik tenor. 📲https://gov.uz/oz/jizzax sayti va sahifalari:👇
Скачать ряд в CSV
Бот обратной связи для своего канала — бесплатно

Подписчики пишут боту, вы отвечаете реплаем, ваш аккаунт скрыт. Создаётся в одно касание.

Как это работает →
Создать бота