Последние посты

Jonli Surxon
22 сент., 11:37
✅ TA’LIM SIFATI VA MAZMUNI — USTUVOR YO‘NALISH🟢 Termiz davlat universitetida ta’lim sifati va mazmuni xalqaro standartlar hamda zamonaviy mehnat bozori talablari asosida yangilanmoqda. Mazmunan yangilangan ta’lim dasturlari orqali raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashga ustuvor maqsad.@jonli_surxon
Jonli Surxon
22 сент., 09:31
❗️Pora olgani uchun avval qamalgan YPX xodimi yana pora bilan ushlanib, 5 yilga qamaldiSurxondaryoda muqaddam pora olishda ayblanib, keyin oqlangan va xizmatga tiklangan YPX xodimi yana pora olishda aybdor deb topildi.U Boysun tumanidagi YPX maskanida paxta ortilgan yuk mashinalarini to‘xtatib, har birini o‘tkazib yuborish uchun 100 ming so‘mdan pul talab qilgan.Tezkor tadbirda xodim 41 ta mashina uchun talab qilingan 4,1 mln so‘mning 4 mln so‘mini olgan vaqtida ushlangan.Ma’lum qilinishicha, u 2014-yilda ham pora olishda ayblanib, 6 yilga qamalgan, ammo 2022-yilda Oliy sud qarori bilan oqlangan va xizmatga tiklangan.⚖️ Sud unga 5 yil ozodlikdan mahrum qilish hamda 2 yilga ichki ishlar organlarida ishlash huquqidan mahrum qilish jazosini tayinlagan. Apellyatsiya sudi hukmni o‘zgarishsiz qoldirgan.@jonli_surxon
Jonli Surxon
22 сент., 06:33
O‘zbekiston va BMT hamkorligi muhokama qilindiBugun Nyu-York shahrida BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi ish boshladi.Sessiya doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdi. Unda O‘zbekiston va BMT o‘rtasidagi hamkorlikning muhim yo‘nalishlari muhokama qilindi.Uchrashuvda xalqaro munosabatlar tizimidagi murakkab jarayonlar sharoitida xavfsizlik masalalarida O‘zbekistonni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun BMT Bosh kotibiga minnatdorlik bildirildi.@jonli_surxon
Jonli Surxon
22 сент., 06:22
Surxondaryoda sanitariya sertifikatini olib berish evaziga pora olgan rahbar ushlandiSho‘rchi tumani sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi boshlig‘i tumandagi MTMlardan birining rahbariga MTMning 42 nafar xodimiga sanitariya sertifikatlarini berish evaziga 2,1 mln so‘m olgan vaqtida qo‘lga olingan.Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.@jonli_surxon
Jonli Surxon
21 сент., 13:55
🔥 O‘zbekistonda trendga aylangan tosh gilamlar endi Surxondaryoda!Termiz shahridagi Stone House sizlar uchun ajoyib yangilikni taqdim etadi! 🏡✨Batafsil videoda 👉 https://www.instagram.com/reel/DdjRhgHIv_N/?stkn=MjY1bTJ0cnU3dG51@jonli_surxon
Jonli Surxon
21 сент., 12:58
Abdul Vahhob Rashidov Aichi-Nagoyada Osiyo oʻyinlarining oltin medalini qo'ga kiritdi!Yaponiyaning Aichi-Nagoya shahrida oʻtayotgan XX Osiyo oʻyinlarida karate boʻyicha O'zbekiston terma jamoasi a'zosi, surxondaryolik Abdul Vahhob Rashidov -67 kg vazn toifasida chempionlikni qoʻlga kiritdi.Ayni daqiqalarda musobaqaning rasmiy taqdirlash marosimi ham boʻlib oʻtdi. Unda yaponiyalik Yugo Kozakini magʻlub etgan sportchimizga musobaqaning oltin medali tantanali ravishda topshirildi.Medal topshirish marosimida gʻolibimiz sharafiga Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayrogʻi yuqoriga koʻtarilib, davlatimiz madhiyasi Aichi-Nagoyada baralla yangradi.Eslatib oʻtamiz, ushbu muvaffaqiyat delegatsiyamiz hisobidagi dastlabki oltin medal hisoblanadi.@jonli_surxon
Jonli Surxon
21 сент., 08:22изменён
Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan «Surxondaryo suv ta’minoti» AJning yangi ma’muriy binosi foydalanishga topshirildiOchilish marosimida «O‘zsuvta’minot» AJ boshqaruvi raisi Axmad Suvankulov, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, soha xodimlari va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.Loyiha qiymati 9 milliard 500 million so‘mni tashkil etgan mazkur bino 0,50 gektar yer maydonida joylashgan bo‘lib, uch qavat hamda yerto‘la qismidan iborat. Qurilish ishlari 6 oyda amalga oshirildi.Tadbirda yangi ma’muriy binoning suv ta’minoti tizimi faoliyatini yanada samarali tashkil etish va xodimlar uchun munosib mehnat sharoitlarini ta’minlashdagi ahamiyati ta’kidlandi.@jonli_surxon
Jonli Surxon
21 сент., 05:34
Surxondaryo jamoasi xalqaro gastronomik festivalda g‘oliblikni qo‘lga kiritdiXorazm viloyatining Xiva shahridagi "Arda Xiva" turizm majmuasida 19–20-sentabr kunlari II xalqaro "Xorazm xonlari milliy taomlari" gastronomik festivali bo‘lib o‘tdi.Ikki kun davom etgan festivalda Xorazmning boy gastronomik merosi, qadimiy retseptlari va milliy taomlari keng namoyish etildi. Shuningdek, xorijiy davlatlarning milliy taomlari ham festival ishtirokchilari e’tiboriga havola etildi.Xususan, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ozarbayjon, Gruziya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Koreya va Italiya vakillari o‘z milliy taomlarini taqdim etdi.Festival doirasida milliy taomlarni tayyorlash va taqdim etish mahorati bo‘yicha o‘tkazilgan tanlov yakuniga ko‘ra, Surxondaryo viloyati jamoasi hakamlar qarori bilan 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.G‘olib jamoaga tantanali taqdirlash marosimida 60
Jonli Surxon
14 сент., 07:24
🌧️ SURXONDARYO UCHUN OGOHLANTIRISH: KUZDA YOG‘INGARCHILIK KO‘PAYISHI MUMKIN.Afg‘onistonning shimoli va shimoli-sharqiy hududlarida oktyabr–noyabr oylarida yog‘ingarchilik miqdori ko‘payishi mumkin.🌡 Shu bilan birga, joriy kuz mavsumida Afg‘onistonda havo harorati ko‘p yillik iqlimiy me’yordan taxminan 2 daraja yuqori bo‘lishi kutilmoqda.📍 Afg‘onistonga yaqin joylashgan Surxondaryo viloyatida ham ob-havo o‘zgarishlarini kuzatib borish muhim. Ayniqsa, kuz oylarida kuchli yomg‘ir va sel xavfi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan hududlarda ehtiyot choralarini ko‘rish tavsiya etiladi@jonli_surxon1,690Открыть в Telegram
Jonli Surxon
12 сент., 10:00
Surxondaryo viloyati prokuraturasida matbuot anjumani o‘tkazildiSurxondaryo viloyati prokuraturasida prokuratura organlarining xizmat faoliyati, amalga oshirilayotgan ishlar va belgilangan ustuvor vazifalar yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.Matbuot anjumani davomida Surxondaryo viloyati prokurori Baxtiyar Babajanov prokuratura tizimidagi tarkibiy bo‘limlar faoliyati bilan jurnalistlar va ommaviy axborot vositalari vakillarini shaxsan birma-bir tanishtirib, har bir yo‘nalish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, erishilayotgan natijalar hamda kelgusidagi vazifalar haqida batafsil ma’lumot berdi.👉Batafsil@jonli_surxon
Jonli Surxon
11 сент., 08:57
⚠️ DIQQAT! TERMIZDA SUV VAQTINCHA O‘CHIRILADIBugun, 11-avgust kuni soat 14:00 dan 22:00 gacha Termiz shahridagi 8 ta mahallada ichimlik suvi ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.📍 Mahallalar: • Do‘stlik • Saxovat • Navro‘z • Eski shahar • Majnuntol • Ma’rifat • A. Jomiy • Farhod🚰 Ta’mirlash ishlari vaqtida aholiga suv maxsus texnikalar orqali yetkazib beriladi.💧 Aholidan oldindan suv zahirasini qilib qo‘yish so‘raladi.Gruppalarga yuborib qo‘ying
Jonli Surxon
11 сент., 06:24изменён
TISU CambridgeTa’lim Cambridge xalqaro dasturi asosida olib boriladi. Maktabda 70 nafardan ortiq malakali özbekistonlik öqituvçilar faoliyat yuritadi.Şuningdek, ta’lim jarayonida xorijiy mutaxassislar ham iştirok etadi.Zamonaviy ta’lim muhiti va xalqaro standartlar asosida farzandingizning kelajagi uçun mustahkam poydevor yaratiladi.Qabul davom etmoqda!Farzandingizga zamonaviy va xalqaro standartlarga mos ta’lim berişni istasangiz, TISU Cambridge International Sçoolga murojaat qiling.Qabul uçun hoziroq boğlaning! +998554517777✅ @jonli_surxon
Jonli Surxon
11 сент., 05:40
Surxondaryoning Belarus hududlari bilan hamkorligi chorvachilik, sanoat, qurilish va ta’lim sohalarida kengaymoqda@jonli_surxon
Jonli Surxon
10 сент., 12:04
📌 YANGI TAYINLOVYarov Akbarali Ibodullayevich Markaziy bankning Surxondaryo viloyati Bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.Yangi lavozimida Akbarali Ibodullayevichga mas’uliyatli faoliyatida muvaffaqiyat tilaymiz!✅@jonli_surxon
Jonli Surxon
10 сент., 10:03
Belarusdan Surxondaryoga sifatli mol go‘shti yetkazib berish yo‘lga qo‘yilmoqdaSurxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligidagi delegatsiyaning Belarusga safari doirasida chorvachilik sohasida muhim kelishuvlarga erishildi.🐄 Surxondaryolik tadbirkorlar tomonidan chorvachilik yo‘nalishida 4 ta korxona tashkil etilib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.Tadbirkorlar Minsk viloyatidagi chorvachilik kompleksida qoramollarni so‘yish, go‘shtni qayta ishlash, saqlash va eksportga tayyorlash, shuningdek, logistika va sifat nazorati jarayonlari bilan tanishdi.🥩 Kelgusida Surxondaryoga yuqori sifatli, veterinariya va sanitariya talablariga javob beradigan, “Halol” standartlari asosida tayyorlangan mol go‘shtini yetkazib berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.@jonli_surxon
