Последние посты

Toshkent viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi
22 сент., 16:49
📌 Bo‘stonliq tumanida navbatdagi mehnat yarmarkasi o‘tkazildi2-sonli kasb-hunar texnikumida o‘tkazilgan yarmarkada 3 ta tashkilot 21 ta bo‘sh ish o‘rni bilan qatnashdi.Asosiy natijalar: 1 nafar ishtirokchiga doimiy ishga joylashish uchun yo‘llanma berildi; 5 nafar ishtirokchiga zamonaviy kasb-hunarlarga bepul o‘qish uchun vaucherlar topshirildi.Bandlikni ta'minlash borasidagi ishlar davom etmoqda. 🔻Website Telegram Facebook Instagram Youtube Bot🔻
Toshkent viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi
22 сент., 12:47
Xotin-qizlar va ishsiz fuqarolar bandligini ta’minlash borasidagi amaliy ishlar natijalari! 🏢👩💻Olmaliq shahar hokimligi va Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan:🔹 “BUSINES TEX” korxonasi filialiga sayohat: 50 nafar xotin-qiz polipropilen qoplari ishlab chiqarish jarayoni va mehnat sharoitlari bilan tanishtirildi. Ulardan 22 nafari sinov muddati asosida doimiy ishga qabul qilindi.🔹 “Hilol” MFYdagi mehnat yarmarkasi: 6 ta tashkilot 55 ta bo‘sh ish o‘rni bilan qatnashdi. Natijada 3 nafar fuqaro doimiy ishga joylashdi, 3 nafariga esa qayta kasbga o‘qitish uchun vaucherlar berildi. Shuningdek, ishtirokchilarga «Osonish.uz» platformasidan foydalanish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.🔻Website Telegram Facebook Instagram Youtube Bot🔻
Toshkent viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi
22 сент., 11:05
❗️Ish joyida tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi yangi tizim: murojaat endi nazorat ostida bo‘ladiJoriy yil 21-sentabr kuni “Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi. Hujjat bilan ish joyida tazyiq, zo‘ravonlik, shahvoniy shilqimlik, ruhiy bosim, ta’qib va kamsitishning oldini olish, murojaatlarni xolis ko‘rib chiqish va bunday holatlarni yashirishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yaxlit tizim joriy etilmoqda.❓ Raqamli tizim qachondan ishlaydi?2026-yil 1-dekabrgacha “Xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhiti” axborot portali ishga tushiriladi. U orqali tazyiq va zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha murojaatlar onlayn qabul qilinadi, murojaatlarni ko‘rib chiqish, dalillarni yig‘ish, xulosa tayyorlash va tekshiruv natijalarini nazorat qilish jarayonlari raqamlashtiriladi.⚡ Eng muhim kafolatlar✔️Murojaat
Toshkent viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi
22 сент., 11:04
переслано из @mehnatvazirligi
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣Mehnat bozorida yangi bosqich✔️Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi o‘rinbosari Marat Jurayev hamda Osiyo taraqqiyot banki Bosh direktor o‘rinbosari Ayako Inagaki boshchiligidagi delegatsiya o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.✔️Uchrashuvda O‘zbekistonda aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, mehnat munosabatlarini takomillashtirish va malakalar tizimini rivojlantirish borasidagi islohotlar hamda erishilayotgan natijalar muhokama qilindi.✔️Shuningdek, Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasini transformatsiya qilish, bandlikning
Toshkent viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi
22 сент., 04:29
переслано из @mehnatvazirligi
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣Agar xodim ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi sababli vaqtincha mehnatga qobiliyatsiz bo‘lib qolsa, ish beruvchi:✅ vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasini to‘laydi;✅ tibbiy, ijtimoiy va kasbiy reabilitatsiya uchun qilingan xarajatlarni qoplaydi.📌 Xarajatlar chek, ma’lumotnoma va boshqa hujjatlar bilan tasdiqlangan bo‘lishi shart.➡️ BatafsilSayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X
Toshkent viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi
21 сент., 14:07
переслано из @bv_matbuot_kotibi
Камбағалликни қисқартириш ва бандлик бошқармаларининг ўтган ҳафта давомидаги фаолияти ОАВда:📍 Қорақалпоғистон Республикаси ◾️ Аҳоли бандлигини таъминлаш бўйича янгича ёндашув ◾️Оилавий тадбиркорлик штаби фаолияти ◾️ Камбағалликдан чиқариш бўйича амалга оширилаётган ишлар таҳлили ◾️ Помидор бизнеси билан Италия бозорини забт этаётган қорақалпоғистонлик тадбиркор ◾️ Аҳолини даромадли қилишда янги ёндашувлар жорий қилинмоқда ◾️ 10 та иш ўрнидан 150 тагача ◾️ Ёшларнинг бандлигини таъминлашга қаратилган чора-тадбирлар📍 Наманган вилояти ▪️ Ўн мингдан ортиқ ёш «Устоз-шогирд» тамойилида иш олиб бормоқда ▪️ Чорвачилик сердаромад бўлади ▪️ Маҳалла драйверлари ривожланяпти ▪️ Маҳалла — эзгу ташаббуслар ва амалий ишлар маскани ▪️ Янгиликка интилиш ва меҳнатни аниқ натижага йўналтира билиш ▪️ Томорқалардан самарали фойдаланиш
Toshkent viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi
21 сент., 14:02
переслано из @mehnatvazirligi
Rasmiy ishlamaydigan ayollar ham dekret puli olishi mumkinmi? ⠀ 🤰 Ha, mumkin. ⠀ Agar ayol rasmiy ish joyiga ega bo‘lmasa ham, ayrim hollarda unga homiladorlik va tug‘ish (dekret) nafaqasi to‘lanadi. Buning uchun quyidagi shartlardan biri bajarilgan bo‘lishi kerak: ⠀ ✅ ayol o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi va ixtiyoriy ijtimoiy sug‘urta badallarini to‘lab kelayotgan bo‘lishi; ⠀ ✅ ayol ishlamasa, uning uchun turmush o‘rtog‘i ixtiyoriy ijtimoiy sug‘urta badallarini to‘lab kelayotgan bo‘lishi kerak. ⠀ 📌 Muhim shart: Dekret puli olish uchun ixtiyoriy sug‘urta badallari kamida 10 oy davomida to‘langan bo‘lishi, shundan oxirgi 6 oy uzluksiz bo‘lishi lozim. ⠀ 💰 Nafaqa miqdori qanday belgilanadi? Ixtiyoriy sug‘urta badallari qancha uzoq muddat va muntazam
Toshkent viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi
21 сент., 13:50
переслано из @toshvilpressa
#qabul_vaqtiFuqarolar murojaatlari tinglandiNurafshon shahridagi viloyat Xalq qabulxonasi binosida Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari Ilhomjon Arzikulovning navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.Qabul davomida aholi tomonidan bandlik va mehnat munosabatlari, ijtimoiy himoya, shuningdek, boshqa ijtimoiy-iqtisodiy masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.Fuqarolarning har bir murojaati alohida ko‘rib chiqilib, imkon qadar masalalarni joyida hal etishga e’tibor qaratildi. Murojaatlarning aksariyati qabul jarayonining o‘zida ijobiy yechim topdi.Qo‘shimcha o‘rganish va joyiga chiqishni talab etadigan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. Ularning ijrosini ta’minlash, belgilangan muddatlarda natijasi haqida ma’lumot taqdim etish bo‘yicha mas’ul ijrochilar biriktirilib, murojaatlar nazoratga olindi.✅Telegram
Toshkent viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi
21 сент., 13:47
переслано из @toshvilpressa
#tafsilotXitoydagi samarali uchrashuvlar va amaliy muloqotlar Toshkent viloyatining investitsiyaviy salohiyatini yanada keng namoyon etdi.Tafsilotlar Nurafshon TV telelavhasida.✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram
Toshkent viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi
21 сент., 12:54
https://www.facebook.com/share/p/1corqCg7Jg/«osonish.uz» platformasi — bo‘sh ish o‘rinlarini e'lon qilish va kadrlar tanlashning qulay usuli Bekobod tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi xodimlari tomonidan hududdagi korxona va tashkilotlarda “osonish.uz” platformasidan foydalanish tartibi bo‘yicha tushuntirish ishlari va amaliy seminarlar o‘tkazilmoqda. Xususan, navbatdagi targ‘ibot tadbirlari "KELAJAK MARKAZI" bo‘limi hamda "XON QIZI" MChJda tashkil etildi. Seminarlar davomida ishtirokchilarga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha batafsil ma'lumotlar berildi: «osonish.uz» platformasining qulayliklari va undan to‘g‘ri foydalanish; Tizimda ro‘yxatdan o‘tish va bo‘sh ish o‘rinlarini joylashtirish tartibi; Nomzodlarning rezyumelarini ko‘rib chiqish va topshirish bosqichlari; Ish izlovchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va tezkor muloqot o‘rnatish imkoniyatlari. Tadb
Toshkent viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi
21 сент., 12:53
https://www.facebook.com/share/p/1corqCg7Jg/ «osonish.uz» platformasi — bo‘sh ish o‘rinlarini e'lon qilish va kadrlar tanlashning qulay usuli Bekobod tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi xodimlari tomonidan hududdagi korxona va tashkilotlarda “osonish.uz” platformasidan foydalanish tartibi bo‘yicha tushuntirish ishlari va amaliy seminarlar o‘tkazilmoqda. Batafsil👉Havolada Tadbirlar yakunida "osonish.uz" platformasi orqali "KELAJAK MARKAZI"da 7 ta hamda "XON QIZI" MChJda 8 ta — toplam 15 ta bo‘sh ish o‘rni muvaffaqiyatli e'lon qilindi. 🔻Website Telegram Facebook Instagram Youtube Bot🔻
Toshkent viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi
21 сент., 10:36изменён
#Axborot_24 Bandlikni ta'minlash va aholi daromadlarini oshirish yo'lida: mini-texnologiyalar va yangi imkoniyatlarToshkent viloyatining Nurafshon shahrida aholi bandligini ta'minlash, kambag'allikni qisqartirish va tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan mini-texnologiyalar va asbob-uskunalar yarmarkasi tashkil etildi.Tadbirda 100 dan ortiq ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar o'z mahsulotlari — zamonaviy mini-texnologiyalar, ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish sohasi jihozlari hamda parrandachilik uskunalari bilan ishtirok etdi.Yarmarka doirasida «Xalq banki» tomonidan fuqarolarga biznesni yo'lga qo'yish va zarur uskunalarni xarid qilish uchun 21% stavkada imtiyozli kreditlar, lizing xizmatlari hamda moliyaviy maslahatlar taklif etildi.Ma'lumot uchun, yil boshidan buyon «Xalq banki» ko'magi bilan 5 080 nafar fuqaro rasmiy ish o'rniga ega bo'ldi, 13 516 nafar
Toshkent viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi
21 сент., 09:56
переслано из @mehnatvazirligi
#vakansiyaQurilish sohasida 6 mingga yaqin ish imkoniyatiIsh izlayotganlar uchun «Oson ish» platformasida ayni paytda 5 867 ta vakansiya mavjud.🏗 Qurilish sohasida: — qurilish ustalari va ishchilari; — muhandislar; — texnik mutaxassislar; — montaj va ta’mirlash mutaxassislari; — boshqa kasb va mutaxassisliklar.📍 Vakansiyalar — O‘zbekiston bo‘ylabSayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | X
Toshkent viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi
21 сент., 08:11
Zangiota tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan „Qahramon” mahalla fuqarolar yig‘inining binosida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi.Tadbir doirasida fuqarolarga mavjud vakansiyalar, mehnat sharoitlari hamda osonish.uz (http://osonish.uz/) platformasidan foydalanish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.📌 Tadbir natijalari: 🏢 Ishtirokchilar va vakansiyalar: 5 ta korxona va tashkilot 25 dan ortiq bo‘sh ish o‘rni bilan qatnashdi. 💼 Ishga joylashtirish: 3 nafar fuqaroga ishga joylashish uchun yo‘llanma berildi. 🎓 Kasbga yo‘naltirish: 12 nafar fuqaroga kasb-hunarga o‘qitish kurslari uchun vaucher ajratildi. 🔻Website Telegram Facebook Instagram Youtube Bot🔻
Toshkent viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi
20 сент., 20:40
Yangiyo‘l tumanida bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha mehnat yarmarkalari tashkil etildi16–18-sentabr kunlari tuman hokimligi, prokuratura, IIB hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi hamkorligida "Ittifoq" , "Qo‘shyog‘och" , "Epkendi" va "Ozod" mahallalarida mehnat yarmarkalari o‘tkazildi.Ishtirok etgan korxonalar soni: 16 ta Taklif etilgan bo‘sh ish o‘rinlari soni: 480 tadan ortiq Qamrab olingan fuqarolar soni: 50 nafardan ziyodAsosiy natijalar quyidagilardan iborat: 14 nafar fuqaro doimiy ishga joylashish uchun yo‘naltirildi; 18 nafar ishtirokchi kasb-hunarga o‘qitish kurslariga jalb etildi; 3 nafar jazoni ijro etish muassasasidan ozod etilgan fuqaro doimiy ishga joylashtirildi.Shuningdek, fuqarolarga tadbirkorlik va chorvachilik yo‘nalishida imtiyozli kreditlar olish bo‘yicha maslahatlar berildi. Ish beruvchilarga esa “osonish.uz” platformasidan foydalanish tartibi
Toshkent viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi
20 сент., 18:45
Oqqo‘rg‘onda 28 nafar fuqaro subsidiya asosida sug‘orish nasoslariga ega bo‘ldi“Navbahor” MFYda Kambag‘allik reyestrida turgan 28 nafar fuqaroga subsidiya asosida sug‘orish nasoslari olib berildi.Ushbu amaliy ko‘mak orqali fuqarolarning o‘zini o‘zi band qilishi, qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida mehnat faoliyatini yo‘lga qo‘yishi va o‘z daromad manbaini shakllantirishi uchun zarur imkoniyat yaratilmoqda.Eng muhimi, bu kabi tashabbuslar fuqarolarni faqat moddiy qo‘llab-quvvatlash emas, balki ularga o‘z mehnati orqali daromad topish imkoniyatini yaratishga qaratilgan.Bu esa oilalarning iqtisodiy barqarorligini ta’minlash, farovonligini oshirish va kambag‘allikdan chiqarish jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi.Maqsad — yordamga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash bilan birga, ular uchun mustaqil daromad manbaini yaratish va mehnat orqali farovon hayotga qadam qo‘yishiga
