gram news
Аватар канала KASBI.UZ | RASMIY - Касби тумани ҳокимлиги

KASBI.UZ | RASMIY - Касби тумани ҳокимлиги

@kasbitumanuz

Yuridik manzil👇 https://gov.uz/oz/kasbit Kasbi tuman hokimligi Axborot xizmati rasmiy kanali. Tumanda sodir bo'layotgan yangiliklar, xabarlarni eng avval shu yerdan bilishingiz mumkin.

ПроектыUZНовости

4,190подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • KASBI.UZ | RASMIY - Касби тумани ҳокимлиги

    22 сент., 13:05изменён

    #ShukronalikKasbilik geografiya fani o‘qituvchisi — “Yil o‘qituvchisi” g‘olibiKasbi tumanidagi 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining geografiya fani o‘qituvchisi Shoyiyeva Gulandom Rizayevna “Yil o‘qituvchisi” tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, o‘zining kasbiy mahoratini yuksak darajada namoyon etdi.Tanlov yakunlariga ko‘ra, Gulandom Shoyiyeva g‘olib sifatida 616 million so‘m miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlandi. Ushbu e’tirof ustozning ko‘p yillik pedagogik mehnati va ta’lim sohasidagi faoliyatiga berilgan munosib baho bo‘ldi.Ma'lumot uchun, tanlovda birinchi o‘rinni egallagan pedagoglarning har biriga 616 mln so‘m (bazaviy hisoblash miqdorining 1 400 baravari) miqdorida pul mukofoti beriladi.Rasmiy sahifalarimiz : 📱Web-site | 📱Telegram | 📱YouTube |
    2,050видео861Открыть в Telegram
  • KASBI.UZ | RASMIY - Касби тумани ҳокимлиги

    22 сент., 11:52

    Mehnat sohasida tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish bo‘yicha samarali tizim joriy etiladiKambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi 2026-yil 1-dekabrga qadar "dmi.mehnat.uz" axborot tizimida nodavlat tashkilotlar uchun ixtiyoriy ravishda foydalanish maqsadida qarorning 3-bandida nazarda tutilgan imkoniyatlarni yaratishi belgilandi.👍Shuningdek, tazyiq va zo‘ravonlik holatlariga doir murojaatlar, ularni ko‘rib chiqish bilan bog‘liq ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlash hamda ularning qonunchilikda nazarda tutilmagan hollarda oshkor etilishi va tarqatilishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan javobgarlik barcha darajadagi tashkilotlar rahbarlarining zimmasiga yuklatildi.👍 Yangi tartibga muvofiq,▫️davlat organlari va tashkilotlari xodimlari va mansabdor shaxslari har yili Agentlik bilan kelishilgan
  • KASBI.UZ | RASMIY - Касби тумани ҳокимлиги

    22 сент., 11:52

    Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash dasturi joriy etiladi“Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–345-son, 21.09.2026-y.) qabul qilindi.👍 Qarorga ko‘ra, davlat organlari va tashkilotlarida, ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslarda hamda ustav kapitalida ushbu yuridik shaxslarning ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslarda, shuningdek, mulkchilik shaklidan qat’i nazar boshqa korxona, tashkilot va muassasalarda:Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash dasturi (Dastur) bosqichma-bosqich joriy etiladi.👍 2026-yil 1-dekabrgacha Boshqaruv samaradorligi agentligining (Agentlik) axborot tizimlarida davlat organlari va
  • KASBI.UZ | RASMIY - Касби тумани ҳокимлиги

    22 сент., 08:10

    🇺🇿O‘zbekiston tadbirkorlari uchun Afg‘onistonda yangi imkoniyat!➡️Afg‘onistonda xalqaro ko‘rgazma va B2B uchrashuvlarida ishtirok etish istagidagi tadbirkorlar uchun muhim taklif!🔺Joriy yilning 7–13-oktabr kunlari Kobul shahridagi “Afg‘oniston xalqaro ko‘rgazmalar markazi”da Imom Abu Hanifa nomidagi 5-Milliy xalqaro ko‘rgazma o‘tkazilishi rejalashtirilgan.Ko‘rgazma doirasida:🔹 biznes-forumlar; 🔹 B2B uchrashuvlar; 🔹 ikki tomonlama shartnomalar tuzish; 🔹 o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari yaratiladi.💠Ko‘rgazmada oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, elektrotexnika,
  • KASBI.UZ | RASMIY - Касби тумани ҳокимлиги

    22 сент., 07:25

    Kasbi tumani hokimi va hokim o’rinbosarlarining jismoniy hamda yuridik shaxslarni qabul qilish jadvaliRasmiy sahifalarimiz : 📱Web-site | 📱Telegram | 📱YouTube | 🟥 Instagram | 📱Facebook | 📱 X
  • KASBI.UZ | RASMIY - Касби тумани ҳокимлиги

    22 сент., 07:19

    Muammolar ochiq muloqot orqali o‘z yechimini topmoqdaKasbi tumanida aholi murojaatlarini o‘rganish, mavjud muammolarga amaliy yechim topish va fuqarolar bilan ochiq muloqotni ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.Bu boradagi ishlar, avvalo, tuman hokimi va uning o‘rinbosarlari tomonidan tashkil etilayotgan sayyor va shaxsiy qabullar orqali amalga oshirilmoqda. Qabullarda har bir murojaatning mazmuni va kelib chiqish sabablari o‘rganilib, imkon qadar masalani joyida hal etish choralari ko‘rilmoqda.Qo‘shimcha o‘rganish yoki boshqa tashkilotlar ishtirokini talab qiladigan murojaatlar bo‘yicha mas’ullar belgilanib, ijrosi nazoratga olinmoqda.Zero, murojaatga javob berishning o‘zi yetarli emas. Muhimi — fuqaro ko‘targan masalani amaliy hal etish va uning ortida aniq natijani ta’minlashdir.Rasmiy sahifalarimiz : 📱Web-site |
  • KASBI.UZ | RASMIY - Касби тумани ҳокимлиги

    22 сент., 06:56

    “Maqom — milliy merosimiz” tanlovi o‘tkazildiKasbi tumanidagi Madaniyat markazida Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlari o‘rtasida “Maqom — milliy merosimiz” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.Ko‘rik-tanlovining asosiy maqsadi — tizimda faoliyat yuritayotgan iste’dodli xodimlarni aniqlash, ularning ijodiy qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlash hamda milliy musiqa san’ati va qadriyatlarini keng targ‘ib etishdan iborat.Tadbirda ishtirokchilar maqom va milliy ijrochilik namunalarini taqdim etib, o‘zlarining musiqiy qobiliyati, sahna madaniyati va ijro mahoratini namoyish etdilar. Kuy-qo‘shiqlar orqali xalqimizning boy ma’naviy merosi, ezgulik va insoniylik kabi qadriyatlari tarannum etildi.Ko‘rik-tanlov xodimlar uchun o‘z iste’dodini namoyon etish, ijodiy izlanishlarini kengaytirish va o‘zaro tajriba almashish imkonini berdi.Bunday
  • KASBI.UZ | RASMIY - Касби тумани ҳокимлиги

    22 сент., 05:30

    #сайёр_қабул🔊Ҳурматли Касби тумани фуқаролари ва тадбиркорлари диққатига!Агар сизда, ❗️ Давлат харидлари ва биржа савдоларида рақобатни чеклаш; ❗️Рақобатни ҳимоя қилиш масалалари; ❗️Озиқ-овқат, дори маҳсулотлари, маиший электр техникалари, қурилиш маҳсулотлари ҳамда автомабиллар савдоси; ❗️ Коммунал хизматлар кўрсатиш (асоссиз қарздорлик, электрон ҳисоблагичлардан фойдаланишдаги муаммолар); ❗️Қурилиш ишлари ва уй-жой сотиб олишдаги зиддиятлар; ❗️Транспорт ва йўловчи ташиш хизматларидаги тушунмовчиликлари; ❗️Таълим, тиббиёт ва молиявий хизматларнинг сифати бўйича муаммоларга дуч келаётган бўлсангиз Рақобатни ривожлантириш ва истеъмолчилар ҳуқуқларини ҳимоя қилиш қўмитаси Қашқадарё вилояти ҳудудий бошқармасининг навбатдаги сайёр қабулига таклиф этамиз.🔖Сайёр қабул жорий йилнинг 23 сентябрь куни соат 9:00 да Касби тумани Халқ қабулхонаси биносида бўлиб ўтади.Мурожаат учун 👇 ☎️ 75
  • KASBI.UZ | RASMIY - Касби тумани ҳокимлиги

    22 сент., 05:21

    переслано из @sshmirziyoyeva

    Bugun Nyu-Yorkda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi o‘z ishini boshladi. Sessiya doirasida tashkilot Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdik.O‘zbekiston va BMT birgalikda rivojlantirib kelayotgan barcha muhim hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildik.Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman.—Сегодня в Нью-Йорке началась 81-я сессия Генеральной Ассамблеи ООН. На её полях встретилась с Генеральным секретарём организации Антониу Гутерришем.Обсудили все важнейшие направления, которые Узбекистан и ООН развивают вместе.В это сложное для международной системы время благодарю господина Гутерриша за столь сильное
  • KASBI.UZ | RASMIY - Касби тумани ҳокимлиги

    21 сент., 15:31

    Hosil mo‘l bo‘lsa, mehnatning qadri yanada bilinadiPaxta dalalarida mehnatning eng mas’uliyatli pallasi — hosilni yig‘ib olish jarayoni davom etmoqda.Yil davomida yerga mehr berib, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli tashkil etgan fermerlar endilikda yetishtirilgan hosilni qisqa muddatda, sifatini saqlagan holda yig‘ib olishga e’tibor qaratmoqda. Bu jarayonda zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalaridan foydalanish esa terim samaradorligini yanada oshirmoqda.Kasbi tumanidagi “Bekmurodov Sodiq To‘lqinovich” fermer xo‘jaligi dalalarida ham paxta yig‘im-terimi qizg‘in davom etmoqda.Bu yil xo‘jalikning 26 gektar maydonida ikki xil nav — Xitoydan keltirilgan “Xin Lu Zao-72” hamda “Buxoro-10” paxta navi parvarishlandi. Endilikda fermer xo‘jaligi jamoasi oldida yetishtirilgan hosilni sifatli va o‘z vaqtida yig‘ib olish, belgilangan ko‘rsatkichlarni ta’minlash vazifasi turibdi.
    3,120видео322Открыть в Telegram
  • KASBI.UZ | RASMIY - Касби тумани ҳокимлиги

    21 сент., 10:23

    Is gazi hayot uchun xavfliYaqin kunlarda mamlakatimizning ayrim joylarida, xususan, tog‘li va tog‘oldi hududlarida yashovchi fuqarolar tomonidan isitish qozonlaridan bosqichma-bosqich foydalanish boshlanadi. Ushbu videoda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan muhim tavsiyalar berilgan. Mazkur videoni yaqinlaringizga yuboring.Rasmiy sahifalarimiz : 📱Web-site | 📱Telegram | 📱YouTube |🟥Instagram|📱Facebook|📱X
    2,140видео11Открыть в Telegram
  • KASBI.UZ | RASMIY - Касби тумани ҳокимлиги

    21 сент., 10:13

    🏠 Mol-mulk va yer solig‘ini o‘z vaqtida to‘lashni unutmang!Mol-mulk va yer solig‘i — yurtimiz taraqqiyoti, obod mahallalar, zamonaviy yo‘llar va kelajak bunyodkorligiga hissa demakdir.📆 To‘lovni keyinga qoldirmang!⚠️ Penya hisoblanishining oldini oling!Barqaror kelajak uchun birgalikda!Rasmiy sahifalarimiz : 📱Web-site | 📱Telegram | 📱YouTube |🟥Instagram|📱Facebook|📱X
    1,670видео1Открыть в Telegram
  • KASBI.UZ | RASMIY - Касби тумани ҳокимлиги

    19 сент., 10:27изменён

    #Shukronalik|Qalbdan chiqqan shukronalik« — davlatimizning e’tibori, bizga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlikdan juda baxtiyorman, buning uchun yurtboshimizga chin dildan minnatdorlik bildiraman.»1-guruh nogironi Xusanjon Alimov fikrlari...Rasmiy sahifalarimiz : 📱Web-site | 📱Telegram | 📱YouTube |🟥Instagram|📱Facebook|📱X
    1,900видео321Открыть в Telegram
  • KASBI.UZ | RASMIY - Касби тумани ҳокимлиги

    19 сент., 04:59

    Qamashi — tadbirkorlik, bunyodkorlik va farovon hayot uyg‘unlashgan maskanKasbi tumani, Qamashi qishlog'i.Rasmiy sahifalarimiz : 📱Web-site | 📱Telegram | 📱YouTube |🟥Instagram|📱Facebook|📱X
    2,240видео5Открыть в Telegram
  • KASBI.UZ | RASMIY - Касби тумани ҳокимлиги

    18 сент., 10:53

    BRIFINGKasbi tumani Favqulotda vaziyatlar bo'limi boshlig‘i Sanjar Haydarov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.Ushbu brifingda “Yong‘indan ogohlik” umummilliy kampaniyasi oyligi haqida batafsil maʼlumot berib o‘tildi.Rasmiy sahifalarimiz : 📱Web-site | 📱Telegram | 📱YouTube |🟥Instagram|📱Facebook|📱X
    2,370видео1Открыть в Telegram
  • KASBI.UZ | RASMIY - Касби тумани ҳокимлиги

    18 сент., 10:47

    Sayyor davlat xizmati — xalqimiz uchun qulaylikKasbi tuman Adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan aholiga qulaylik yaratish maqsadida sayyor tartibda davlat xizmati ko‘rsatildi.Sayyor xizmatlar — aholining vaqtini tejash, ortiqcha ovora­garchiliklarning oldini olish va davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.Xalq bilan muloqot, aholiga qulaylik — bizning ustuvor vazifamiz!Rasmiy sahifalarimiz : 📱Web-site | 📱Telegram | 📱YouTube |🟥Instagram|📱Facebook|📱X
  • KASBI.UZ | RASMIY - Касби тумани ҳокимлиги

    18 сент., 10:37

    переслано из @shmirziyoyev

    Kegeylidagi zamonaviy parrandachilik majmuasi faoliyati Prezidentimizga taqdimot qilindi. — Современный птицеводческий комплекс в Кегейли представлен Президенту нашей страны.Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
    1,980видео2Открыть в Telegram
  • KASBI.UZ | RASMIY - Касби тумани ҳокимлиги

    18 сент., 10:32

    “Kelajak” markazida “Ochiq eshiklar kuni”Bugun, 18-sentabr kuni Kasbi tumanidagi “Kelajak” markazida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning qiziqish va iste’dodlarini rivojlantirish hamda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi.Tadbir doirasida yoshlar markaz faoliyati, undagi mavjud to‘garak va ta’lim yo‘nalishlari, kasb-hunar o‘rganish hamda o‘z ustida ishlash uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishishdi.Shuningdek, ishtirokchilar turli yo‘nalishlarda tashkil etilgan amaliy mashg‘ulotlarda qatnashib, ustoz va mutaxassislardan o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan tavsiya va maslahatlar olishdi.“Ochiq eshiklar kuni” yoshlarning o‘z qiziqishlarini aniqlash, yangi yo‘nalishlarni kashf etish va kelajakdagi ta’lim hamda kasbiy faoliyat uchun zarur ko‘nikmalarni shakllantirishda muhim
    2,140221Открыть в Telegram
  • KASBI.UZ | RASMIY - Касби тумани ҳокимлиги

    18 сент., 08:16

    Yoshlarni giyohvandlik tahdididan asrash — muhim vazifaKasbi tumanidagi 61-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar o‘rtasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning tarqalishining oldini olish, o‘quvchilarda sog‘lom turmush tarziga qat’iy munosabatni shakllantirish hamda huquqiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan profilaktik tadbir o‘tkazildi.Tadbirda Kasbi tumani IIB Voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha profilaktika inspektori, katta leytenant Sardor Murtozayev ishtirok etib, o‘quvchi-yoshlarga giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning inson salomatligi, ruhiy holati va kelajagiga salbiy ta’siri haqida batafsil tushuntirish berdi.Muloqot davomida bunday moddalarni iste’mol qilishning og‘ir oqibatlari bilan bir qatorda, ularni noqonuniy saqlash, tarqatish yoki muomalaga kiritish bilan bog‘liq huquqiy javobgarlik masalalariga ham e’tibor qaratildi.