gram news
Аватар канала KATTAQO‘RG‘ON ZIYOSI

KATTAQO‘RG‘ON ZIYOSI

@kattakurgan_manaviyat

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Kattaqo‘rg‘on shahar boʻlimining rasmiy telegram sahifasi

ПроектыUZРазное

2,040подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • KATTAQO‘RG‘ON ZIYOSI

    22 сент., 09:00

    #Qiziqarli_kutubxonada #ekskursiyaKattaqo‘rg‘on shahar Axborot-kutubxona markazida aholini kitob va ma’rifatga bo‘lgan qiziqishni oshirish, jamiyatda kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib etish maqsadida Kattaqo‘rg‘on shahar Madaniyat bo‘limi xodimlari tomonidan “Qiziqarli kutubxonada” loyihasi doirasida navbatdagi ekskursiya uyushtirildi.📚 Kutubxona — bilim va ma’rifat maskani!
  • KATTAQO‘RG‘ON ZIYOSI

    22 сент., 06:24

    переслано из @samarqand_manaviyat

    #kitob_xazinaENG YAXSHI KITOBXON XODIM ANIQLANDI📱Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
  • KATTAQO‘RG‘ON ZIYOSI

    22 сент., 03:29

    переслано из @kattaqurgon_shahar_hokimligi

    📚Kimning qoʻlida quyidagi besh narsa jilovi boʻlsa, yaxshi hayotining garovi boʻlur: birinchisi – tansihatlik, ikkinchisi – omonlik, uchinchisi – rizqining moʻlligi, toʻrtinchisi – sodiq doʻst va beshinchisi – farogʻat. Kimki shu besh narsadan mahrum etilgan – xush hayot eshigi uning oldida bekilgan.🔸Abdurahmon Jomiy✅https://t.me/kattaqurgon_shahar_hokimligi
  • KATTAQO‘RG‘ON ZIYOSI

    22 сент., 03:29

    переслано из @kattaqurgon_shahar_hokimligi

    KATTAQO‘RG‘ON ShAHRIDA “MILLIY BREND” ASOSIDAGI LOYIHA AMALGA OShIRILMOQDA🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27 dekabrdagi “Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi PQ-392-sonli qarori ijrosi doirasida “drayver” loyihalarni amalga oshirish uchun zarur infratuzilmaviy shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan manzilli dastur asosida Kattaqo‘rg‘on shahrida istiqbolli loyihalardan biri- “Chinobod” mahallasi hududidan o‘tuvchi 4R-48 Samarqand–Juma avtomobil yo‘lining 66–67 kilometr qismida sharq shirinliklariga ixtisoslashtirilgan “Milliy brend” savdo majmuasi tashkil etilmoqda.✅Ushbu loyihaning amalga oshirilishi natijasida hududda zamonaviy savdo va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasi yaratilib, 50 ta yangi ish o‘rni tashkil
  • KATTAQO‘RG‘ON ZIYOSI

    22 сент., 03:28

    переслано из @samarqand_manaviyat

    21-sentabr Samarqand davlat universiteti kuni📱Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
  • KATTAQO‘RG‘ON ZIYOSI

    22 сент., 03:28

    переслано из @samarqand_manaviyat

    #xayrli_tongXayrli tong, azizlar!Baxillik qurboniBir saxiy inson doʻstidan soʻrabdi.- Bir odamga 10 ming dollar ehson qilmoqchiman, nima deysan?- Yoʻgʻ-ye, doʻstim, bu koʻp-ku, shuncha ham ehson qilasanmi?- Ha, unda, 1 000 dollar bersam-chi?- Bu ham koʻp.- 100 dollar bersam boʻlar.- Qoʻysangchi, 100-200 ming soʻm bersang ham yetadi.
  • KATTAQO‘RG‘ON ZIYOSI

    21 сент., 05:07

    переслано из @samarqand_manaviyat

    “Ma'rifat ziyosi” ko’rsatuvi📱Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
  • KATTAQO‘RG‘ON ZIYOSI

    21 сент., 04:10

    переслано из @samarqand_manaviyat

    #SamDU_606_yilligiEzgulik, ilm va ma’rifat maskaniga ehtiromSharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining 606 yilligi munosabati bilan hurmatli professor-o‘qituvchilar, olimlar, ziyolilar, aziz talabalar va universitet jamoasini Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Samarqand viloyat bo‘limi nomidan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!Asrlar qa’ridan bugungi kunimizgacha yetib kelgan bu ulug‘ dargoh shunchaki ta’lim maskani emas. U ilm va ma’rifat, tafakkur va tarbiya, milliy qadriyat va zamonaviy bilim uyg‘unlashgan noyob ma’naviyat maskanidir.Samarqand zaminining buyuk ilmiy an’analarini davom ettirib kelayotgan universitet o‘zining ko‘p asrlik faoliyati davomida nafaqat malakali mutaxassislar, balki yurt taqdiriga daxldor, xalq manfaatini anglaydigan, mustaqil fikrlaydigan va yuksak ma’naviyatli avlodni tarbiyalashga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.👉Batafsil..
  • KATTAQO‘RG‘ON ZIYOSI

    21 сент., 04:10

    переслано из @samarqand_manaviyat

    #Xayrli_tongKo‘pchilik odamlar birdaniga muvaffaqiyatga erishishni xohlaydi, aslida har qanday buyuk yurish kichik qadamlardan boshlanadi.Hech qachon tez boy bo‘lib ketishga ham, tez yuqori mansabga ko‘tarilishiga ham shoshilma. Shoshilinchda qilgan xatolaring kelgusida o‘nglab bo‘lmas xatolarga sabab bo‘lishi mumkin.Maqsad sari birma-bir sekin harakat qil. Bir ishni tugatib bo‘lib, ikkinchisiga qo‘l ur. Hech qachon shoshma!📱Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
  • KATTAQO‘RG‘ON ZIYOSI

    18 сент., 04:17

    переслано из @siyosiy_marifat_soati

    #36_sonHurmatli davlat xizmatchilari, siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi sonini taqdim etmoqdamiz.Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan.#uzb35 #mustaqillik35 🌍Biz bilan kuzatib boring!🕊Telegram | 📸Instagram
  • KATTAQO‘RG‘ON ZIYOSI

    18 сент., 04:16

    переслано из @kattaqurgon_shahar_hokimligi

    HADIS📚Rasululloh ﷺ dedilar: “Neʼmat shukrga, shukr esa ziyodalikka bogʻlangandir. Modomiki banda shukr qilishda davom etar ekan, Alloh taolo ham ziyoda qilishda bardavom boʻladi”🔸Imom Bayhaqiy rivoyati✅https://t.me/kattaqurgon_shahar_hokimligi
  • KATTAQO‘RG‘ON ZIYOSI

    18 сент., 04:16

    переслано из @press_secretary_uz

    Bugun Toshkent viloyatidagi Kasaba uyushmalari federatsiyasiga qarashli "Sevarsoy" sihatgohida o‘tkazilayotgan "Axborot xizmati faoliyati: tahlil, tajriba va rivojlanish" mavzusidagi o‘quv-amaliy seminarda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari rahbarlari bilan ochiq muloqot qildik. Sohadagi ishlarni tanqidiy tahlil qilib, mavjud muammolar va ustuvor vazifalarni ko‘rib chiqdik.Raqamli muhit shiddat bilan o‘zgarayotgan bugungi kunda axborot xizmatlaridan tezkorlik, tashabbuskorlik va yuqori kasbiy mas’uliyat talab etiladi. Jamoatchilik uchun muhim axborotni o‘z vaqtida, aniq va tushunarli yetkazish, ehtimoliy inqirozli vaziyatlarga oldindan tayyor bo‘lish, OAV bilan konstruktiv hamkorlik qilish hamda axborot ochiqligi va xavfsizligi o‘rtasida muvozanatni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratdik.Axborot xizmatlari faoliyati bo‘yicha tahliliy o‘rganish
  • KATTAQO‘RG‘ON ZIYOSI

    17 сент., 03:50

    переслано из @press_secretary_uz

    Prezident Shavkat Mirziyoyevning Tonggi tarovat yurtiga tashrifi samimiy uchrashuv va suhbatlarga boy bo‘ldi. Birinchi “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” sammiti doirasida davlatimiz rahbari mintaqa davlatlari rahbarlari bilan muloqot qilib, ikki tomonlama munosabatlar va hamkorlikning yangi rejalarini muhokama qildi. Samimiy tabassumlar va bemalol suhbatlar mamlakatlarimiz hamda ularning yetakchilari o‘rtasidagi o‘zaro ishonchni yaqqol namoyon etadi.Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi sobiq elchisi Li Uk Xyon bilan suhbat, ayniqsa, samimiy kechdi. Bu uchrashuv o‘tgan yillarni, O‘zbekiston–Koreya do‘stligini mustahkamlash yo‘lida birgalikda amalga oshirilgan ishlarni yodga olish imkonini berdi.Sammit arafasida davlatimiz rahbari Milliy Assambleya Spikeri uchun koreys tiliga tarjima qilingan “Mirziyoyev doktrinasi” kitobiga mamnuniyat bilan dastxat yozib berdi. Bu Yangi