Последние посты

Khan Academy Oʻzbek
12 сент., 13:45
Bir tomchi galiy mustahkam alyuminiyni qanday qilib osongina sindirishi mumkin? 🧪Galiy alyuminiy bilan ta’sirlashganda uning strukturasiga kirib borib, metallning mustahkamligini keskin kamaytiradi. Natijada qattiq va mustahkam ko‘ringan alyuminiy mo‘rtlashib, hatto qo‘l bilan ham oson sindiriladigan holatga kelishi mumkin.Bu tajriba kimyoning naqadar muhim va hayotimiz bilan chambarchas bog‘liq fan ekanini ko‘rsatadi. Ba’zan ikki moddaning o‘zaro ta’siri tashqaridan deyarli sezilmasa ham, jarayon materialning ichki strukturasini tubdan o‘zgartirishi mumkin. 🔬Kimyo — shunchaki formulalar va tenglamalar emas. U atrofimizdagi moddalar nega va qanday o‘zgarishini tushuntirib beradigan fan.Siz bir tomchi galiy alyuminiyni shunchalik mo‘rtlashtira olishini bilarmidingiz? 👇📲 Videoni tomosha qiling va fikringizni izohlarda yozib qoldiring!📌 ʻʻBilim Onlaynʻʻ NNM – Loyiha
Khan Academy Oʻzbek
5 сент., 15:24
Qonimiz qizil. Unda nega tomirlarimiz ko‘k ko‘rinadi? 🩸🔵Aslida tomirlarimizning qoni ko‘k emas! Bu rang bizning terimiz, yorug‘lik va ko‘zimizning ranglarni qabul qilish xususiyati bilan bog‘liq.🧠 Ilm-fan kundalik hayotimizdagi eng oddiy savollarga ham hayratlanarli javob beradi. Videoni tomosha qiling va biologiyani boshqacha nigoh bilan kashf eting! 🚀Siz ham ilgari tomirlar ichidagi qon qizil bulsada nega ko‘k ko'runishini o‘ylab ko'rganmisiz? 👇📲 Videoni tomosha qiling va fikringizni izohlarda yozib qoldiring!🔰 Khan Academy O‘zbek – Bepul. Barcha uchun. Har joyda. Hamisha. 📌 ʻʻBilim Onlaynʻʻ NNM – Loyiha tashabbuskori🌐 Bizni boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating: Platforma | Instagram | Facebook
Khan Academy Oʻzbek
2 сент., 05:22
🎓 Yangi 2026–2027 o‘quv yili muborak!Aziz o‘quvchilar, hurmatli ota-onalar, ustoz va murabbiylar! Sizlarni yangi o‘quv yili boshlangani bilan Khan Academy O‘zbek jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz! 🎉🏫 Maktab — ilm va ma’rifat maskani. Bu yerda biz ilk bilimlarni egallaymiz, birinchi ustozlarimizni uchratamiz, do‘stlar orttiramiz va kelajakka ilk qadamlarimizni qo‘yamiz.📚 Har bir yangi o‘quv yili esa yangi bilimlar, yangi imkoniyatlar va yangi yutuqlar sari ochilgan eshikdir.✨ 2026–2027 o‘quv yili barchamiz uchun unutilmas, sermahsul va muvaffaqiyatlarga boy bo‘lsin!🤔 Siz uchun maktab yana nima? Fikringizni izohlarda biz bilan bo‘lishing!🔰 Khan Academy O‘zbek — Bepul. Barcha uchun. Har joyda. Hamisha. 📌 “Bilim Onlayn” NNM — loyiha tashabbuskori.🌐 Bizni boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating: Platforma | Instagram | Facebook
Khan Academy Oʻzbek
1 сент., 15:23изменён
HURMATLI YURTDOSHLAR!Sizlarni xalqimiz hayotidagi eng ulug‘ va unutilmas sanalardan biri — O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!Mustaqillik — bu o‘zligimizni anglash, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, erkin fikrlash va kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan bunyod etish imkoniyatidir.Bugun yurtimizning yorqin kelajagi bilimli, izlanuvchan va zamonaviy bilimlarni egallashga intilayotgan avlod bilan chambarchas bog‘liq. Zero, taraqqiyotning eng mustahkam poydevori — ta’lim va bilimdir.Shu qutlug‘ ayyomda barcha yurtdoshlarimizga mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik, farovon hayot va ezgu maqsadlar yo‘lida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz hamjihat, kelajagimiz yanada porloq bo‘lsin!🇺🇿 Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! 35 yillik Mustaqillik bayrami muborak!📚 Erkin va1,610Открыть в Telegram
Khan Academy Oʻzbek
16 авг., 14:12
Alfa, Beta va Gamma nurlanish — bularning farqi nimada?⚛️ Har biri turli tezlikda harakatlanadi, turli kuchga ega va ularni to'xtatish uchun turli to'siq kerak bo'ladi: biri oddiy qog'ozda to'xtaydi, biri metallni kesib o'tadi, biri esa qo'rg'oshin va betondan ham o'tib ketadi.📝 Bu bilim faqat fizika darsligida qolib ketmaydi — u bugungi tibbiyotda, masalan, saratonni davolashda ham qo'llaniladi🏥 Radiatsiya haqida oddiy tilda tushuntirilgan bu videoni oxirigacha tomosha qiling va bilimingizni sinab ko'ring!📲 Videoni tomosha qiling va fikringizni izohlarda yozib qoldiring!🔰 Khan Academy O‘zbek – Bepul. Barcha uchun. Har joyda. Hamisha. 📌 ʻʻBilim Onlaynʻʻ NNM – Loyiha tashabbuskori🌐 Bizni boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating: Platforma | TikTok | Instagram | Facebook
Khan Academy Oʻzbek
6 авг., 09:52
📡 NFC va Bluetooth — farq nimada?Aburayhon Al-Beruniy asrlar oldin elektromagnit hodisalarni kuzatib, tabiat qonuniyatlarini izlagan. Bugun biz shu qonuniyatning kundalik hayotimizdagi aks-sadosini ko'ramiz.📍 NFC — elektromagnit induksiya maydoni orqali ishlaydi. Atigi 4 santimetr masofada, ammo tezkor va xavfsiz.📡 Bluetooth — 2.4 GHz radio to'lqinlaridan foydalanadi. 10 dan 100 metrgacha, uzluksiz ma'lumot almashinuvini ta'minlaydi.✨Ikkala texnologiya ham bir xil fizik qonun — elektromagnit to'lqinlar nazariyasiga asoslangan, biroq amaliy qo'llanilishi va xavfsizlik darajasi bo'yicha jiddiy farqlanadi.✨ Bitta qonun — ikki xil yechim.📲 Videoni tomosha qiling va fikringizni izohlarda yozib qoldiring!🔰 Khan Academy O‘zbek – Bepul. Barcha uchun. Har joyda. Hamisha. 📌 ʻʻBilim Onlaynʻʻ NNM – Loyiha tashabbuskori🌐 Bizni boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating: Platforma
Khan Academy Oʻzbek
23 июн., 11:42
Hurmatli guruh a’zolari!Ko‘plab ota-onalar va abituriyentlar Umidjon Ishmuhamedovdan bepul masterklass tashkil etishni so‘rashadi. Shu sababli yaqin kunlarda universitetga kirish niyatidagi abituriyentlar va ularni ota-onalari uchun Umidjon Ishmuhamedov ishtirokida bepul onlayn masterklass tashkil etilmoqda.📌Vebinarda quyidagi muhim mavzular muhokama qilinadi: • To‘g‘ri universitet tanlash; • Kelajakda qaysi kasblar yuqori daromad keltirishi; • Sun’iy intellekt (AI) qaysi kasblarga ta’sir qilishi yoki ularning o‘rnini bosishi mumkinligi; • Ta’lim va karyera bo‘yicha boshqa muhim masalalar.🤩Bundan tashqari, abituriyentlar uchun umumiy qiymati 1 milliard so‘mlik grantlar o’ynaladi. Shuningdek, CELTA, IELTS, Certiport, PMI va boshqa bir qator xalqaro sertifikatlarni bepul topshirish imkoniyati ham yaratiladi.Vebinar haqida batafsil ma’lumot olish va unda qatnashish uchun yopiq3,680Открыть в Telegram
Khan Academy Oʻzbek
23 июн., 11:42
3,180Открыть в Telegram
Khan Academy Oʻzbek
16 июн., 15:30
Olmos va ko'mir — ikkalasi ham uglerod. Farq nimada? 💎Yer qa'rida bosim va sinovlar ostida bir xil modda ikki xil taqdirga yuz tutadi — biri olmos, boshqasi ko'mir.Inson ham xuddi shunday. Imkoniyat hammada teng boshlanadi. Lekin uni yuksaltiradigan narsa — ilm.Ilmsiz inson ko'mirga o'xshaydi: foydali, ammo qiymati chegaralangan.Ilm bilan ziynatlangan inson esa olmos kabidir — qayerda bo'lmasin, qadri bilinadi, nuri atrofga taraladi.Boylik yo'qolishi mumkin. Mansab tugashi mumkin. Ilm esa insonning haqiqiy qadrini abadiy belgilaydi.✨ Ko'mir bilan olmos o'rtasidagi farq — bosim va vaqt.Oddiy inson bilan ulug' inson o'rtasidagi farq — ilm.Ibn Sino ming yil oldin shunday yashadi. Bugun ham bu haqiqat o'zgarmagan.
Khan Academy Oʻzbek
8 июн., 11:54изменён
📐 Algebra faqat darslikdagi formulalar emas!Bu usulni birinchi bo‘lib tizimli ravishda rivojlantirgan buyuk olim — Muhammad al-Xorazmiy.🍰 Retseptni miqdor jihatdan kattalashtirishda, 💰 xarajatlarni hisoblashda, 📊 biznes reja tuzishda, 🏠 kundalik hayotdagi muammolarni yechishda algebraik fikrlash yordam beradi.Khan Academy O‘zbek bilan algebra nima uchun kerakligi va uni hayotda qanday qo‘llash mumkinligini o‘rganing.📲 Videoni tomosha qiling va fikringizni izohlarda yozib qoldiring!Khan Academy O'zbek — O'zbek tilida sifatli ta'lim 🇺🇿🔰 Khan Academy O‘zbek – Bepul. Barcha uchun. Har joyda. Hamisha. 📌 ʻʻBilim Onlaynʻʻ NNM – Loyiha tashabbuskori🌐 Bizni boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating: Platforma | TikTok | Instagram | Facebook
Khan Academy Oʻzbek
3 июн., 15:23изменён
📡 Wi-Fi devordan qanday o'tadi?🏺 Al-Beruniy, Siz Wi-Fi ni qanday tushuntirgan bo'lardingiz?Bu safar — elektromagnit to'lqinlar va ularning materiallar bilan o'zaro ta'siri haqida.📌 Videoda nima bor: — Elektromagnit to'lqin nima? — Beton, metall, g'isht, yog'och — qaysi biri signalni bloklaydi? — Uyingizda Wi-Fi ishlashi ortidan qanday fizika yotadi?🎯 Fizikani maktabda qiyin deb o'ylaganlar uchun — bu video fikringizni o'zgartiradi.Khan Academy O'zbek — O'zbek tilida sifatli ta'lim 🇺🇿🔰 Khan Academy O‘zbek – Bepul. Barcha uchun. Har joyda. Hamisha. 📌 ʻʻBilim Onlaynʻʻ NNM – Loyiha tashabbuskori🌐 Bizni boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating: Platforma | TikTok | Instagram | Facebook
Khan Academy Oʻzbek
27 мая, 10:05
Hayit muborak🕌 “Khan Academy Oʻzbek” jamoasi barchangizni bugungi QURBON HAYITI ayyomi bilan chin yurakdan muborakbod etadi!😊 Barchangizga sog’-salomatlik oilangizga osoyishtalik va dasturhoningizga qut-baraka tilab qolamiz!🔰 Khan Academy O‘zbek – Bepul. Barcha uchun. Har joyda. Hamisha. 📌 ʻʻBilim Onlaynʻʻ NNM – Loyiha tashabbuskori🌐 Bizni boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating: Platforma | TikTok | Instagram | Facebook3,380Открыть в Telegram
Khan Academy Oʻzbek
9 мая, 13:07
Xotira muqaddas, xotira aziz… 🎖Bugun — 9-may, Xotira va qadrlash kuni. Bu sana nafaqat Ikkinchi jahon urushi qurbonlarini, balki qatag‘on yillarida nohaq jabrlangan insonlarni, Vatan tinchligi, mustaqilligi, yurt ravnaqi, ilm-ma’rifat va ta’lim rivoji yo‘lida fidokorona xizmat qilgan yurtdoshlarimizni yod etish kunidir. 💔Biz ushbu kunda nafaqat yurtimiz tinchligi uchun kurashgan vatandoshlarimizni, balki hayotini ilm olish va uni boshqalarga ulashishga bag‘ishlagan ustozlar, ziyolilar va ma’rifat fidoyilarini ham chuqur hurmat bilan xotirlaymiz. Ularning mehnati, sabri va qoldirgan merosi bugungi avlod tarbiyasida yashab kelmoqda.💔 Biroq biz ushbu kunda ulug' jahon urushi qatnashchi va qurbonlari, yurtimiz ravnaqi va rivoji hamda taʼlim sohasiga ulkan hissa qoʻshgan, hayotini ilm olish va ulashishga bagʻishlagan yurtdoshlarimizni xotirlashni lozim topdik.
Khan Academy Oʻzbek
30 мар., 15:30
Ikki kun. Bir nechta davlat. Yuzlab g‘oyalar va real tajribalar.📍 Hyatt Regency Tashkent 📅 March 28–29, 2026First Regional Central Asian Alumni Forum “Strengthening Economic Connectivity: The United States, Uzbekistan and Central Asia”Bu — shunchaki event emas.Bu Markaziy Osiyoda fikrlaydigan, harakat qiladigan va o‘zgarish qiladigan insonlar uchrashuvi bo‘ldi.Ikki kun davomida:• Xalqaro spikerlar chiqishlari• Hukumat va biznes vakillari bilan ochiq muloqotlar• Ta’lim, texnologiya, biznes va kreativ sohalardagi panel sessiyalar
Khan Academy Oʻzbek
28 мар., 05:18
🇺🇿📚 Katta yangilik!Markaziy Osiyodagi eng muhim xalqaro forumlardan biri — Central Asian Alumni Forum da 🎤 Khan Academy O‘zbek loyihasi asoschisi, “Bilim onlayn” NNT ta’sischisi Botir Arifjanov hamda “Bilim onlayn” NNT direktori Sobirjon Mirdjalilov spiker va ishtirokchi sifatida qatnashmoqdalar!🧠 Forum doirasida AQSh, O‘zbekiston va Markaziy Osiyo o‘rtasida: — ta’lim — texnologiya — innovatsiya — iqtisodiy hamkorlik kabi dolzarb yo‘nalishlar muhokama qilinadi.📌 Botir Arifjanov ishtirok etadigan sessiya: “Khan Academy Uzbek’s Journey” Bu chiqishda: ✨ loyiha qanday boshlangan ✨ qanday qiyinchiliklardan o‘tilgan4,059Открыть в Telegram
Khan Academy Oʻzbek
21 мар., 11:06
✨ Navroʻzi olam muborak boʻlsin! Bu muborak bayram hayotingizga yangi imkoniyatlar, yorqin lahzalar va quvonchli yangiliklar olib kelsin 🌿📚 Shunday nurli kunlarda ilm olishdan, o‘z ustingizda ishlashdan aslo to‘xtamang. Har bir kichik qadam — katta natijalarga eltadi.🌸 Yana bir bor barchangizni Navroʻz bilan tabriklaymiz! — 📌 Khan Academy O‘zbek Bepul. Barcha uchun. Har joyda. Hamisha.🌐 Bizni boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating: Platforma | TikTok | Instagram | Facebook4,000Открыть в Telegram
Khan Academy Oʻzbek
20 мар., 07:53
🤗 Assalomu alaykum, qadrli yurdoshlar Khan Academy O‘zbek jamoasi Sizlarni muborak Ramazon hayiti bilan chin dildan tabriklaydi.📚 Ilm izlash yo‘lidagi har bir qadamingiz barakali bo‘lsin, o‘rganayotgan bilimlaringiz hayotingizga nur va foyda olib kirsin.☺️ Oilangizga qut-baraka, qalbingizga iymon, tafakkuringizga esa yana-da chuqur anglash va hikmat ato etilsin.🤲 Ushbu muborak kunlarda qilgan barcha ezgu amallaringiz qabul bo‘lsin!🌐 Bizni boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating: Platforma | TikTok | Instagram | Facebook3,720Открыть в Telegram
Khan Academy Oʻzbek
8 мар., 05:42
🌸 Aziz va muhtaram ayollar! 🌸Sizlarni 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan Khan Academy O‘zbek jamoasi samimiy muborakbod etadi.Ayol — jasorat timsoli. Bu jasoratni biz To‘maris siymosida ko‘ramiz.Ayol — donolik va ma’rifat manbai. Bu fazilatlar Nodirabegim merosida namoyon bo‘ladi.Ayol — nafis qalb, ilhom va e’tibor timsoli. Bu ruhni biz Zulfiya xonim she’riyatida his etamiz.Ana shu buyuk timsollar davomchisi bo‘lgan bugungi o‘zbek ayollari ham mehr, matonat va ilhom bilan jamiyatimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.🌷 Bayramingiz yana bir bor muborak bo‘lsin!🔰 Khan Academy O‘zbek – Bepul. Barcha uchun. Har joyda. Hamisha. 📌 ʻʻBilim Onlaynʻʻ NNM – Loyiha tashabbuskori
Khan Academy Oʻzbek
1 янв., 15:36
🎉Yangi 2026-yil muborak bo‘lsin!🎉Hurmatli obunachilar va ta’lim ixlosmandlari, Khan Academy O‘zbek jamoasi sizni Yangi yil bilan samimiy muborakbod etadi.🥳 Yangi yil sizga mustahkam sog‘lik, ilmga chanqoqlik va yangi zafarlarga intilishni olib kelsin. Boshlagan barcha ezgu rejalaringiz amalga oshsin.💯 Biz bilan birga ta’lim yo‘lida ekaningizdan minnatdormiz. 2026-yilda birgalikda yanada yuksak marralarga erishish nasib qilsin!✨Hurmat bilan,Khan Academy O‘zbek jamoasi
Khan Academy Oʻzbek
8 дек. 2025 г., 04:48изменён
💥 Ushbu kun bizning huquqlarimiz, burchimiz va vakolatlarimizni jamlagan- qomusimiz qabul qilingan kundir!Bayram muborak bo'lsin!🔰 Khan Academy O‘zbek – Bepul. Barcha uchun. Har joyda. Hamisha. 📌 ʻʻBilim Onlaynʻʻ NNM – Loyiha tashabbuskori🌐 Bizni boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating: Platforma | TikTok | Instagram | Facebook7,060Открыть в Telegram
