Последние посты

Asteroid B-612
22 сент., 06:19
«Goh totli, goh achchiq bo‘lsin — har qanday turmush, baribir, tengsiz bir HAYOTDIR... Uning naqadar bebaho ne’mat ekanligini esa faqat uni xatar yoqasiga qo‘yib, qismat bilan yuzma-yuz kelganingizdagina butun borlig‘ingiz ila his etasiz...»✍Erix Mariya RemarkAsteroid B-612🔭
Asteroid B-612
21 сент., 07:14
U tez orada o‘z istagi amalga oshgani unga kutgan baxt tog‘idan faqat bir zarracha ekanligini his etdi. Bu amalga oshish unga insonlar doimo yo‘l qo‘yadigan abadiy xatoni ko‘rsatdi: baxtni istaklarning ro‘yobga chiqishi deb tasavvur qilish.✍Lev Tolstoy 📖"Anna Karenina"Asteroid B-612🔭
Asteroid B-612
20 сент., 12:50
"Aslida biz baxtli odamlarmiz: uyimiz issiq, qornimiz to‘q, monitordan taralayotgan nur va dunyo bilan bog‘lab turuvchi internetimiz bor. Ha, har kim o‘z dardini ulug‘lab, uni olamshumul fojiaga aylantirishni xush ko‘radi, lekin tan olish kerak — biz baribir baxtlimiz..."✍Al Kvotion 📖«Improvizatsiya ehtiyot qismi»Asteroid B-612🔭
Asteroid B-612
19 сент., 12:50
Bir hаftа boʻldiki, doʻstlаrim, tаnish-nоtаnishlаr eshikdаn mаʼyus kirib kelishаdi. Doʻstlаrim jimginа oʻtirib, jimginа chiqib ketishаdi. Bоshqаlаr оhistа soʻrаydilаr: – Nechа yoshdа edilаr? Men аytаmаn... Aytаmаn-u oʻylаymаn: оnаning yosh-qаrisi boʻlаdimi? Mehrning yosh-qаrisi boʻlаdimi? Shаfqаtning-chi? Sаdоqаtning-chi? Ilgаrilаri bir hаqiqаtni bilаrdim. Оnа uchun bоlаning kаttа-kichigi boʻlmаydi. Endi yanа bir hаqiqаtni аnglаdim. Bоlа uchun hаm оnаning kаttа-kichigi boʻlmаs ekаn. Оnа – оnа ekаn. Ungа bоshqа sifаt kerаkmаs.✍O'tkir Hoshimov 📚"Dunyoning ishlari"Asteroid B-612🔭
Asteroid B-612
19 сент., 07:56изменён
Eng muhimi birinchi qadamni tashlash. Eng qiyini boshida, keyin osonlashadi. Bu xuddi suvga tushmoqchi bo‘lganingizda, ammo botina olmaganingizdek. Suv sizga sovuq tuyuladi, tizzangizgacha kirasiz va to‘xtab qolasiz. Biroq, qanchalik sekin harakat qilsangiz, jarayon shunchalik azobli bo‘ladi. Ba’zida, siz qilishga jur’at etolmayotgan ishni amalga oshirishning eng og‘riqsiz usuli - yugurib kelib o‘zingizni suvga tashlashdir.✍Chak Palanik🔭Asteroid B-612
Asteroid B-612
18 сент., 16:50изменён
«Hammamiz ham birdek osiy insonmiz va bir xil yanglish xomxayolga berilamiz: go‘yo bizning shaxsimiz, boshimizga tushgan kechmishlar o‘zgalarni ham o‘zimizga qanchalik muhim bo‘lsa, shunchalik hayajonga soladi deb o‘ylaymiz. Biroq odamzod, agar buni xotirada saqlash uchun alohida bir sababi bo‘lmasa, boshqalarning qismatida yuz bergan hodisalarni juda tez unutadi... Hatto tamoman unutmagan taqdirda ham, biz kutgancha va biz lozim topgandek unga zarracha bo‘lsin e’tibor ham, ahamiyat ham bermaydi...»✍Moris Dryuon (Maurice Druon)Asteroid B-612🔭
Asteroid B-612
18 сент., 05:46изменён
«Qalbimda bir inson qismati haqida qissa bitish istagi bor... Shunday bir insonki, u biror jiddiy qadam tashlashdan avval har bir kimsaning gapiga quloq tutadi, hamma bilan bamaslahat ish ko‘radi. Oqibatda, hayot tajribasida har bir masala bo‘yicha odamlarning qarashlari bir-biriga zid va qarama-qarshi ekaniga uzil-kesil ishonch hosil qiladi. Va nihoyat, u faqat va faqat o‘z qalbi hamda ichki ovoziga quloq tutmoq kerak degan qat’iy xulosaga keladi-da, shu lahzaning o‘zidayoq barcha ikkilanishlardan xalos bo‘lib, benihoya qudratli insonga aylanadi...»✍Andre Jid (André Gide)Asteroid B-612🔭
Asteroid B-612
17 сент., 16:01
Dunyoda shunday kutubxonalar, kitob do‘konlari va kitob bilan bog‘liq maskanlar borki, ularni ko‘rib, hech bo‘lmasa bir marta borishni xohlab qolasiz.Kootubxona — ana shunday joylarni yig‘ib boradigan kichik bir javon.Turli shaharlardagi kutubxonalar, noodatiy kitob do‘konlari, kitobxonlar uchun qiziq maskanlar va kitoblar bilan bog‘liq go‘zal joylar.Balki bir kuni shu joylardan birida kitob varaqlab o‘tirarsiz. Hozircha esa ularni shu yerdan tomosha qilamiz. (Oʻzimizni kanal)Kootubxona. Kitoblar yashaydigan joylar haqida.
Asteroid B-612
17 сент., 14:17изменён
«Hatto eng ko‘p intizorlik ila kutilgan har bir burilish va o‘zgarish bag‘rida ham bir chimdim hasrat, mahzunlik yashiringan bo‘ladi. Zotan, biz ortda qoldirib, ayrilayotgan har bir xotira va hodisa — o‘zligimizning bir parchasi, vujudimizning bir bo‘lagidir. Yangi bir hayot ostonasidan hatlab o‘tish va unga pinhona kirish uchun kishi avvalgi hayoti uchun majoziy ma’noda bo‘lsa-da o‘lib, uni butunlay tark etmog‘i lozim...»✍Anatol FransAsteroid B-612🔭
Asteroid B-612
17 сент., 05:18изменён
«Insoniyat tabiati qaysidir ma’noda tayyor samolyotni yodga soladi. Samolyot yerda ham g‘ildirab yurishi mumkindir, biroq asl mohiyati va qudratini namoyon etishi uchun u baribir shamolga yuz tutib, samoga ko‘tarilmog‘i lozim. Bizning qismatimiz ham shunday: qachonki o‘z nafsimiz, ojizligimiz va cheklovlarimizdan baland ko‘tarila olsakgina parvozga qodirligimiz ayon bo‘ladi. Aks holda, ruhimizda qanday yuksak parvozlar yashiringanini hech kim payqamay o‘tib ketadi...»✍Viktor FranklAsteroid B-612🔭
Asteroid B-612
16 сент., 13:33изменён
«Odamzod qanday dardga chalinishini o‘zi hal qilmaydi, biroq u ruhiy zo‘riqish va ruhiyatidagi stressni o‘z ixtiyori bilan tanlaydi — keyin esa ayni shu tushkunlik va ruhiy bosimning o‘zi qanday xastalikka yuz tutishni hal qilib beradi...»✍Irvin Yalom
Asteroid B-612
16 сент., 07:35
«Bo‘shliqsiz to‘lib-toshib yashash, to‘liqlik bo‘lmaydi. Barcha narsa to‘xtab qolgandek tuyuladigan bunday kunlarni ham sevishni o‘rgan. Kuchli, qat’iyatli, harakatchan bo‘la olmaydigan kunlaringni ham. Men bunday kunlarni farer tilida «balki» degan ma’noni anglatuvchi «kanska» deb atayman. Hech bir savolingga aniq javob topa olmaganingda — shunchaki sukut saqlaysan, uxlaysan, ovqatlanasan yoki ko‘ngling yozilgunicha nomsiz, xilvat ko‘chalar bo‘ylab yurasan. Ahvoling esa albatta yaxshilanadi. Zotan, eng dahshatli jalalardan so‘ng ham baribir quyosh charqlab chiqadi.»✍Xaruki Murakami 📖«Norveg o‘rmoni»
Asteroid B-612
16 сент., 03:38
KUN MASLAHATISen begona odamga xushmuomala, sabrli va kechirimli bo'lasan, lekin aynan shu sifatlarni eng yaqin odamlaringga — ota-onang, sherigingga — ko'rsatishni unutasan. Sabab oddiy: begona bilan munosabatni yo'qotishdan qo'rqasan, yaqiningni esa "baribir ketmaydi" deb o'ylab, e'tiborsiz qoldirasan. Bu xavfli taxmin — chunki yaqinlik kafolat emas, u ham parvarish talab qiladi, aks holda asta-sekin so'nadi. Eng g'alati narsa shuki, odamlar ko'pincha eng yaxshi versiyasini notanishlarga, eng charchagan versiyasini esa sevganlariga taqdim etadi.Bugun sinab ko'r: Bugun eng yaqiningdagi bir odamga, begonaga ko'rsatadigan darajada sabr va e'tibor bilan muomala qil.#kun_maslahati 10-kun
Asteroid B-612
15 сент., 11:11
Kyerkegor takidlaydiki, "shaxsiyatning chinam qudrati va matonati" inson qalbidagi besaranjomlik hamda xavotir uyg‘otuvchi sinovlarga tik boqishni, ularga qarshi tura olishni o‘rgangan damda shakllanadi. Zotan, ruhiy tetiklik, shaxsiy ulg‘ayish hamda haqiqiy kamolot sari yetaklovchi yagona to‘g‘ri yo‘l ham ayni shudir...»✍Rollo Mey
Asteroid B-612
14 сент., 03:51
KUN MASLAHATISen "shu maqsadga yetsam, baxtli bo'laman" deb o'ylaysan — yangi lavozim, ko'proq pul, munosabat. Lekin bu "kelish yanglishi" (arrival fallacy) deb ataladi: maqsadga yetganingda quvonch bor-yo'g'i bir necha kun yashaydi, keyin miya darhol yangi maqsad qidira boshlaydi. Sabab shunda — miya doimiy holatga emas, o'zgarishga reaksiya beradi, shuning uchun "yetarli" degan nuqta hech qachon kelmaydi. Agar hozir baxtli bo'lishni bilmasang, keyingi maqsadga yetganingda ham bir xil bo'shliqni his qilasan.Bugun sinab ko'r: Bugun "shunga erishsam edi" deb kutayotgan narsangdan qat'i nazar, hozirgi holatingdan bittasiga rozi bo'l.#kun_maslahati 9-kun
Asteroid B-612
13 сент., 15:41
pov: "Pulni to'y-hashamga emas, sayohatga sarflang"Me: "qaysi pulni?"
Asteroid B-612
13 сент., 07:33
«Siz buni istaysizmi yoki yo‘q, baribir vaqt deganlari har qanday dardga malham bo‘ladi. Fursat o‘tishi bilan u borliqni davolaydi, barcha narsani birma-bir tortib oladi va poyonida faqat zim-ziyo zulmatni qoldiradi. Ba’zan biz o‘sha qorong‘ilik bag‘rida hamroh-u hamdardlarimizni uchratamiz, ba’zan esa ularni ayni o‘sha tubsizlikda qayta yo‘qotib, tanho qolaveramiz...»✍Stiven King 📚«Yashil milya»
Asteroid B-612
13 сент., 03:46
KUN MASLAHATIDangasalik haqida o'ylaganingda, o'zingni "kuchsiz" deb ayblaysan, lekin aslida bu ko'pincha kuch yetishmasligi emas — aniqlik yetishmasligi. Miya noaniq, katta va qo'rqinchli ko'ringan ishdan qochadi, chunki u nimadan boshlashni bilmaydi. "Kitob yozish kerak" degan fikr seni falaj qiladi, "bugun bir sahifa yozaman" esa harakatga undaydi. Demak, dangasalik — irodasizlik emas, balki vazifani noto'g'ri o'lchamda ushlab turishing natijasi.Bugun sinab ko'r: Bugun eng qo'rqadigan ishingni ol-da, uni 10 daqiqada bajarsa bo'ladigan bittagina qadamga bo'l.#kun_maslahati 8-kun
Asteroid B-612
12 сент., 14:08
«Mobodo nimadir izidan chiqib, xatolik yuz bersa — uni tuzatishga kirishing. Ammo qalbingizni behuda xavotir va sarosimaga berilmaslikka o‘rgating, zotan tajanglik-u tashvish bilan hech bir mushkul o‘nglanib qolmaydi...»✍Ernest Xeminguey
Asteroid B-612
12 сент., 10:12
«Odam bolasining umriga faqat sovuq qurol, o‘q-dorining dahshatli parchasi zamin bo‘lmaydi. Uni gohida bir og‘iz sovuq kalom, bir jirkanch qilmish, shafqatsiz loqaydlik-u quruq rasmiyatchilik ham so‘ndiradi. Insonni eng birinchi navbatda oriyatdan kechgan nomardlik, sotqinlik va tubanlik mahv etadi...»✍Boris Vasilyev 📚«Ertaga urush bo'ladi»
