Последние посты

Kitob nuri
26 сент., 06:18
Ayollar! Gullarni juda yaxshi ko‘rishadimi? "Yo‘q", ayollar gullarning o‘zini emas, gul olib berish tuyg‘usiga ega bo‘lgan erkaklarni juda yaxshi ko‘rishadi.©️Aziz Nesin📚 @kitob_nuri


Kitob nuri
25 сент., 15:36изменён
#mutolaa🌸YANGI KELIN-KUYOVLARGA BAXTIYOR OILALARDAN NASIHATLAR (oilada muhabbatni davomiy qiladigan xulqlar)Ey kelin-kuyovlar! Muhabbatingizni davomiy qiladigan, sevgini kuchaytiradigan amallarni biling: ⏺ ochiqyuzli bo‘lish; ⏺ shirinso‘z bo‘lish; ⏺ tabassum qilish; ⏺ yaxshilikni e’tirof qilish; ⏺ qiyinchiliklarga sabr qilish; ⏺ doim yaxshi gumonda bo‘lish; ⏺ sir saqlay olish; ⏺ har ishda maslahatlashish; ⏺ vaziyatni e’tiborga olish; ⏺ muloyimlik bilan nasihat qilish; ⏺ salomni ko‘paytirish; ⏺ shikoyat qilmaslik, nolimaslik, koyimaslik.Har bir kuyov va har bir kelinga iltimoslarimiz: Uzr so‘rash madaniyatini joriy qiling. Bugundan boshlab uzr so‘rashni boshlang: ⏺Quvonchli onni g‘amli onga aylantirib qo‘ygan bo‘lsam, meni kechiring. ⏺Men uchun kutilmagan xursandchilik tayyorlab qo‘ygan bo‘lsangiz-u, men bu xursandchilikni bilib-bilmay buzib qo‘ygan bo‘lsam, meni kechiring. ⏺Sizni yolg‘iz tashlab qo‘ygan bo‘lsam, bu hijronning har bir lahzasi uchun uzr sörayman. Chin qalbdan, samimiy uzr so‘rash naqadar go‘zal!📖 «Oila – saodat maskani» kitobidan📚 @kitob_nuri
Kitob nuri
25 сент., 14:03
❗️❗️❗️❗️❗️❗️ARAB TILI KURSLARI 0 dan boshlab mukammalgacha 📚 FAQAT AYOLLAR UCHUN!📝 Muallim Soniy (0 dan): Arab alifbosidan boshlab, to‘g‘ri o‘qish, tajvid asoslari va ravon tilovatgacha bosqichma-bosqich o‘rgatiladi. Umuman boshlovchilar uchun juda qulay.✅ Tasxix (xatolarni to‘g‘rilash): Qur’onni o‘qishda harf, tajvid va xatolarini to‘liq tuzatish.🔴Arab tili grammatikasi (0 dan):USTOZA MISRDA 7YIL UQIGAN IJOZAGA EGA VA C1 DARAJAGA EGA MALAKALI USTOZADarslar: • Individual (1 talaba – 1 ustoz) • Onlayn • Qulay vaqt asosida ✨ Sabr, tartib va natija kafolatlanadi Murojat uchun https://t.me/+EJSf9UhV-uY4Njky


Kitob nuri
25 сент., 14:02
#mutolaa📖 "Kelmasang ham kutaman" ✍️ Berkutay SoysalBerkutay Soysal Turkiyaning maʼlum va mashhur yozuvchilaridan biri bo‘lib, asarlari o‘quvchilar tomonidan intiqib kutiladi hamda sevib o‘qiladi. Yozuvchining mazkur asari o‘ziga xos jozibasi, ifoda uslubi, insonning eng nozik va nafis tuyg‘ularini taʼsirchan bayon etganligi bilan ajralib turadi. Aytingchi, siz ham hech qachon kelmaydigan bir insonni intiq kutganmisiz? Bir kun kelib ketishi mumkinligi hatto tushingizga ham kirmagan insonning ortidan qo‘l silkitib qolganmisiz?Men kelmaganni kutaman, uzoqdagi insonni sog‘inaman va azoblanganim sari yana-da ko‘proq sevaman. Men ham ketmoqchi bo‘lganlarni to‘xtatib qolishga urindim. Yo‘lini to‘sib "Meni tashlab qayerga ketmoqchisan?" deb siquvga oldim. Biroq bundan hech narsa o‘zgarmadi. Ketishga qaror qilganni to‘xtatib bo‘lmas ekan.Ehtimol, vaqtincha to‘xtatishing mumkindir, ammo baribir qo‘lingdan chiqib ketadi. Alal oqibat men ham bu haqiqatga o‘zimni moslashtirdim, o‘sha kundan boshlab tark etganlarni va sira qaytib kelmaydiganlarni kutishni boshladim. Kelmasligini bilib turib kutdim.Kutish bu - o‘z joningga suiqasd qilishdek bir xatodir. Va men bu xatoni anglaganimdan beri kutishga yanada mahkamroq bel bog‘ladim.📚 @kitob_nuri
Kitob nuri
25 сент., 13:01
🏆 Bugun 5 daqiqa kitob o‘qiganga iPhone 17 Pro Max sovg‘a qilamiz!😊 25-sentabr “Mutolaa”da “Omadli kun” va bu kunda ilovada istalgan kitobni kamida 5 daqiqa o‘qigan hammaga 1 haftalik BEPUL Mutolaa Premium sovgʻa qilinadi.📱Bugun 5 daqiqa kitob oʻqiganlar orasidan bir kishiga esa random tarzda iPhone 17 Pro Max ham sovg‘a qilamiz!🤝 Bugundan kitob oʻqish odatini shakllantirishingiz uchun zo’r imkon! Yaxshi tashabbus.👉 Hoziroq ilovaga kirib, kitob mutolaa qiling: https://me-qr.com/E8U1zNFP


Kitob nuri
25 сент., 05:03
#TafakkurFARQI BOR!Imom Zahabiy rohimahulloh o‘zining “Siyaru a’lomin nubalo” kitobida keltiradi: “Shaqiq Balxiyning tarjimai holida shunday keladi: “Bir kun u xotiniga shunday dedi: -Agar butun Balx ahli men bilan birga bo‘lib faqatgina sen menga qarshi bo‘lsang dinim ishini qoim qilishga kuchim yetmas edi!”.Hamma narsa uyda boshlanib uyda tugaydi. Agar uy jahannam bo‘lsa olamning go‘zalligi foyda bermaydi. Dunyodagi barcha mashaqqatlarni lutf va muhabbatga to‘la xonadon davolaydi. Agar insonning saodati yoki shaqovati yetmish foiz umr yo‘ldoshiga bog‘liq desam mubolag‘a qilmagan bo‘laman. Ha, Fir’avnning kofirligiga qaramasdan Osiyo musulmon edi. Nuh va Lut alayhis salomlar xotinlarining kofiraligiga qaramasdan payg‘ambar edilar. Ammo shak yo‘qki, birorta uy Hadicha roziyollohu anho yashagan uy kabi bo‘lmagan. Kishining o‘zini yolg‘iz his qilishi bilan suyanchi borligini his qilib turish o‘rtasida katta farq bor!📚 @kitob_nuri
Kitob nuri
24 сент., 16:31
#mutolaa🌸Ta’minotchilarga xushxabar!Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Allohdan savob umid qilgan holda o‘z ahlini ta’minlash – sadaqadir», deganlar (Imom Buxoriy rivoyati). Demak, oilamizga, ahli-ayolimizga biron narsa olmoqchi bo‘lsak, Alloh roziligi uchun deb niyat qilishimiz kerak ekan. Hadisning ma’nosi «kishi o‘z oilasini ana shunday niyatda ta’minlasa, xuddi begona muhtojlarga berilgan sadaqa bo‘ladi», degani emas, balki xuddi o‘sha sadaqaning savobi beriladi, deganidir. O‘z oilamizni boqish orqali, Qiyomat kuni tog‘dek sadaqalarimiz, savoblarimiz bilan tirilishni tasavvur qilyapsizmi?! Oilada yeb-ichishga, kiyim-kechakka, farzandlarni o‘qitishga va boshqa har qanday ehtiyojlarga beradigan pullaringiz ham shuning ichiga kiradi, buning uchun faqatgina savob umid qilish kerak ekan, xolos. Qanchalar karaming keng, Robbim!📖«Oila – saodat maskani» kitobidan📚 @kitob_nuri
Kitob nuri
24 сент., 14:59
✨ Arab tilini o‘rganishni istaysizmi? Endi sizda ajoyib imkoniyat bor!📚 Arab tili ixlosmandlari uchun ONLINE guruhlarga qabul ochildi!💡 Nima uchun aynan bizning kurs?✔️ Har bir o‘quvchiga individual yondashuv✔️ 3 oyda 0 dan Qur’on o‘qish darajasigacha yetkazuvchi dastur✔️ Har bir harfni to‘g‘ri maxraj va sifatlari bilan o‘rganasiz✔️ 150+ boshlang‘ich so‘z va iboralarni bemalol ishlata olasiz✔️ Darslar Xalqaro Islomshunoslik akademiyasini bitirgan, oliy ma’lumot va sertifikatga ega ustoza tomonidan olib boriladi⸻ Bundan tashqari boshlangʻich grammatika va soʻshlashuv kurslarimizga ham qabul ochiq🎯 Joylar cheklangan! Bugunoq yoziling va arab tilini to‘g‘ri, oson va samarali o‘rganishni boshlang!📩 Ro‘yxatdan o‘tish uchun hoziroq murojaat qiling! @Arabic_teacher_MKutish xonasi👇 https://t.me/+RhMLLQ7dss45ZmIy
Kitob nuri
22 сент., 17:05
Arab tilini soha mutaxassislaridan noldan boshlab tartibli ravishda bepul o‘rganing:
Kitob nuri
22 сент., 04:05
🌸Uylar ajoyib...Gohida yaxshi soliha xotinning eri yomon chiqib qoladi. Gohida esa yaxshi erkakka yomon ayol tushib qoladi. Yaxshi erkak yaxshiligidan kecha olmas ekan. Yomon erkak ham yomonligidan voz kecha olmas ekan. Hayot esa davom etadi. Alloh jannatda u uchun qasr qurgan ayolning eri: “Men sizning oliy Robbingizman!”, degan edi. Nuh alayhis salom bilan barcha hayvonlar kemaga minishdi. Ammo u zotning xotini minmadi. Lut alayhis salomning bolalari iymon keltirdi. Ammo xotini iymon keltirmadi...📚 @kitob_nuri
Kitob nuri
21 сент., 04:58
#mutolaa🔑 Xursand qiladigan narsalarni bajarishga odatlaning. Sizni xursand qiladigan ishlarni belgilab olgandan keyin xotirangizdan boshqa barcha ishlarni yiroq qiling. Sevimli ishlarni yodda tuting, sizni xursand qilmaydigan ishlarni unuting. Shunda saodatga erishishga urinishdagi qaroringizning o‘zi xursand qiladigan tajriba bo‘ladi.🔑 O‘zingizdan (bor imkoniyatlaringiz, rizqingiz va boshqalardan) rozi bo‘ling. O‘zingizdan rozi bo‘lish, qilayotgan ishlaringizga ishonch, to‘g‘ri yo‘lni tutgan bo‘lsangiz, qilinadigan tanqidga e’tibor bermaslikka qaror qilish juda muhimdir.🔑 Yaxshilik qiling va boshqalar xizmatini bajaring. O‘zingiz yakka bo‘lib, ajralib qolmang. Ajrab olish baxtsizlik asosidir.🔑 Agar oilali bo‘lsangiz, har hafta oilangiz bilan
Kitob nuri
19 сент., 11:00
MO‘MINBir kishi Nabiy sallollohu alayhi va sallamning huzurlariga kelib iymon haqida so‘radi. Nabiy alayhis salom unga dedilar: - Yaqinroq kel! U kishi yaqin keldi. Nabiy sallollohu alayhi va sallam unga dedilar: - Iymonli kishi yaxshi amal qilsa xursand bo‘lib uning savobini umid qiladi. Agar yomon amal qilsa xafa bo‘lib uning jazosidan qo‘rqadi!Haqiqiy qo‘rqinch gunohga tushishdan bo‘lmaydi. Odam bolasining hammasida xato bor. Haqiqiy xavf gunohga o‘rganib qolishda, uni gunoh deb bilmay qolishdadir. Bir gunohni ming marta qildingiz. So‘ngra sindingiz, tavba qildingiz. Bundan unchalik xavf qilmasa bo‘ladi. Qalbni uxlatadigan, sezmaydigan qilib qo‘yadigan gunohdan qo‘rqish kerak. Pora berishni epchillik va ishbilarmonlik deb o‘ylaysiz... Xalqning mulkini o‘marasiz, o‘zlashtirasiz. Buni farzandlaringizga yedirishdan vijdoningiz zarracha qiynalmaydi... Zino qilib uni qahramonlik deb
Kitob nuri
19 сент., 06:31
TIRIKLAR UCHUNAmerikalik yozuvchi Jon Grin o‘zining "Yulduzlar aybdor" nomli kitobida shunday narsani yozadiki, undan qalb parchalanadi. Unda Xeyzel Greys ismli qiz saratondan vafot etgan sevgilisi Ogastusning o‘limi haqida shunday deydi: "So‘ngra birga yig‘lashim uchun biror kishi men bilan bog‘lanmaganini, aloqaga chiqmaganini angladim. Meni qattiq xafa qilgan narsa mana shu narsa bo‘ldi. Ogastusning o‘limi haqida xabar berishimni men istagan kishi yolg‘iz Ogastusning o‘zi bo‘ldi. Shunda angladimki, ta’ziya marosimlari o‘liklar uchun emas, tiriklar uchun bo‘lar ekan!".Yuqoridagi asarning qisqagina bo‘lagi mening zaif tomonimdan ushladi. Aftidan biz yaqinlarimizni yo‘qotganimiz uchun yig‘lamaydigan ko‘rinamiz. Aslida o‘zimizning ularsiz qolganimizga yig‘laymiz. Mana shu ma’noda biz ular uchun emas, o‘zimiz uchun yig‘lagan bo‘lib chiqamiz! ©️
Kitob nuri
18 сент., 05:04
#TafakkurTAYYORMISAN?Agar sen har kuni ikkita insonni g‘iybat qilsang va oltmish yil umr ko‘rsang masalan, bu degani qiyomat kunida 32400 xusumatchiga yo‘liqasan va ular sendan haqlarini albatta olishadi... Tayyormisan?📚 @kitob_nuri
Kitob nuri
17 сент., 03:15
#TavsiyalarHusayn Buxoriydan suhbatlarni eshitayotganlarga tavsiyalar:1️⃣ Avvalo oz eshitib, o‘rganib, amal qilib, keyin navbatdagi suhbatga o‘tishni, bitta darsni eshitib, muhim joylarini yozib, ularni o‘zida tatbiq qilishni o‘rganish kerak.2️⃣Masalan, bir suhbatda sadaqaning fazlini eshitdingiz. Endi albatta 2-3 kun bo‘lsa ham, 2-3 so‘mdan bo‘lsa ham sadaqa qilishingiz kerak.3️⃣Yana bir suhbatda bir yomon amalni eshitdingiz. Qarashingiz kerak, sizda shu yomon amal bormi-yo‘qmi? Bor bo‘lsa, uni yo‘qotishga harakat qilish kerak. Shunday qilib borilsa, inshaalloh, kishi isloh bo‘ladi.4️⃣ Agar suhbatlarni shunchaki eshitib, maza qilib, «voh!» deb ketaveradigan bo‘lsa, u odam faqat Allohdan uzoqlashadi. Nabiy alayhissalom: «Kim ilm olsa-yu amal
Kitob nuri
16 сент., 05:39
YECHIMUylansangiz bir sandiqcha yasating. Xotiningiz har gal ranjitganida sandiqchaga biroz mablag‘ tashlab qo‘yavering. Sandiqcha to‘lganida u pulga yana uylaning.Hazil.... biroz dam olaylik dedim!©️Abdulqodir Polvonov📚 @kitob_nuri
Kitob nuri
15 сент., 17:53
#suhbat📢 Oila nima uchun buziladi, inson tafakkuri va baxt haqida!Ajrashishlar, alohida yashash va zamonaviy propaganda🎤Spikerlar: Hasanxon Yahyo Abdulmajid, Shavkat Hasan, Temurbek Adhamov🕐 Suhbatni quyidagi mavzularda tinglang: 00:00:00 — Kirish 00:01:05 — Turkiston maktabi (Reklama) 00:03:32 — Mehr va itoat masalasi 00:07:08 — Oila va ish samaradorligi 00:10:34 — G'arb individualizmi zarari 00:16:13 — Ajrimlar va statistika 00:20:00 — Baxtning tabiiy qonuniyatlari 00:26:43 — Keksalikdagi yolg'izlik 00:31:53 — Ijtimoiy tarmoq va oila 00:35:07 — Haqiqiy madaniyat nima? 00:43:57 — Bolalar va ajrim oqibati
Kitob nuri
15 сент., 06:59
#mutolaaAbdulqays qabilasi musulmon bo‘lish uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga keldi. Qabilaning har bir a’zosi u zotning huzurlariga kirishga oshiqdi. Ammo ularning boshlig‘i Ashaj shoshilmadi. Yuklarning oldida qoldi. Tuyalarni bog‘ladi. Eng chiroyili kiyimlarini kiydi. Ozgina xushbo‘ylik oldi. So‘ngra Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga keldi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam uni o‘zlariga yaqin olib yonlariga o‘tirishini aytdilar. So‘ngra unga: – Senda Alloh yaxshi ko‘radigan ikki xislat bor. Halimlik va bosiqlik! – dedilar. Ashaj so‘radi: – Alloh ularni menga qo‘shib yaratganmi yoki men ular bilan xulqlanganmanmi? Payg‘ambarimiz aytdilar: – Senda ular qo‘shib yaratilgan! Yuqoridagi hadis insonlarning turli xil tabiat ila dunyoga kelishlariga dalil bo‘ladi. Bu tabiatni Alloh taolo ular onalari qornidaligida qo‘shib yaratgan. Ushbu
Kitob nuri
15 сент., 04:59
#mutolaaHech qachon tugamaydigan qishni ko‘rganmisiz? Har bir qishdan keyin, albatta, yoz keladi. Tugamaydigan, bitmaydigan muammoning o‘zi yo‘q. Musibat keladi, ketadi, uning o‘rnini ko‘plab xayrli ishlar egallaydi va farahli kunlarga yetilajak. Payg‘ambarimiz (s.a.v.): «Baloni ne’mat, mo‘llikni, tinchlikni musibat deb bilmaydigan kishi imoni yetuk mo‘min bo‘lmaydi», dedilar. Shunda ul zotga dedilar: «Qanday qilib, ey Allohning Rasuli?» Ul zot dedilar: «Zero musibatdan keyin to‘qlik keladi, to‘qlikdan keyin esa musibat va baxtsizlik kelgusidir» (Ramz ul-Hadis). Sinovingiz qanchalar qiyin bo‘lsa, keyinroq shunchalar go‘zal va yaxshi kunlar keladi. Xuddi qahraton qishdan keyin bahor kelgani kabi...📖 "Baxt - Allohga ishonmoqdir" kitobidan📚 @kitob_nuri
Kitob nuri
14 сент., 16:59
#mutolaaShaxsiy kuzatuvlarimdan va tadqiqotlarimdan shuni xulosa qildimki, qizlarning ikki tomonlama satr qilish vazifasi bor. Biri tanani, ikkinchisi ko‘ngilni satr qilish. Tanani satr qilib, ammo ko‘ngilni satr qilmasa, tanadagi satr bo‘la turib ham fosiq yigitlarga og‘ib yoki aldanib qolish xavfi bor. Avval qalb satr qilinsa, tana ham o‘z-o‘zidan satr bo‘ladi. Tana satri atrofdagilarning nazaridan himoya qilsa, ko‘ngil satri yigitlarning xushomadi, shirin va yoqimli so‘zlaridan himoya qiladi. Ko‘ngil satr qilinmas ekan, siz-u bizga tashqaridan sipo ko‘rinayotgan qiz ham botinida qaysidir fojir yigitning o‘pichlariga mahliyo bo‘layotgan bo‘lishi mumkin. Qalbi satrda bo‘lgan qiz to jufti haloliga erishmaguncha o‘zining qiymatini tushirmaydi, doim Alloh satrining himoyasida bo‘ladi. Ko‘nglida satr bo‘lmagan qizlarni esa aldash oson, yo‘ldan urish qulay. Bunday qizlarning ko‘pincha
