gram news
Аватар канала KOGON SHAHAR.UZ|Rasmiy kanal

KOGON SHAHAR.UZ|Rasmiy kanal

@kogonuz_official

Kogon shahar hokimligi MATBUOT XIZMATI Facebook: https://www.facebook.com/kogonshahar.matbuotxizmati Twitter: https://twitter.com/KogonMatbuot You tube: https://youtube.com/channel/UCjliwvUPeaNVoPj19q2Pn_g Instagram: https://www.instagram.com/kogonshahar

ПроектыUZПолитика

6,600подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • KOGON SHAHAR.UZ|Rasmiy kanal

    22 сент., 15:02изменён

    Diqqat eʼlon! SAYYOR QABULHurmatli fuqarolar joriy yilning 23-sentyabr kuni soat 11:00 da Kogon shahar ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Niyoziy Boltayevning Kogon shahar Mirzo Ulug‘bek mahalla fuqarolar yigʻini binosida mahalliy aholi vakillari bilan sayyor qabul oʻtqaziladi.Shu munosabat bilan hududdagi muammosi hamda taklifi mavjud fuqarolarni sayyor qabulga taklif etamiz.🟦🟦🟦🟦🟦🟦@kogonuz_official
  • KOGON SHAHAR.UZ|Rasmiy kanal

    22 сент., 12:05

    #shaxsiy_qabulBugun, 22-sentyabr kuni Kogon shahar hokimining moliya-iqtisod va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i Baraka Tolibovning Kogon shahar Xalq qabulxonasida shaxsiy qabuli bo‘lib o‘tdi.Qabulda fuqarolarning turli mazmundagi muammo, takliflari tinglanib qonun doirasida o‘rganib chiqib ijobiy hal qilish bo‘yicha tegishli korxona va tashkilot rahbarlariga yo‘naltirib, ijrosi nazorat ostiga olindi.@kogonuz_official
  • KOGON SHAHAR.UZ|Rasmiy kanal

    22 сент., 09:35

    ❗️Ish joyida tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi yangi tizim: murojaat endi nazorat ostida bo‘ladiJoriy yil 21-sentabr kuni “Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi. Hujjat bilan ish joyida tazyiq, zo‘ravonlik, shahvoniy shilqimlik, ruhiy bosim, ta’qib va kamsitishning oldini olish, murojaatlarni xolis ko‘rib chiqish va bunday holatlarni yashirishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yaxlit tizim joriy etilmoqda.❓ Raqamli tizim qachondan ishlaydi?2026-yil 1-dekabrgacha “Xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhiti” axborot portali ishga tushiriladi. U orqali tazyiq va zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha murojaatlar onlayn qabul qilinadi, murojaatlarni ko‘rib chiqish, dalillarni yig‘ish, xulosa tayyorlash va tekshiruv natijalarini nazorat qilish
  • KOGON SHAHAR.UZ|Rasmiy kanal

    22 сент., 08:08

    Milliy tanlov g‘olibi aniqlandi.O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2026-yil 27-avgustdagi KQ-386-V-sonli qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Kogon shahrida "Gender tenglik faoli" milliy tanlovining shahar bosqichi o‘tkazildi.Tanlov har bir tashkilotda gender tenglikni ta’minlashga qaratilgan siyosatni shakllantirish, gender tenglikka erishish masalalariga jamoatchilik e’tiborini keng jalb etish va xabardorligini oshirish, xotin-qizlar va erkaklar o‘rtasida teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlashga hissa qo‘shgan tashkilotlarni aniqlash va rag‘batlantirish, ularning yutuqlarini e’tirof etish hamda ilg‘or tajribasini ommalashtirish, xotin-qizlar va erkaklarning teng huquq va imkoniyatlarini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.Shahar komissiyasi a’zolari tomonidan hujjatlarni ko‘rib chiqib, g‘olib aniqlandi. Shahar bosqichida ishtirok etgan tashkilotlar
  • KOGON SHAHAR.UZ|Rasmiy kanal

    22 сент., 07:51

    🏆 Joriy yil, 22-sentyabr kuni Kogon shahar "Lokomotiv" o'yingohida "Sport kuni" doirasida "Biz giyohvandlikka qarshimiz" shoiri ostida Kogon shahar yoshlari ishtirokida ommaviy badantarbiya mashqlari bo'lib o'tdi.@kogonuz_official
  • KOGON SHAHAR.UZ|Rasmiy kanal

    22 сент., 07:51

    📸 Marafon jarayonidan olingan fotolavhalar.@kogonuz_official
  • KOGON SHAHAR.UZ|Rasmiy kanal

    22 сент., 07:51

    📸 Marafon jarayonidan olingan fotolavhalar.@kogonuz_official
  • KOGON SHAHAR.UZ|Rasmiy kanal

    22 сент., 07:51

    🏃 Joriy yil, 22-sentyabr kuni Kogon shahrida aholi salomatligini mustahkamlash, ommaviy sportni rivojlantirish hamda 22-sentyabr “Xalqaro avtomobilsiz harakatlanish kuni”ni keng nishonlashga bag'ishlangan “Marafon-2026 ” sport tadbiri bo'lib o'tdi.@kogonuz_official
  • KOGON SHAHAR.UZ|Rasmiy kanal

    22 сент., 05:57

    🐍 Python Foundation kursiga qabul boshlandi!Dasturlashni noldan o‘rganmoqchimisiz? Python Foundation kursi aynan boshlovchilar uchun!📅 Boshlanish: 5-oktabr, 2026 🗓 Dars kunlari: Dushanba / Chorshanba / Juma ⏰ Vaqti: 14:00–17:00 ⌛ Davomiyligi: 3 oy 💰 Oylik to‘lov: 800 000 so‘m 👨‍💻 Yosh: 15 yoshdan boshlabKurs davomida: • Python dasturlash asoslari • Algoritmik fikrlash • Funksiyalar • OOP • Fayllar, JSON va CSV • API bilan ishlash • Git va GitHub va boshqa muhim mavzular o‘rgatiladi.
  • KOGON SHAHAR.UZ|Rasmiy kanal

    22 сент., 05:05

    Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati Orzigul Jo‘rayevaning hududda amalga oshirilgan ishlari va deputatlik faoliyati yuzasidan lavha🟦🟦🟦🟦🟦🟦@kogonuz_official
    1,140видео3221Открыть в Telegram
  • KOGON SHAHAR.UZ|Rasmiy kanal

    22 сент., 03:36

    ⏺🟦🟦🟦🟦Kurashishdan qo‘rqsangiz, tajriba ololmaysiz. Xato qilishdan qo‘rqsangiz, rivojlana ololmaysiz. Boshlashdan qo‘rqsangiz, boshlay olmaysiz. Tajribasizman deb o‘ylasangiz, tajribangiz oshib qolmaydi. Xayolingizda yashasangiz, hayotda hech nima qila olmaysiz.Doimo aniq maqsadlar bilan, real hayotda yashang!🟦🟦🟦🟦🟦🟦@kogonuz_official
    1,220422Открыть в Telegram
  • KOGON SHAHAR.UZ|Rasmiy kanal

    22 сент., 03:31

    E-auksion.uz savdo platformasida sotilayotgan Davlat obyektlari bilan tanishing!🔘 Buxoro shaharida ➖ 26 ta 🔘 Buxoro tumanida ➖ 2 ta 🔘 Kogon shaharida ➖ 4 ta 🔘 Kogon tumanida ➖ 3 ta 🔘 G'ijduvon tumanida ➖ 6 ta 🔘 Jondor tumanida ➖ 5 tа 🔘 Olot tumanida ➖ 1 tа 🔘 Qorako‘l tumanida ➖ 4 tа 🔘 Romitan tumanida ➖ 5 tа 🔘 Qorovulbozor tumanida ➖ 9 tа✔️ 35 foiz toʻlovni uch oy davomida toʻlagan xaridorga qolgan summani foizsiz 5 yil davomida boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati beriladi; ✔️ 50 foiz toʻlovni olti oy davomida toʻlagan xaridorga qolgan summani foizsiz 7 yil davomida boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati beriladi; ✔️ 100 foiz toʻlovni olti oy davomida toʻlagan xaridorga jami summaga nisbatan 25 foiz chegirma beriladi.Savdolarda qatnashish uchun qo‘llanma (ko'rish)+998992072604 +998992073604 +998773757420
  • KOGON SHAHAR.UZ|Rasmiy kanal

    12 сент., 03:43

    Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida barpo etilayotgan yangi O‘zbekiston Milliy muzeyi qurilish jarayoni bilan tanishdi.Muzeyning me’moriy konsepsiyasi jahonning eng mashhur arxitektorlaridan biri, nufuzli Pritzker mukofoti sohibi Tadao Ando tomonidan ishlab chiqilgan.Uning loyihasi bo‘yicha bunyod etilgan muzey va madaniy maskanlar Yaponiya, Yevropa hamda AQSHda yuksak qadrlanadi. Tadao Andoning me’moriy uslubi chizgilarining soddaligi va aniqligi, makon va yorug‘lik uyg‘unligiga o‘ziga xos yondashuvi bilan dunyoga tanilgan.Milliy muzey Markaziy Osiyodagi eng yirik madaniy loyihalardan biriga aylanishi shubhasiz. Bu dargohda ko‘rgazma zallari, kutubxona, restavratsiya laboratoriyalari va ta’lim maydonlari o‘rin oladi.Mamlakatimizdagi ana shunday tarixiy ahamiyatga molik loyihalar ustida dunyo miqyosidagi me’morlar ishlashi biz uchun juda muhim. Ular barpo etgan obyektlar uzoq yillar davomida xalqimizga xizmat qiladi, tariximiz va madaniy merosimizning ajralmas qismiga aylanadi.—Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с ходом строительства нового Национального музея Узбекистана в Ташкенте.Автор архитектурной концепции музея — Тадао Андо, один из самых известных архитекторов современности, лауреат Притцкеровской премии.Среди его работ — музеи и культурные объекты в Японии, Европе и США. Его архитектура узнаваема во всём мире своей простотой, точностью и особым отношением к пространству и свету.Национальный музей станет одним из крупнейших культурных проектов Центральной Азии. Здесь разместятся выставочные залы, библиотека, реставрационные лаборатории, образовательные центры.Для нас важно, чтобы над такими знаковыми проектами в нашей стране работали архитекторы мирового уровня. Созданные ими объекты остаются городам на десятилетия и сами становятся произведениями искусства, новой частью его истории и культурного наследия.
  • KOGON SHAHAR.UZ|Rasmiy kanal

    12 сент., 02:04

    Bugun, 12-sentabr shanba ☀️ +29°...+20°, Ochiq havoHozir: ☀️ +21°, ⬇️ 4.9 m/sTong: ☀️ +24° Kun: ☀️ +29° Oqshom: ☀️ +26° Namlik: 15% Shamol: Shimoliy, 7.6 m/s Bosim: 764 mm sim. ust.Oy: O'sayotgan oy Quyosh chiqishi: 06:19 Quyosh botishi: 18:56@kogonuz_official
  • KOGON SHAHAR.UZ|Rasmiy kanal

    11 сент., 16:11

    Kogon shahri azaldan turli millat va elat vakillari ahil-inoq, oʻzaro hurmat va totuvlikda hayot kechirib kelayotgan bagʻrikeng maskanlardan biridir.Shahrimizda istiqomat qilayotgan har bir fuqaroning huquq va manfaatlari qatʼiy kafolatlangan boʻlib, hech bir bola eʼtibordan chetda qolmayapti. ​Xususan, millatidan qatʼiy nazar barcha bolalarning taʼlim olish huquqini taʼminlash borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.Jumladan, loʻli millatiga mansub oilalar farzandlarining ham toʻlaqonli taʼlim olishi, ularni maktabga jalb qilish ishlari tizimli yoʻlga qoʻyilgan.​Mazkur jarayonlarda Bolalar masalalari shahar komissiyasi bilan kelishilgan holda, Kogon shahar IIB JXX voyaga yetmaganlar masalalari boʻyicha inspektor-psixologi, kapitan F.A.Umurzoqova hamda shahardagi umumta’lim maktablari oʻrtasida yaqin hamkorlik oʻrnatilgan.Mutasaddi idoralar va ta’lim maskanlarining birgalikdagi saʼy-harakatlari tufayli har bir bolaning bilim olishi qat’iy nazoratga olingan boʻlib, bu oʻsib kelayotgan yosh avlodning kelajagi va jamiyatda oʻz oʻrnini topishida muhim poydevor boʻlib xizmat qilmoqda.@kogonuz_official
  • KOGON SHAHAR.UZ|Rasmiy kanal

    11 сент., 13:21

    переслано из @buxorouz_official

    #bugun #hokim_hududlarda #Kogon_shahri🔵Prezidentimiz raisligida joriy yil 3-sentabr kuni kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Kogon shahar hokimligida ham shtab tashkil etilgan.❗️Shahar shtabi ishchi guruhlari tomonidan 19 ta mahallada xatlov ishlari o‘tkazilib, natijada 1 050 nafar ishsiz va kambag‘al fuqaro aniqlangan.✔️Ularning bandligini ta’minlash maqsadida har bir fuqaro bilan manzilli ish olib borilib, mavjud imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda turli yo‘nalishlarga jalb etilmoqda.✅Hozirga qadar 626 nafar fuqaroning bandligi ta’minlangan.Xususan:🔹 419 nafar fuqaro o‘zini o‘zi band qilish orqali daromad manbaiga ega bo‘ldi;🔹 184 nafar fuqaro doimiy ish o‘rinlariga joylashtirildi;🔹 14 nafar fuqaro kasb-hunarga o‘qitildi;🔹 9 nafar fuqaroga tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun tijorat banklari tomonidan jami 525 million so‘m imtiyozli kredit ajratildi.➡️Ayni paytda qolgan 424 nafar ishsiz va kambag‘al fuqaroning bandligini ta’minlash bo‘yicha ham amaliy ishlar davom ettirilmoqda.🔝Asosiy maqsad — har bir fuqaroning doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishini ta’minlash, oilalar farovonligini oshirish va mahallalarda mavjud imkoniyatlarni samarali ishga solishdir.🔼Kelgusida belgilangan chora-tadbirlarni izchil amalga oshirish orqali Kogon shahrini ishsizlikdan xoli hududga aylantirish maqsad qilingan.⚡️ Viloyat hokimi Botir Zaripov ishtirokida o‘tkazilgan navbatdagi muhokama yig‘ilishida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha muhokama qilindi.💬Yig‘ilishda belgilangan vazifalar ijrosi, sohadagi mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar tahlil qilindi. Mas’ullarning hisobotlari tinglanib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish, belgilangan vazifalar ijrosini jadallashtirish va har bir yo‘nalish bo‘yicha aniq natijaga erishish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va vazifalar belgilab berildi.Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube