Последние посты

KOINOT TILSIMI
19 сент., 14:18
#news☄️Toshkent osmonida "bolid" sodir bo‘ldiBolid — Yer atmosferasiga katta tezlikda kirib kelib, juda yorqin nur sochadigan meteor.U ba’zan atmosferada portlab, kuchli tovush va zarba to‘lqini hosil qilishi mumkin💠 @koinottilsimi



KOINOT TILSIMI
15 сент., 04:06
#oyTadqiqotchilar Oy tuprog‘idan milliardlab yillar avval mavjud bo‘lgan o‘zga sayyoraliklarning texnologik sivilizatsiyalari izlarini qidirishni taklif qildi. Bu haqda SETI instituti xabar berdi.Olimlarning fikricha, texnologik sivilizatsiyalar tomonidan yaratilgan mikroskopik va uzoq vaqt saqlanib qoladigan zarrachalar yulduzlararo fazo orqali tarqalib, Oy yuzasidagi regolitga (chang-tosh aralashmasi) tushgan bo‘lishi mumkin.Tadqiqotchilar Oyni bunday izlarni qidirish uchun Yerga qaraganda qulayroq joy deb hisoblaydi. Chunki Oyda atmosfera, oqib turgan suv va faol geologik jarayonlar mavjud emas. Shu sababli uning yuzasi milliardlab yillar davomida kosmosdan kelgan moddalarni nisbatan o‘zgarmagan holda saqlab kelgan.Tadqiqotda bunday zarrachalarni aniqlash uchun zamonaviy mikroskopiya, tomografiya, spektroskopiya hamda sun’iy intellekt yordamidagi tasvir tahlilidan foydalanish
KOINOT TILSIMI
14 сент., 17:46изменён
#kvantTorlardan ham kichikroq yoki torlarning zamirida yotuvchi tuzilmalar haqida quyidagi asosiy ilmiy gipotezalar mavjud:1. Fazo-vaqt koʻpigi (Spacetime Foam)Kvant mexanikasi va umumiy nisbiylik nazariyasini birlashtirishga urinuvchi gipotezaga (Jon Uyler gipotezasi) koʻra, Plank oʻlchamlarida fazo silliq emas, balki gʻovakli va uzluksiz oʻzgarib turuvchi "koʻpik" koʻrinishiga keladi. Gʻoya: Torlardan ham kichik miqyosda modda emas, balki fazo va vaqtning oʻzi uzliksiz tartibsiz tebranadi, mitti mikro-qurt tuynuklari (wormholes) va qora tuynuklar paydo boʻlib yoʻqoladi.2. Kvant halqalari va Spin tarmoqlari (Loop Quantum Gravity)Halqali kvant gravitatsiyasi (LQG) nazariyasida torlar oʻrnini fazo-vaqt atomlari egallaydi. Gʻoya: LQG nazariyasiga koʻra fazo va vaqt uzluksiz emas, balki kvantlangan (diskret). Fazo-vaqt oʻzidan koʻra kichikroq boʻlmagan eng mitti "fazoviy hajmlar"
KOINOT TILSIMI
13 сент., 06:24
#qiziqYer orbitasida 5 ta oy bo'lganda nima bo'lardi?💠 @koinottilsimi ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖DBT.uz - binokl va teleskoplar do'koni
KOINOT TILSIMI
13 сент., 05:24
#neytronyulduz📹 Neytron yulduzlar massiv yulduzning yoqilg'isi tugashi va uning tashqi qobigi yadrosi tomon qulashi natijasida hosil bo'ladi.Shundan soʻng yadroga qulagan atom shunchalik qattiq siqiladigi har bir proton elektronni neytronga aylantiradi va Qasoskorlar kinosidagi Torning bolgʻasi kabi tabiatdagi eng zich materiya hosil boʻladi ( Qora tuynukni inobatga olmaganda)🛰 @koinottilsimi ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖DBT.uz - binokl va teleskoplar do'koni
KOINOT TILSIMI
12 сент., 19:04
#kvant🧩 50 YILLIK SIR YECHILISHI MUMKIN: YANGI ZARRACHA TOPILDIMI?🔬 Xitoylik fiziklar glyubol (glueball) deb ataladigan, ilgari faqat nazariyada mavjud bo‘lgan g‘ayrioddiy zarrachaga kuchli dalillar topdi.⚛️ Eng qizig‘i — glyubol kvarklardan emas, faqat glyuonlardan tashkil topgan. Glyuonlar esa kuchli yadroviy kuchni tashuvchi zarrachalardir.💥 Olimlar elektron va pozitronlarni to‘qnashtirish orqali X(2370) deb atalgan zarrachani o‘rganib, uning glyubol bo‘lishi mumkinligini aniqlashgan.🤯 Agar bu tasdiqlansa, bu faqat kuch tashuvchilaridan tashkil topgan ilk ma’lum zarracha bo‘ladi!📊 Hozircha fiziklarning ishonchi — 90%. Yakuniy tasdiq uchun qo‘shimcha tajribalar kerak.💠 @koinottilsimi ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖DBT.uz - binokl va teleskoplar do'koni


KOINOT TILSIMI
12 сент., 17:38
#texnologiya🇨🇳 Xitoylik muhandislar kosmik chiqindilardan himoyalanishning noodatiy usulini taklif qilishdi 👍Ular ichiga suv to‘ldirilgan ko‘plab “alyuminiy tuxumlar”dan tashkil topgan konstruksiya yaratishdi.🔹 Bu qanday ishlaydi?Kosmik chiqindi konstruksiyaga urilganda, alyuminiy qobiqlar birin-ketin deformatsiyalanadi. Shu orqali zarba kuchining bitta nuqtada jamlanib qolishiga yo‘l qo‘yilmaydi.Natijada zarba energiyasi bir nechta elementlar orasida taqsimlanib, himoya samaradorligi oshadi.💠 @koinottilsimi ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖DBT.uz - binokl va teleskoplar do'koni


KOINOT TILSIMI
11 сент., 12:22
#marsMarsda to'rt fasl borYer singari, Marsda ham to'rt fasl bor. Ammo har bir fasl shartli ravishda uch oyga bo'lingan Yerdan farqli o'laroq, Marsdagi har bir faslning davomiyligi sayyoraning yarim shariga bog'liq. Mars yili 668,59 sol (sol- mars kunlari shunday deb ataladi) davom etadi, bu taxminan 687 Yer kuniga teng va Yer yilidan deyarli ikki baravar uzun. Qizil sayyoraning shimoliy yarim sharida bahor yetti Yer oyi, yoz olti, kuz 5,3 Yer oyi, qish esa to‘rt oydan bir oz ko‘proq davom etadi. Shimoliy yarim sharda Mars yozi juda sovuq. Ko'pincha bu yerda yilning shu davrida harorat -20 darajadan oshmaydi. Marsning janubiy yarim shari biroz issiqroq – u yerda harorat o‘sha mavsumda Selsiy bo‘yicha +30 darajagacha ko‘tarilishi mumkin. Bunday harorat kontrasti ko'pincha eng kuchli chang bo'ronlarini keltirib chiqaradi.💠 @koinottilsimi ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖DBT.uz - binokl va teleskoplar


KOINOT TILSIMI
11 сент., 09:20
#qiziqAllaqachon yaratilgan yoki yaqin kelajakda quriladigan raketalar 🚀💠 @koinottilsimi ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖DBT.uz - binokl va teleskoplar do'koni
KOINOT TILSIMI
11 сент., 07:18
#yulduzYulduzlar qanday ovoz chiqaradiMa'lum bo'lishicha, yulduzlar tovush chiqarishi mumkin. Aniqrog‘i, chuqur fazoda yulduzlarning miltillashi, masalan, “lazer quroli” yoki shamolning uvillashi kabi ovoz berishi mumkin.Bu dahshatli, ammo hayratlanarli tovushlar yulduz yadrosidagi pulsatsiyalanuvchi gaz to'lqinlari tufayli yuzaga keladi.💠 @koinottilsimi ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖DBT.uz - binokl va teleskoplar do'koni
KOINOT TILSIMI
11 сент., 04:13
#qiziq"Kapillyar oqim testi" dasturi doirasida, geometriya va sirt tortish kuchi yordamida, olimlar shunday idishni ishlab chiqdikki, u suyuqliklarni hatto Xalqaro Kosmik Stansiyasida (XKS) ham ushlab turishi mumkin.💠 @koinottilsimi ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖DBT.uz - binokl va teleskoplar do'koni
KOINOT TILSIMI
10 сент., 10:34
#news🔭 Olimlar Oyda ulkan giperteleskop yaratish rejalarini oshkor qilishdi.Yerdan kosmik kuzatuvlar bilan bog'liq qiyinchiliklarga qaramay, Oy kuzatuvlar uchun juda istiqbolli alternativ sifatida qaralmoqda.Rejaga koʻra giperteleskop Oydagi krater yuzasida joylashgan asosiy oyna sifatida bir qator nometalllardan tayyorlanadi. Keyin teleskopning detektor majmuasi - Arecibo rasadxonasi detektorlari asosiy koʻzgu ustiga kabellarda osib qo'yish rejalashtirilmoqda💠 @koinottilsimi ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖DBT.uz - binokl va teleskoplar do'koni


KOINOT TILSIMI
9 сент., 09:43
#yer🌍 Sharqiy Afrika qit’adan ajralib bormoqda.🔹 Afrikaning sharqiy qismida joylashgan kontinental tektonik plitaning harakati tufayli kelajakda Somali, Uganda, Tanzaniya, Mozambik va Keniya hududlari Afrika qit’asidan ajralib, undan uzilib ketishi mumkin.Natijada bu hududlar Hind okeani o‘rtasida alohida qit’aga aylanishi ehtimoli bor. 🌊🔸 Yoriqlarning paydo bo‘lishi va chuqur ko‘llarning shakllanishi Uganda va Tanzaniya chegaralari atrofida sodir bo‘layotgan geologik jarayonlarning belgilaridan biri bo‘lib, Sharqiy Afrikaning kelajakda qit’adan ajralish jarayonini ko‘rsatadi.💠 @koinottilsimi ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖DBT.uz - binokl va teleskoplar do'koni


KOINOT TILSIMI
9 сент., 07:44
#yulduz🌌 Galaktikamizdagi eng tezkor yulduz — S301 aniqlandi!Somon Yo‘lining markazida S301 deb nomlangan yulduz aniqlangan. U Sagittarius A nomli qora tuynuk atrofida 25 000 km/s tezlikda harakatlanadi — bu yorug‘lik tezligining qariyb 8% iga teng! 🚀S301 qora tuynuk atrofida to‘liq bir marta aylanish uchun atigi 8,7 yil sarflaydi. U boshqa ma’lum yulduzlarga qaraganda qora tuynukka yanada yaqinroq masofadan o‘tadi.Bu ekstremal orbital harakat olimlarga qora tuynukning aylanish tezligini bevosita o‘lchash imkonini berishi mumkin. Bu esa Eynshteynning umumiy nisbiylik nazariyasi uchun muhim sinov bo‘ladi. 🕳️🔭💠 @koinottilsimi ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖DBT.uz - binokl va teleskoplar do'koni


KOINOT TILSIMI
9 сент., 04:34
#qiziq🌌 Astronomlar koinotdagi eng yirik tuzilmalardan birini aniqlashdi!Olimlar Kipu deb nomlangan supertuzilmani kashf etishdi. U 1,3 milliard yorug‘lik yilidan ortiq masofaga cho‘zilgan. Uning massasi taxminan 200 kvadrillion Quyosh massasiga teng bo‘lib, bu uni bizga ma’lum bo‘lgan eng ulkan kosmik tuzilmalardan biriga aylantiradi.«Kipu» nomi inklarning qadimgi tugunli yozuv tizimi nomidan olingan. Kashf etilgan tuzilma ham tarmoqlangan ip yoki tugunli arqonga o‘xshaydi. 🧶Galaktikalarning Kipu ichidagi harakati Xabbl doimiysini — Koinotning kengayish tezligini — o‘lchashga ta’sir qilishi mumkin.Ajablanarlisi shundaki, bunday ulkan tuzilma ham Koinotning tuzilishini tushuntiruvchi Lambda-CDM modeli bilan mos keladi.Vaqt o‘tishi bilan Kipu parchalanishi mumkin, ammo hozircha u qorong‘u materiya va galaktikalar evolyutsiyasini o‘rganish uchun noyob tabiiy laboratoriya


KOINOT TILSIMI
8 сент., 08:59
#qiziqSo'nggi 4500 yil davomida ro'yxatga olingan meteorit tushishlarining xaritasi 🪨💠 @koinottilsimi ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖DBT.uz - binokl va teleskoplar do'koni


KOINOT TILSIMI
8 сент., 07:41
#marsMarsdagi chang bo'roni.2018-yilda Curiosity apparati tomonidan suratga tushirilgan 🛰💠 @koinottilsimi ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖DBT.uz - binokl va teleskoplar do'koni
KOINOT TILSIMI
8 сент., 04:38
#qiziqShunday gaplar.💠 @koinottilsimi ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖DBT.uz - binokl va teleskoplar do'koni
KOINOT TILSIMI
7 сент., 12:55
#yulduz Ikki yuzli yulduz⭐️ Ushbu yulduz ZTF J203349.8+322901.1 deb nomlanadi, qisqacha oq mitti yulduz hisoblanadi. Uning bir tomoni deyarli butunlay vodoroddan, ikkinchi tomoni geliydan iborat. Yulduzning har ikki tomoni bir xil yorqinlikda porlasada
KOINOT TILSIMI
7 сент., 12:55


