gram news
Аватар канала Andijon viloyati | Kasbiy ta’lim boshqarmasi

Andijon viloyati | Kasbiy ta’lim boshqarmasi

@ktbandijon

Andijon viloyat kasbiy ta’lim boshqarmasi rasmiy sahifasi

ПроектыUZОбразование

4,070подписчиков

Открыть канал

Последние посты

  • Andijon viloyati | Kasbiy ta’lim boshqarmasi

    22 сент., 09:58

    Hududlarda qaysi kasb va mutaxassisliklarga talab yuqori?Texnikumlarning 2025/2026 o‘quv yilida qabul parametrlarini shakllantirilishi, taqsimlanishi va bajarilish samaradorligi tahlil qilindi.Bunga ko‘ra respublikada eng ommabop yo‘nalish – avtomobillarni ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatish ekanligi ma'lum bo'ldi. Mazkur yo'nalishga 249 130 nafar o‘quvchidan 50 208 nafari, ya’ni 20,2 foizi hujjat topshirgan.Tahlilda hududlarning o'ziga xos bo'lgan yo‘nalishlari ham aniqlandi:➖Toshkent shahrida – kompyuter tizimlarida dasturlash; ➖Samarqand viloyatida – sartaroshlik; ➖Surxondaryo viloyatida – qutqaruvchilik; ➖Farg‘ona viloyatida – tikuvchilik mahsulotlari dizayni; ➖Toshkent viloyatida – kimyoviy ishlab chiqarish laboranti; ➖ Navoiy viloyatida – foydali qazilmalarni maydalash va saralash.Kasbiy taʼlim tizimida qabul parametrlarining batafsil sharhi bilan ushbu havolada
  • Andijon viloyati | Kasbiy ta’lim boshqarmasi

    21 сент., 16:07

    #Sayyor_qabulAndijon viloyatida sayyor qabul o‘tkaziladiAndijon viloyatida aholi murojaatlarini tinglash va kasbiy ta’lim sohasidagi muammolarni hal etish maqsadida Kasbiy ta’lim agentligi direktori Xusanov Azimjon Nozimjonovichning sayyor qabuli o‘tkaziladi.Sayyor qabul davomida viloyatdagi texnikumlar pedagog xodimlari hamda o‘quvchilarning taklif va muammolari tinglanadi.🗓 Sana: 22-sentabr ⏰ Vaqt: 15:00📍 Manzil: Andijon viloyati, Asaka tumani, Ergashobod MFY, Ergashobod ko‘chasi, 47-uy. Asaka tumani 4-son texnikumining kichik majlislar zali.Bizni kuzating Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
  • Andijon viloyati | Kasbiy ta’lim boshqarmasi

    19 сент., 08:21

    Prezidentimiz Nukus shahridagi 1-son texnikumda yo‘lga qo‘yilgan kasbiy ta’lim tajribasini kengaytirish zarurligini ta’kidladi.Texnikumda “Pearson BTEC” xalqaro ta’lim dasturi joriy etilgan bo‘lib, bitiruvchilarga 70 ta davlat tan oladigan kasb sertifikati beriladi.Tadbirkor Salovutdin Ilyosov bu yerda 37 turdagi kichik asbob-uskuna ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yib, yoshlarga uskunasozlikni ham o‘rgatmoqda. Ushbu uskunalarni olgan 4 ming ishsiz daromad topishni boshlagan.Yangi yildan Amudaryo, Beruniy, Chimboy va Qo‘ng‘irotdagi bittadan texnikumda ham shu tajriba yo‘lga qo‘yiladi.1-oktabrdan asbob-uskuna uchun beriladigan ssuda miqdori 20 million so‘mdan 50 million so‘mga oshiriladi.“Usta-shogird” an’anasi asosida kasb o‘rganish xarajatlarini qoplash bo‘yicha yosh chegarasi 30 yoshdan 40 yoshga ko‘tariladi.Davlatimiz rahbari Qoraqalpog‘istonda 1 million 100 ming yoshlarning
  • Andijon viloyati | Kasbiy ta’lim boshqarmasi

    19 сент., 08:20

    Nukus tumanidagi texnikum qovunchilikka moslashtiriladiKelgusi bahordan Nukus tumanidagi 10 ming gektar maydonda qovun yetishtirish boshlanadi.Yil yakunigacha Ispaniya, AQSh, Niderlandiya va Xitoydan qovunning eng yaxshi navlari, urug‘chilik va agrotexnologiya bo‘yicha mutaxassislarni olib kelish topshirildi.Salohiyatli investorlarni jalb qilib, shu yerning o‘zida qovunni qayta ishlash va eksport qilish bilan shug‘ullanadigan xolding tashkil etiladi.Nukus tumanidagi texnikum qovunchilikka moslashtirilib, laboratoriya va sinov poligoni bilan ta’minlanadi.Ushbu muassasa Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Jizzax, Qashqadaryo va Sirdaryodagi qovun yetishtiruvchilar uchun tajriba almashish metodik markazi bo‘ladi.Bizni kuzating Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
  • Andijon viloyati | Kasbiy ta’lim boshqarmasi

    19 сент., 07:12

    Taxtako‘pirda Shinjon tajribasi asosida ozuqa yetishtirish yo‘lga qo‘yiladi.Mo‘g‘uliston, Turkiya, Xitoy va Avstraliyadan 5 ming bosh qo‘y-echki olib kelinib, Qoraqalpog‘iston sharoitida ko‘paytiriladi. Buning uchun bir oyda 1 ming gektar yerni belgilab berish topshirildi.Yil yakunigacha 10-15 ming gektarda loyihalarni shakllantirib, bir yil ichida 100 ming bosh qo‘y-echki boqishni yo‘lga qo‘yish vazifasi belgilandi.Prezidentimiz kecha “Kegeyli naslli parranda” korxonasi faoliyati bilan tanishganini qayd etdi. Tadbirkorni qo‘llab-quvvatlab, bir yil ichida parranda yetishtirish quvvatini 2-3 karra oshirish va korxonani xoldingga aylantirish topshirildi. Zarur mablag‘ masalasi hal qilinadi.Kegeylidagi texnikumda parranda yetishtirishni o‘rgatadigan kurslar tashkil etiladi.Bizni kuzating Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
  • Andijon viloyati | Kasbiy ta’lim boshqarmasi

    19 сент., 07:12

    Nukus shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.Davlatimiz rahbari mustaqilligimizning 35 yillik bayrami shukuhi davom etayotgan kunlarda Qoraqalpog‘iston ahli bilan yuzma-yuz ko‘rishib turganidan mamnunligini bildirdi.So‘nggi yillarda hudud uchun katta mablag‘, imtiyoz va sharoitlar yaratildi. Foyda, yer va mol-mulk soliqlari 2 karra, sanoat uchun elektr tarifi 15 foizga pasaytirildi, ijtimoiy soliq 1 foiz etib belgilandi.O‘tgan yili Qoraqalpog‘istonga 1 milliard 700 million dollar investitsiya kiritildi. Bu 2021-yildagidan 22 karra ko‘p.Bu yil Qoraqalpog‘iston iqtisodiyoti eng tez o‘sayotgan hududlardan biriga aylandi. Joriy yilning birinchi yarmida iqtisodiyot 10,2 foiz o‘sib, hudud Toshkent shahridan keyingi ikkinchi o‘rinni egalladi.Bizni kuzating Website |
  • Andijon viloyati | Kasbiy ta’lim boshqarmasi

    18 сент., 17:25

    Prezidentimiz “Pearson” xalqaro ta’lim dasturi joriy etilgan texnikumda bo‘ldiDavlatimiz rahbarining joriy yil 17-iyuldagi “Respublikada xalqaro ta’lim standartlari asosida o‘rta maxsus, kasbiy va oliy ta’lim dasturlarini joriy etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, mazkur texnikumda Buyuk Britaniyaning “Pearson BTEC” xalqaro ta’lim dasturi joriy etildi.Dunyoning 70 ta mamlakatida qo‘llanilayotgan ushbu dastur O‘zbekistonda ilk bor mazkur texnikumda yo‘lga qo‘yildi.Natijada 240 o‘rinli zamonaviy ustaxonalar yaratildi. Texnikumda jami 1 ming 203 nafar o‘quvchi ta’lim olmoqda.Bu yerda dual ta’limni yo‘lga qo‘yib, hudud iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlari uchun mutaxassislar tayyorlash ko‘zda tutilgan. Xalqaro dastur bitiruvchilariga 70 dan ortiq davlatda tan olinadigan diplom beriladi.Asosiy fanlar ingliz tilida o‘qitilib, o‘quv-uslubiy
  • Andijon viloyati | Kasbiy ta’lim boshqarmasi

    18 сент., 17:23

    Prezident Shavkat Mirziyoyev Nukus shahridagi 1-son texnikum faoliyati bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с деятельностью техникума № 1 города Нукуса.#Mirziyoyev #safar #Qoraqalpogiston #texnikumBizni kuzating Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
  • Andijon viloyati | Kasbiy ta’lim boshqarmasi

    18 сент., 16:49

    ❗️"Biz sizni yaxshi ko‘ramiz"Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Nukus shahridagi 24/7 ishlaydigan ko‘chaga tashrif buyurdi. Prezident korteji ko’chada rejadan tashqari to’xtadi.Bizni kuzating Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
  • Andijon viloyati | Kasbiy ta’lim boshqarmasi

    18 сент., 16:16изменён

    RASMIY MUNOSABAT Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahar 1-son texnikumi ishchi-xodimlari nomidan yo‘llangan murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz. Mazkur murojaatda texnikumda xodimlardan ta’mirlash ishlari, xonalar uchun jalyuzi xarid qilish hamda o‘quvchilarni amaliyot joylariga olib borish bilan bog‘liq xarajatlar uchun majburiy pul yig‘ilayotgani, shuningdek, pedagog xodimlarga dars soatlari taqsimoti va mehnat haqi bilan bog‘liq masalalar ko‘tarilgan. Hozirda ushbu murojaatda keltirilgan holatlar Andijon viloyati kasbiy ta’lim boshqarmasi tomonidan o‘rganilmoqda. O‘rganish jarayonida murojaatda bayon etilgan vajlar, pul yig‘imlari bilan bog‘liq holatlar hamda boshqa ko‘tarilgan masalalarga aniqlik kiritiladi. O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlarga huquqiy baho berilib, tegishli tartibda qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi. Telegram | Instagram
  • Andijon viloyati | Kasbiy ta’lim boshqarmasi

    18 сент., 10:40изменён

    RASMIY MUNOSABAT Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahar 6-son texnikumi jamoasi nomidan texnikumdagi kadrlar masalasi, xodimlarni ishga qabul qilish, o‘rindoshlik asosida faoliyat yuritish, ish haqi to‘lovlari hamda ayrim xodimlarning ishdan bo‘shatilishi bilan bog‘liq murojaat e’lon qilingan. Mazkur murojaatda keltirilgan holatlar yuzasidan tegishli mas’ullar tomonidan o‘rganish ishlari olib boriladi. Murojaatda qayd etilgan vajlar, jumladan, xodimlarni ishga qabul qilishda qonuniylikka rioya etilishi, shtat birliklarining taqsimlanishi, o‘rindoshlik asosida mehnat faoliyatini yuritish va ish haqi to‘lovlari bilan bog‘liq masalalarga huquqiy baho beriladi. O‘rganish jarayonida murojaatda keltirilgan ma’lumotlarning haqqoniyligi, mavjud hujjatlar va dalillar belgilangan tartibda tekshiriladi. Qonunbuzilish holatlari aniqlangan taqdirda, amaldagi qonunchilikka muvofiq tegishli choralar
  • Andijon viloyati | Kasbiy ta’lim boshqarmasi

    16 сент., 07:05

    “9 soat”ning siri nimada?“…Men mashinada ko‘p yuraman, ko‘chada bir-biri bilan muloqot qilib ketayotgan yoshlarni ko‘rib o‘ylayman: qani endi ular eng baxtli kunlari shu ekanini bilsalar…Bilasizlarmi, Prezident bo‘lib meni nima qiynaydi? Menga vaqt yetmaydi!”Seulda davlat rahbarining vatandoshlarimiz bilan muloqotida shu so‘zlarini eshitib, ta’sirlandim.Biz O‘zbekiston Prezidentining davlat tashrifini yoritish uchun kelgan jurnalistlarga ham, butun delegatsiyamizga ham, va mana bildikki, Prezidentimizga ham vaqt yetmayapti.Tasavvur qiling, Seul 4 soat oldinda. 15-sentabr O‘zbekistonda tonggi 6 bo‘lganida davlat rahbarining Koreya Milliy assambleyasida uchrashuvi bo‘layotgandi.Prezidentimiz parlament spikeri bilan xayrlashayotganida aytgan gaplari qulog‘imga chalindi: “Ishlarimiz juda ko‘p, soat 4 da uyg‘onishga to‘g‘ri kelyapti”.“Ishlarimiz juda ko‘p”ning ma’nosi,
  • Andijon viloyati | Kasbiy ta’lim boshqarmasi

    15 сент., 11:14изменён

    ✅ G‘oya bor. Endi uni biznesga aylantirish vaqti!Yoshlarning oddiy g‘oyasi — katta biznesning boshlanish nuqtasi bo‘lishi mumkin. Aynan shu maqsadda Kasbiy ta’lim agentligi tomonidan Qoraqalpog'iston Respublikasi Nukus shahrida texnikum o‘quvchilari va 16–22 yoshdagi yoshlar uchun “EJP — Tadbirkorlikka parvoz” dasturi tashkil etildi.Bu oddiy tanlov emas. Bu — g‘oyadan real loyihagacha bo‘lgan yo‘l.📊 Dastur davomida yoshlar: 🔹 100+ ishtirokchi orasidan saralab olindi; 🔹 ular ichidan eng zo'r 25 ta istiqbolli biznes g‘oya rivojlantiriladi;O'quvchilarga 7 hafta davomida AQSHlik tajribali ekspertlar Collin Bunch hamda Missouri universiteti Trulaske biznes kolleji professori J. Scott Christianson tomonidan bepul onlayn mashg‘ulotlar olib boriladi. Dastur yakunida 3 ta loyiha tanlab olinadi va real biznes-loyihaga aylantiriladi.🏆 Eng yaxshi g‘oyalar uchun esa munosib mukofotlar:
  • Andijon viloyati | Kasbiy ta’lim boshqarmasi

    15 сент., 09:20

    KITOBXONLIK — MA’NAVIYAT KO‘ZGUSI!Oltinko‘l tuman 3-son texnikumida o‘quvchi-yoshlarni kitobxonlikka keng jalb etish, ularning kutubxonaga a’zo bo‘lishini ta’minlash hamda kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.Targ‘ibot jarayonida o‘quvchilarga kutubxonadan foydalanish tartibi, ichki qoidalarga rioya qilish, kitoblarni asrab-avaylash va ulardan unumli foydalanish bo‘yicha zarur tushunchalar berilmoqda.Kitob — inson tafakkurini boyitadi, dunyoqarashini kengaytiradi va yangi bilimlar sari yo‘l ochadi.Maqsadimiz — yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va ma’naviy dunyosini yanada boyitish!Telegram | Instagram
  • Andijon viloyati | Kasbiy ta’lim boshqarmasi

    15 сент., 07:54

    Kasbiy ta’limdagi islohotlar: yoshlar o‘qish bilan birga kasb va daromadga ega bo‘lmoqdaAndijon viloyatida kasbiy ta’lim tizimi mehnat bozori talablariga mos ravishda yangilanmoqda. 2026/2027-o‘quv yilida 59 ta texnikumga 23 mingdan ziyod o‘quvchi qabul qilindi.Dual ta’lim asosida 2 315 ta korxona bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilib, 13 mingdan ortiq o‘quvchi bevosita ishlab chiqarish jarayonida ta’lim olmoqda. Natijada yoshlarning bandligini ta’minlash ko‘rsatkichi 85–90 foizga yetdi.Xalqaro hamkorlik doirasida 7 ta ta’lim muassasasida qo‘shma dasturlar asosida 720 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda. Bu yoshlar uchun xalqaro darajada tan olinadigan malaka, xorijda o‘qish va ishlash imkoniyatlarini kengaytirmoqda.📌 Batafsil ma’lumotni mazkur video orqali bilib olishingiz mumkin.Bizni kuzating Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
  • Andijon viloyati | Kasbiy ta’lim boshqarmasi

    14 сент., 13:18

    переслано из @eduuz

    #Xizmat_safari #AndijonAndijondagi oliy ta’lim tashkilotlarida dual ta’lim jarayonlari o‘rganildiOliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov Andijon viloyatidagi “Chinobod Real Biznes” MChJ, “Andijon Jinlun” korxonasi va “Cambel” elektrobus zavodida bo‘lib, dual ta’lim asosida yo‘lga qo‘yilgan o‘quv jarayonlarini ko‘zdan kechirdi.Dastlab, “Chinobod Real Biznes” korxonasida Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutining Ipakchilik va tutchilik, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash fakulteti Zooinjeneriya ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tashkil etilayotgan dual ta’lim jarayonlari bilan tanishildi.So‘ng, “Andijon Jinlun” korxonasi va “Cambel” elektrobus zavodida Andijon davlat texnika instituti talabalarining uchun tashkil etilgan dual ta’lim jarayonlari, ularning amaliy mashg‘ulotlarda ishtiroki, ishlab
  • Andijon viloyati | Kasbiy ta’lim boshqarmasi

    14 сент., 11:45изменён

    RASMIY MUNOSABATIjtimoiy tarmoqlarda Andijon Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi jamoasi nomidan texnikumdagi pedagog xodimlarga dars soatlarini taqsimlash, ustamalar va rag‘batlantirish, shuningdek, ayrim xodimlarning mehnat faoliyatini davom ettirayotgani bilan bog‘liq murojaat e’lon qilingan.Mazkur murojaatda keltirilgan holatlar Andijon viloyati kasbiy ta’lim boshqarmasi tomonidan nazoratga olindi.Murojaatda ko‘rsatilgan masalalar yuzasidan texnikumning dars soatlari taqsimoti, pedagog xodimlarning mehnat faoliyati, ustama va rag‘batlantirishlarning belgilangan tartibda amalga oshirilishi, shuningdek, murojaatda tilga olingan boshqa holatlar tegishli tartibda o‘rganiladi.O‘rganish jarayonida barcha holatlarga xolis va qonuniy baho berilib, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘riladi.Telegram | Instagram
  • Andijon viloyati | Kasbiy ta’lim boshqarmasi

    14 сент., 11:44

    O‘QUV AMALIYOTI — NAZARIYADAN AMALIYOTGA!Ulug‘nor tuman texnikumi o‘quvchilari uchun kasbiy bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash maqsadida “Chinobod Real” MChJga qarashli baliqchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaligida o‘quv amaliyoti tashkil etildi.Amaliyot jarayonida o‘quvchilar baliqchilik xo‘jaligining ish jarayoni bilan yaqindan tanishib, baliqlarni parvarishlash, oziqlantirish, hovuzlarni nazorat qilish hamda baliq yetishtirish texnologiyalari bo‘yicha amaliy bilimlarini boyitdilar.Bunday amaliy mashg‘ulotlar yoshlarning kasbiy mahoratini oshirish, mehnat ko‘nikmalarini shakllantirish va kelajakda malakali mutaxassis bo‘lib yetishishiga muhim zamin yaratadi.Telegram | Instagram
  • Andijon viloyati | Kasbiy ta’lim boshqarmasi

    14 сент., 11:43изменён

    RASMIY MUNOSABATIjtimoiy tarmoqlarda Andijon shahridagi 2-son texnikum o‘quvchisi tazyiqqa uchragani haqidagi murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.Mazkur murojaat Andijon viloyati kasbiy ta’lim boshqarmasi tomonidan nazoratga olindi. Unda keltirilgan holatlar yuzasidan tegishli tartibda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.O‘rganish davomida voqeaning kelib chiqish sabablari, holatning tafsilotlari, murojaatda tilga olingan pedagog va o‘quvchi bilan bog‘liq vaziyat hamda mavjud dalillar atroflicha ko‘rib chiqiladi.O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlarga amaldagi qonunchilik va belgilangan tartiblar asosida tegishli huquqiy baho beriladi. Qonunbuzilish holati tasdiqlangan taqdirda, aybdor shaxslarga nisbatan tegishli choralar ko‘riladi.Andijon viloyati kasbiy ta’lim boshqarmasi ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya
  • Andijon viloyati | Kasbiy ta’lim boshqarmasi

    14 сент., 06:35

    Paxtaobod tuman 1-son texnikumida o‘quvchi-yoshlarni kitobxonlikka keng jalb etish, ularning kutubxonaga a’zo bo‘lishini ta’minlash hamda kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.Targ‘ibot jarayonida o‘quvchilarga kutubxonadan foydalanish tartibi, kutubxona ichki qoidalariga rioya qilish, kitoblarni asrab-avaylash va ulardan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha zarur tushunchalar berilmoqda.Mazkur ishlar o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirishga xizmat qiladi.Telegram | Instagram