Последние посты

Ko'kdala press | Qashqadaryo vil. Ko'kdala tumani hokimligi
22 сент., 14:53
Ko‘kdala tumanida hokim yordamchilari uchun biznesni ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ko‘rish masalalariga bag‘ishlangan o‘quv-seminar tashkil etildi.Seminarda Ko‘kdala tumani hokimining birinchi o‘rinbosari E. Boboqulov, tuman statistika bo‘limi xodimlari hamda viloyatdan tashrif buyurgan mutaxassislar ishtirok etdilar. Tadbir davomida biznesni ro‘yxatga olishning maqsadi, ahamiyati va uni hududlarda sifatli tashkil etish tartibi yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.Xususan, hokim yordamchilariga biznesni ro‘yxatga olish orqali hududlardagi tadbirkorlik subyektlari faoliyati, ularning yo‘nalishlari va mavjud holati bo‘yicha aniq hamda ishonchli ma’lumotlarni shakllantirish ko‘zda tutilayotgani tushuntirildi. Ushbu ma’lumotlar kelgusida hududlarning iqtisodiy holatini tahlil qilish, tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash hamda tegishli
Ko'kdala press | Qashqadaryo vil. Ko'kdala tumani hokimligi
22 сент., 13:48изменён
Ko‘kdala tumanida kuzgi sabzavot ekinlarini ekish bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildiQashqadaryo viloyati Fermerlar kengashi tomonidan Ko‘kdala tumanida 2026-yil avgust-sentabr oylarida piyoz, sarimsoqpiyoz hamda to‘qsonbosti usulida sabzavot ekinlarini ekishni samarali tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan amaliy seminar o‘tkazildi. Ko‘kdala tumani Beglamish MFY hududidagi “Bog‘i Beglamishsoy” fermer xo‘jaligi dala maydonida tashkil etilgan seminarda Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Fermerlari kengashi hamda tegishli tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.Seminar davomida viloyat tumanlarida piyoz va sarimsoqpiyoz, shuningdek, to‘qsonbosti usulida sabzavot ekinlarini ekish jarayonlarini samarali tashkil etish, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish hamda ekinlarni parvarishlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.Tadbirda fermer xo‘jaliklari vakillari bilan
Ko'kdala press | Qashqadaryo vil. Ko'kdala tumani hokimligi
22 сент., 11:02
Ayritomda xotin-qizlar uchun tikuvchilik kursi tashkil etildiKo‘kdala tumani Ayritom MFY hududida xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘rgatish, ularning bandligini ta’minlash va daromad manbalarini kengaytirish maqsadida tikuvchilik yo‘nalishida bir oylik o‘quv kursi tashkil etildi.Mazkur tashabbus MFY hokim yordamchisi Nabiyev Sardor hamda xotin-qizlar faoli Xoliqulova Gulshoda tomonidan ilgari surildi.Kurs davomida mahallada istiqomat qiluvchi 50 ga yaqin opa-singillarimiz tikuvchilik bo‘yicha zarur bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lib, kasbga tayyorlandilar.Quvonarlisi, ushbu xotin-qizlarning kelgusidagi bandligi ham ko‘zda tutilgan. Yettitom shahrida qurilayotgan “Cotonella” korxonasining yangi binosi foydalanishga topshirilgach, kurs bitiruvchilarining aynan shu yerda tikuvchilik faoliyatini davom ettirishi rejalashtirilgan.Bu kabi loyihalar mahallalarda xotin-qizlarning
Ko'kdala press | Qashqadaryo vil. Ko'kdala tumani hokimligi
22 сент., 10:59
#Ziyolilar_ovozi #Mustaqillik_35📚 «Uch ming yillik ildiz va Uchinchi Renessans: tarixiy vorislik, milliy o‘zlik va ma’naviy meros» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Ko‘kdala tuman bo‘linmasi, viloyat «Ma’rifat» targ‘ibotchilar jamiyati hamda tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamkorligida Ixtisoslashtirilgan maktabda tashkil etilgan tadbirda Qarshi davlat universiteti dotsenti, falsafa fanlari nomzodi Qurbonov Tohir Hamdamovich ma’ruza qildi. Unda ajdodlarimizning boy merosi, milliy o‘zlik, tarixiy vorislik va Uchinchi Renessans poydevorini mustahkamlashda yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish masalalari yoritildi. Shuningdek, o‘quvchilar bilan mavzu yuzasidan fikr almashilib, milliy qadriyatlarga hurmat, tarixga daxldorlik va Vatanga sadoqat tuyg‘ulari targ‘ib qilindi. Tadbir mazmunli va ko‘tarinki ruhda
Ko'kdala press | Qashqadaryo vil. Ko'kdala tumani hokimligi
22 сент., 10:59
Ko'kdala tuman hokimligida fuqarolarni qabul qilish jadvali@Kukdala_uz1,790Открыть в Telegram
Ko'kdala press | Qashqadaryo vil. Ko'kdala tumani hokimligi
22 сент., 08:57
Ko‘kdala tumanida paxta terimi qizg‘in davom etmoqdaKo‘kdala tumanida paxta yig‘im-terimi ishlari jadallik bilan davom etmoqda.Ayni kunlarda tumandagi paxta maydonlarida terim jarayonlari uyushqoqlik bilan tashkil etilib, hosilni qisqa muddatlarda va sifatli yig‘ib olishga alohida e’tibor qaratilmoqda.Tumandagi paxta maydonlarining 70 foizidan ortig‘ida hosil zamonaviy paxta terish mashinalari yordamida yig‘ib olinmoqda. Bu esa terim ishlarini mexanizatsiyalash, mehnat unumdorligini oshirish hamda hosilni o‘z vaqtida yig‘ishtirib olish imkonini bermoqda.Dalalarda terim jarayonlari davom etmoqda.@Kukdala_uz
Ko'kdala press | Qashqadaryo vil. Ko'kdala tumani hokimligi
22 сент., 05:01
Ko'kdala tumani hokimi o‘rinbosari O'ktam Abdurahimovning fuqarolar uchun navbatdagi shaxsiy qabuli tuman "Xalq qabulxonasi" binosida o‘tkazildi.Mazkur qabul davomida fuqarolar tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishlaridagi murojaatlar yo'llandi. Har bir murojaat mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirokida batafsil ko‘rib chiqilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.Qabul jarayonida ayrim murojaatlar joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan masalalar nazoratga olinib, ijrosi yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.Ta’kidlash joizki, Ko'kdala tumani "Xalq qabulxonasi" binosida fuqarolar uchun doimiy ravishda shaxsiy qabullar tashkil etib kelinmoqda. Bunday uchrashuvlar aholi muammolarini o‘rganish, murojaatlarni manzilli hal etish hamda davlat organlari va fuqarolar o‘rtasidagi ochiq muloqotni yanada mustahkamlashda muhim
Ko'kdala press | Qashqadaryo vil. Ko'kdala tumani hokimligi
22 сент., 03:57
⭐️Axborot 24 | Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari Koreya Respublikasida oʻtkazilgan Xalqaro ilmiy jangovar tayyorgarlik musobaqasida munosib ishtirok etib, gʻalabalar bilan yurtimizga qaytdi.🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
Ko'kdala press | Qashqadaryo vil. Ko'kdala tumani hokimligi
21 сент., 05:01
Kelajagingiz uchun mablag‘ jamg‘arib boring!https://t.me/Qashqadaryopensiya
Ko'kdala press | Qashqadaryo vil. Ko'kdala tumani hokimligi
20 сент., 13:10
KO‘KDALALIK O'QITUVCHI “YIL O‘QITUVCHISI” TANLOVI G‘OLIBI BO'LDI!Ko‘kdala tumani 5-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi Eshonqulova Gulzoda Muhammadovna “Yil o‘qituvchisi” tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi!Tanlov g‘olibi sifatida Gulzoda Muhammadovnaga 1 400 BHM miqdorida, ya’ni 616 million so‘m bir martalik pul mukofoti to‘lab beriladi. Bu yuksak e’tirof — ustozning o‘z kasbiga bo‘lgan fidoyiligi, bilim va tajribasi, yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga qo‘shayotgan munosib hissasining e’tirofidir.Ko‘kdala tumani hokimligi va tuman ahli nomidan Eshonqulova Gulzoda Muhammadovnani ushbu ulkan yutuq bilan chin qalbdan muborakbod etamiz!Ustozga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, pedagogik faoliyatida yangi zafarlar va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!✈️@Otabek_Artikov
Ko'kdala press | Qashqadaryo vil. Ko'kdala tumani hokimligi
20 сент., 07:32
#mol_mulk_soligʻi #yer_soligʻi🏡 Mol-mulk va yer solig‘ini o‘z vaqtida to‘lashni unutmang!Mol-mulk va yer solig‘i — yurtimiz taraqqiyoti, obod mahallalar, zamonaviy yo‘llar va kelajak bunyodkorligiga hissa demakdir.🗓 To‘lovni keyinga qoldirmang!⚠️ Penya hisoblanishining oldini oling!Barqaror kelajak uchun birgalikda!Тelegram|Facebook|YouTube|Instagram|X|Threads
Ko'kdala press | Qashqadaryo vil. Ko'kdala tumani hokimligi
19 сент., 12:28
⚡️BUGUN KO‘KDALA TUMANIDAGI 9 TA AGTKSHDA (metan) TABIIY GAZ TA'MINOTI VAQTINCHA TO‘XTATILADI!Gaz tarmoqlarida texnik tadbirlar olib boriladi. Shu maqsadda bugun soat 17:30 dan 21:00 ga qadar📍Ko‘kdala tumanidagi:1."Chiyal gulshani" 2."Chiyal gulshani 1" 3."Ipak yo‘li mashʼali" 4."Odil" 5."Ko‘kdala metan gaz" 6."Ko'kdala zangori olovi" 7."Imkon gaz servis" 8."Muhammadiyev Musurmon" 9."Muhammadiyev Musurmon 1" AGTKSHda tabiiy gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi✍ "Hududgaz Qashqadaryo" GTF matbuot xizmati
Ko'kdala press | Qashqadaryo vil. Ko'kdala tumani hokimligi
19 сент., 10:00
KO'KDALA TUMANIDA YO‘L HARAKATI XAVFSIZLIGI VA QOIDABUZARLIKLAR MUHOKAMA QILINDITumanda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.Yig‘ilish davomida hududda sodir bo‘layotgan yo‘l-transport hodisalari, ularning kelib chiqish sabablari hamda haydovchilar tomonidan yo‘l harakati qoidalarining buzilishi bilan bog‘liq holatlar atroflicha muhokama qilindi.Shuningdek, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, yo‘l harakati ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish hamda hududlarda xavfsiz harakatlanish muhitini yaratish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.@Kukdala_uz
