Последние посты

Kursiv Oʻzbekiston
22 сент., 14:03
Shaxmatchi Nodirbek Yoqubboyev g‘alabasi haqida so‘zlab berdiSamarqandda davom etayotgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasining 6-turida O‘zbekiston terma jamoasi Hindiston ustidan g‘alaba qozondi. Uchrashuvdagi yagona g‘alabani Nodirbek Yoqubboyev qo‘lga kiritdi.#yangilik
Kursiv Oʻzbekiston
22 сент., 12:37
💵 23-sentabr uchun valyutalar kursi e’lon qilindiValyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar natijasiga ko‘ra, dollar, yevro hamda rubl kursi qadrsizlandi.🇺🇸 1 USD — 11 802,19 (-7,63) 🇪🇺 1 EUR — 13 527,67 (-41,81) 🇷🇺 1 RUB — 139,87 (-0,81)#valyuta #dollar📌 Obuna bo‘ling: @kursivuz
Kursiv Oʻzbekiston
22 сент., 12:01
Viktor Gryaznov Yandex Ads’ning Markaziy Osiyodagi direktori etib tayinlandiYangi lavozimida Viktor Gryaznov Yandex Ads’ning Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi ekspertizasini birlashtiradi.Avval Yandex Ads’ning Markaziy Osiyodagi faoliyatiga rahbarlik qilgan Madina Seysengaliyeva kompaniyani tark etdi.Batafsil o‘qish📌 Obuna bo‘ling: @kursivuz
Kursiv Oʻzbekiston
22 сент., 11:35
⛽️ AI-92 benzin narxi salkam 21 foizga qimmatlashdiO‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasida AI-92 benzini narxi keskin ko‘tarilib, bir tonnasi o‘rtacha 15,9 mln so‘mni tashkil etdi.Shu bilan birga, bozorda eng ko‘p xarid qilingan A-92 K2-L markali benzin narxi deyarli o‘zgarmadi va 13,5 mln so‘m darajasida qoldi.@kursivuz
Kursiv Oʻzbekiston
22 сент., 10:45
❗️ Ish joyidagi tazyiq va zo‘ravonlik uchun maxsus portal ishga tushiriladiEndilikda ish joyida tazyiq, zo‘ravonlik yoki shahvoniy shilqimlik holatlarini yashirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan yangi qarorga asosan bunday muammolarning oldini olish va murojaatlarni xolis ko‘rib chiqish bo‘yicha yagona tizim joriy etilmoqda.Jarayonni raqamlashtirish maqsadida, 2026-yil 1-dekabrga qadar «Xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhiti» maxsus axborot portali to‘liq ishga tushirilishi belgilangan.@kursivuz
Kursiv Oʻzbekiston
22 сент., 10:01
Kapitalbank BNY’da AQSh dollarida korrespondentlik hisob raqamini ochdi«Kapitalbank» ATB dunyodagi yirik moliyaviy institutlardan biri va AQShning eng qadimgi banki bo‘lgan BNY (The Bank of New York Mellon) da AQSh dollarida korrespondentlik hisob raqamini ochdi.Hisob raqamning ochilishi Kapitalbankning korrespondentlik tarmog‘ini mustahkamlaydi va AQSh dollaridagi to‘lovlar bilan ishlash imkoniyatlarini kengaytiradi.Batafsil o‘qishReklama huquqi asosida📌 Obuna bo‘ling: @kursivuz
Kursiv Oʻzbekiston
22 сент., 09:30
📈 O‘zbekistonda uy-joy savdosi sakkiz oyda 18 foizdan oshdiJoriy yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonda 222,5 mingta uy-joy oldi-sotdi shartnomasi tuzildi, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18,4% ga ko‘pdir.Toshkent shahrida ushbu ko‘rsatkich yanada yuqori — savdo hajmi 27,5% ga o‘sdi. Shuningdek, Sirdaryo va Andijon viloyatlarida ham sezilarli o‘sish qayd etilgan.@kursivuz
Kursiv Oʻzbekiston
22 сент., 08:35

Kursiv Oʻzbekiston
22 сент., 07:57
⚡️ Osiyo o‘yinlari. O‘zbekiston Vyetnam ustidan ishonchi g‘alaba qozondiYaponiyada o‘tayotgan «Aichi–Nagoya 2026» yozgi Osiyo o‘yinlarining futbol musobaqasida O‘zbekiston U23 terma jamoasi Vyetnam ustidan 2:0 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi.Bu g‘alaba yigitlarimizga C guruhida 9 ochko bilan birinchi o‘rinni kafolatladi. Uchrashuvdagi gollarga Muhammadali O‘rinboyev hamda Nurlan Ibraimov mualliflik qildi.Vakillarimiz guruh bosqichidagi barcha uchrashuvlarda g‘alaba qozonib, 100 foizlik natija qayd etishdi.@kursivuz
Kursiv Oʻzbekiston
22 сент., 07:37
🇷🇸 Serbiyada o‘zbekistonliklar uchun yangi ish o‘rinlari taklif etilmoqdaSerbiyadagi «EXPO 2027» xalqaro loyihasi obyektlarida ishlash uchun o‘zbekistonliklar rasmiy mehnat vizasi asosida ishga taklif etilmoqda.18 dan 45 yoshgacha bo‘lgan, rus yoki ingliz tilida muloqot qila oladigan nomzodlarga tajribasidan kelib chiqib 700 dan 1 500 yevrogacha oylik to‘lanadi.Shuningdek ular ish beruvchi hisobidan bepul yotoqxona va oziq-ovqat bilan ta’minlanadi.@kursivuz
Kursiv Oʻzbekiston
22 сент., 06:25
🏎 O‘zbekistonlik poygachi Belgiyadagi xalqaro musobaqada g‘alaba qozondiO‘zbekistonlik poygachi Ismoil Ahmedxo‘jayev Belgiyaning mashhur Spa-Frankorsham trassasida o‘tgan Ultimate GT Sprint Cup bosqichida Rossa LM GT avtomobilida g‘olib bo‘ldi.Iyul oyidagi Mudjellodagi g‘alabadan so‘ng, qiyin ob-havo sharoitlariga qaramay, u o‘z jamoasiga navbatdagi zafarini keltirdi.@kursivuz
Kursiv Oʻzbekiston
22 сент., 05:35
♟ O‘zbekiston Hindistonni yengib, olimpiadada yakka peshqadam bo‘ldiErkaklar milliy terma jamoamiz 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasining eng muhim bahsida amaldagi chempion Hindiston ustidan 2,5:1,5 hisobida tarixiy g‘alabaga erishdi.Bu natija shaxmatchilarimizni 12 ochko bilan turnir jadvalida yagona peshqadamga aylantirdi.Uchrashuv taqdirini 3-doskadagi bahs hal qildi — Nodirbek Yakubboyev hindistonlik Nihal Sarinni mag‘lubiyatga uchratib, jamoamizga muhim zafarni taqdim etdi.Oltita tur natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston jamoasi barcha ta’qibchilardan yaqqol o‘zib ketib, chempionlik poygasida yetakchilikni to‘liq o‘z qo‘liga oldi.@kursivuz
Kursiv Oʻzbekiston
22 сент., 04:35
🗓 21-sentabr nima bilan esda qoldi? Asosiy voqealarni bitta sharhda jamladik⚽️ Shomurodov to‘purarlar poygasida Salohga yaqinlashib oldi «Istanbul Bashakshehir» hujumchisi Eldor Shomurodov Turkiya Superligasining 6-turida «Genchlerbirligi» darvozasiga dubl qayd etib, mavsumdagi gollari sonini 6 taga yetkazdi.🚌 Toshkentda 11,7 ming chiptasiz yo‘lovchi jarimaga tortildi Joriy yilning 1–18-sentabr kunlari Toshkent avtobuslarida yo‘l haqini to‘lamasdan harakatlangan 11 733 nafar yo‘lovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzildi.🇺🇿🤝🇷🇺 Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinni saylovlar muvaffaqiyati bilan tabrikladi Shavkat Mirziyoyev Rossiya pezidenti Vladimir Putinga maktub yo‘llab, Davlat Dumasiga bo‘lib o‘tgan saylovlar muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan qutladi.#dayjest@kursivuz
Kursiv Oʻzbekiston
22 сент., 04:19изменён

Kursiv Oʻzbekiston
22 сент., 03:34

Kursiv Oʻzbekiston
21 сент., 15:32
Milliy statistika qo‘mitasi talabalar uchun stipendiya tanlovini e’lon qildiMilliy statistika qo‘mitasi iqtidorli talabalarni aniqlash, ularni rag‘batlantirish va qo‘mita uchun istiqbolli kadrlar zaxirasini shakllantirish maqsadida stipendiya tanlovini e’lon qildi.#yangilik@kursivuz
Kursiv Oʻzbekiston
21 сент., 14:34
O‘zbekiston — Eron o‘yinini rossiyalik hakamlar boshqaradiO‘zbekiston milliy terma jamoasining Eron bilan o‘rtoqlik uchrashuvini rossiyalik hakamlar brigadasi boshqaradi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.#yangilik@kursivuz
Kursiv Oʻzbekiston
21 сент., 13:34
🏢 «Yugur-yugurni kamaytiramiz!»: Byurokratiyaga qarshi eng yaxshi 50 ta taklif mualliflari mukofotlanadiO‘zbekistonda fuqarolar va biznes vakillarining davlat idoralari bilan munosabatlarida yuzaga kelayotgan byurokratik to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan «Byurokratiyasiz O‘zbekiston» jamoatchilik tashabbusi yo‘lga qo‘yildi.Bu haqda 21-sentabr kuni «Byurokratiyani bartaraf etish – 2030» dasturi doirasida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deya xabar bermoqda Kursiv Uzbekistan muxbiri.@kursivuz
Kursiv Oʻzbekiston
21 сент., 12:37
💵 22-sentabr uchun valyutalar kursi e’lon qilindiValyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar natijasiga ko‘ra, yevro hamda rubl kursi oshdi, dollar kursi esa qadrsizlandi.🇺🇸 1 USD — 11 809,82 (-29,77) 🇪🇺 1 EUR — 13 569,48 (+0,13) 🇷🇺 1 RUB — 140,68 (+0,26)#valyuta #dollar📌 Obuna bo‘ling: @kursivuz
Kursiv Oʻzbekiston
21 сент., 11:44
⚡️ O‘zbekiston ayollar termasi Osiyo o‘yinlari chorak finaliga yo‘llanma oldiXX Osiyo o‘yinlarining guruh bosqichida O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi Gong Kong vakillariga qarshi maydonga tushib, muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.Yaponiyaning «Wave» stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda vakillarimiz 2:1 hisobida zafar quchdi. Ushbu g‘alaba evaziga jamoamiz guruhda 5 ochko to‘plab, keyingi bosqichga chiqdi.Endi ayollar terma jamoamiz chorak finalda Janubiy Koreya futbolchilariga qarshi maydonga tushadi.@kursivuz
