Последние посты

kutubun
14 сент., 08:02
Sen ba'zan bor vujuding bilan ba'zan esa, shunchaki "Ey Robbim" - deganingda, butun olamlarning-u, qalblarning Sultoni senga "Labbay" - deya javob bersa..... Ya Robb.. Endi aytchi, qandayin duolaring ijobat bo'lmasligiga shubha qilursan?.. Axir U - Alloh.. U qalblarning tub-tubidagi har so'zni eshituvchi, bilguvchi va ijobatini ham beruvchi Mujiib bo'lgan Zotdir, unutma.بنت سحرب
kutubun
14 сент., 04:25
Sizni insonlarning fikri qanchalik qiziqtirsa, o‘z hayotingiz shunchalar barbod bo‘ladi….©️Ustozam
kutubun
13 сент., 15:56
Yolgʻiz emassan.. Vallohi yolgʻiz emassan.. Robbing sen bilan..Ikki yelkangda va atrofingda farishtalar ham sen bilan..Va bilginki, istasang ham hech qachon yolgʻiz boʻla olmaysan..Doim kuzatuvdasan, ehtiyot bo'l...
kutubun
13 сент., 12:19
#kitobdanDunyo va undagi ishlar namoz vaqtlariga moslashadi, ammo namoz vaqtlari biror ishga moslashmaydi. Yaʼni boshqa ishlar sababli namoz vaqti kechiktirilmaydi. Ushbu qoida har bir muvaffaqiyatga erishgan musulmon amal qiladigan qoidadir.
kutubun
12 сент., 00:28
Қуръонсиз юксала олмайсан, гарчи минглаб китоб ўқиб, минглаб китоб ёзсанг ҳам.©Аҳмад Исё Маъсаровий


kutubun
12 сент., 00:28
“Insonlar qalbiga yaqinlashish uchun o‘zida yo‘q bo‘lgan narsani bor qilib ko‘rsatadigan kishilardan ajablanaman. Ahir insonlarning qalbi Allohning qo‘lidaku!”.Ibn Javziy rohimahulloh
kutubun
10 сент., 22:17
Charchab uxlab qolish ham ne’mat ekan aslida. Chunki ba’zan badaning charchaydi, ammo qalbing tinchimaydi. Miyangda aylanaverib, ko‘nglingni og‘ritaveradigan o‘ylar bo‘ladi — ko‘zingni yumsang ham xayollaring uyg‘oq qoladi. Ayniqsa onalarning… Avvallari hayron bo‘lardim: nega onalar bunchalar kech uxlaydi-yu, hammadan birinchi uyg‘onadi? Yarim tunda ham nimadir pishiradi, idish yuvadi, kir yoyadi, uy yig‘ishtiradi. “Bularning hammasiga qanday qilib kuch topadi?” deb o‘ylardim. Keyin tushundim: ularni tunlari uyg‘oq tutadigan narsa faqat uy yumushlari emas ekan. Yelkalarida hech kim ko‘rmaydigan mas’uliyatlar, qalblarida esa Allohdan boshqa hech kimga ayta olmaydigan dardlari bo‘larkan. Idish yuvish — sukutdagi suhbatga bahona. Kir yoyish — ko‘z yoshlarini yashirishga imkon. Uyni yig‘ishtirish esa ichidagi tuyg‘ularni tartibga solishga urinish… Qo‘li ishda-yu, dili Allohda. Unga ko‘z
kutubun
10 сент., 00:12
Imom Buxoriy rahmatullohi alayhining o‘zlari aytadilar: “G‘iybat haromligini bilganimdan buyon biror kishini g‘iybat qilganim yo‘q”📚“Odoblar xazinasi”
kutubun
5 сент., 06:50
Baʼzan hech bir sababsiz qalbingiz siqilsa, bilingki, ruhingiz Allohning zikrini istamoqda.Zulfiqor Ahmad Naqshbandiy.
kutubun
4 сент., 14:24
Agar oʻqimasangiz bir nechta bilakuzuk, uyning qimmat mebellariyu, tashqi goʻzallikni ijtimoiy tarmoqda maqtanishni haqiqiy qadriyat deb biladigan ayolga aylanib qolasiz.
kutubun
2 сент., 16:55
Makka quyosh bo‘lsa, Sen oysan Madinam. Makka boy bo‘lsa, Sen undanda boysan Madinam. Makkaning Kaʼbasi bo‘lsa, Senda Muhammad (Solallohu alayhi vasallam) borlar. Madinam. Makkada Hadija (roziyallohu anho) bo‘lsalar, Senda Oisha (roziyallohu anho) borlar ey Madinam. Makkaning haybati salobati bo‘lsa, Senda muhabbat, mehr bor Madinam


kutubun
1 сент., 19:54
Bir kun kelib, hammadan yashirib qilgan duolaringiz barchaning oldida amalga oshadi…)
kutubun
31 авг., 18:53
Allohning Kalomini o‘qimasdan qanday qilib xotirjam yashash mumkin?!


kutubun
31 авг., 15:56
Men bilgan haqiqiy sevgi - ayolning orzulari - erkakning maqsadiga aylanishidir..)
kutubun
29 авг., 02:57
“Kutish”dan “qabul qilish”ga o‘tganingizda, hayot yengillashadi…Hamma narsa siz xohlagandek bo‘lishini kutmay qo‘yasiz. Kimdir tushunishini, kimdir qadrlashini, kimdir o‘zgarishini kutmaysiz…Qo‘lingizdan kelganini qilib, qolganini Allohga topshirasiz. Qalbingiz ortiqcha kurashdan to‘xtagandagina, unda taslimiyat paydo bo‘ladi.Taslimiyat - “Alloh men uchun nimani tanlasa, shunda yaxshilik bor” deb xotirjam bo‘lishidir.
kutubun
29 авг., 02:39
“Hayollaring imkonsiz” deganlarga ayting: Alloh har nega qodir!
kutubun
26 авг., 03:27
Ka’bani sog‘inib, kelishni orzu qilib yurgan qalblarga aytadigan gapim bitta: sog‘inchdan charchamang… Balki bugun siz sog‘inayotgan joyingizga borish uchun Alloh siz bilmagan yo‘llarni ochayotgandir...


kutubun
16 авг., 12:02
Qanoat- o'zida yo'q narsani o'zgani qo'lida ko'rib o'ksimaslikdir.©Muhammad Zehniy
kutubun
16 авг., 08:50
Agar g‘ururga ketayotganingni sezsang, oyoqlaring ostiga qara. O‘zing ustida yurib ketayotgan mana shu tuproqsan, unutma!
kutubun
15 авг., 12:22
Insonning qalbi qanday bo‘lsa, boshqalarning niyatini ham shunday o‘qiydi.Ustoz Ikrom Sharif

