Последние посты

Jahongir Latipov
13 нояб., 20:13
👮♂️Shohruh G‘iyosov yangi lavozimga tayinlanmoqda🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlarda IIV matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov boshqa lavozimga o‘tishi munosabati bilan o‘z vazifasidan ozod etilgani haqida xabarlar tarqalmoqda.Mendagi ma’lumotlarga ko‘ra, Shohrux G‘iyosov vazirlikning xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga o‘tkazilmoqda. G‘iyosovga ushbu mas’uliyatli xizmat vazifasida omad tilab qolaman.Biroq bu xabar hali rasman tasdiqlanmadi. Bu borada rasmiy yangilikni kutamiz.✌️Jahongir Latipov
Jahongir Latipov
13 нояб., 14:48
👮♂️Usmon Nurmagomedov Abu-Dabida 6 oyga qamaldi🇦🇪Merab Dvalishviliga hujum qilish bilan bog‘liq voqeadan so‘ng OAVda Usmon Nurmagomedov 6 oylik qamoq jazosiga hukm qilingani haqida xabarlar tarqaldi.Abu-Dabi sud-huquq departamenti rasmiy sahifasida ayblanuvchilarning ism-shariflarini ko‘rsatmagan holda 10 nafar sudlanuvchiga nisbatan hukmni e’lon qilgan.Ulardan sakkiz nafari 6 oylik qamoq, 300 ming dirham ($81 688) jarima hamda deportatsiyaga hukm qilingan. Faqat ana shu 8 kishidan ikki nafari janjalni videoga olib, tarqatgani uchun qo‘shimchasiga telefonlari musodara qilingan. Janjalning yana ikki ishtirokchisiga esa 50 ming dirham ($13 614)dan jarima tayinlangan.✌️Jahongir Latipov
Jahongir Latipov
13 нояб., 10:47
🤝SpaceX va Tesla birlashishi mumkin👤Milliarder Ilon Maskka tegishli bo‘lgan ikki yirik kompaniya SpaceX va Tesla dekabr oyida birlashish haqida e’lon qilishi kutilmoqda.Agar bu voqea amalga oshsa tarixdagi eng yirik bitimga aylanishi mumkin. Sababi ayni damda SpaceXning bozor qiymati $1,9 trillion, Tesla’ning bozor kapitallashuvi esa $1,54 trillionni tashkil etadi.✌️Jahongir Latipov
Jahongir Latipov
13 нояб., 07:24
🚗Endi shtrafnoydan 1 yil olib ketilmagan mashina egasiz deb topilishi mumkin📍Toshkentda 2026-yil 24-dekabrdan evakuatsiya va jarima maydonchalari yangi tartibda ishlaydi.Taqiqlangan joylarda qoldirilgan avtomobillar jarima maydonchasiga olib ketilib, har bir saqlangan kun uchun to‘lov undiriladi. Avtomobil 6 oyda olib ketilmasa, qarzdorlik majburiy tartibda undiriladi, 12 oydan so‘ng esa sud uni egasiz mol-mulk deb topishi mumkin.💵Evakuatsiyaning har bir kilometri uchun 88 ming so‘mgacha, jarima maydonchasida saqlashning har bir sutkasi uchun ham 88 ming so‘mgacha to‘lov belgilangan.Bunda evakuatsiya xizmatining umumiy qiymati 1,76 mln so‘mdan oshmasligi kerak. Bu summaga yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun belgilanadigan jarima kirmaydi.✌️Jahongir Latipov
Jahongir Latipov
12 нояб., 17:35
⚡️NVIDIA rahbari iste’foga chiqdi🇺🇸Bozor qiymati 4 trln dollarga baholanadigan NVIDIA kompaniyasiga 33 yildan buyon rahbarlik qilib kelgan Jensen Huang iste’foga chiqdi. Uning o‘rnini kompaniyaning moliyaviy direktori (CFO) Kolett Kress vaqtinchalik egallagan.Ma’lumot o‘rnida, Huang Xitoy foydasiga josuslik qilishda ayblangan ayol bilan ishqiy munosabatda bo‘lgani haqidagi xabarlar ortidan rafiqasiga xiyonat qilgani tan olgan edi.✌️Jahongir Latipov
Jahongir Latipov
12 нояб., 16:47
Futbolchilarimiz mehmonlar quruq qo‘l bilan qaytmasin diyishvotdi shekilli. Eng muhimi yana gol urishimiz uchun hali vaqt bor.🇺🇿O‘zbekiston 2-3 Rossiya🇷🇺✌️Jahongir Latipov
Jahongir Latipov
12 нояб., 16:14
⚽️PSJ darvozaboni ham raqiblarimizni goldan qutqarib qololmayapdi))🇺🇿O‘zbekiston 2-0 Rossiya🇷🇺✌️Jahongir Latipov
Jahongir Latipov
12 нояб., 15:12
GOOOLLLLL🇺🇿O‘zbekiston 1-0 Rossiya🇷🇺✌️Jahongir Latipov
Jahongir Latipov
22 сент., 17:14
🇪🇺 Alisher Usmonov sanksiyalar ro'yxatidan chiqarilishi mumkinYevropa Ittifoqi Alisher Usmonov va Mixail Fridmanni Rossiyaga qarshi sanksiyalar ro'yxatidan chiqarish bo'yicha kelishuvga erishdi.Shu bilan birga, qolgan qariyb 3 mingta jismoniy va yuridik shaxsga nisbatan sanksiyalar 3 yilga uzaytiriladi.Kelishuvga Latviya avvalgi e'tirozidan voz kechganidan so'ng erishilgan.⚠️ Qaror hali rasmiy kuchga kirmagan. Yevroppa ittifoqidagi yozma tasdiqlash jarayoni yakunlangandan so'ng sanksiyalarni bekor qilish rasman amalga oshadi.✌️Jahongir Latipov
Jahongir Latipov
22 сент., 11:02
🏠 O'zbekistonda uy-joy savdosi 18,4%ga oshdi2026 yil yanvar–avgust oylarida mamlakatda 222,5 mingta uy-joy oldi-sotdi bitimi tuzildi.Bu o'tgan yilning shu davriga nisbatan 18,4% ko'p.Avgust oyida esa 25,1 mingta bitim amalga oshirilgan. Bu 2025 yil avgust oyiga nisbatan atigi 0,2%ga ko'p.📍 Toshkentda avgust oyida 7,4 mingta bitim tuzilib, yillik o'sish 2,2%ni tashkil etdi.Yanvar–avgust natijasi bo'yicha:— Toshkent — +27,5% — Sirdaryo — +25,4% — Andijon — +23,8%✌️Jahongir Latipov
Jahongir Latipov
22 сент., 06:31
🚀 O'zbekistonda startaplarga 2 mlrd so'mgacha davlat yordami berilishi mumkinOliy ta'lim, fan va innovasiyalar vazirligi startaplarni qo'llab-quvvatlash tizimini isloh qilish bo'yicha loyiha ishlab chiqdi.Unga ko'ra, har yili kamida 50 ta startap davlat tomonidan qo'llab-quvvatlanishi va buning uchun 40 mlrd so'mdan ortiq mablag' yo'naltirilishi rejalashtirilmoqda.2027 yil 1 yanvardan startaplarga ariza berish, saralash va moliyalashtirish jarayonlarini to'liq raqamlashtirish taklif etilmoqda.Buning uchun maxsus platforma va ilmiy-innovasion faoliyat bilan shug'ullanuvchi tashkilotlar reestri tashkil etiladi.✌️Jahongir Latipov
Jahongir Latipov
21 сент., 06:31
🏦 Toshkentda bank xodimlari mijoz omonatidan $300 mingni o'zlashtirgani aniqlandiBosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sergeli tumani bo'limi tekshiruvida tijorat banklaridan biridagi holat fosh etilgan.Ma'lum qilinishicha, fuqaroning omonatidagi $500 mingdan $300 mingi bank mas'ullari tomonidan o'zlashtirilgan.Ular fuqaro nomidan qalbaki ariza va boshqa hujjatlar rasmiylashtirgani aytilmoqda.Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167 va 228-moddalari bo'yicha jinoyat ishi qo'zg'atilgan.✌️Jahongir Latipov
Jahongir Latipov
20 сент., 16:06
🇺🇿 Qoraqalpog'istonlik o'qituvchi 616 mln so'm mukofot oldiQonliko'l tumanidagi 2-sonli maktabning o'zbek tili fani o'qituvchisi Nigora Allambergenova «Yil o'qituvchisi» tanlovida g'olib bo'ldi.Ushbu tanlovda respublika bo'yicha 46 mingdan ortiq pedagog ishtirok etgan. YAkunda 208 nafar o'qituvchi g'olib deb topilgan va har biri 616 mln so'm miqdorida mukofot bilan taqdirlangan.Nigora Allambergenova avval ham o'zbek tili bo'yicha yuqori natijalar qayd etgan. 2023 yilda u «O'zbek tili» yo'nalishida respublika tanlovining 1-o'rin sohibi bo'lgan.SHuningdek, u vazir jamg'armasi ustamasi uchun testda 100 ball to'plagan, keyingi attestasiyada esa 90 ball bilan yuqori darajali toifasini himoya qilgan.Bir chekka hudud maktabidan respublika miqyosidagi e'tirofgacha bo'lgan yo'l👏✌️Jahongir Latipov
Jahongir Latipov
19 сент., 12:30
Ha do’stlar biz o’sha kunga yetib keldik 🎉Barchamiz yoshlikdan tanigan “rapper“ Snoopdogg to’ylarni yondirvotti 😁Manimcha Snoopdogga o’zimizni o’zbeklar “brat to’y temasini ko’rvorish kerak,soqqa zo’r bo’ladi” degam bo’lsa kerak.Ijodlaga omad tilab “Nohorgi oshda kutib qolamiz😅✌️Jahongir Latipov
Jahongir Latipov
19 сент., 09:33
🇺🇿 Qoraqalpog‘istonda iqtisodiy o‘sish bo‘yicha yangi vazifalar belgilandiPrezident Shavkat Mirziyoyev Nukusda Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi 9 yilda hududga $5 mlrddan ortiq investitsiya kiritilgan.2026 yil yakuniga qadar xorijiy investitsiyalar hajmini $2,5 mlrdga yetkazish kutilmoqda.Avval belgilangan rejalarga ko‘ra, kelgusi 5 yilda Qoraqalpog‘iston iqtisodiyotini 102,5 trln so‘mga, eksportni esa $900 mlnga yetkazish maqsad qilingan.✌️Jahongir Latipov
Jahongir Latipov
19 сент., 05:08
Qiziq yangilik 😃Avstraliyada DAN hodimi alkogol tekshiruvida 0,00 natija ko'rsatgan haydovchilarga $14 bermoqda.Maqsad — haydovchilarni mast holda mashina boshqarmaslikka rag'batlantirish.Eng qizig'i, Avstraliyada o’rtacha pivo narxi 11-13 dollar atrofida ekan.Shunda pivoni bepul ichish imkonoyati paydo bo’lmoqdami 🙃✌️Jahongir Latipov
Jahongir Latipov
18 сент., 20:38

Jahongir Latipov
18 сент., 11:26
💰 HUMO va SamAuto xususiylashtirilishidan davlat byudjetiga $145 mln tushdiDavlat aktivlarini boshqarish agentligi ma'lum qilishicha, HUMO milliy to'lov tizimi va SamAutoni xususiylashtirishdan tushgan $145 mln mablag' to'liq davlat byudjetiga o'tkazil— Paynet HUMO aksiyalarining 100%ini $65 mlnga sotib oldi. — Anadolu Isuzu SamAuto’dagi 75,2% davlat ulushini $80 mlnga xarid qildi.Bundan tashqari, Anadolu Isuzu zavodni rivojlantirish va modernizasiya qilish uchun qo'shimcha $80 mln investisiya kiritish majburiyatini olgan.Ya’ni, davlat byudjetiga tushgan mablag' — $145 mln, SamAuto uchun kelajakdagi investisiya majburiyati esa alohida $80 mlnni tashkil etadi.✌️Jahongir Latipov
Jahongir Latipov
18 сент., 07:06
12 yillik yo’l. Hammasi bir kunda bo’lib qolmagan. Harakatdan charchamela 🫡✌️Jahongir Latipov
Jahongir Latipov
17 сент., 06:45
⚡️ UzAuto Motors xususiylashtiriladiDavlat aktivlarini boshqarish agentligi UzAuto Motors va UzAuto Motors Powertraindagi davlat ulushlarini xususiylashtirish bo'yicha tenderlar tayyorlamoqda.Bu haqda 17 sentabr kuni Davlat aktivlarini boshqarish agentligi rahbariyati vakili Alisher Miraliev Cbonds xalqaro konferensiyasida ma'lum qildi.Uning aytishicha, ikkala kompaniya bo'yicha tenderlar yaqin orada e'lon qilinadi.Avvalgi rejalarga ko'ra:— UzAuto Motors — 99,7% — UzAuto Motors Powertrain — 100%davlat ulushlarini xususiylashtirish belgilangan edi.Aprel oyida ham yirik aktivlarni, jumladan UzAuto Motors va uning tarkibidagi korxonalarni xususiylashtirishga tayyorgarlik olib borilayotgani ma'lum qilingan.✌️Jahongir Latipov
Подписчики пишут боту, вы отвечаете реплаем, ваш аккаунт скрыт. Создаётся в одно касание.
Как это работает →